Kirish O`simlikchilik



Download 1,2 Mb.
bet3/5
Sana20.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#393016
1   2   3   4   5
Bog'liq
QISHLOQ XO`JALIGI IQTISODIYOTI. MUSTAQIL ISH

Mamlakatlar

Ekin

maydoni, ming ga

Hosildorligi, s/ga

Yalpi hosil, mlntonna

1

Belgiya

213

78,0

1,660

2

Fransiya

5206

73,0

38,139

3

Germaniya

2794

73,0

20,479

4

Niderlandiya

127

81,0

1,025

5

Angliya

1993

79,0

15,68

6

AQSH

23400

29,0

67,860

7

Xitoy

28426

38,0

107,659

8

Hindiston

26945

26,0

72,458

9

Meksika

719

45,0

3,202

10

Kanada

1060

24,0

25,929

11

Rossiya

21300

30,0

65,100

12

Ukraina

5575

23

15,900

13

Qozog`iston

9304

0,9

11,500

14

Turkmaniston

508

29,0

1,484

15

Qirg`iziston

463

24,0

1,117

16

Tojikiston

330

11,0

365




Jami dunyo bo`yicha

220258

30,2

650,727

Sug`oriladigan yerlarda o`rtacha hosildorlik Andijon viloyatida 62,1 s., Qashqadaryo 57,9 s, Surxondaryo 56,3 s, Buxoro viloyatida 56,1 s, Samarqand

viloyatida 54,0 s, Toshkent viloyatida 53,0 s, Farg`ona viloyatida 50,6 sentnerni tashkil etdi. Shuni aytish joizki, ayrim ilg`or fermer xo`jaliklarida hosildorlik gektaridan 60-70 sentnerni, hattoki, undan ortiqni tashkil etdi.

Keyingi yillarda qishloq xo`jaligida tarkibiy o`zgarishlar va tarmoqni diversifikatsiyalash hamda modernizatsiyalash hisobiga qishloq xo`jaligi ekinlarining ekin maydonlari o`zgardi, shu jumladan paxta ekin maydoni (1472,5 ming gektardan 1287,1 ming gektargacha) vadonli ekinlar (1616,0 ming gektardan 1600,6 ming gektargacha) ham. Paxta va g`alla ekin maydonlari qisqarishi hisobiga kartoshka, sabzavot va poliz ekin maydonlari miqdori 2005 yilda 5,9% dan 2015 yilda 7,8% gacha kengaygan (16.2.1-rasm).






2-rasm. Barcha turdagi mulkchilik shakllarida bo`lgan xo`jaliklar bo`yicha qishloq xo`jaligi ekinlari maydonining tarkibi, (%da)

Ushbu yillar davomida paxta xom-ashyosi ishlab chiqarish hajmi 3002,4 ming tonnadan3350,0ming tonnagacha va donli ekinlar 3929,4 ming tonnadan7500,6 ming tonnagacha oshdi. Bu ekin turlari bo`yicha ishlab chiqarish hajmining oshishi nafaqat respublika ehtiyojini qondirishni, balki eksport salohiyatini oshirish imkonini berdi. Meva-sabzavot ekinlari ishlab chiqarish hajmi ham oshdi: kartoshka 2,8 martaga, poliz – 2,5 martaga, meva va rezavorlar – 2,9 martaga va uzum mahsulotlari – 2,4 martaga. Agrar sohada qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sishi nafaqat ekin maydonlarining ko`payishiga, balki ularning o`rtacha hosildorlik darajasining oshishiga ham bog`liqdir (16.2.2 - jadval).


2-jadval
Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligi, (ts/ga)







2000 y.

2005 y.

2010 y.

2015 y.

2016 y.

Don va dukkakli don ekinlari, jami

28,2

40,7

44,2

45,3

45,0

Paxta

21,8

25,3

25,4

25,9

23,4

Kartoshka

129,3

170,3

194,9

219,1

225,1

Sabzavotlar, jami

183,8

215,8

252,5

271,0

271,1

Oziqbop poliz

132,4

169,1

192,6

203,6

209,4

Meva va rezavorlar

56,9

62,3

92,6

128,1

134,1

Uzum

63,1

64,7

90,8

133,1

141,9

Bunday natijalarga navlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir mintaqaning tabiy-iqlim sharoitiga mos navlarni to`g`ri tanlash va joylashtirish gektaridan 60-70 sentnerdan hosil yetishtirish bo`yicha aniq agrotexnik tavsiyalar va ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalarning ishlab chiqilganligi va keng joriy etilayotganligi hisobiga erishilmoqda.

Qishloq xo`jaligi rivojlangan mamlakatlardan biri Gollandiya hududida o`simlikchilikdan yuqori hosil olinadi. Gollandiya mamlakatining 60% yerlari dengiz sathidan 5-6 metr balandlikda, 40% i esa 4-5 metr pastda joylashganligiga qaramasdan, g`alladan o`rtacha hosil 100-110 sentnerni, kartoshkadan 600-800 sentnerni, qand lavlagidan 600-700 sentnerni, makkajo`xoridan 100-120 sentnerni tashkil etadi. Dengizdan o`zlashtirilgan yerlardan esa 800-900 sentner kartoshka olinmoqda.

Bundan tashqari, Gollandiya gullar mamlakati hisoblanadi. Ushbu mamlakatda 3000 xildagi gullar yetishtiriladi, shundan 200 xil sadbarg gullar, 80 xildagi gvozdika gullari va boshqalar. Fermerlar ushbu gullarni haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari, har kuni gullar auksionida sotishadi va butun dunyoni gullar bilan ta`minlab turishadi.

Seleksiya va urug`chilik ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida xorijiy ilmiy muassasalardan 100 dan ortiq yangi bug`doy navlari keltirilib, ular mahalliy sharoitimizda har tomonlama sinovdan o`tkazilib, serhosil, yuqori sifatli, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo`lgan 23 ta yangi navlari ishlab chiqarishga joriy etildi.

Bu navlar ichida Krasnodarskaya-99, Turkiston, Yaksart, Tanya, Hazrati Bashir, Hisorak kabi intensiv navlar ishlab chiqarish sharoitida har gektaridan 60-70 sentnerdan oshirib hosil bermoqda.

Mamlakatimiz olimlari tomonidan qurg`oqchilikka va sho`rga chidamli hosildorligi yuqori Chillaki, Bobur, Andijon-1, Andijon-2, Andijon-4, Elomon, O`zbekiston-1, Hosildor, Zamin-1, Do`stlik, Omad, Makonat, Asr kabi mahalliy bug`doy navlari yaratilib, Davlat nav sinoviga berildi. Kelgusida har bir mintaqa sharoiti uchun mos yangi navlar yaratish bo`yicha ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. Buning uchun Rossiyaning Saratov, Yugo-Vostok, Serbiyaning Noviy sad ilmiy tadqiqot institutlari, IKARDA, SIMMIT Xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda shu mintaqaga xos bo`lgan yangi navlar yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Biroq ayrim viloyat, tuman hamda fermer xo`jaliklarida boshoqli don ekinlarini o`stirishda agrotexnik tadbirlarni bajarishning texnologik talablariga rioya qilinmaganligi natijasida dondan yuqori va sifatli hosil olinmayapti. Buning asosiy sababi boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnika tadbirlarini o`z vaqtida sifatli qilib o`tkazmasligidir. Ayniqsa tuproq unumdorligiga ahamiyat bermaslik, yerni ekishga sifatli tayyorlanmasligi, organik va ma`dan o`g`itlar yetarli miqdorda va to`g`ri nisbatlarda qo`llanilmasligi, g`allani sug`orishni o`z vaqtida va sifatli o`tkazmaslik, kasallik va zararkunandalarga hamda begona o`tlarga qarshi o`z vaqtida choralar ko`rmaslik, g`alla navlarining hosildorlik imkoniyatidan to`la foydalana olmaslik don sifatining pasayishiga olib kelmoqda.

Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qo`llaniladigan agrotexnik tadbirlarning bajarilishining texnologik talablariga to`la rioya qilingandagina yanada yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi.

Umuman olganda, g`alla hosildorligi tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan nav xususiyati, qo`llanilayotgan agrotexnik tadbirlarga bog`liq. Boshoqli don o`sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta`sir etuvchi agrotexnik tadbirlardan har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitiga mos nav tanlash, yerni ekishga sifatli tayyorlash, navdor va ekish sifati yuqori urug`lik bilan mintaqa uchun maqbul muddat va meyorda ekish, ekilgan urug`likni bir tekisda undirib olish, bug`doy maysalari to`la to`plangan holda tinim davriga kirishi uchun barcha agrotexnik tadbirlarni o`tkazish, sug`orish, ma`dan va organik o`g`itlar bilan oziqlantirish, o`suv davrida ildizdan tashqari azotli o`g`itlar bilan oziqlantirish, suspenziya sepish, begona o`tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, yetishtirilgan hosilni nobutgarchiliksiz yig`ib olishga bog`liq.



Yuqorida keltirilgan boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnik tadbirlarni maqbullashtirilgan holda o`z vaqtida sifatli qilib o`tkazilishi hosildorlik va don sifatini oshiradi. Bularni bajarilishidagi texnologik talablar:
    1. Yerni ekishga tayyorlash

А). Ochiq yer maydonlarini ekishga tayyorlash

    • fosforli va kaliyli mineral o`g`itlarning yillik meyorini yerni ekishga tayyorlashdan oldin solish;

    • yerni shudgorlash (35-40 sm);

    • tekislash;

    • mola bosish;

    • sho`r yuvish;

    • to`liq karta hosil qilish.

B). G`o`za qator orasiga bug`doy ekish uchun yer tayyorlash

    • g`o`za ekilgan maydon qirg`oqlarini 10-15 metr masofada g`o`zapoyadan tozalash;

    • fosforli va kaliyli mineral o`g`itlarning yillik me`yorini sepish;

    • kultivatsiya yordamida g`o`za qator oraliqlarini 14-15 sm chuqurlikda yumshatish;

    • birinchi kultivatsiyani to`liq mayda ishchi organlar bilan amalga oshirish;

    • ikkinchi kultivatsiyani mayda ishchi organlar bilan birgalikda britvalar yordamida amalga oshirish;

    • qator orasiga ishlov berilganda ishchi organlarni g`o`za o`simligidan 3-4 sm. masofada amalga oshirish.
    1. Nav tanlash

Boshoqli don ekinlarida yuqori va sifatli don yetishtirishda navning o`rni katta. Eng yaxshi nav tanlash hisobidan hosildorlikni gektaridan 5-10 sentnerga oshirish mumkin.

Ertapishar navlar – Chillaki, Bobur, Mars-1, Andijon-4, Zamin-1, Kuma, Yesaul, Omad, Matonat, Selyanka.

O`rtapishar navlar – Kroshka, Tanya, Pamyat, Nota, Krasnodarskaya-99, Andijon-2, Moskvich, Kupava, Nikoniy.

Kechpishar navlar – Polovchanka, Andijon-1, Durdona, Vostorg, Fortuna.
3-jadval
Ekish muddatlarini to`g`ri belgilash







Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish