8 6 4 2 0
10
12
2013-yil 2014-yil 2015-yil
7,2
8,5
10,2
kreditni ta`minot bilan to`la ta`minlash.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko`rinadiki, mamlakatimizdagi bankmoliya sohasining tobora mustahkamlanib borishi amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar moliyaviy ta`minotining kuchayishiga, iqtisodiyot real sektorining har
tomonlama qo`llab-quvvatlanishiga hamda barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarining
ta`minlanishiga, tijorat banklarida investitsiyaviy kreditlashni yanada faollashtirish
mazkur jarayonning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirishga zamin yaratadi.
Reja davri boshida ishlab chiqarishning mavjud quvvatlari hamda
mo’ljallanayotgan miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur quvvatlar
belgilanadi. Mavjud quvvatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini ko’paytirish hamma
rezervlarni hisobga olgan holda chuqur tahlil qilingandan keyin ishlab turgan
korxonalarni qayta qurish yoki yangilarini qurish yo’li bilan ishlab chiqarish
quvvatlarini qo’shimcha o’stirish zaruriyati belgilanadi. Kapital qo’yilmalarning
tarmoqlararo balanslarda, shu jumladan kapital qo’yilmalarning tarmoqlararo
balans tenglamalariga kiritish usuli masalalari aks ettiirishning ilmiy asoslari
yetarli darajada o’rganilmagan.Shu nuqtai nazardan ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha xo’jalik yuritish tamoyillariga mos holda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ishlаb chiqаrish quvvаtini аniqlаshdа mаhsulоt birligigа sаrflаnuvchi vаqt nоrmаsi yoki hаr bir uskunаning unumdоrlik nоrmаlаri muhim аhаmiyatgа egа bo`lib, ulаr ilg`оr hаmdа prоgrеssiv bo`lishi tаlаb qilinаdi. Аmаliyotdа ishlаb chiqаrish quvvаti vа uskunаlаrning yuklаnishini hisоblаshdа bа`zidа хаtоlаr, ulаr o`rtаsidаgi fаrqni sеzmаslik hоllаri hаm uchrаb turаdi. Kоrхоnа quvvаti аsоsiy ishlаb chiqаrish fоndlаri, yangi tехnikа vа аniqlаngаn zаhirаlаrdаn fоydаlаngаn hоldа mаhsulоt ishlаb chiqаrish mumkin bo`lgаn mаksimаl dаrаjаni tаvsiflаydi, uskunаlаrning yuklаnishni hisоblаsh nаtijаlаri esа, ushbu quvvаtlаrdаn rеjаdаgi dаvrdа fоydаlаnishning dаrаjаsini аniqlаydi. Dеmаk, ulаr o`rtаsidаgi prinsipiаl fаrq shundаki, birinchi hоlаtdа kоrхоnа ishlаb chiqаrishi mumkin bo`lgаn mаhsulоtlаrning mаksimаl dаrаjаsi аniqlаnsа, ikkinchi hоldа mаzkur dаvr mоbаynidа uskunаlаrdаn qаnchаlik fоydаlаnilishi аniqlаnаdi.Аsоsiy ishlаb chiqаrish fоndlаridаn fоydаlаnishni yaхshilаsh bilаn bоg`liq bo`lgаn mаzkur chоrа-tаdbirlаr, ko`pinchа ishlаb chiqаrish quvvаtlаri bаlаnsini tuzish yo`li bilаn аmаlgа оshirilib, kоrхоnаning ishlаb chiqаrish quvvаtlаri vа ulаrni tа`minlаsh mаnbаlаrigа bo`lgаn ehtiyoji аniqlаnаdi. Keyingi paytlarda mamlakatimizda keng miqyosda qurilib foydalanishga topshirilayotgan sog`liqni saqlash muassasalari, akademik litseylar hamda kasbhunar kollejlarini, maktablar qurilishi va boshqalarni olishimiz mumkin. Bunday maqsadlar uchun davlat budjeti, mahalliy budjetlar hamda boshqa manbalardankeng foydalanilmoqda.
3. Korxonalar investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Iqtisodiy tarkibning qayta qurilishi faol investitsiya siyosatini o`tkazish bilan
chambarchas bog`liqdir. Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish
islohotlar strategiyasining muhim shartidir. Iqtisodiyot tuzilishining belgilangan
yo`nalishlari eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, baquvvat investitsiya
siyosatini o`tkazish yo`li bilangina erishish mumkin. Buning uchun o`z
sarmoyalarimizni ham, tashqi kreditlarni ham bevosita investitsiyalar va ularning
barcha manbalarini ham ishga solish zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo`li bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qog`ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga amalga oshiriladi. Korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini
shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muammolaridan biri hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirish
quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilmoqda:
1) investorning o`z moliyaviy resurslari va ichki xo`jalik rezervlari (foyda,
amortizatsiya ajratmalari, maxsus zahira fondlari);
2) investorning qarz mablag`lari (bank krediti, budjet krediti, obligatsiya
bo`yicha qarzlar);
3) jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat jamoasining
pay va boshqa ko`rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va
boshqa badallari);
4) budjetdan investitsion assignatsiyalari (mahalliy, davlat va budjetdan
tashqari fondlar mablag`lari).
5) chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to`g`ridan-to`g`ri chet el
investitsiyasi, qo`shma korxonalar ko`rinishida);
6) lizing va seleng (investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turbo`lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga yoki
intellektual mulkdan foydalanish huquqini berish tushuniladi).
Ushbu moliyalashtirish shakllari va manbalarining har biri o`zining ijtimoiy
siyosiy va iqtisodiy jihatlariga ega, shu sababli investitsion loyihalarni
moliyalashtirish shakllarini tahlil qilib eng qulay shakl va usul tanlanadi.
1. Korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning eng ishonchli
manbasi bu o`z mablag`lari hisoblanadi. Har qanday tijorat tashkiloti doimo
investitsiyalarni o`z hisobidan moliyalashtirishga intiladi. Bu holatda
moliyalashtirish manbalarini qayerdan olish kerak degan muammo vujudga
kelmaydi va uning bankrotlik xavf-xatari (riski) kamayadi. Bundan tashqari ijobiy
tomonlari ham mavjud. Xususan o`z-o`zini moliyalashtirish korxonani
rivojlanganligi va uning yaxshi moliyaviy holatini bildiradi hamda yana
raqobatchilardan ma`lum bir ustunlikka ega bo`ladi, boshqa korxonalarda bunday
imkonyat bo`lmasligi mumkin. Har qanday tijorat tashkilotining asosiy o`z-o`zini
moliyalashtirish manbai bu, asosan, sof foyda va amartizatsiya ajratmasi
hisoblanadi.
a) foyda – korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning manbai sifatida.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning asosiy maqsadi, bu maksimal foyda
olishdir.U korxona faoliyatining asosiy moliyaviy natijasi hisoblanadi.
Korxonaning balans foydasi (Fb) quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
FB=FS+FM+(DB-XB) (5.2.1)
Bu yerda,
FS - mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan foyda;
FM – korxona mulkini sotishdan tushgan foyda;
DB - boshqa operatsiyalardan tushgan daromad,
XB - boshqa operatsiyalar bo`yicha xarajatlar.
Yalpi foyda - foyda solig`i olish uchun soliq to`lanadigan baza hisoblanadi.
Korxonani o`z ixtiyorida qoladigan foyda, ya`ni sof foyda (FS) qiziqtiradi va quyidagicha teng bo`ladi:
FS=FB-SF (5.2.2)
Bu yerda,
FB - balans foyda;
SF - foyda solig`i va boshqa majburiy to`lovlar.
Zamonaviy sharoitida korxona o`z ixtiyorida qoladigan foydani o`zi mustaqil
taqsimlaydi va bu yerda shunday savol kelib chiqadi, bu foydani qanday qilib eng
samarali taqsimlash mumkin? Uni ishlab chiqarishni rivojlantirishga; uy-joy, dam
olish uyi, bog`cha va ishlab chiqarishga mo`ljallangan ob`ektlarni qurishga; agar
aksionerlik jamiyati bo`lsa dividend to`lashga; xayriya maqsadlariga va
boshqalarga yo`naltirilishi mumkin. Foydadan samarali foydalanish uchun
korxonaning ayni vaqtdagi va istiqboldagi texnik holatini hamda korxona jamoasini ijtimoiy holatini yaxshi bilish lozim. Agar korxona ishchilari ijtimoy sohada, shu jumladan ish haqi darajasi bo`yicha, boshqa korxonalarga nisbatan yaxshiroq ta`minlangan bo`lsa, bu holda foyda birinchi navbatda, ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo`naltirilishi lozim. Yana shuni ta`kidlash lozimki, agar korxonaning texnik rivojlanish darajasi past bo`lib, bu korxonaning raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga to`sqinlik qilib, korxonani bankrotlikka olib kelsa, bunday holda, foydani korxonani rivojlantirish uchun yo`naltirish lozim. Shunday qilib, korxona foydasi uning iqtisodiy va ijtimoiy darajasiga asoslangan holda taqsimlanishi lozim. Korxonada ushbu muhim qoidaga amal qilishlari lozim – “foyda korxonaning istiqbolda rivojlantirishini amalga oshirishga turtki berishi lozim”. Shunday qoida borki, ishlab chiqarishni rivojlanishi, oxir oqibatda korxona daromadi hajmini o`sishiga olib keladi, bu esa kelajakda korxona jamoasini ijtimoy muammolarini hal bo`lishiga va korxona investitsiya imkoniyatlarini kengayishiga olib keladi.
b) amortizatsiya - korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning manbai sifatida.
Amortizatsiya - asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni normativ xizmati
muddati davomida qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o`tkazib borish
jarayonidir.
Asosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan kam bo`lmagan va o`z
qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga asta sekinlik bilan o`tkazib
boradigan ishlab chiqarish vositalar kiradi. Ular: bino, inshoot, asbob-uskuna,
mashina, transport vositalari, o`lchovchi uskunalar va h.k.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida ham jismonan, ham ma`naviy
eskiradi. Ob`ektlar qiymati hisoblangan amortizatsiya ajratmalari hisobidan
qoplanadi.
Amortizatsiya ajratmalari investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim
manbalaridan biri hisoblanadi. Ular qayta ishlab chiqarishni (ya`ni takror ishlab
chiqarish) tashkil qilib qolmay, balki ma`lum darajada ularni kengaytirishga ham
mo`ljallangan bo`ladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida amortizatsiya
korxonaning investitsiya ehtiyojini 70-80%ini qondiradi. Mamlakatimizni bozor
iqtisodiyotiga o`tishi korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning
manbai sifatidagi ahamiyati ham o`sdi. Bu birinchi navbatda, asosiy fondlarning
tez-tez qayta baholanishi va ko`p korxonalarning zararga ishlayotganligi bilan
bog`liq.
Korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning manbai sifatida
boshqalariga nisbatan ustunlik tomoni shundaki, korxonaning har qanday
moliyaviy holatida, bu manba o`z o`rniga ega bo`ladi va doimo korxona ixtiyorida
bo`ladi.
Raqobat jarayoni, asosiy fondlarni yangilab turishni talab etadi, bu esa
kelgusidagi investitsiyalar uchun jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalarini
hisoblashni taqozo etadi. Lekin, bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida
jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo`llash salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Shunday qilib, intensiv tarzdagi qayta ishlab chiqarish amalga oshiriladi.
Buning natijasida amartizatsiya ajratmalari, o`zi alohida bir shaklni tashkil qiladi.
Boshqa qilib aytganda, kengayadi va investitsiyalash uchun oldingisiga nisbatan
barqaror moliyaviy bazaga aylanadi. Shunday qilib, amortizatsiya ajratmalari
korxonaning investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi muhim vositaga aylanadi.
c) korxonaning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ichki moliyaviy
resurslari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
xo`jalik usulida bajarilgan qurilish-montaj ishlaridan kelgan foyda
(qilingan iqtisod);
asosiy vositalarni likvidatsiya qilingan vaqtda olingan yaroqli materiallar;
aylanma mablag`larning aylanishini tezlashishi hisobiga, muomuladan
bo`shatilgan aylanma mablag`larning bir qismi;
korxonaning o`zida tashkil qilingan maxsus rezerv fondlari va boshqalar.
Investitsion loyihalarni baholashda shuni hisobga olish lozimki, ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasidan, soliqlar ayirib tashlanadi. Ammo, bu hisoblangan soliqlar, amortizatsiya ajratmalari singari ma`lum muddat korxona aylanmaida qo`shimcha ishlatilishi va vaqtincha moliyaviy resurs bo`lishi mumkin.
d) agar korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda o`z mablag`lari
yetarli bo`lmasa, bunday holda, korxona mablag`larni qimmatli qog`ozlar
chiqarish yoki bank krediti orqali jalb qilishi mumkin.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning keng tarqalgan va moliyalashtirishning asosiy manbalaridan bo`lib, qimmatli qog`ozlarni emissiya qilish hisoblanadi. Qimmatli qog`ozlar chiqarish, investitsiyalarni moliyalashtirishda markazlashgan mablag`lar va bank kreditlarining hissasini pasayishiga olib keladi. Qimmatli qog`ozlar bozori va kredit bozori, pul mablag`lariga ehtiyoji bo`lgan tarmoqlarga (korxonalarga) pul mablag`larini taqsimlab korxonalarning moliyaviy holatini barqarorlashtiradi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan harid qilinadigan qimmatli qog`ozlar ichida keng tarqalgan turi aksionerlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan aksiyalardir.
Aksiya - bu korxona mulkiga aksionerlarning qo`shgan xissasini tasdiqlovchi hujjat. Aksiyalar bo`yicha daromadlar dividend shaklida olinadi. Aksiyalar chiqarish orqali zarur bo`lgan pul mablag`lari jalb qilinadi. Aksionerlik kapitalini shakllantirishda ikki xil aksiya emissiya qilinadi: oddiy va imtiyozli aksiyalar. Aksiyadan tashqari korxona obligatsiya chiqarish yo`li bilan mablag`larni jalb etadi.
Obligatsiya – bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga
ushbu qimmatli qog`ozning nominal qiymatini unda ko`rsatilgan muddatda
belgilangan foiz to`langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli
qog`ozdir. Obligatsiya - bu qarzdorlik majburiyati bo`lganligi sababli aksiyaga nisbatan risk kamroq bo`ladi va obligatsiyalar shu sababli aksiyaga nisbatan tezroq sotiladi. Bu esa korxonaga zarur mablag`larni bir muncha qisqa vaqt ichida to`plash
imkonini beradi. Obligatsiyaning aksiyaga nisbatan riski kamroq bo`lganligi
sababli, obligatsiyaga to`lanadigan foiz aksiya bo`yicha dividendga nisbatan
pastroq bo`ladi. Korxona uchun esa aksiya chiqarish, obligatsiya chiqarishga
nisbatan qulayroqdir. Chunki foyda miqdoriga qarab, dividendni o`zgartirishi
mumkin, obligatsiyada esa foiz qat`iy belgilangan bo`ladi.
2. Investitsion loyihani moliyalashtirishning qarzga olingan manbai bo`lib,
bank kreditlari, ipoteka ssudalari, sug`urta kompaniyalaridan olingan qarzlar
yoki budjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar hisoblanadi. Ushbu,
moliyalashtirish manbalari ma`lum muddatga qaytarish va to`lovlilik shartli
asosida beriladi. Investitsion loyihalarni kredit asosida moliyalashtirishning
afzalroq tomoni shundaki, faoliyat yuritayotgan korxona uchun modernizatsiya,
rekonstruksiya ishlari va kerakli me`yorda ishlab chiqarish quvvatini ta`minlashda,
ya`ni korxona ishlab chiqarish faoliyatni kengaytirmoqchi bo`lsa, kreditdan
foydalangani ma`qul, chunki, ishlab turgan korxona aktivlari ushbu kreditlar
qaytarilishiga garov bo`lib xizmat qilishi mumkin.
Yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlar uchun esa investitsion
loyihalarni moliyalashtirish uchun, aksioner kapitalidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir, chunki yangi tashkil etilgan korxonalar uchun bank kreditidan
foydanish yuqori risk bilan bog`liq bo`lib, kredit olishda korxona uni qaytarish
uchun yetarli darajada moliyaviy resurslar bilan yoki boshqa aktivlar bilan
ta`minlanmagan bo`lishi mumkin, bunday shartlarni yangi korxona bajarmasligi
sababli, aksionerlik kapitalidan foydalanadilar. Likvidlik bilan bog`liq bunday
vaziyatlarda yangi korxona qiyin vaziyatlarga tushib qoladi. Loyiha yaxshi
baholanganda, ham, yaxshi texnik asoslanganda ham banklar yuqori foiz
stavkasida kredit berishlari mumkin. Aksioner kapitali esa bunday muammolar
keltirib chiqarmaydi, ammo uni yig`ish ancha murakkab vazifadir, bank kreditlari
esa bundan mustasnodir. Investitsion loyihalarni kreditlash sharti, foiz stavkasi o`zgarishi bilan loyiha iqtisodiy ko`rsatkichlarlarining o`zgarishi orasidagi munosabat bilan aniqlanadi. Ma`lumki, foiz stavkasi o`zgarmas va o`zgaruvchan bo`ladi. Shu sababli korxona investitsiya loyihasini moliyalashtirishda kredit olmoqchi bo`lsa, u uzoq muddatli bo`lsa, u holda o`zgarmas foiz stavkasidagi kreditdan foydalanadi. Yaxshi asoslangan loyiha uchun qarz mablag`lari olish bir muncha osonroq bo`ladi. Moliyalashtirish jarayonini qarzga olinadigan mablag`larni hajmini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq bo`ladi, bu kredit olishni kafolatlashi mumkin. Ushbu ssuda kapitalini quyidagilarga yo`naltirilishi mumkin: asbobuskunalar harid qilish, ishlab chiqarishni kengaytirishga, modernizatsiya,
rekonstruksiya qilish va boshqalarga. Ssuda kapitalini quyidagi turlarga ajratish
mumkin: aylanma mablag`larni tashkil qilish maqsadida tijorat, bank yoki moletkazib beruvchilarning turli xil shakldagi kreditlari yoki milliy va xorijiy
moliyaviy institutlarining uzoq muddatli kreditlari. Bank tomonidan olinadigan foizlar beriladigan kreditning hajmi, muddati uning ta`minlanganligi, kreditlash shakli, kreditning risk darajasi va boshqalarga bog`liq tarzda differensiyallashadi. Hozirgi vaqtda investorlar tez qaytish beruvchi tadbirkorlik faoliyatiga kreditlarni jalb qilmoqdalar. Kreditlar, kreditlash muddatiga ko`ra qisqa muddatli (1 yilgacha) va uzoq muddatli (1 yildan yuqori) turlarga bo`linadi. Korxonaning asosiy fondlari uchun olingan uzoq muddatli kreditlarni odatda investitsiya deb atashadi. Uzoq muddatli kreditlarning ob`ektiv zarurligi korxonani ishlab chiqarishini kengaytirish
ehtiyojidan kelib chiqadi. Aynan shu sharoitda kredit munosabatlarida uzoq
muddatlilik harakteri vujudga keladi. Bu qarzdorga o`z mablag`larini o`z
muomulasidan olishga (aylanmasidan olishga) nisbatan, bir muncha qisqaroq
vaqtda pul mablag`larini olish imkoniyatini beradi. Kapital qo`yilmalarni
moliyalashtirishning kredit usulining afzallik tomoni mablag`larni qaytarishlik
bilan bog`liqdir. Bu kapital qo`yilmalarni haqiqiy qoplanishi va kreditni qaytarilishini nazaratini kuchaytiradi. Bu esa o`z-o`zidan mablag`lardan
foydalanish samaradorligini oshiradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, kapital qo`yilmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga jalb
qilish orqali rivojlangan bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog`liq ko`pgina
vazifalarni hal etishga muvaffaq bo`lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina
qo`shimcha faoliyat va ishlab chiqarishning yo`lga qo`yilishini ta`minlab
qolmasdan, balki jamiyat hayotining haqiqiy darajasini ko`rsatib beruvchi aholi
turmush farovonligining oshishiga va davlat boyligining ko`payishiga hamda uning
iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qiladi. Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish manbalarini qidirib topish, ishlab chiqarishga investitsiyalarni, jumladan xorijiy kapital qo`yilmalarni jalb etish orqali mavjud sohalarni rivojlantirish mumkin. Bunday moliyalashtirish mulkchilikning turli shakllariga mansub xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini yanada samarali bo`lishiga yordamlashadi, xo`jalik amaliyotida asta-sekin bosqichma-bosqich iqtisodiy o`sishni kengaytirishga, xorijiy kapital qo`yilmalarnini jalb qilish imkoniyatini oshiradi, takror ishlab chiqarishni har tomonlama jadallashtirishga imkon beradi, xususiy sektorni investitsiyalash
imkoniyatlarini kengaytiradi. Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmiga ustuvorlik berish, buning uchun qulay shart-sharoit yaratish (imtiyozlar va boshqalar), moliyalashtirishning turli usullaridan faol foydalanish, aholi mablag`larini faol jalb qilish, foiz stavkalarini diversifikatsiyalash, yangi texnika-texnologiyalarni o`zlashtirishda chet el kreditlari va kapital qo`yilmalarini faol jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
1. O`zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to`g`risida”gi Qonuning yangi tahriri. –T.: 29.10.2014y.
2. O`zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to`g`risida”gi Qonuni. – T.: 30.04.1998y.
3. “O`zbekiston Respublikasining 2015-yilga mo`jallangan investitsiya dasturi to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-noyabrdagi 2264-sonli Qarori.
4. “O`zbekiston Respublikasining 2014-yilga mo`jallangan investitsiya dasturi to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18 –noyabrdagi 2069-sonli Qarori.
5. “Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo`li bilan qo`llab-quvvatlashni ta`minlash chora-tadbirlar to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 288- sonli Qarori.
6. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2015-yilda Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi. “Xalq so`zi”, 2014-yil 16-yanvar.
7. O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo`ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi. “Xalq so`zi”, 2015-yil 17-yanvar
8. Karimov I.A.: “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga
ko`taradigan yil bo`ladi”. T.: “O`zbekiston”, 2012.
9. Karimov I.A.: “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir”. T: “O`zbekiston”. 2010.
10. G`ozibekov D.G`., “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari”. - T.:
“Moliya”, 2003
11. Vahobov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Mo`minov N.G.: “Xorijiy investitsiyalar”, O`quv qo`llanma. - T.: “Moliya”, 2010.
12. Imomov X.X.: Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”, o`quv
qo`llanma. - T.: “Iqtisod-moliya”, 2010.
13. Шарп У.Ф., Александер Г.Дж., Бейли Д.В.: “Инвестиции”. – М.:
“ИНФРА-М”,1998.
14. Ergasheva Sh., Uzoqov A.: “Investitsiyalarni tshkil etish va moliyalashtirish”. O`quv qo`llanma. - T.: “Iqtisodiyot”, 2009.
15. Uzoqov A.T., Nosirov E.I., Saidov R.B., Sultonov M.A.: “Investitsiya
loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi”. O`quv qo`llanma. - T.:
“Iqtisod-moliya”, 2006.
16. Mahmudov N.M, Madjidov Sh.A.: “Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish”. O`quv qo`llanma. – T.: TDIU, 2010.
17. Mamatov B. S., Xujamkulov D.Y., Nurbekov O. SH.: “Investitsiyalarni
tashkil etish va moliyalashtirish”. Darslik. - T.: “Iqtisod-moliya”, 2014.
18. Игонина Л.Л.: “Инвестиции”. – М.: “ Экономист ” 2005.
19. O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasining yillik hisobotlari.
20. Internet saytlari:
http://www.stat.uz (O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasi);
http://www.mf.uz (O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi);
http://www.mfer.uz (O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiya va savdo vazirligi);
http://www.lex.uz (O`zbekiston Respublikasi qonun va normativ-huquqiy
hujjatlar to`plami).
Do'stlaringiz bilan baham: |