Birinchidan,
mavjud umumta'lim dasturlarini to’liq o’zlashtirishga
intiladigan o’quvchilar uchun o’quv yuklamalarining haddan ortiqligi muammosi
mavjud.
Ikkinchidan,
yuqori sinf o’quvchilari (akademik litseylar va kasb-hunar
kollejlari bitiruvchilari) oladigan bilimlar ba'zan ijtimoiy vaziyatlarga amalda kam
moslashtirilgan.
Uchinchidan,
bitiruvchilarda
tavsiya
etilayotgan
bilimlarni
sifatli
o’zlashtirish darajasi unchalik yuqori emasligi kuzatilmoqda.
To’rtinchidan,
ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun ajratiladigan dars soatlari
miqdori deyarli o’zgarmagan holda, o’quv rejasini gumanitarlashtirishga
intilishning kuchayishi kuzatilmoqda. Yangidan-yangi “kichik fancha”lar yuzaga
kelishi bilan bir vaqtda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’rganish hajmi tobora
kamayib
bormoqda.
Bularning
ijtimoiy-gumanitar
yo’nalishdagi fan
o’qituvchilarining dars soatlari hajmiga, ularning tayyorgarlik darajasiga va
o’quvchilarning ushbu fanlarni o’zlashtirishlari sifatiga ta'sir qilishi shubhasiz
albatta.
“Shaxs va jamiyat” fanini o’qitish jarayoniga ta'sir qiluvchi boshqa
muammolar ham mavjud, jumladan, o’rta umumta'lim, o’rta maxsus va kasb-
hunar o’quv muassasalarida ushbu fanga mutaxasislashgan o’qituvchilarining
etishmasligi, “jamiyatshunoslik o’qituvchisi” mutaxassisligi bo’yicha talabalar
tayyorlash hajmining qisqartirilgani, ba'zi oliy pedagogik o’quv yurtlarida
umuman to’xtatilgani, talabalar pedagogik amaliyotiga ajratilayotgan soatlar
miqdorining qisqarishi. Shuning uchun ko’pgina o’rta umumta'lim, o’rta maxsus
va kasb-hunar muassasalarida ushbu fanni asosan tarixchilar o’qitmoqdalar. Lekin
bunday ixtisosdagi o’qituvchilarning etishmasligi sababli dars berishga ko’p
hollarda boshqa mutaxassislik o’qituvchilari jalb qilinmoqda. Ular esa o’zlari
istamaganliklari uchun emas, balki ob'ektiv ravishda “Shaxs va jamiyat” fanidan
etarli darajada dars o’ta olmaydilar.
Hozirgi vaqtda ko’rsatilgan muammolarni qisman hal etish uchun
respublikamiz olimlari va pedagoglari tomonidan “Shaxs va jamiyat” fani bo’yicha
umumta'lim maktablarining XI sinf o’quvchilari va o’rta maxsus, kasb- hunar
ta'limi muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari uchun tamomila yangicha,
amaliyot bilan bog'liq holda dars berishga va bilimlarni o’zlashtirishga qaratilgan
o’quv adabiyotlarini yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunday adabiyotlar qatorida N. Jo’raev va Sh. Azizovlarning “Shaxs va jamiyat”
o’quv qo’llanmasini va bir guruh mualliflar (S. Mamashokirov, A. Hukimov, M.
Lafasov, S. Shorin, I. Karimov, O. Ovcharenko, S. Sayapin, K. Hayitova, A.
Hasanov, B. Rahmonov) tomonidan tayyorlangan “Shaxs va jamiyat” o’quv
14
qo’llanmasini qayd etib o’tish mumkin.
O’quv qo’llanmasi mazmuniga va materiallarni bayon etishga oid
kontseptsiya to’g'risida O’quvchilarning ushbu fan bo’yicha dasturiy talablarni
o’zlashtirishlarini yaxshilash maqsadida o’quv qo’llanmasining mualliflari (S.
Mamashokirov, A. Hukumov, M. Lafasov va boshqalar) butun materialni ikkita
yirik bo’limga va uchinchi qo’shimcha-axborot-ma'lumot bo’limiga
taqsimlaganlar. Birinchi bo’lim o’quv qo’llanmasida “NAZARIY
MASALALAR”, ikkinchi bo’lim “AMALIY Mashg’ulotLAR” deb nomlangan.
Matnlarni havola qilish uslublari va materiallarni bayon qilish xususiyatlariga
ko’ra, ushbu bo’limlar bir-biridan ancha farq qiladi. Ularni tushuntirishga
to’xtalib o’tamiz.
Birinchi bo’lim “Shaxs va jamiyat” fani bo’yicha birlamchi nazariy
axborotlarni etkazuvchi sifatida xizmat qiladi. Bu axborotlarni o’qituvchining
ma'ruzasidagi va o’quvchilarning mustaqil o’quv-izlanish faoliyatida olinadigan
materiallar bilan to’ldirish va kengaytirish zarur.
Ikkinchi bo’lim materiallari o’quvchilarga o’rganilayotgan hozirgi zamon
dunyosi va jamiyatining murakkab tuzilishini ochib berishga qaratilgan
muammolarni tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Bu qism nazariy va amaliy
materiallarni muammoli holda bayon etishni ko’zda tutadi. Shuningdek, uning
mazmuni nafaqat o’quvchilarning aqliga, balki ularning his-tuyg'ulariga ham
murojaat qilish imkonini beradi.
Ikkinchi qism materiallarini tanlash va yoritilish xususiyatlari qo’shimcha
tushuntirishni talab qiladi. Bu quyidagilardir:
-nazariy qismning asosiy tushuncha va qoidalari bizni qurshab turgan dunyo
hodisalari tahlilini kengaytirish uchun xizmat qiladi;
-ko’tarilayotgan muammolarni “o’tmish-hozirgi zamon” ko’rinishida parallel
taqqoslab tahlil qilish usuli ularning muhim ekanligini ravshanroq tasavvur
qilishga yordam beradi;
-mahalliy va xorijiy materiallar mavjudligi milliy va umuminsoniy
qadriyatlar har bir shaxsning hatti-harakatlariga ta'sir ko’rsatishini ochib berishga
imkon yaratadi;
-badiiy adabiyot va publitsistik matnlardan parchalar jalb qilinishi materialni
tushuntirishning emotsional-huquqiy jihatini kuchaytiradi.
Bu esa xulq-atvor qoidalarini o’rganishda va hamma tomonidan qabul
qilingan huquqiy me'yorlarga amal qilish zarurligini tushuntirishda ayniqsa
muhimdir;
-milliy qonunchilikka oid va turli xalqaro hujjatlardan keltirilgan parchalar
amaliy qismda ko’tarilayotgan masalalarning umumiyligi va olamshumulligini
tushunishga ko’maklashadi.
Ikkala qismni nima birlashtiradi. Qo’llanmaning birinchi va ikkinchi
qismlari, eng avvalo, umumiy tushuncha-atamali materialga egaligi hamda
o’qituvchiga mavzular matnini o’zgartirish, materiallardan foydalanishga ijodiy
yondoshish imkoniyatini berishi bilan birlashtirilgan.
O’quv qo’llanmasining navbatdagi va asosiy jihati jamiyat va davlat
hayotining tarixiy va hozirgi muammolariga oid ham milliy, ham g'arb
mamlakatlariga oid faktologik, adabiy va boshqa materiallarning mutanosib
15
ravishda mavjudligidir.
Qo’llanma materiallarini tanlash va bayon qilish kontseptsiyasini yaratishda
mualliflar “Shaxs va jamiyat” fani bo’yicha darslarda akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlarining uchinchi kurs o’quvchilari uchun o’rta maktabning 11-
sinfidagi o’qishdan farqli ta'lim muhitini vujudga keltirish lozimligidan kelib
chiqqanlar. Bu, bir tomondan, o’quvchilarning yoshga oid xususiyatlari bilan
bog'liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, litsey va kollejlardagi o’quv jarayonini tashkil
etish metodikasi bilan bog'liqdir. Ma'lumki, litsey va kollejlarda mashg’ulotlarning
sinf-dars shakli emas, balki ma'ruza-amaliy o’quv faoliyati ko’pro bo’lishi nazarda
tutiladi. O’qitishning ma'ruza-amaliy tizimi darsni katta q hajmdagi
sistemalashtirilgan ma'lumotlarni o’quvchilarning mustaqil ishiga yo’nalish
beruvchi asos sifatida uzatish shakliga aylantirish imkonini b eradi. Birinchi qism
mavzulari o’quvchilarga jamiyatshunoslik muammolarining muayyan ko’lamiga
kirishda yo’nalish ko’rsatuvchi konspekt, ilmiy kategoriyalarni o’rganishning
boshlang'ich bosqichi hamda o’qituvchi ma'ruzalarining asosiy qoidalarini
mustahkamlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Material tuzilish tartibi o’qituvchiga o’quvchilar e'tiboriga havola qilinadigan
materialni o’z ma'ruzalarida strukturaviy-mantiqiy sxemalardan, fanlararo
aloqalardan (masalan, “Ma'naviyat asoslari”, “Umumiy biologiya” va b.), o’zaro
faollik (interaktivlik) usulidan (masalan, o’quvchilar va pedagogning shaxsiy
hayot tajribasi) foydalangan holda boyitish va kengaytirish imkonini beradi.
qo’llanmada qo’shimcha axborot manbalaridan foydalanish bo’yicha muayyan
eslatmalar bor. Masalan, o’qituvchi tarixiy manbalar, jamiyatshunoslar va
adabiyotshunoslarning asarlari hamda turli milliy qonunchilik hujjatlari va xalqaro
hujjatlarni o’rganish bo’yicha ishni tashkil qilishi lozim bo’ladi.
Ushbu o’quv qo’llanmasi hoshiyalarida eslab qolish uchun sanalar, sitatalar,
fikrlar keltirilgan, matnga boy hamda o’quvchi o’rganishi talab qilinadigan
axborotning umumiy ko’lami belgilab berilgan va yagona hujjat hisoblanmish
odatdagi maktab darsligi emas. Shu bilan birga, o’quv qo’llanmasining tuzilishi va
unda bayon qilingan materiallar mazmuni “Shaxs va jamiyat” fanining o’quv
dasturi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining Davlat ta'lim standartlari
talablariga mos keladi.
O’quv qo’llanmasi mavzulariga tavsiyalar tuzishda mualliflar ushbu fan
o’qituvchilarining aksariyati falsafa, sotsiologiya va huquq kabi fanlar emas, balki
tarix fani bo’yicha mutaxassis ekanliklarini e'tiborga oldilar. Shu sababli quyida
bayon qilinadigan materiallarning hajmi turlicha bo’lib, ular birinchi navbatda
mavjud mavzular bo’yicha maxsus kasbiy qo’shimcha bilimlar zarurligini nazarda
tutadi.
Keltirilgan materiallar bir-biri bilan bog'liq va bir-birini to’ldiradi. Ularda
dunyoni, shu jumladan inson va jamiyatni ilmiy o’rganish muammolari to’g'risida,
inson vujudga kelishining tabiiy va ijtimoiy omillari, jamiyat rivojlanishining
qonuniyatlari va sivilizatsiyaviy taraqqiyot bosqichlari to’g'risida ma'lumotlar
mavjud.
Ularni o’rganishga uslubiy yondoshuvlarga kelsak, o’quvchilar
“tsivilizatsiya”, “madaniyat”, “qadriyatlar” kabi tushunchalarni, umuman kursni
bir butun tizim sifatida tashkil etuvchi asosiy tushunchalarini anglab etishlari juda
16
muhimdir. Bunda ushbu tushunchalarning ko’p ma'noli ekanligini hisobga olish
zarur. “Tsivilizatsiya” tushunchasiga keladigan bo’lsak, o’tmishdagi va hozirgi
zamon tadqiqotchilarining unga bergan ta'riflarini ochib berish kerak.
Markaziy Osiyo mintaqasining umumtsivilizatsiyaviy jarayondagi o’rniga doir
masalani muhokama qilish uchun vaqt ajratish zarur. Bunda o’qituvchi mavjud
ko’plab adabiyotlardan, jumladan, quyidagilardan foydalanishi mumkin:
- Ocherki po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana. T., Shark, 2001.
-S. Norqo’ziev. Inson va jamiyat. Namangan, NamDU. 1997.
Undan tashqari, o’quvchilaming “jamiyat”, “inson” kabi dunyoqarashning asosiy
tushunchalarini idrok etishlari uchun hamda jamiyatning murakkab tuzilishga ega
ekanligini, shijoat bilan o’zgarayotgan voqelikni ko’rsatish uchun ma'lumotlar
berilgan. Mavjud material hozirgi zamon jamiyatining tuzilishi va rivojlanish
tamoyillari to’g'risidagi bilimlarni yanada chuqurlashtirish uchun asos bo’lib
xizmat qiladi, bu esa o’quvchilarning to’laqonli ijtimoiylashuvi uchun hayotiy
zaruratdir.
Shuningdek, o’quvchilarning e'tiborini ushbu fanning boshqa gumanitar
fanlar (eng avvalo vatan tarixi va jahon tarixi) va tabiiy fanlar (masalan, biologiya,
ximiya, astronomiya va boshqalar) bilan fanlararo aloqalariga qaratish lozim.
Ta'lim taraqqiyotining barcha jabhalarida ko’zlangan bosh maqsad-
Respublika ta'limini o’sib kelayottan yosh avlod ta'lim-tarbiyasini milliy istiqlol
g'oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo’ygan XXI asr
ta'limini taraqqiyot, ma'naviy-madaniy qarashlar ruhida bo’lishini, eng muhimi,
jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo’lishini ta'minlashdir. Shu
maqsadlarni amalga oshirish yo’lida bajarilgan dastlabki tashkiliy tadbirlarning
ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Avvalambor, bu ikki qonunni ta'lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish
maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay'ati majlisida
tasdiqlandi. Bu hujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta'lim
muassasalarida, ota-onalar, aholi o’rtasida keng tushuntirildi. Ta'limga oid
me'yoriy hujjatlar: kontseptsiyalar, davlat ta'lim standartlari talablari, o’quv
rejalari va dasturlari, Nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlar yuqoridagi ikki qonun
moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzluksiz ta'lim tizimi uzil- kesil
shakllantirildi.
“Talim to’g'risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g'risida”gi
qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi,
mustaqil Respublikamizning jahonga keng qamrov bilan chiqishi uchun ulkan
omildir. Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV
sessiyasida qayotimizga samarali ta'sir etuvchi jabhalar qatorida ta'lim-tarbiya
tizimini tubdan o’zgartirish vazifalari ham ustuvor soha sifatida ko’rib
chiqilganligi bejiz emas.
Prezident Islom Karimov mazkur sessiyadagi nutqida bu masalaga
favqulodda katta ahamiyat berib, ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuq va kamchiliklarni
tahlil etar ekan, tizimda yangilikka intilish bo’lmasa, taraqqiyot ham bo’lmasligini
ta'kidladi. Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi kerak bo’lgan dolzarb vazifalar
xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilish zarurligini taqozo etayotganini ko’rsatdi.
Ma'lumki, sohaning asosiy bo’g'ini uzluksiz ta'limdan iborat. Davlatimiz rahbari
17
uzluksiz ta'limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda u
yuksak ma'naviyat zaminida qurishiga katta ahamiyat berish kerakligani ta'kidlar
ekan, davlat ta'lim standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish
naqadar muximligiga e'tiborni qaratdi. Xo’sh, ta'limda davlat standarti nima?
Ta'limni standartlashtirish insoniyatning ijtimoiy ongida ro’y bergan tub
o’zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar almashinuvi
maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan
kishi ikkinchi qutbda sodir bo’layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne
boisda aynan shu tarzda ro’y berganini anglashi va xis qilishi zarurdir. Bir
sayyorada bir vaqda turib, bir-birini tushunmaslik ba'zan insonlar o’rtasidagi
munosabatlarni boshi berk ko’chaga kiritib qo’yishi mumkin. Shuning uchun ham
iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo’lgan davlatlarda yashovchi
barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji
paydo bo’ldi. Bu holat ta'lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga
chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |