Kirish Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi



Download 281,62 Kb.
bet1/2
Sana31.05.2022
Hajmi281,62 Kb.
#623058
  1   2
Bog'liq
Abbos


Kirish
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi. 
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2021 yil yanvar-aprel oylarida reja ko‘rsatkichlari bajarilishi va II-choragida prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishga qaratilgan geologo-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan «Zavarda» konida tashkil etilgan shtabda boshqarma va kon boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Boshqarma tasarrufidagi konlardan 2021 yilning yanvar-aprel oylarida konlar kesimida gaz va gaz kondensati qazib chiqarish bo‘yicha boshqarma direktori, bosh muhandisi, bosh geologi va kon boshliqlarining loyiha taqdimoti eshitildi, qazib chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilmagan konlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ko‘rsatkichlarning bajarilmaslik sabablari tahlil qilindi. Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan kon boshliqlari hisobotlari tanqidiy tahlil qilinib ogohlantirish berildi.
Jumladan, Boshqaruv raisi «O‘rtabuloq», «Dengizko‘l», «Somontepa», «Tegirmon», «Uzunshor», «O‘rtabuloq Terregen», «Ko‘kdumaloq, Janubiy Alan», «Istmoq», «Alan» «Zevarda», «Janubiy Kemachi» va «Jayron» «Muborak guruhi», «Girsan-Cho‘lquvar» «Pomuq», «Shimoliy Darvoza» «Umid», «Ko‘ltak» konlari boshliqlarining har biri bilan alohida suhbatlashib, ularning muammolari, yaratib berilgan sharoitga qaramay ko‘rsatkichlar bajarilmagani sababini muhokama qildi.
Boshqaruv raisi tomonidan yanvar-mart oylariga qadar ishlar yaxshi tashkil etilgani, afsuski aprel oyidan boshlab ko‘rsatkichlar pasayib ketganini, «Alan» va «Zevarda» konlar majmuasida siquv kompressor stansiyalari ishga tushirilib, 14 ta yangi quduq burg‘ilashdan ishga qo‘shilganiga qaramay Boshqarma tomonidan belgilangan topshiriqlar to‘liq bajarilmagani tanqid qilindi.
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida yanvar-aprel oylarida jami 101 ta tadbirlar amalga oshirildi, jumladan, 14 ta yangi burg‘ilashdan quduqlar ishlatishga tushirildi, mavjud 78 ta quduqlarda mukammal ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi, 7 ta texnologik ob’yektda rekonstruksiya, modernizatsiya va qurilish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, «Alan» va «Zevarda» konlarida past bosimli siquv kompressor stansiyalari ishlatishga tushirilishi munosabati bilan kunlik 2,0 mln kub metr tabiiy gaz qazib olish ko‘paytirishga erishildi.
Shunga qaramay hisobot davrida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo‘yicha tabiiy gaz qazib olish rejasi 99,5%ga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 98,3%ga bajarildi.
Boshqaruv raisi tomonidan avvalambor 1 yarim yillik ko‘rsatkichlarini to‘liq bajarish bo‘yicha qattiq choralar ko‘rish, shuningdek, o‘sish sur’atini ta’minlash borasida qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqish, barcha imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Boshqarma direktori tomonidan konlarda olib borilayotgan tadbirlar bo‘yicha hisobotida yangi gaz quvurlarini qurish, texnologik jarayonlarni yaxshilash maqsadida gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari qurilishidagi muammoli masalalar va ularni yechimi muhokama qilindi.
Uglevodorodlarni qazib chiqarishni oshirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar ham ko‘rib chiqilib, gaz quvurlarini qurilish ishlari va moddiy tovar boyliklarini o‘z vaqtida yetkazib berish, qurilish montaj ishlarini belgilangan muddatlarda tugatish yuzasidan Bosh pudradchi «Eriell» kompaniyasi mutaxassislariga ko‘rsatmalar berildi va kelishib olindi.
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2021 yilda 16,8 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olish rejalashtirilgan, bu o‘z navbatida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 286,9 mln kub metr ko‘p, yoki o‘sish sur’ati 101,7%, kondensat qazib chiqarish 310,7 ming tonna, neft qazib chiqarish 109,0 ming tonna belgilangan.
Ushbu qazib chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun burg‘ilashdan 53 ta yangi quduqlarni ishga tushirish, mavjud 235 ta quduqlarda mukammal ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari olib borish hamda 17 ta texnologik ob’yektlarda qurilish montaj ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Geologo-texnik tadbirlarda may-iyun oylarida bajarilishi ko‘zda tutilgan Uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish Dasturi va o‘z mablag‘lari hisobidan yangi ishlatish quduqlarini burg‘ilashdan ishga tushirish, gaz konlaridan mavjud gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari hamda siquv kompressor stansiyalarigacha qo‘shimcha gaz quvurlarini montaj qilish va texnologik ob’yektlarni ishga tushirishni jadallashtirish bo‘yicha texnik qarorlar qabul qilib, loyihalar ishlab chiqish, moddiy-texnik resurslar, quvurlar, armaturalar bilan ta’minlash hamda qurilish montaj ishlarini olib borishdagi muammoli masalalar muhokama qilinib, tegishli departament va boshqarma boshliqlariga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yangi istiqbolliy maydonlarda olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish, gaz zaxiralarini o‘stirish yuzasidan ishlarni tashkil etish, shu bilan birga 3 ta yangi istiqbolli konlarda quyi qatlamarga yanada chuqurroq burg‘ilash ishlarini olib borish uchun qaror qabul qilindi va tegishli mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Alan” koni va siquv kompressor stansiyasining ishga tushurilgan sanasi, mavjud asosiy qurilmalarning qisqacha texnik tavsifi, ishga tushgan quduqlar soni va ularning holati bilan tanishdi.
Kon va Siquv kompressor stansiyasidagi mavjud muammolar, ya’ni hozirda 76 dona quduq ishlab turganligi, loyiha asosida gaz olinishi uchun 92 dona quduq bo‘lishi kerakligi, buning uchun yana 16 dona quduqlarni ishga tushurish uchun bo‘rg‘ulash ishlari olib borilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Siquv kompressor stansiyasining asosiy muammolaridan biri gazni siqish agregatlaridagi NK-16-18STD markali dvigatellarni ishlash muddati o‘tib ta’mirlashga jo‘natish kerakligi, bunda “Alan” siquv kompressor stansiyasi uzluksiz ishlab turishi uchun “KMPO” MChJ korxonasidan ijaraga dvigatel olib kelib ishlatish kerakligi ta’kidlandi.
Quduqlardagi gazning bosimi tez tushib ketayotganligi sababli mavjud SKS-1 past bosimdagi gazlarni ko‘tarish quvvati yetmasligi sababli yangi SKS-2 qurilishi tez fursatda boshlanishi va buni 2020 yilning 1 oktabriga qadar ishga tushirish rejalashtirilgani bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Boshqaruv raisi ishchi-xodimlarning ishga bulgan yondashishlari, ularning oylik ish haqlari miqdori borasida ularning o‘zlari bilan suhbat o‘tkazdi. Ishchi-xodimlar ham o‘z navbatida yaratib berilayotgan sharoit, joriy yilda maoshlari oshgani munosabati bilan minnatdorchilik bildirishdi.
Kun mobaynida Muborak neft va gaz kazib chiqarish boshqarmasiga karashli “O‘rtabuloq-Dengizko‘l” majmuasida bo‘lgan Boshqaruv raisi va Ishchi guruh 15 kunlik vaxta tizimida ishlaydigan ishchi-xodimlarning o‘z tashabbuslari bilan vaxtalarda qolib ishlayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Shuningdek, Boshqaruv raisi va Ishchi guruh “O‘rtabuloq” konida bo‘lib, “O‘rtabuloq” 1-sonli qidiruv qudug‘i, “Somontepa” kompressor stansiyasida ham bo‘lib, kompressor stansiyasini betalafot ekspluatasiya qilish va qazib olinayotgan tabiiy gaz sarfini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasida takliflarini berishdi.
Kompressor stansiyasida tashkil etilgan ehtiyot qismlar ko‘rgazmasi bilan ham tanishib, hozirgi vaqtda mamlakatimizda arzon va sifatli ishlab chiqarilayotgan ehtiyot qismlardan foydalanish kerakligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Bundan tashqari, “Somontepa” gaz konida Gazni birlamchi tayyorlash qurilmasi-2 hamda ushbu qurilmadan “Somontepa” GBTK-1 (gazni birlamchi tayyorlash kurilmasi)gacha diametri 1020 mm li 33 km.li gaz quvuri qurib ishga tushirish vazifasi topshirildi.

Download 281,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish