Tadqiqotning predmeti sifatida avtomatik identifikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida aholi punktlarida avtomobillar tezligi monitoringini amalga oshirish maqsadida RFID texnologiyasidan foydalanishning texnik va dasturiy ta’minoti olingan.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi radiochastotali identifikatsiya texnologiyasi asosida aholi punktlarida avtomobil tezligini nazorat qilish tizimining algoritmini va modelini yaratish.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak:
avtomobillar tezligini nazorat qilishning bugungi kunda foydalanilayotgan texnologiyalari va usullarini mavjud adabiyotlar asosida tahlil qilish, hamda ularda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq yechimlarni ishlab chiqish;
Zamonaviy avtomatik identifikatsiya texnologiyalarini o’rganish va qiyosiy tahlilini amalga oshirish;
Radichastotali identifikatsiya (RFID) texnologiyasining ishlash prinsipini, qo’llanilish sohalarini o’rganish va turlarini tahlil qilish. Radiochastotali identifikatsiya texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklarini ko’rsatish.
RFID metkalari asosida ishlaydigan avtomobil tezligini nazorat qilish tizimining modelini ishlab chiqish va texnik va dasturiy ta’minotini ishlab chqish
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi:
1) RFID metkalari asosida avtomobil tezligini nazorat qilishining texnik va dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi;
2) Turli xil RFID belgilarining imkoniyatlari tahlil qilinib chiqiladi;
3) Mavjud nazorat tizimlarida vujudga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha yechimlar ishlab chiqiladi;
4) Yo’l patrul xizmati postlarida foydalanilayotgan RFID tizimi bilan bog’lanish bo’yicha aniq ko’rsatmalar ishlab chiqiladi.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharxi. Avtomobil tezligini aniqlash tizimlari, qurilish uslublari va modellari, ularda qo‘llanilayotgan turli signallarini uzatish, unga ishlov berish, qayd qilish va uzatish jarayonlari tadqiqi bo‘yicha keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ushbu tadqiqot yo‘nalishida Carciofi C, Borgese M., Genovesi S., Баевский А.А., Бобцов А.А., Каримов И.И., Мухамбетов A.M., Горячева Е.П., Парамонов А.И, Яновский Г.Г., Гроднев, И.И., Мурадян А.Г, Крылов В.В, Захаров Г.П., Симонина О.А., Вишневский В.М., Ураксеев М.А. va boshqa taniqli xorijiy olimlarning ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Shuningdek belgilangan muammoni tadqiq qilish masalalarida Respublikamiz olimlari R.Isaev, S.A.Sadchikova, A.M.Eshmurodov, N.X.Gulturaev, N.Yu.Yunusov, N.M.Juraev va boshqalar ilmiy ishlari bag‘ishlangan.
Magistrlik dissertatsiyasining
Do'stlaringiz bilan baham: |