Kirish
Masnaviy o’zaro qofiyalanuvchi ikki misradan iborat she’r shaklidir.”Masnaviy”so’zi arabcha so’z bo’lib,”ikkilik”,”juft” degan ma’nolarni bildiradi.Masnaviy usuli voqea va hodisalarni epik ko’lamda aks ettirishga imkon bergani uchun ham doston ko’pincha shu yo’l bilan yoziladi.Bundan tashqari,qasida,she’riy noma va boshqa turdagi asarlar ham masnaviy shaklida yaratilishi mumkin.Masnaviy mumtoz adabiyotimizda eng ko’p qo’llangan.”Xamsa”(Alisher Navoiy),”Shayboniyxon”(Muhammad Solih), ”Tanobchilar”(Muqimiy),”Ilm xosiyati”(Furqat) kabi asarlar masnaviy janrida yozilgan.
’’ Masnaviyni ”doston” ham deyishadi.Alisher Navoiy masnaviy janrini ”vase”(keng maydon) deb ta’riflagan.Masnaviyning qofiyalanish tartibi quyidagicha:
a-a,b-b,d-d…………
Mumtoz adabiyotda syujetli kichik she’riy asarlar ham,dostonlar ham masnaviy deb yuritilgan.Turkiy adabiyotda masnaviy janri ilk bor Yusuf Xos Hojibning ”Qutatg’u bilig” asarida qo’llanilgan.Durbekning ”Yusuf va Zulayho”,Haydar Xorazmiyning ”Maxzan ul-asror” asarlari masnaviy janrida bitilgan.Alisher Navoiy davriga kelib masnaviy epik she’riyatning asosiy janri bo’lib qoldi.Alisher Navoiyning asosiy epik asarlari (”Xamsa”,”Lison ut-tayr” va boshqalar) masnaviy janrida yozilgan.’’1
Masnaviy janri zamonaviy she’riyatimiz rivoji uchun munosib hissa qo’sha oldi.G’afur G’ulomning ”Uchuvchi qo’shig’i”,Zulfiyaning ”Salom sizga,sulhparvar ellar” masnaviylari tinchlik va gumanizm bahsidir.Mirtemir masnaviy janri taraqqiyotida sezilarli iz qoldirgan,uning o’nlab ibratomuz masnaviylari bor.Habibiy,Charxiyning aruzda yozgan masnaviylarida davr qahramoni tasvirlanadi (Habibiyning ”Xazina”,”Iqlim bahori”,Charxiyning ”El baxti” masnaviylari).
Alisher Navoiyning boy adabiy-ilmiy merosi nazm va nasrda yaratildi.Ulug’ shoir va mutafakkir o’sha davrdagi zullisonaynlik(o’zbek va for-tojik tillarida ijod etish) an’anasini qo’llab-quvvatlagan holda o’z merosining asosiy qismini turkiy-o’zbek tilida ijod qildi.Ustozi Abdurahmon Jomiy bu masalaga alohida to’xtalib,shunday degan:”Agarchi Alisher Navoiyning keng qobiliyati she’rning har ikki-turkiy va forsiy nav’ida iqtidorlidir,ammo uning mayli ko’proq turkiyda bo’lib,bu tilda yozg’anlari forsiydan ko’pdir”.
Masnaviyda realizm va poetika birlashib,davr ruhi ifodasiga munosib xizmat qildi(hozirgi poeziyadagi masnaviychilik to’g’ri yo’ldan bormoqda,bu janr o’z qurilishining soddaligi bilan bolalar adabiyotiga qo’l keldi,ayniqsa,buyuk shoir Quddus Muhammadiy masnaviylari buni ko’rsatib turibdi).Xurshid Davron masnaviy janrining barmoq vaznidagi ko’rinishi rivojiga yaxshi ulush qo’shdi,u bunday she’rlarda (”Otam xotirasiga”.”Epitafiya”,”Unutayin degandim seni” va boshqalar) hayot qadri,ezgulik himoyasi,o’tganlarning aziz yodi haqida tahsinbop so’z yuritdi.
”Masnaviy banddagi misralar miqdori va qofiyalanish tartibi bilan farqlanadigan she’riy shakllardan biri.Har ikki misrasi alohida-alohida qofiyalanib boradigan,bandi ikki misradan tashkil topadigan she’r shunday nomlanadi.Mumtoz adabiyotshunoslikda sujetli kichik hajmli she’riy asarlar ham,dostonlar ham masnaviy deb yuritilgan.Alisher Navoiyning “Xamsa” manzumasi dostonlari va manoqiblari,Muqimiyning “Tanobchilar”I,Furqatning ma’rifat targ’ibiga bag’ishlangan asarlari masnaviyda yozilgan.Masnaviy hozirgi o’zbek she’riyatida ham faol she’riy shakl sifatida yashab kelmoqda.Erkin Vohidovning “Qozoq oqinlariga”,”Qorxat”,”Kuzatish”,Abdulla Oripovning “Suv parisi”,”Qushchaga”, ”Muallim”,”Turkiston bolalariga”,S.Sayyidning “Ustozi avval”,”Bahor”, ”Muhabbat koshonasi” kabi she’rlari masnaviy shaklida bitilgan.”2
Do'stlaringiz bilan baham: |