Kirish. Kurs ishi dolzarbligi


Yorugʻlikning qutblanishi. tabiiy va qutblangan yorugʻlik



Download 0,57 Mb.
bet5/6
Sana06.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#746626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yoruglik dispersiyasi

Yorugʻlikning qutblanishi. tabiiy va qutblangan yorugʻlik Interferensiya va difraksiya hodisalari ham ko'ndalang, hambo'ylama to'lqinlar uchun kuzatiladi. Shu bilan birga shunday hodisalar borki, ular uchun yorugʻlik to'lqinining ko'ndalang to'lqin ekanligi prinsipial ahamiyatga egadir. Bunday hodisalar qatoriga yorugʻlikning qutblanishi ham kiradi. Ixtiyoriy yorug'lik manbasi (quyosh, sham) dan tarqalayotgan yorug'lik nurlari deganda shu manbaning atomlaridan chiqayotgan yorugʻlik to'lqinlarining aralashmasi tushiniladi. Tiniq bo'lmagan muhitlarda, ya'ni optik jihatdan bir jinslimas bo'lgan muhitda ham yorugʻlik difraksiyasi kuzatiladi. Bunday muhitlarga aerozollar (bulut, tutun, tuman), emulsiya, kolloidli eritmalar va hokazolar kiradi, ya'ni mayda zarrachalar suzib yurgan muhitlar kiradi.
Yorug'lik bunday muhitdan o'tayotib tartibsiz joylashgan bir jinsli bo'lmagan joylardan, zarralardan difraksiyalanadi va hamma yo'nalishda bir xil intensivlik beradi, bunda aniq bir difraksion manzara hosil bo'lmaydi. Bu hodisa tiniq boʻmagan (xira) muhitda yorugʻlikning sochilishi deb ataladi. Misol uchun quyosh nurining ingichka dastasi changli havodan o'tayotib, sochiladi va ko'rinadigan bo'lib qoladi. Quvvat Pkr=20 kVt gat eng bo’lsa yorug’lik chetga tarqalmasdan dasta bo'lib tarqaladi. P>Pkr da dasta muhitda siqilib P• 1/ , o'z-o'zidan fokuslanadi. Buning sababi muhit sindirish ko'rsatkichi yorugʻlik intensivligi ortib borishi bilan ortishidir:

Bunda nur egallangan soqa optik jihatdan zich bo’lib qoladi va dasta fokuslanadi.



2.2 Dispersiyaning elektroniy nazariyasi
Yuqorida aytilganidek, yorug’lik bilan moddaning o’zaro ta’sirining mohiyati tushayotgan (birlamchi) to’lqin maydoni ta’sirida modda elektronlari (va ionlari) ning tebranishlari natijasida paydo bo’lgan ikkilamchi to’lqinlar bilan birlamchi to’lqinlarning interferensiyalanishidan iborat. Muhitning dielektrik singdiruvchanligining yorug’lik to’lqini chastotasiga bog’liqligini tekshirganimizda masalani formal tarzda qarab chiqamiz, ma’lumki, yorug’lik to’lqinlari moddadagi elektr zaryadlarini siljitadi. Zeeman hodisasining ko’rsatishicha, atomning optik hayotida elektron bosh rol o’ynaydi; shuning uchun bundan keyin biz qulaylik maqsadida faqat elektron haqida gapiramiz;ammo barcha mulohazalarimiz atom takibidagi zaryadli boshqa zarralar uchun ham o’z kuchida qoladi. Xususan, uzun to’lqinlar sohasida sinish ko’rsatkichini tekshirganda qiyosan sekin (infraqizil) tebrana oladigan ionlar ta’sirini ham hisobga olish zarur. Demak, sinish ko’rsatkichining to’lqin uzunlikka bog’lanishini keltirib chiqarish uchun dielektrik singdiruvchanlikning o’zgaruvchan elektr maydoni chastotasiga qanday bog’langanligini topamiz, so’ngra munosabatga asoslanib ni topamiz. Elektroniy nazariyaga muvofiq, dielektrikning molekula yoki atomlarini tarkibida elektronlar molekulalar ichida muvozanat vaziyatida masofa qadar siljib, atomni maydon bo’ylab yo’nalgn momentli elektr sistemasiga ( dipolga) aylantiradi. Agar tekshirilayotgan muhitning birlik hajmida qutblanadigan ta atom bo’lsa, birlik hajmning elektr momenti, ya’ni muhitning qutblanishi bo’ladi. Bunda biz soddalik maqsadida muhitda faqat bir sort atomlar bor va har bir atomda siljiy oladigan bittagina elektron bor, deb faraz qildik. Aks holda muhitning qutblanishi ko’rinishda ifodalanar edi, bunda indeks -sort zaryadlarga tegishli bo’lar edi. Muhitning elektr qutblanishini bilgan holda uning dielektrik singdiruvchanligini hisoblab topish qiyin emas, chunki , bunda -muhitning elektr induksiyasi. Demak, bo’lib, bunda ni maydon aniqlaydi. Shunday qilib, masala davriy o’zgaruvchi tashqi maydon ta’sirida elektronning siljishini aniqlashdan iborat bo’lib qoladi, bunda tarkibiga shu elektron ham kirgan atomning boshqa qismlarining va atrofdagi atomlarning shu elektronga ta’sir etadigan kuchlari hisobga olinadi, ya’ni bu masala elektronning majburiy tebranishlari to’g’risidagi masaladir. Bu yerda gap atom ichida qiladigan harakatining chastotasi yorug’lik to’lqini chastotasi tartibidagi bo’ladigan elektronlar to’g’risida ketayotganini nazarda tutish kerak. Bu elektronlar yetarlicha katta siljishini va shuning uchun bu yerda qaralayotgan protsesslarda ishtirok etishini biz keyinroq ko’rsatamiz. Ular optik elektronlar deyiladi. Elektronlarga ta’sir qiluvchi kuchlar. 1) Tutib turuvchi kuch. Optik elektronni muvozanat atrofida tutib turuvchi kuchlar to’g’risida tasavvur hosil qilish uchun atomning optik xossalarini o’rganish kerak. Tajribaning ko’rsatishicha, barcha moddalarning yakkalangan atomlari amalda chastotasi har bir modda uchun xarakterli bo’lgan monoxromatik to’lqinlar chiqara oladi. Modda isitilganda, ya’ni bitta atomga keladigan o’rtacha energiya ortganda bu chastotalar o’zgarmaydi. Demak, elektronni muvozanat vaziyatda tutib turuvchi kuch elastiklik kuchi xarakteriga ega bo’lishi kerak (shuning uchun u kvazielastik kuch deyiladi) va bu kuch bilan elektronning siljishi orasidagi bog’lanish qonun ko’rinishida ifodalanadi, bu yerda -elastik bog’lanishning tegishli doimiysidir. Masalan, agar manfiy elektron tekis taqsimlangan musbat zaryadlardan tashkil topgan shar markazida joylashgan bo’lib, zaryadlar Kulon qonuni bo’yicha o’zaro ta’sirlashsa, kuch mana shu qonun bo’yicha o’zgargan bo’lar edi. Elektron siljiganda uni markazga qaytarishga intiluvchi kuch – bo’lar edi, bunda –markazdan elektrongacha bo’lgan masofa. Biroq, atom tuzilishi sohasidagi eksperimental tadqiqotlar bayon qilingan bu model noto’g’ri ekanligi va atomning juda kichik diametrli ( sm dan kichik) musbat zaryaddan (yadrodan) va uning atrofida harakat qiladigan tegishli sondagi elektronlardan iborat ekanligini ko’rsatdi. Har bir elektronni tutib turuvchi kuch, albatta – ko’rinishda bo’lmay, balki ancha murakkab bo’lishi kerak. Zaryadlar bunday joylashgani holda qanday qilib deyarli monoxramatik nur chiqarishi mumkinligi masalasini hozircha chetda qoldirib turamiz. Buning sababi ancha chuqur bo’lib, u atomlarning nurlanishini ham, atom sistemasi ichida zaryadlarning xarakteri ham makroskopik obyektlarni tekshirish oqibatida aniqlangan klassik mexanika va elektrodinamika qonunlariga bo’ysunmasligidadir. Atom ichida bo’ladigan bunday mikroskopik jarayonlarni to’g’ri tavsiflash uchun kvantlar nazariyasi qonunlariga murojaat qilish kerak; makroskopik qonunlar bu kvant qonunlarga nisbatan birinchi taqribdagi qonunlar bo’lib, ular makroskopik jarayonlarni o’rganish uchun yetarli bo’lib, atomga oid jarayonlarni o’rganishda aniqlashtirishga muhtojdir. Anomal dispersiya bilan yutilish orasidagi bog’lanishga asoslanib, Kundt kuchli yutuvchi gazlar yoki bug’larda ham anomal dispersiya hodisasi yuz berishi kerak, degan fikrni aytdi. Bir necha yil o’tgach, Kundt natriy bug’ining yorug’likni yutishini lektsiyada namoyish qilayotganda kutilgan hodisani kuzatishga muyassar bo’ldi. Manbaning yorug’ligi gorizontal polosa ko’rinishida spektr beruvchi vertikal qo’yilgan prizma yordamida spektrga ajratilgan edi. Nurlar yo’liga alangasida natriy bug’i bo’lgan gorelka qo’yilgan edi. Ekranda spektrning sariq qismida natriy bug’ining yorug’lik yutishiga xos bo’lgan qorong’i polosa bo’libgina qolmay, balki bu spektral polosaning chetlari yutilish sohasining yonlarida turli tomonlarga qayrilgani ko’ringan. Kundt bu tasodifiy kuzatilgan hodisa anomal dispersiya hodisasi ekanini birdaniga bilib oldi. Gorelka ustidagi natriy bug’ining konus shaklidagi ustuni vertikal turgan birinchi shisha prizma bilan ayqash bo’lgan gorizontal sindiruvchi qirrali (asosi pastda) prizma rolini o’tagan. Ko’rinib turganidek, uzun to’lqinli a qism sindirish ko’rsatkichi hatto birdan ham kichik bo’lgan qisqa to’lqinli b qismga nisbatan ko’proq sinadi. Natriy bug’lari spektrining sariq qismida bitta emas, balki bir-biridan 0.6 nm masofada joylashgan ikkita juda keskin va ingichka yutilish chizig’iga ega. Yuqorida tavsiflangan namoyish tajribasida natriy bug’larining zichligi ancha katta bo’lganligidan natriyning ikkala yutilish chizig’i qo’shilib D polosa hosil qilgan va hodisaning tavsiloti ko’rinmay qolgan edi. Yaxshi sharoitda o’tkazilgan tajribalarda manzarani ancha aniq kuzatish mumkin: bug’ning zichligi katta bo’lganda keng yutilish polosasi va chetlarining qayrilishi ko’rinadi, bug’ning zichligi kichik bo’lganda ikkita yutilish chizig’iga mos keluvchi ikkita anomal dispersiya sohasi ko’rinadi. Hodisaning eng aniq manzarasi yutilish chiziqlari keskin bo’ladigan gazlarda (bug’larda) kuzatilganligi sababli, nazariy tasavvurlarni gazlar ustidagi tajribalarda tekshirib ko’rish yaxshi, darvoqe, gazlar dispersiyasi nazariyasi ancha soddadir. Shuning uchun sinish ko’rsatkichining to’lqin uzunlikka bog’lanishini tekshirish metodlari katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi, chunki bu metodlar gazlarda dispersiyani aniq o’lchash imkonini beradi. Gazlarda sindirish ko’rsatkichi birdan kam farq qilganligi tufayli (ayniqsa yutilish chizig’i yaqinida ishlaganda gazning zichligi kichik bo’lganda) interferension refraktometrlar qo’llashga to’g’ri keladi. Eng yaxshi natijalar spektral apparatlarni “kesishtirish” metodi yordamida olinadi, bunda birinchi apparat Jamen interferometry bo’lib, ikkinchi apparat prizmali yoki difraksion (katta dispersiyali) panjarali oddiy spektrograf bo’ladi. Ularni shunday joylashtirish kerakki, bunda interferension polosalar gorizontal ketadigan, spektrograf tirqishi vertikal turadigan bo’lsin. Agar oq yorug’likdan interferometr hosil qilgan manzarani, ya’ni rangli polosalar to’plamini spektrograf tirqishiga tushirsak, u holda spektrograf kamerasidagi obyektivning fokal tekisligida bo’ylama yo’nalishda qator qorong’i chiziqlar bilan chizilgan tutash spektrni ko’ramiz; bu qorong’i chiziqlar spektrograf tirqishining interferension manzaradagi qorong’i polosalar tasvirlari tushgan joylariga mos keladi. Interferension manzaraning davri to’lqin uzunlikka proparsional. Shuning uchun to’lqin uzunlik qancha katta bo’lsa qorong’i polosalar oralig’i shuncha katta bo’ladi va spektrografdagi qorong’i polosalar sistemasi spektrning qizil chetidan binafsha chetiga tomon toraya boradi. Nolinchi polosa to’g’ri chiziq shaklida va tirqishning yo’nalishiga tik bo’ladigan qilib asboblarni sozlab olamiz va bu polosani absissalar o’qi deb qabul qilamiz. Y ordinatalar o’qini spektrograf tirqishi bo’ylab yo’naltiramiz. Biroq tadqiqotlar atomning ko’p xossalari tegishli ravishda qo’llanilgan klasssik qonunlar yordamida aks ettirilishi mumkinligini ko’rsatadi. Xususan, agar atom tegishli chastotali garmonik ossilyatorlar to’plami deb qaralsa, ya’ni elektronni atomda kvazielastik-br kuch tutib turadi deb hisoblansa, atom bilan yorug’lik to’lqinining yorug’lik dispersiyasini yuzaga keltiruvchi o’zaro ta’sirini yaxshi tavsiflash mumkin. Shunday qilib, muvozanat vaziyatidan siljitilgan va kvazielastik kuch ta’sirida bo’lgan m massali elektronning harakat tenglamasi ko’rinishda bo’ladi. Shuning uchun bunda -elektronning xususiy tebranishlari amplitudasi, -doiraviy chastotasi, chastota atomning b doimiy kattaligini belgilovchi xossalariga bog’liq. Boshqa mexanik masalalardagi singari, bu yerda ham zaryadlar o’z muvozanat vaziyatidan ozgina chetlanadigan, ya’ni r yetarlicha kichik bo’ladigan hollardagina tutib turuvchi kuchni kvazielastik kuch ko’rinishida tasvirlash to’g’ri bo’ladi. r siljish kattaligini elektr maydonning optik elektronga ko’rsatadigan ta’sir kuchi aniqlaydi; elektr maydonning kuchlanganligi katta bo’lganida F=-br ifoda noto’g’ri bo’lib qolishi mumkin. Ma’lumki, masalan, elektromagnitik statik maydon ham, o’zgaruvchan maydon ham atomdan elektronni yulib olishi mumkin (ionlanish) va bu chegaraviy holda yuqoridagi munosabatni qo’llanib bo’lmasligi tamomila ravshandir. Optik kvant generatorlari yordamida hosil qilinadigan juda quvvatli yorug’likda tutib turuvchi kuch kvazielastik kuchdan ko’p farq qiladi; chiziqli bo’lmagan optik hodisalar xususiyatlari mana shu farqqa bog’liq bo’ladi. Biz hozirgacha o’rgangan hodisalarda va boshqa ko’p hodisalarda F=-br munosabat juda yaxshi aniqlikda bajariladi. 2) Tormozlovchi kuch. Elektron atomda garmonik ravishda tebranib turadi, degan faraz taqribiydir. Haqiqtda esa tebrantirilgan elektron o’z energiyasini asta-sekin sochadi va binobarin tebranish amplitudasi vaqt o’tishi bilan kamayadi. Shunday qilib, tebranish qat’iy tebranish bo’lmay, so’nuvchi tebranish deb qaralishi kerak. Hatto yakkalangan atomda ham tebranishlar so’nuvchi bo’ladi, chunki energiya har tomonga nurlantirilib atomning energiyasi asta-sekin kamaya boradi. Nurlantirishga muqarrar bog’liq bo’lgan bunday so’nishdan tashqari, atomlarning o’zaro ta’sirlashishiga bog’liq bo’lgan boshqa sabablar tufayli ham tebranish energiyasi sarf bo’lishi mumkin, ammo bu hollarda tebranish energiyasi energiyaning boshqa turlariga aylanadi, masalan, u issiqlikka aylanib, muhit atomlarining o’rtacha kinetik energiyasini oshirishi mumkin.
Har qanday holda bu sabablar tebranish amplitudasini kamaytiradi va binobarin, elektron harakatiga tormozlovchi (dissipative) kuch sifatida ta’sir ko’rsatadi. Tajribaning ko’rsatishicha, bu kuch ko’p hollarda atomning xususiy tebranishlarini qiyosan juda oz buzadi, demak, bir davr mobaynida sarf qilingan energiya atom tebranish energiyasining kichkinagina (yuz milliondan bir ulushi tartibidgi) qismini tashkil etadi. Mexanikaning ko’p masalalarida ishqalanish kuchi zarraning harakat tezligiga proporsional deb hisoblangani kabi bunday sharoitda bu tormozlovchi kuchni elektronning dr/dt tezligiga proporsional deb hisoblash mumkin. So’nishning turli fizik sabablarini tekshirish ularning tormozlovchi kuchning bu ifodasiga muvofiq ekanligini ko’rsatdi. Demak, elektronga ta’sir etuvchi ikkinchi kuch sifatida qarshilik kuchini, ya’ni tormozlash kuchini kiritamiz, bu yerdagi g-muhitning xossalariga bog’liq koeffitsient.
3) Majbur etuvchi kuch. Muhitda tarqalayotgan yorug’lik to’lqini ta’sirida elektronlar majburiy tebranishlar qiladi. Yorug’lik to’lqini maydonning magnit tashlik etuvchisi juda kichik ta’sir ko’rsatadi, Chunki, magnit maydon faqat harakat qilayotgan zaryadga ta’sir qila oladi. Shuning uchun, barcha amaliy masalalarda to’lqinning elektr maydoni ta’sirigina hisobga olish bilan cheklanish mumkin. Shunday qilib, yorug’lik to’lqinining ta’sirini bu to’lqinning elektr maydoni kuchlanganligi aniqlaydi, ya’ni elektronga eE kuch ta’sir qiladi, deb hisoblaymiz: to’lqinning maydoni. Bu aytilganlar faqat keluvchi yorug’lik to’lqini qutblagan atrofidagi molekulalar ta’sirini nazarga olmasa ham bo’ladigan holdagina to’g’ridir. Bu faraz siyrak gazlar uchun to’g’ridir, chunki bu holda muhitning molekulalari orasidagi masofa katta bo’ladi. Katta bosim ostida turgan gazlarda, suyuqlik va qattiq jismlarda bu ta’sirni (atrofdagi molekulalar ta’sirini ) hisobga olish zarur, bu holda elektronga ta’sir qilayotgan kuchning ifodasi o’zgaradi.
Dispersiya tenglamasi. Ta’sir qiluvchi kuchlar to’g’risida yuqorida ko’rsatilgan farazlarni qilgach, elektron uchun Nyutonninh harakat tenglamasini yoza olamiz: bu tenglama majburiy tebranishlarning harakat tenglamasidir. Bu tenglamani yechib, r ni, binobarin, P=Np=Ner ni aniqlaymiz va demak, ni atomning doimiylari va tashqi maydonning chastotasi funksiyasi sifatida topamiz, ya’ni dispersiya masalasini yechamiz. Agar qarshilik kuchi nazarga olinmasa, ya’ni g=0 deb hisoblansa, elektronlarning majbur etuvchi kuch ta’sirida qiladigan harakatining asosiy xususiyatlarini topish ancha oson. Yorug’lik to’lqinining E maydonini chastotaning sodda sinusoidal funksiyasi deb,ya’ni deb hisoblash mumkin, chunki, Furye teoremasiga asosan, boshqa ko’rinishdagi maydonni hamma vaqt sinusoidal funksiyalar superpozitsiyasi (to’plami) ko’rinishida ifoda qilish mumkin va umumiyroq masala bunday tipdagi soddaroq masalalarni yechishga keltiriladi. g=0 deb faraz qilib, (1.2.11) tenglamaning ikkala tomonini m ga bo’lib yuborsak, tenglama ko’rinishga keladi; =-elektronning xususiy tebranish chastotasi. Kvantiy nazariyada tarkibiga kirgan zaryadlar uchun xarakterli bo’lgan chastotalar bilan tebranadigan atomiy ossilyatorlar haqidagi tasavvurga o’xshash model tasavvurlaridan foydalana olmaymiz. Kvantiy nazariya atomiy ossilyatorning tebranish chastotasi o’rniga atomiy o’tishlar chastotasi bilan ya’ni
shartga bo’y sunadigan chastota bilan ish ko’radi, bu yerda -biror m holatdagi atomning energiyasi, -atomning n- holatdagi energiyasi, esa-Plank doimiysi. Chastota sharti deb ataluvchi bus hart quyidagi vazifani bajaradi: atom n- holatdan m-holatga o’tganida chiqadigan energiya chastotali nurlanish kvanti tarzida nurlantiriladi, bu kvantning energiyasi, kvantiy nazariyaning asosiy qoidasiga muvofiq, bo’ladi. Har bir atom uchun energiyaning qat’iy muayyan ,…qiymatlari (energiya sathlari) mavjud. Shuning uchun atom faqat qat’iy muayyan kvantlarni nurlantirish va yutishi mumkin. Albatta, chastotali kvant chiqarish bo’lgandagi holga mos keladi. Aksincha, m-holatdan n- holatga o’tishda atomning energiyasi kamaymaydi, balki ortadi, ya’ni atom yorug’lik chiqarmaydi, balki yorug’lik yutadi.
Kvantiy nazariyada ossilyator kuchi tushunchasi aniq fizik ma’noga ega bo’ladi: ossilyator kuchi n-holatdan m-holatga o’tish ehtimolligiga proporsional bo’lar ekan. Bu ehtimollik qancha katta bo’lsa, n- holatda bo’lgan atomlarning shuncha ko’proq qismi birlik vaqt ichida m-holatga o’tadi, ya’ni mazkur o’tish hodisada shuncha effektivroq qatnashadi.
Elementar zarralarning xarakterli xususiyati shuki, ular ikki xil ko`rinishda – zarralar va antizarralar ko`rinishida namoyon bo`ladi. Bu muayyan ko`rinishdagi musbat zaryadlangan zarralar bilan bir qatorda ularning manfiy zarralarning ham mavjudligida o`z ifodasini topdi. Neytral zarralar holida bu farq shundan iboratki, ularda mexanikaviy va magnit momentlari qarama- qarshi orientatsiyalangan bo`ladi. Ushbu fundamental fakt orqali materialistik dialektikaning asosiy qonuni yorqin ifodalangan. Bu qonun materiya harakatini qarama – qarshiliklar birligi sifatida qarab, ular orasida hamma vaqt kurash boradi, bu esa materiyaning o`z – o`zidan harakatlanishiga asos bo`ladi deb ko`rsatadi. Kuchli o`zaro tasirlashuvchi zarralar majmuasiga hozirgi vaqtdq adronlar deb nom berildi.Elementar zarralarga xos bo`lgan qator fundamental fizikaviy xossalar mavjudki, ular zarralarning xarakterli xususiyatlarini belgilaydi. Hamma elementar zarralar u yoki bu massaga, energiyaga, harakat miqdori momentiga, ba’zi zarralar esa magnit momentga, elektr zaryadga ega va h.k. elementar zarralardagi barcha o`zgarishlar massa, energiya, harakat miqdori, harakat miqdori moment va elektr zaryadning saqlanish qonunlariga qat’iy bo`ysunadi.
Bu qonunlar bilan bir qatorda yana ba’zi spetsifik saqlanish qonunlari ham o`rinlidir; barion zaryadining (nuklonlar soning), mezon zaryadining saqlanish qonuni, juftlikning saqlanish qonuni (kuchli o`zaro ta’sirlarda), izotopik spinning saqlanish qonuni, g’alayonning saqlanish qonuni, ba’zi yangi kvant xossalaining saqlanish qonunlari va h.k. Endi elementar zarralarning asosiy xarakterlarini qarabchiqamiz. Klassik nazariyada atomlarning mazkur gruppasiga xos ossilyatorlarning butun to’plami yordamida ifodalanadigan dispersiya va absorbsiya chizig’i kvantiy nazariyada energiyaning mazkur atom uchun mumkin bo’lgan ,..qiymatlarining butun to’plami orqali aniqlanadi; bu qiymatlar kvantiy nazariyaning asosiy qoidasiga muvofiq, har qanday emas, balki faqat muayyan diskret qiymatlardir. Atomlar turgan dastlabki holatda (to’g’rirog’i atomlarning ko’pchiligi turgan holatda) atomning energiyasi bo’lishi mumkin bo’lgan eng kichik qiymatga ega bo’ladi. Agar gaz orqali tok o’tkazilsa yoki biror boshqa usul bilan gazga muttasil energiya keltirib turilsa, u holda atomlarning bir qismi energiyasi kattaroq holatlarga o’ta oladi. Masalan, gaz-razryadli manbalar yuqori energetik holatlarga o’tgan atomlar tufayli yorug’lik chiqaradi; bu holatlardan boshqa holatlarga o’tayotganda atomlar yorug’lik chiqaradi. Shunday qilib, umumiy holda uyg’onmagan atomlar ham, uyg’ongan atomlar ham dispersiyaga hissa qo’shadi. Uyg’onmagan atomlar sathdan yuqorida joylashgan sathlarga o’tishdagina, ya’ni yorug’lik yutiladigan o’tishlardagina qatnashadi. Bunday o’tishlar uchun ossilyatorlar kuchlarini musbat deb hisoblash qabul qilingan.
Keying tipdagi o’tishlarda yorug’lik nurlanishi sodir bo’ladi deb oldin ta’kidlangan edi; ular sindirish ko’rsatkichini yutishga qaraganda qarama-qarshi yo’nalishda o’zgartiradi. Bu hodisani formulalarda hisobga olish uchun nurlanishli o’tishlar bilan bog’langan ossilyatorlar kuchlarini qarama-qarshi, ya’ni manfiy ishorali deb olish kerak.
Shunday qilib, ossilyatorlarning f kuchi hamma vaqt musbat bo’ladigan klassik nazariyadan farqli ravishda, kvantiy nazariyada f kattaliklarning ham musbat, ham manfiy qiymatlarini e’tibarga olishga to’g’ri keladi. F larning manfiy qiymatlariga butun dispersiyani aniqlaydigan yig’indining manfiy hadlari (manfiy dispersiya) mos keladi. Manfiy hadlar ko’p hollarda hodisada ahamiyatsiz bo’ladi, Shunga qaramasdan, kuchli elektr razaryadi o’tib turgan gazda dispersiyani o’rgangan Ladenburg manfiy hadlar ta’sirini kuzatishga muvaffaq bo’ldi, lekin uning tajribalarida dispersiya musbat bo’lib qolavergan edi. Ammo yetarlicha ko’p atomlar uyg’ongan va spektrning keng sohasida manfiy hadlar ta’siri ortiq bo’ladigan sharoit yaratish mumkin. Xususan, lazerlarda ahvol shundaydir.

XULOSA
Ushbu kurs ishi mavzusini yoritishda biz ko`plab qiziqarli ma’lumotlar, tajribalar, olimlarning nazariy xulosalari, elektromagnit to`lqinlar, shu jumladan, yorug`lik to`lqinlari hamda kvantlari – fotonning biz bilmagan xossalari bilan tanishdik. O`z navbatida, mavzuga oid bilimlarimizni takrorlab oldik va yanada mustahkamladik. Yorug`likning ikkiyoqlama tabiatga ega ekanligini o`quvchilarga qanday qilib oson tushuntirish mumkinligini o`zimiz uchun belgilab oldik. Bunda:
1 – usul ektromagnit to`lqinlar shkalasidan foydalanish, ya’ni to`lqin uzunlik kamayib borgan sari nurlanishning kvant xossalari yorqinroq namoyon bo`lib boradi, xuddi shunday yorug`lik to`lqinlarida ham uzun to`lqinlar sohasidan qisqa to`lqinlar sohasiga siljigan sari yorug`likning korpuskulyar tabiati asosiy o`ringa chiqib olishini tushuntirib, o`quvchilarda mavzuga oid tasavvurlarni nisbatan oson hosil qilishdir.
2 – usul esa foton energiyasi va impulsining yorug`likning to`lqin uzunligi hamda chastotasi orqali ifodalanishidan kelib chiqqan holda tushuntirishdir. Bunda yorug`likning to`lqin va zarra tabiatlari bir – biriga zid emas, aksincha, ular bir – birini to`ldirib turishini o`quvchilar ongiga singdirish maqsadga muvofiq bo`ladi, deb o`ylaymiz. Bundan tashqari, yorug`likning tabiatini o`rganish borasida ko`plab ilmiy ishlar va izlanishlar olib borgan olimlarning shaxsi hamda fan rivojiga qo`shgan ulkan hissalari to`g`risidagi ma’lumotlarning berilishi o`quvchilar uchun katta ibrat maktabi bo`ladi, desak mubolag`a qilmagan bo`lamiz.
Ushbu kurs ishidan umumiy o`rta ta’lim maktablari, o`rta maxsus kasb – hunar ta’limi muassasalari o`quvchilari va o`qituvchilari hamda bakalavriatda ta’lim olayotgan talabalar metodik ko`rsatma sifatida foydalanishlari mumkin.



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish