Kirish: Mikroprotsessor vazifalari. Tashqi qurilmalari. Funksional xarakteristikalari



Download 149,3 Kb.
bet1/19
Sana01.05.2022
Hajmi149,3 Kb.
#601229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
xisobot




MUNDARIJA





Kirish: Mikroprotsessor vazifalari. Tashqi qurilmalari. Funksional xarakteristikalari







1

Asosiy qism: Mikroprotsessorlar







2
3
4

Mikroprotsessorlarning turlari.
Mikroprotsessorlarning tarkibi.
Mikroprotsessorning interfeys qismi.










5

Xulosa







6

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati







KIRISH

Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bо‘lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish hamda kо‘pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bо‘ladi.


Kompyuter tarmoqlari hozirgi zamon taraqqiyotining ajralmas bir qismi bо‘lib, banklar, pochta, telegraf, telefon, korxonalar, о‘quv muassasalari, axborot resurs markazlari, savdo korxonalari va uylar kompyuter tarmog‘i bilan bog‘lanib, ular Internet tarmog‘iga ulangandir.
Eng taniqli tarmoqlardan biri IP tarmoq – Internet tarmog‘i – global tarmoq bo‘lib, mahalliy IP tarmoqlarni Siz har bir korxonada uchratishingiz mumkin. Bu tarmoqlarni tashkil etuvchilari va ularning o‘zini yaratish va ularning resurslaridan maqsadli hamda unumli foydalanish masalalari hozirgi kunning dolzarb talablaridandir.
Darslik malliflarning kompyuter tizimlari va tarmoqlari bо‘yicha kо‘p yillik shaxsiy tajribalari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida yillar davomida “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”, “Axborot tizimlarining unumdorligi ”, “Yuqori unumdorli kompyuter tizimlari” va “Axborot boshqarish tizimlarining asoslari”, “Telekommunikatsiya tarmoqlari va sistemalari” fanlaridan о‘qilgan ma’ruzalari asosida yozilgan.
Ushbu darslik kompyuter tizimlari va tarmoqlarining eng asosiy negizlariga, uning usullariga va unga yondashishga bag‘ishlangan bо‘lib, u o‘n oltita bоblardan tashkil topgan va har bir bob sо‘ngida olingan bilimni sinash uchun nazorat savollari rо‘yxati keltirilgan.
Birinchi bob har qanday tarmoqning asosi bо‘lgan kompyuterlarning asosiy turlari, bloklari ularning vazifalari va kо‘rsatkichlariga hamda kompyuterlarning asosiy qismi bо‘lgan mikroprotsessorlarni bayon qilishga bag‘ishlangan.
Ikkinchi bobda hisoblash tizimlarining arxitekturasi, axborot-hisoblash tizimlarining turlari va vazifalari hamda axborot-hisoblash tizimlarining tarkibi, tuzilishi, shuningdek kо‘p mashinali va kо‘p protsessorli kompyuter tizimlari haqidagi materiallar batafsil yoritilgan.
Uchinchi bobda parallel arxitekturalar va axborot tizimlarining unumdorligini о‘rganishda Amdal qonuni, axborot tizimlarining unumdorligini oshirishdagi urinishlardan biri – parallel tizimlar topologiyasi hamda parallel tizimlarni Flin bо‘yicha turlanishi kо‘rib chiqilgan.
Tо‘rtinchi bob hisoblash tizimlarining unumdorligini baholash usullaridan biri bo‘lgan takt chastotasi bо‘yicha baholash, chо‘qqi va real unumdorliklar hamda MIPS va Flops birliklari, shuningdek testlar yordamida unumdorlikni hisoblashlarni bayon qilishga bag‘ishlangan.
Beshinchi bob esa tarmoq texnologiyalarining eng asosiylari “Shina”, “Halqa” va “Yulduz” topologiyalarining afzallik va kamchiliklari, ISO/OSI modeli, tarmoq protokollari va shuningdek axborot almashuvini boshqarish usullarini batafsil bayon qilishga bag‘ishlangan.
Oltinchi bobda kabelli axborot uzatish muhiti bо‘lgan о‘ralgan juftlik, koaksial va shisha tolali kabellar hamda simsiz aloqa kanallari, ularning turlari, imkoniyatlari, texnik kо‘rsatkichlari, shuningdek aloqa yо‘llarining texnologik kо‘rsatkichlarini moslash hamda axborotlarni kodlashtirish batafsil yoritilgan.
Yettinchi bob lokal tarmoq texnologiyasiga bag‘ishlangan bо‘lib, unda kо‘p tarqalgan Ethernet va Fast Ethernet, Token–Ring tarmoqlarining imkoniyatlarini yoritishga bag‘ishlangan.
Sakkizinchi bobda tarmoq qurilmalari va ularning vazifalari hamda tarmoq uskunalari batafsil bayon qilingan.
Tо‘qqizinchi bobda amaliyot tizimlarning vazifasi va qо‘llanilishi hamda tarmoq operatsion tizimlari, bir rutbali va serverli tarmoq operatsion tizimlari, tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi keltirilgan.
О‘ninchi bob global tarmoq texnologiyasiga bag‘ishlangan bо‘lib, unda birlamchi tarmoqlar, Frame Relay, ATM va MPLS texnologiyalari, shuningdek IP global tarmoqlar va ularning muammolariga tо‘xtalib о‘tilgan.
О‘n birinchi bobda tarmoq xizmatlari hisoblanuvchi elektron pochta va Veb-xizmatlar, shuningdek tarmoqni boshqarish tizimi va SNMP protokoli kо‘rib chiqilgan.
О‘n ikkinchi bobda tarmoqning xavfsizlik xizmatlari sanaluvchi kompyuterning xavfsizligi va tarmoqning xavfsizligi haqida, tarmoq xavfsizligi uchun muhim bо‘lgan butunlik, axborotlarga ega bо‘lish, xavf, hujum tushunchalari, shuningdek shifrlash, sertifikat, elektron imzo va himoyalangan kanal texnologiyasi kabi xavfsizlikni ta’minlash omillari, har bir tizim uchun juda zarur bо‘lgan xavfsizlik siyosati haqida ma’lumotlar berilgan.
O‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi boblarda sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarining ma’lumot almashinuv jarayonlarini tartibga soluvchi protokollar va ularning turlari, tuzilish sxemalari va ishlash tamoyillari hamda ularga oid standartlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
O‘n oltinchi bobda sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining strukturalarini tashkil etishda eng ko‘p qo‘laniladigan sanoat Fieldbus va DeviceNet tizimlari haqida asosiy tushunchalar, ularning interfeyslari, shuningdek ushbu tizimlarning asosiy tashkil etuvchilari haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan.



Download 149,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish