2.2 Ikkita yarim davrli to‘g‘rilagich, uning tuzilishi va vaqt diagrammalari.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami w2 g‘altagining yuqori va pastki qismida yarim o‘tkazgichli VD-1 va VD-2 diodlar o‘rnatilgan, agar g‘altakning yuqori qismida qutb musbat bo‘lsa diod VD-1 ochiladi, tok o‘tadi. Bu paytda pastki qismidagi g‘altak uchlarida manfiy qutb bo‘lgani uchun VD-2 diodi yopiq bo‘ladi. Qutblarda zaryad ishorasi 1 sekundda 50 marta o‘zgaradi, har doim musbat bo‘lgan paytda diodlar ochiladi, manfiy bo‘lganda diodlar yopiladi. Ana shunday tartib ikkita yarim davrli to‘g‘rilagichlar ishlaydi. Bu to‘g‘rilagichlarda chiqish kuchlanish chastotasi f =100 gerts gacha o‘zgarib turadi.
Bu xildagi to‘g‘rilagichlar o‘quv-laboratoriya ishlari bajargan paytlarda qo‘llaniladi. Ularning turlari VU-4; VU-8; VU-10 deb ishlab chiqariladi.
2-rasm ikki yarim davrli to’g’irlagich sxemasi va vaqt diagrammalari
Afzalligi: bu sxemadagi to‘g‘rilagich bitta yarim davrli to‘g‘rilagichga solishtirganda pulsatsiyasi ikki baravar kam. Bitta yarim davrli to‘g‘rilagich bilan bir xil pulsatsiya koeffitsiyentida kondensator sig‘imi ikki baravar kam bo‘lishi mumkin.
Kamchiligi: transformator konstruksiyasining murakkabligi va transformatorda mis va po‘latning neratsional isrofi.
2.3Bir fazali, ko‘prik chizmali to‘g‘rilagichlar, uning tuzilishi va vaqt diagrammalari, kuchlanishni ikkilantirib ko‘paytirish sxemasi va vaqt diagram-malari va to‘g‘rilagichlarning asosiy xarakteristikalari
Bu turdagi to‘g‘rilagichlar uchun pasaytiruvchi transformatorga to‘rtta yarim o‘tkazgichli diodlar ishlatiladi va ular elektr zanjirga ko‘prik chizma usulida ulanadi (3-rasmga qarang).
Bu sxemaning asosiy xususiyati – o‘zgaruvchan kuchlanishning ikkala yarim davrlarini to‘g‘rilashda transformatorning bitta ikkilamchi chulg‘amidan foydalanish.
Afzalligi: yarim davrli to‘g‘rilagichga nisbatan ko‘priksimon sxemada pulsatsiyalanish darajasi 2 ikki marta kam, yuqori FIK, transformatordan ratsional foydalaniladi, uning hisoblangan quvvati kamayadi. Ikkita yarim davrli sxemaga nisbatan pulsatsiyalanish darajasi bir xil darajada bo‘lganda ham ko‘prik sxemasida transformatorning soddaroq konstruksiyasidan foydalaniladi. Ventillarning teskari kuchlanishi avvalgi sxemalardagidan ko‘ra anchagina past bo‘lishi mumkin.
Kamchiligi: ventillar soni ko‘payishi va teskari kuchlanishni rostlash uchun har bir ventilni shuntlash zaruriyati.
3-rasm. Bir fazali ko’prik chizmali to’g’irlagich cxemasi va vaqt diagrammasi
4-rasm. Bir fazali ko’prik chizmali to’g’irlagich sxemasining ikkinchi variant
Bunday to‘g‘rilagich sxemasi turli sxemalarda eng ko‘p qo‘llaniladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida o‘rta chiqish simi bo‘lgan taqdirda mazkur sxema asosida yana ikkita to‘g‘rilash sxemasi olish mumkin:
Birinchi sxemada (4-rasm, a) transformatorning ikkilamchi chulg‘amining o‘rta qismidan olingan chiqish simi asosiydan ikki baravar kichik kuchlanish olishga imkon beradi. Shunday qilib, ko‘prikli sxemadan asosiy kuchlanish olinadi, qo‘shimchasi esa ikkita yarim davrli.
Ikkinchi sxema (4-rasm, b)da asosiy sxema bo‘yicha olinadigan kuchlanishdan amplitudasi ikki baravar kichik bo‘lgan ikki qutbli kuchlanish olinadi. Ikkovi kuchlanish ham ikkita yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi orqali olinadi.
Kuchlanishni ikkilantirib ko‘paytirish sxemasi 5-rasmda keltirilgan. Ushbu sxemaning farqlanadigan xususiyati shuki, transformatorning ikkilamchi chulg‘amidan olingan
5-rasm. Kuchlanishni ikkilantirib ko‘paytirish sxemasi va vaqt diagrammasi
o‘zgaruvchan kuchlanishning bitta yarim davrida bir kondensator «zaryadlanadi», ikkinchi yarim davrida esa ikkinchi kondensator «zaryadlanadi». Ikkala kondensatorlar ham ketma-ket ulangani sababli ulardagi natijaviy kuchlanish xuddi shu ikkilamchi chulg‘amdan bitta yarim davrli to‘g‘rilagichda olinganidan ko‘ra ikki baravar yuqori.
Afzalliklari: transformatorning ikkilamchi chulg‘amini amalda kichikroq kuchlanishga mo‘ljallab hisoblash mumkin.
Kamchiliklari: to‘g‘rilagich ventillaridan birmuncha ko‘p toklar o‘tadi. Ikkita yarim davrli sxemalardagidan ko‘ra pulsatsiya darajasi baland.
Quyida to‘g‘rilagichlarning asosiy xarakteristikalarini keltiramiz:
O‘zgarmas tokning nominal kuchlanishi – to‘g‘rilangan kuchlanishning texnikaviy talablar asosidagi o‘rtacha qiymati. Odatda filtrgacha kuchlanish U0 va filtrdan keyingi kuchlanish (yoki uning alohida qismlaridagi) – U. Shu to‘g‘rilagich oziqlantirishi kerak bo‘lgan qurilmalarga zarur kuchlanishning qiymati bilan belgilanadi.
To‘g‘rilangan nominal tok I0 – to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati, ya’ni uning tarkibidagi texnikaviy talablar asosidagi o‘zgarmas qismi. Shu to‘g‘rilagich oziqlantirishi kerak bo‘lgan qurilmalar barcha zanjirlarining natijaviy qiymati bilan belgilanadi.
Tarmoq kuchlanishi Utarmoq – to‘g‘rilagich ulangan o‘zgaruvchan tok tarmog‘i kuchlanishi. Bu kuchlanishning maishiy tarmoq uchun standart qiymati – yo‘l qo‘yiladigan 10%dan ortmagan tebranishlar bilan 220 volt.
Pulsatsiya – to‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish ѐki tokning o‘zgaruvchan qismi. Bu to‘g‘rilagichning sifat ko‘rsatkichidir.
Pulsatsiya chastotasi – to‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish ѐki tok tarkibidagi eng keskin ajralib turgan garmoniklarning chastotasi. Eng oddiy bitta yarim davrli to‘g‘rilagichning pulsatsiya chastotasi oziqlantiruvchi tarmoq chastotasiga teng. Ikkita yarim davrli, ko‘priksimon va ikkilantiruvchi kuchlanish to‘g‘rilagichlarida pulsatsiya chastotasi oziqlantiruvchi tarmoq chastotasining ikki baravariga teng.
Pulsatsiya koeffitsiyenti – to‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish ѐki tok tarkibidagi eng keskin ajralib turgan garmonik amplitudasining kuchlanish ѐki tokning o‘rtacha qiymatiga nisbati. Pulsatsiya koeffitsiyenti filtr kirishida (p0 %) va filtr chiqishida (p %). Filtr chiqishida pulsatsiya koeffitsiyentining yo‘l qo‘yiladigan qiymati yuklamaning xarakteriga qarab belgilanadi.
Filtratsiya koeffitsiyenti – (silliqlash koeffitsiyenti), bu filtr kirishidagi pulsatsiya koeffitsiyentining filtr chiqishidagi koeffitsiyentga nisbati kc = p0/p. Filtr ko‘p zvenoli bo‘lganda Filtratsiya koeffitsiyenti ayrim zvenolar filtratsiya koeffitsiyentlarining ko‘paytmasiga teng.
To‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanishning tebranishi (nostabillik) – o‘zgarmas tok kuchlanishishining nominalga nisbatan o‘zgarishi. Stabilizatorlar bo‘lmaganda kuchlanish tebranishi tarmoq kuchlanishi o‘zgarishlari bilan aniqlanadi.