KIRISH
Magistrlik dissertasiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; O’tmish merosni o’rganish - tarix neʼmatlarini kelajak sari ildam yo’l bosishi uchun yo’lchn yulduzdir. O’z tarixini asragan va o’tmishini chuqur bilgan xalq qudratlidir. Ayniqsa, xalq ozodligi va yurt istiqloli uchun qurbon bo’lgan qahramonlar jasorati, millat ravnaqi yo’lida kurashgan ilm-fan sohiblarining faoliyati har bir avlod uchun tuganmas xazina hisoblanadi.
Ta’lim mazmunini milliy me’ros va qadriyatlarimiz bilan boyitish, yosh avlodni milliy g’urur va iftixor tuyg’usi bilan qurollantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir, bu borada davlatimiz rahbari SH.M. Mirziyoyev ham “Turkiston jadidchilik harakatining dohiylaridan bo’lgan arbob va adib, birinchi o’zbek professori Abdurauf Fitratning bu boradagi xizmatlari tahsinga sazovordir.”1– deb ta’kidlaydilar.
Jumladan, olim, faylasuf, mutafakkir hamda ma’rifatparvarlarimizning ilmiy me’rosini kelajak avlodga o’qitish samaradorligiga erishish uchun o’qitishning interaktiv metodlardan foydalanish mexanizmlari ham muhim ahamiyatga ega. Interaktiv metodlardan foydalanish o’quvchilarni tanqidiy, tahliliy yoki ijodiy fikrlash va aniq ma’lumotlarga asoslangan bilimlarga ega bo’lishlarini amalga oshiradi.
Ayniqsa, ma’rifatparvar shoir, davlat arbobi, pedagog, birinchi o’zbek professori Abdurauf Fitrat ilmiy me’rosini o’rganish va uning pedagogik faoliyatidan unumli foydalanish bugungi kunda o’zining yuksak salohiyati bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Abdurauf Fitrat hayoti davomida xalq farovonligi, yoshlarning ilmli bo’lishi, dunyoga tanilishi kabi salmoqli faoliyat bilan mashg’ul bo’ldi. Buning uchun maktablar, yangi kitoblar yaratdi, qator gazeta va jurnallarda chop etib ilg’or fikrlarini xalqqa yetkazishga va ma’rifatparvarlik g’oyalarini keng ommaga yetib borishi uchun harakat qildi.
Shu o’rinda, ta’limda interaktiv metodlarni qo’llash, ma’rifatparvarlarimiz ilmiy merosidan unumli foydalanish hamda yoshlar ongiga singdirishda Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan “Abdurauf Fitrat pedagogik qarashlari» mavzusini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanish” deb belgilashga asos bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi O’Q 406-sonli, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar stretegiyasi to’g’risida» gi PF-4947-son Farmoni, 2017-yil 12-yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida»gi Farmoyishi, 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’limtarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ 3907-son Qarorlari, 2019-yil 29-apreldagi «O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi PF5712-son, «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi PF 5847-son, 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to’g’risida” gi PF5789-son Farmonlari, 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim – tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ 4884-son, 2021-yil 26-martdagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3160-sonli Qarori, shuningdek, faoliyatga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |