Kirish. Optika fanining rivojlanish tarixi. Yorug`lik to`lqinlarini qayd qiluvchi asboblar. Chiziqli va nochiziqli optika Reja



Download 263 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi263 Kb.
#949803
  1   2   3
Bog'liq
Kirish. Optika fanining rivojlanish tarixi. Yorug`lik to`lqinlar


1-ma’ruza
Kirish. Optika fanining rivojlanish tarixi. Yorug`lik to`lqinlarini qayd
qiluvchi asboblar. Chiziqli va nochiziqli optika
Reja:
1. Optika bo‘limini o‘qitishdan maqsad.
2.Optikaning asosiy masalasi.
3.Elektromagnit to‘lqin shkalasi.
4.Optik hodisalarni tushuntirish usullari.
5.Kuchli va kuchsiz yorug‘lik maydoni.
MASHG‘ULOTNING MAQSADI - Talabalarga . Optika fanining rivojlanish tarixi. Yorug`lik to`lqinlarini qayd qiluvchi asboblar. Chiziqli va nochiziqli optika va uning qo‘llanilish xossalari va ularni xarakterlovchi fizik kattaliklar haqida bilimlar berishdan iborat.
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR

  • Optikaning asosiy tushunchalari;

  • Ko‘rinish soxasiga mos keluvchi yorug‘lik;

  • Optikaning bo‘limlari;

  • YOrug‘lik tufayli tashqi olamni ko‘ramiz va o‘rganamiz

  • YOrug‘lik energiyaning bir turi

  • YOrug‘likning intensivligi

  • Superpozitsiya tamoyili

MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI

Isak Nyutonning kundalikgidagi ba’zi atamalar bizni qiziqtirdi, masalan, “tabiiy, shaffof, mo’rt, aql bovar qilmaydigan tosh, sariq rang”. Shu kabi ro’yxatdan bir qancha umumiy xulosalar kelib chiqadi. Vakuum va boshqa biror muhit chegarasiga tushgan nur muhitda unga o’tkazilgan normalga yaqinroq bo’ladi. Gazlarga yorug’lik nuri tushganda singan nur normalga yaqin bo’ladi, agar gazning zichligini orttirsak, nur normaldan uzoqlashib boradi. Bir jinsli yoki aralashmali bo’lgan suyuqliklarda nurning sinishi suyuqliklarning zichligiga bog’liq holda o’zgaradi. Qattiq moddalarda singan nur har doim ham normalga yaqin bo’lavermaydi.
Isaac Newton did so, including in his list many amusing substances,
such as “Danzig vitriol” and “a pseudo-topazius, being a natural, pellucid, brittle, hairy stone, of a yellow color.” Several general rules can be inferred from such a list:
• Vacuum lies at one end of the list. In refraction across the interface
between vacuum and any other medium, the other medium has rays
closer to the normal.
Among gases, the ray gets closer to the normal if you increase the
density of the gas by pressurizing it more.
• The refractive properties of liquid mixtures and solutions vary in a
smooth and systematic manner as the proportions of the mixture are
changed.
Denser substances usually, but not always, have rays closer to the
normal. 1

Kuzatishlardan ma’lum bo‘lganki, yorug‘lik bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi. Yorug‘lik nuri deb, energiya oqimining tarqalish yunalishiga


aytiladi.



1-rasm
Vakuumda yorug’likning tarqalish tezligi C= 3*108 m/s =300000 km/s ni Fuko aniqlagan. Agar yorug‘lik manbaining o‘lchami jism va ekran orasidagi masofa qiymatidan ancha kichik bo‘lsa yoki yorug‘lik juda kichik teshikchalardan o‘tsa, u holda yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tarqalish qonuni buziladi.
Optika bo‘limini o‘qitishdan asosiy maqsad:

  1. Yorug‘lik energiyaning bir turiga taaluqli.

  2. Yorug‘lik tufayli tashqi olamni ko‘ramiz va o‘rganamiz.

  3. Tashqi olam ko‘rinishi, yorug‘lik qonunlari ko‘zimizning xususiyatiga bog‘liq emasligi.

  4. Tabiat qonunlarini chuqur va keng o‘rganishda ko‘zning kamchiliklaridan holi bo‘lgan asboblardan foydalanish.

  5. Yorug‘likning texnika va modda tuzilishini o‘rganishdagi ahamiyati.

  6. Yorug‘lik manbai turlari bilan tanishish (tabiiy va sun’iy yorug‘lik manbalari).

  7. Yorug‘lik o‘simlik va tirik mavjudot yashashining asosiy sharti ekanligi haqida tushunchalar berish.

2. Optika keng tarmoqlangan fan, uni batafsil 40-50 soat vaqt ichida to‘la o‘rganish mumkin emas. Optikaga ajratilgan soatda umumiy tushunchalar bilan tanishtirish uchun quyidagicha masalalarni ko‘ramiz:

  1. Yorug‘lik energiyaning bir turi hisoblanishi.

  2. Yorug‘lik manbalari.

  3. Yorug‘likning bir jinsli muhitda manbadan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishi.

  4. Ikki muhi chegarasida yorug‘likda kuzatiladigan hodisalar.

  5. Ko‘zning ko‘rish asosi.

  6. Ko‘zning ko‘rish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlatiladigan asboblar.

  7. Yorug‘likning tabiati

  8. Yorug‘lik to‘lqinlari uchun to‘siq va tirqishlarda kuzatiladigan hodisalar.

  9. Ranglarning hosil bo‘lishi.

  10. Yorug‘lik ta’sirida moddalarning tuzilishini o‘rganish.

Yuqorida keltirilgan masalalarni to‘la o‘rganish uchun optikada to‘rta usullardan foydalaniladi.
Birinchi usuli nur optikasi. Bir jinisli izotrop muhitda yorug‘likning tarqalishi. Qaytish,sinish va qaytuvchanlik qonunlari. Ko‘zgular va linza yordamida buyum tasvirini hosil qilish usullarini o‘rganadi.
Ikkinchi usuli to‘lqin optikasi. Yorug‘likning tabiati ,tuzilishi va tarqalishi haqidagi ma’lumotlar o‘rganiladi.To‘lqin optikasining eng muhim hodisasidan biri uni qutublanishidir. Fazo yoki tekislikda elektrmaydon kuchlanganlik vektorining yo‘nalishi aniqlanadi.
Uchinchi usul-fizikaviy optika.Yorug‘lik va jisimning o‘zaro tasirlarini o‘rganadi.Yorug‘likning interfrensiya va difraksiya hodisalari nurlarning mustaqqillik tamoilidan chetlashadi.Bu jarayonda yorug‘lik to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalmaydi.
To‘rtinchi usul-kvant optikasidir.Bunda yorug‘likni tuzilishi –zarra foton ko‘rinishida o‘rganiladi.Bu usulni o‘quv qo‘llanmada o‘rganilmaydi . Keltirilgan to‘rtta usullar bir-birini to‘ldiradi, o‘rganilayotgan hodisa to‘g‘risida to‘la ma’lumotga ega bo‘lamiz. Ularning qaysi biridan foydalanish o‘rganilayotgan hodisa yoki tajribaga bog‘liq. Maqsad hodisani sodda va oson tushuntirish.
Yorug‘lik manbalarining nurlanishda optik tabiatini ularning tarqalish qonunlarini jismlar bilan ta’sirlashganda kuzatiladigan jarayonlarni o‘rganuvchi fizikaning bu bo‘limiga optika deyiladi. Yorug‘lik yuqori chastotali, tez o‘zgaruvchan, elektromagnit to‘lqin tabiatiga ega. Shu sababdan optikani elektromagnit maydonning bir qismini o‘rganuvchi fizikaning bo‘limi deb qarash mumkin. Har qanday to‘lqinning (mexanik, akustik, elektromagnit va b.) chastotasi , tebranish davri T, to‘lqin uzunligi  va uning ma’lum bir muhitda tarqalish tezligi o‘zaro quyidagicha bog‘langan
Vakuumda yorug‘lik tezligi teng. Ko‘z ko‘radigan elektromagnit to‘lqin shkalasi juda kichik spektral soha yoki quyidagi to‘lqin oralig‘iga ega:
Muhitda yorug‘lik tezligi qonun bilan tarqaladi. n -muhitning sindirish ko‘rsatkichi havo uchun n=1. SHu sababli binafsha to‘lqin chastotasi , qizil to‘lqin chastotasi ga teng.
Biror muhitda elektromagnit to‘lqin tarqalishida uning chastotasi  o‘zgarmay, to‘lqin uzunligi  o‘zgaradi. Masalan suvda qizil to‘lqin uzunligi tarqalsa, uning to‘lqin uzunligining o‘zgarishini ko‘raylik:

Umumiy elektromagnit to‘lqin shkalasida yorug‘lik to‘lqinining ko‘rinish sohasi mos keluvchi spektral soha 1-jadvalda keltirilgan. Ular har xil usullar bilan hosil qilinib tegishlicha qayd qilinishi bilan, 1-jadvalda keltirilgan elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishini bir xil differensial tenglamalarga mos keladi.

Download 263 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish