Loviya
O’rtoqdirman men moshga,
Oqsilga men boydirman.
Xatto yog’ ham olurlar,
Davodurman ham boshga.
Loviya derlar meni,
Sog’lom qilaman seni.
No’xot
Dukkakli o’simliklar,
Hamda quruq mevalar.
Gar bo’lsa qoning quyuq,
Meni yegin sen suyub.
No’xot derlar nomimni,
Yegin pishgan oshimni.
Bodom
Quruq mevalarning shoxidir bodom
To’yu tantanada dasturxon ko’rki
Qizamiq, ko’k yo’tal, qorin og’rig’in
Qaynatib ichilsa tezda tuzalar
Shaftoli:
Mening ismim shaftoli,
Mevam juda foydali.
Turlarim ko’p, mendayin
Meva yo’qdir mazzali.
Uchrayman hamma joyda,
Barglarim ko’pi foyda.
Damlama qiling undan
Terlatadi bir zumda.
Gilos:
Gullayman qiyg’os, chaman
Ishtahani ochaman,
Sharbatim ham mazali
Keling boqqa yegali
Anor:
Yesangiz meni oqshomYurakka beray orom.
Dilingizga zavq sochay
Ishtahangizni ochay.
Qorningiz og’rib qolsa,
Po’stlog’im bo’lar davo.
Nok:
Qomatim ham zap kelishgan,
Ko’rkidirman dasturxonning.
Gar tanangiz zaharlansa,
Tozalayman shunda qonni.
Uzum:
Tanamdagi jingalak
Davo boshu quloqqa
Og’risa buyrak, yurak.
Yegali keling boqqa.
Yangi bargim bor choyda
Maza bo’lar, ham foyda.
Ertakchi momo:
Gujumjon o’zi uchun qiziq bo’lgan savollarning ba’zilariga javob olibdi. Qolgan savollarga javobni esa ertaga albatta topishni oldiga maqsad qilib qo’yibdi. Nima uchun ertaga deyapsizmi? Chunki,
Quyosh bobo kun bo’yi
Nurin sochib charchabdi
Bir past mizg’ib olay deb
Oyni ishga chorlabdi
Oymomo nurin sochib,
Shirin alla aytibdi
Gujumjon ham birpasda
Shirin uyquga ketibdi.
Shuning bilan bolalar
Ertagim tugar bo’ldi.
Sog’-u salomat bo’ling
Faqat a’loga o’qing.
7-sinflar o’rtasidagi “Quvnoq va zukko biologlar” bellashuvi ssenariysi
Boshlovchi:
Assalom ona yurt tonglar o’lkasi
Assalom ustozlar mehrim tengrasi
Assalom do’slarim sigadir navo
Kelinglar davramizga marhabo!
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Siz bugungi bellashuvimizda ham biologiyaga oid, ham qiziqarli bellashuvni guvohi bo’lasiz. Bellashuvda 7 A hamda 7B sinf o’quvchilari bellashishadi.
Bellashuv shartlari:
Tanishtiruv
Rasm tanlash
Raqs
Savol javob
Baliq tozalab, a’zolarini aniqlash
Sahna ko’rinishi
Hakamlar:
1.____________________________________________________
2._____________________________________________________
3.____________________________________________________
4.___________________________________________________
Endi navbatni tanishtiruv shartini bajarish uchun 7A sinfga beramiz.
(bir o’quvchi chiqib qo’shiq aytadi qolganlar naqoratda jo’r bo’lishadi)
Mani aslim ipak yo’li o’g’loni
Oq oltin diyori Qo’shko’pirdanman
Zamahshariy bobomlarni qo’rg’oni
Qadimiy navqiron Qo’shko’pirdanman
Naqorat
Qo’shko’pirim to’rt tomoni bog’ bo’lgay
Shu bog’larda do’stu yorlar sog’ bo’lgay
Ko’nazayim to’rt tomoni bog’ bo’lgay
Shu bog’larda do’stu yorlar sog’ bo’lgay
Paxtalar yonma yon o’smoqda sholi
Yil yildan yasharar yurtim jamoli
Peshonam silaydi tinchlik shamoli
Bugungi janojan Qo’shko’pirdanman.
(bir o’quvchi repper bo’lib chiqib, qo’shiqni davom ettiradi)
Qo’shko’pirda bor, bir maktab,
Unda bordir yettilar
7B dan zo’r 7A
Ustozimiz Sohiba.
Sinfimiz qizlari
Sinfimiz yulduzlari
Yigitlari mard jasur
Bizlar bilan maktab zo’r!
Boshlovchi:
Endi navbatni 7B sinf o’quvchilariga beramiz.
(bir o’quvchi chiqib qo’shiq aytadi qolganlar naqoratda jo’r bo’lishadi)
Bor ekan-u yo’q ekan,
Och ekan-u to’q ekan,
Qadim o’rgan zamonda
O’o’o’o’o’o’o’o’o’
Qadimdamas hozirda
21 maktab bor ekan
Unda o’qish qaynoq ekan
Qaynoqligin sababi
Biologlar ham bor ekan.
Nyutonning qonunini o’rgatar Ro’za ustoz
H2O deyishni o’rgatar barno ustoz
Qurbaqani so’yishni o’rgatar Sohiba ustoz
Bizlar esa maktabning quvnoq-u zukkolarimiz.
Naqorat
Kelinglar birlashaylik biz
Bilimlarimiz sinashaylik biz
Hafa bo’lmang yutqazsangiz siz
Hakamlar bilan kelishganmiz biz!
Boshlovchi:
Endi navbatni 2 –shartga beramiz. Bu shartda o’quvchilar rasm tanlab, und anima yashirin ekanligini guruh a’zolariga imo ishora bilan tushuntirib beradi. Bunda 5 ta o’quvchi rasm tanlashadi.
Boshlovchi:
Endi navbatni “Raqs” sharti ya’ni 3-shartga beramiz. Bunda o’quvchilar bir musiqa tanlab, shunga mos ravishda jismoniy mashqlarni ishtirok ettirgan holda raqs tushib berishadi. Masalan, quyidagi tarzda
Boshlovchi:
Endi navbatni savol javob shartiga beramiz.
Bunda savollar bir qadam kengligida yerga qo’yib chiqiladi. Ikkala sinf o’quvchilari birdaniga savollarga javob berishni boshlashadi. Javob berolmagan o’quvchi joyida turib qoladi. Javob bergan o’quvchi esa marra sari olg’a davom etadi.
Boshlovchi:
5-shartda guruhdan ikki o’quvchi ishtirok etadi. Guruhlarga baliq a’zolari yozilgan qog’oz beriladi.
Bir o’quvchi bir baliqni tozalab, ichki a’zolarini alohida ajratadi. Ikkinchi o’quvchi esa, a’zolarni qog’ozda yozilganiga mos ravishda joylashtiradi.
Ishni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
6-shartda o’quvchilar sahna ko’rinishi qo’yib berishadi. Bunda sahna ko’rinishi ham qiziqarli va biologiyaga oid bo’lishi kerak.
Masalan, Farmon buvi va uning kelinlari oylik olgandan keying suhbati sahna ko’rinishi.
2.1 Yoshlarni Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy kabi buyuk tabiatshunos ajdodlarimizning ijodlari bilan tanishtirish, shifobaxsh o'simliklar, mevalar, sabzavotlaming xususiyatlarini, qolaversa tabiatni asrab-avaylashga o'rgatish. (she’r, qo’shiq,sahna ko’rinishi, jumboq, rivoyat)
Do'stlaringiz bilan baham: |