Kirish kurs ishining dolzarbligi


O’zbekiston soliq ma’muriyatchiligi amaliyotida xo’jalik subektlaridan soliq qarzini undirishga oid tadbirlar tahlili



Download 0,71 Mb.
bet5/8
Sana13.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#548221
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azizbek X st 60 yangi (3)

2. O’zbekiston soliq ma’muriyatchiligi amaliyotida xo’jalik subektlaridan soliq qarzini undirishga oid tadbirlar tahlili.
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir. Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.Soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq to‘lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslashdir. Qisqa muddatli tekshiruv soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan, uning ayrim operatsiyalarining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir. Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo‘linadi: tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishuvga ko‘ra o‘tkaziladigan tekshiruvlar; tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishuvga ko‘ra o‘tkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi: soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish); jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida o‘tkaziladigan tekshirish yoki tavakkalchilikni tahlil etish natijalarining yakunlari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga ko‘ra tekshirish. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi: yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirish hamda faoliyati tugatilayotganda yagona soliq to‘lovini to‘lovchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorni tekshirish;
tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini tekshirish;
qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini tekshirish;
taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi faktlariga barham berish bo‘yicha tekshirish; o‘z faoliyatini rasman to‘xtatib turgan davr mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni davom ettirayotgan jismoniy shaxsning faoliyatini tekshirish Notijorat tashkilotlarini, O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarini, shuningdek chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari hamda filiallarini ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan tekshirishlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish