Material haqida tushuncha. Insonlar o’z faoliyatida moddalarni ishlab chiqarish mahsuloti deb qaraydilar.Moddalar aslida esa matyeriyaning ma’lum bir barqaror massaga ega bo’lgan bo’lagidir, ana shunday moddiy dunyoni texnikada “material” yoki “ashyo” deb atash qabul qilingan. Dyemak, materiallar myehnat jarayonining mahsuli bo’lib, undan insoniyat o’z talablarini qondiradigan buyumlar yasashda foydalanadilar. Materiallar ishlab chiqarishda birlamchi vosita hisoblanadi. Material bo’lmasa, sanoat jarayonlari ham bo’lmaydi. Masalan, mis (material) ishlab chiqarish uchun rudalar qazib olinishi kyerak. Xomashyo materiallarini olish uchun ham myehnat sarflanadi, ya’ni rudalar qazib olinib, qayta ishlash uchun ruda boyitiladigan kombinatlarga yuboriladi. So’ngra boyitilgan rudalardan mis olinadi. Misdan esa turli xil buyumlar ishlab chiqariladi. Mis olishda ruda xomashyo material bo’lsa, buyum ishlab chiqarishda misning o’zi xomashyo material hisoblanadi. Myehnat jarayoni shuni ko’rsatadiki, sifat jihatdan barcha xomashyolarni ikki turga bo’lish mumkin. Birlamchi xomashyo yoki birinchi bor materialni hosil qilish uchun ishlatiladigan modda. Lyekin ana shu birlamchi materialni hosil qilish uchun hamma vaqt ham tanlangan xomashyo 100% sarflanmaydi, ya’ni uning ma’lum qismi chiqindiga aylanishi mumkin. Ana shu chiqindilar ham boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun xomashyo, ya’ni ikkilamchi xomashyo bo’lishi mumkin. Masalan, yog’ochni qayta ishlashda chiqadigan qirindi (apilka) - ikkilamchi xomashyo myebyel sanoatida ishlatiladi.
Buyumlar ishlab chiqarish uchun materiallar bilan bir qatorda yarim fabrikatlar ham ishlatiladi. Yarim fabrikat dyeganda, qayta ishlangan, lyekin hali tayyor buyum holiga kyeltirilmagan material tushuniladi. Buyum olish uchun yarim fabrikatga yana ishlov byerish (qayta ishlash) kyerak. Dyemak, bir ishlab chiqarishda tayyorlangan material - mahsulot (masalan, mis metali) boshqa ishlab chiqarish uchun (masalan, transformator yasashda) yarim fabrikat bo’ladi.
Nazorat uchun savollar:
1. “Material” so’zini tushuntirib byering.
2. Xom ashyo va uning turlarini aytib byering.
3. Materialshunoslik fani nimani o’rganadi?
4. Materiallarning tarkibi, tuzilishi va xossalari dyeganda nimani tushunasiz?
5. Materialshunoslik fanining taraqqiyoti qanday fanlar bilan bog’liq?
6. Fanning rivojlanish tarixini aytib byering.
7. Materialshunoslik fani oldidagi muammolar nimalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |