Kirish Korxona haqida ma’lumot


KOMPANIYANING ASOSIY FAOLIYAT TURLARI



Download 3,75 Mb.
bet3/10
Sana05.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#846506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hisobotim (wecompress.com)

KOMPANIYANING ASOSIY FAOLIYAT TURLARI:
• qurilish-montaj ishlarini bajarish;
• buyurtmachi-quruvchi funktsiyalarini bajarish;
• bosh pudratchi funksiyalarini amalga oshirish;
• binolarni demontaj qilish, buzish, sanoat, fuqarolik va boshqa ob'ektlarni, shu jumladan aholi buyurtmasi bo'yicha rekonstruksiya qilish;
• turar-joy binolari, uylar, majmualar, shu jumladan, aholi foydalanishiga topshirilgan binolarni qurish, rekonstruksiya qilish, sotish;
• avtomagistral, shosse yo'llari, aerodrom obyektlari bo’yicha qurish;
• suv inshootlarini qurish;
• ko'priklar qurish;
• bino va inshootlarning muhandislik jihozlarini o'rnatish;
• qurilish materiallari va konstruksiyalari (g‘isht, metall konstruksiyalar, yog‘och buyumlar, shisha va ikki qavatli oynalar, quruq aralashmalar, beton xomashyosi, temir-beton buyumlari va alyuminiy buyumlari va boshqalar) ishlab chiqarish;
• mulk va materiallarni (asosiy fondlar, transport vositalari va mexanizmlar va boshqalar)sotish va sotib olish;
• O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning chegaralaridan tashqarida yuk va yo‘lovchi tashish;
• mashinasozlik va mexanizasiyalash, avtotransport xizmatlari, yoqilg‘i-moylash materiallarini quyish va hisobdan chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish, texnikaviy va kapital montaj qilish;
• texnik-material yetkazib berish xizmatlari, vositachilik, komissiya xizmatlari;
• aholiga pullik xizmatlar ko'rsatish, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish;
• uy-joy fuqarolik maqsadlaridagi ob'ektlar va majmualarni qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini murakkablik darajasining I-V toifalari bo'yicha loyihalash;
• dizaynerlik ishlari;
• nashrlarni ishlab chiqish, texnik va boshqa maxsus adabiyotlarni sotish;
• jamiyat balansida mavjud bo‘lgan sport inshootlari va sog‘lomlashtirish klublarida sport-sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, sport-texnik vositalar, trenajyorlar, inventar va boshqa xizmatlar bilan ta’minlash;
• havaskorlar, yoshlar va bolalar o‘rtasida tennis bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, bolalar sport tadbirlarini o‘tkazish;
• o‘z ehtiyojlari uchun ballonlarda suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan avtomobillarga yonilg‘i quyish faoliyatini tashkil etish va boshqa korxonalarga, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish;
• tashqi-iqtisodiy faoliyat;
• ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish;
• chakana savdo faoliyatini amalga oshirish;
• qurilish materiallari, qismlar, yig'ma va boshqa vositalar sifatini nazorat qilish bo'yicha laboratoriya sinovlarini o'tkazish;
• qurilish mutaxassisliklari bo'yicha ishchilarni o'qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
• bojxona va erkin omborlarda tovarlarni saqlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish;
• O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, undan tashqarida ham ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatga xususiy, qarzga olingan va yo’naltirilgan mablag‘larini investitsiya qilish;
ijara va lizing;
• qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari.

“Trest-12” OAJ hozirda O‘zbekistonda qurilish sohasida eng istiqbolli va rivojlanayotgan tashkilot hisoblanadi. Ushbu tashkilot quyidagi muhim ob'ektlarni qurdi:



  • General Motors

  • Bunyodkor stadioni

  • “UzbekInvest” binosini qayta ta`mirlash

  • “Dedeman” mehmonxonasi

  • Milliy kutubxona “Alisher Navoi”

  • Prizident akademiyasi

Ushbu tashkilot to'g'ridan-to'g'ri qurilishni amalga oshiradigan bo'linmalarga bo'lingan:



  • ПМК-2 (Передвижная мобилизованная колонна 2)

  • СУ-50 (Строительное управление 50)

  • СУ-52

  • СУ-49

  • СУ-65

  • СУ-1

  • ХРУММ (Хозрасчётное управление малой механизации)

  • УПБР

ПМК-2 "Trest-12" OAJ eng yirik va eng muhim ob'ektlarni ishonib topshirgan eng yirik bo'linmasi hisoblanadi. Ular “Bunyodkor” stadionini(1-rasm), “Generel Motors” kompaniyasini va shunga o`xshash muhim kata qurulish obyektlarini qurishgan.



1-rasm.Bunyodkor stadioni

ПМК-2 da bajarilgan ishlar


Biz amaliyotni Ko`p tarmoqli endikiranologiya markazida o`tadik.Amaliyotning birinchi kunida biz texnika vaxfsizlik qoidalari bilan tanishdik. Bizga tayinlangan qurilish hududagi amaliyot rahbarimiz bizga binoni tanishtirdi. Qurilish hududida yurganda texnika xavfsizlik choralariga qanday rioya qilish haqida tushintirish olib bordilar.(2-rasm)Binoning tashqi va ichki zonasi bilan tanishdik. Hududni o`rgandik.Qayerda qanday ish jarayoni ketayorganligi bilan tanishdik.



2-rasm. Texnika xavfsizligi va qurilish hududi bilan tanishtirish jarayoni
Biz qurilishh jarayonida asosan yordamchi binolar qurilish jarayonida bo`ldik.Bu binolarga sovutish isitish binolari,oshxona,elektr ta`minoti binosi,kislorod yetkazib beruvchi bin ova yadroviy bo`limlar kiradi.Undan tashqari elektr kabellarini yurish yo`llari va issiq-sovuq suv yris yo`llari qurilish jarayonlaridi qatnashdik va o`rgandik.




3-rasm. Ko`p tarmoqli endikiranalogiya markazi.Elektr ta`minoti binosi plani va qirqimi,tugunlari
Ko`p tarmoqli endikirinalogiya markazi umumiy 5-etajdan iborat. Har bir etaj o`zining vazifasiga ega.Bizqurilish jarayoni bilanm tanishish davomida binoning old qismi qurilsih bitgan jarayonni ham ko`rdik.U yerda tashiq fasad qismini suvoq qilish jarayonlari ketayotgan edi.Binoga kirishda bosh kirish qismi panorama stilida qurilgan.Bu yo`rug`likni yaxshi ta`minlaydi.Va binoni zamonaviy bo`lishiga o`z hissasini qo`shadi deb o`ylayman.Va binoda joylashgan axoliga xizmat ko`rsatish xonalarini oynalari ham ponoram stilida qurilgan.(4-rasm)

4-rasm.Ko`p tarmoqli endikirinalogiya markazi. Binoga kirish qismi.

Panoramik derazalar - bu shiftdan zamin yuzasiga qadar fazoviy maydonni to'liq egallagan katta derazalar.Panoramik tuzilmalar turli xil materiallardan tayyorlangan:


plastik;
metall (shu jumladan alyuminiy);
yog'och;
shisha kompozitsion.
Hozirga vaqtda bunday deraza turlaridan foydalanish ko`paymoqda.Trest-12 kompaniyasi ham ko`p qurgan binolarida oynasi qismida panorama stilidan foydalangan.
Birinchi biz isitish-sovutish binosi va oshxona qurilish jarayoni bilan tanishdik.U yerda qanaqa ishlar ketayorganligi va ularning texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ish olib borayorganligini ko`rib guvoh bo`ldik.Bu bino ikki qismga bo`lingan. Bir tomonda isitish va sovutish qismi bo`lsa bir tomonda oshxona bor. Isitish va sovutish qismi ikki etajdan ibrot bo`lib 1-etaj istish va ikkinchi etaj sovutish qismidir. Oshxona bir etajdan iborat.Bu binoda yerto`la qismi ham bor.Isitish sovutish binosiga yerto`lasiga ikkita y`ol orqali kirish mumkin. Birinchi yo`lak bu zina orqali bo`lsa ikkinchi yo`lak pandus bo`lib u yerda asasosan yuk olib krilganda foydalaniladi.Bu bino qurilishida orayopmalar monolit bo`lib qurilgan.Tashqi devor qurilishida gazablokdan foydalanishgan.Ichki devorlar uchun esa ichi g`ovak pishiq g`ishtdan foydalanishgan.(5-rasm)

5-rasm. Isitish-sovutish va oshxona binosi qurilishi jarayoni

Biz ham oshxona qurilishi jarayonida ichki devorlar qurilishida bevosita qatnashdik.G`isht qo`yish texnologiyalarini ko`rdik.Gi`sht qo`yish jarayonida yordamlashdik.(6-rasm)Albatta texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ish olib bordik.Bu qurilish jarayonida ichi g`ovak g`ishtdan foydalanildi.Bu g`isht issiqlikga yaxshi chidaydi.tashqaridan keladigan havoni va shovqinlarni o`tkazmaydi.Va o`zidan ham chiqarmaydi.



6-rasm. Oshxona binosi ichki devorlari qurilish jarayonidan.
Agar g'ishtda ko'proq bo'shliqlar bo'lsa, u holda issiqlikni yaxshiroq saqlaydi. Ya'ni, ichi bo'sh g'ishtlarni yotqizish nozikroq qilingan bo'lsa, u holda devorning issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlari kamaymaydi. Va shunga qaramay, ichi bo'sh g'isht yengilroq, shuning uchun uni ishlatishda poydevorga bosim ham kamroq bo'ladi. Shunga ko'ra, ichi bo'sh g'ishtlarning ergonomikasi va iqtisodiy samaradorligini hisobga olgan holda, bugungi kunda qurilishda foydalanish juda keng tarqalgan. Bundan tashqari, uning mukammal issiqlik izolatsiyasi. Shunday qilib, ichi bo'sh g'ishtdan yasalgan devorlar, qoida tariqasida, qattiq g'ishtdan yasalgan devorlardan ikki baravar yupqaroqdir. Va ovoz yalıtımı va issiqlikni saqlash darajasi zarar ko'rmaydi.
Keyingi jarayonlarda biz o`sha isitish-sovutish binosidan chiqayotgan suv tashuvchi trubalarni yurish yo`llari qurilishi bilan ham tansihdik.Bu trubalar uchun maxsus yo`llar qurilardkan.Bu y`ollarni qurishdan maqsad,qulay,chunki qachondir trubalarni teskshirish vaqti kelganda ularni ochib ko`rish uchun bu ususl juda ham qulay.Chunki agar bunday yo`l qurilmasa va truba shunchaki yerga yotqizilib ustidan tuproq ag`darilsa vaqti kelib ochilganda qiyinchilik tug`diradi.Ortiqcha mashina vaqti ischi vaqtini oladi.Va hammaganoqulaylik tug`diradi.Shuni oldini olish maqsadida ham bunday usuldan foydalanilgan.Aytishimiz mumkin bu usul qimmat amma samarali va foydali hsioblanadi.hunchaki ustki qismdagi plitani surish orqali siz bemalol trubani ustida ish olib bora olasz. Yana shu`ni ham aytish joizki buy o`lda trubaga tashqi ta`sirdan zarar ko`rish ehtimoli kamroqdir.(7-rasm)



7-rasm.Bu yerda issiq suv va sovuq suv tashuvchi trubalar uchun yo`l qurilish jarayoni.
Keyingi ish jarayonini biz elektr ta`minoti binosida olib bordik.Har bir katta binolarning o`zini elektr bilan ta`minlaydigan binosi bo`ladi.Bu binoda ham o`zini elektr ta`minoti binosi bor.Biz bu bino qurilish jarayonida ham bo`ldik.Qurilish jarayonlari bilan tanishdik.Bu binoda ham elektr kabellar yurish uchun yo`llar qurilgan.Ulara ikkita yonma yon yo`lakdan iborat.Mustahkam qurilgan.Bularning tashqi devorlari qurilishida g`ovak g`ishtdan foydalanilgan.

8-rasm. Elektr bilan ta`minlovchi bino qurilish jarayonidan
Bu rasmda siz elektr ta`minoti binosi qurilish jarayonini ko`rishingiz mumkin(8-rasm.)Bino pastki qismidan maxsus yo`llar otgan.Bularning vazifasi binoga elektr yetkazish uchun kabellarni y`oli hisoblamnadi.Yuqorida aytilganidek ikki yonma yon y`olak qilib qurilgan.Bu ham shunday qulay.Ochib qayta ta`mirlash uchun juda ham qulay hisoblanadi.
Bu binodan so`ng biz kislorod binosi bilan tanishdik.Bu bino maxsus hisoblanadi.Chunki biz maliyot o`tayotgan bino bu sog`liq saqlash yani inson davolanadigan binodir.Bu yerda shunday maxsus xonalar bor. Oddiy bemorlar yotadigan xonalarda ham kislorod bilan ta`minlaydigan maxsus trubalar bo`ladi.Ular bemor krovati yonidan devordan chiqib kislorod apparatiga ulanadi.Shuning uchun ham bu binoda kislorod binosi quriladi.Biz bu bino qurilish jarayoni bilan tanishdik.Bino katta emas.asosan bu yerda bino poydevor qismlari qurildi.chunki bu binoga maxsus hamma kihozlari o`rnatilgan konteynerlar kelib o`rnatiladi deb bizga tushintirishdi.(9-rasm)

9-rasm.Kislorod bilan ta`minlovchi bino qurilish jarayonidan
Bu bino qurilish jarayonida geodesist ham qatnashdi.Bino burchaklari ularni qayerdan qurish kerak qanday burchak ostida hammasini tushuntirib ish jarayonida ko`rsandi.Ish ajarayoni qiziq bo`ldi.O`zimziga kerakli bilimlarni oldik.Bu bino qurilishida ham ishchilar texnika xavfsizligiga rioya qilgan xolda ish olib bordilar.Chunki bu juda ham muhim.Devorlar monolit devor.chunki bular konteynerlarni ko`tarib turadi.Bilamiz monolit devor yokida orayopmalar ancha baquvvat og`ir yuklarni yaxshi ko`tara oladigan konstruksiya hisoblanadi
Qurilish jarayonida biz texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ish olib bordik.Masaln yuqorida aytghanimdek,suv tashuvchi truba yo`llari qurilish jarayonida ular chuqurlikda qurilayaotgan edi.ishchilar uning yonida o`tib qaytishadi.Shunday vaziyatlarda bu qurilish bo`layotgan joy atrofini maxsus lentalar bilan o`rab chiqdik.Chunki bu o`ralmasa erta bir kun qaysidir ishchining beetiborsizligi tufayli chuqurga tushib ketishi va jarohat olishi mumkin.Shuni oldini olish maqsadida biz shunday ishni amalga oshirdik.Birgina bu jarayonda emas, balki kolodes va katlovan qurilish jarayonlarida ham olib bordik.Texnika xavfsizligi doimo birinchi o`rinda turishi kerak.



10-rasm.Texnika xavfsizlik qoidalariga ko`ra chuqur holatda ishlanayotgan qurilish qismi atrofini lenta bilan o`rash jarayoni
Bu jarayonlarda biz qurilishda ishlatilayotgan mashina va kranlar bilan tanishdik.Ularni ishlash jarayonlarini ko`rdik.Bu qurilish jarayonida biz asosan ikkita kranni ko`rdik.Bular Zoomlion (ZMC-25) va STC800S. Biz bularning ishlash jarayonlarini xar hil vaziyatlarda ko`rdik.Masalan Zoomlion krani binoning fasad qismini ishlash jarayonida quruvchilarga xizmat ko`rsatdi.Va yuqorida aytib o`tganimdek,oshxona binosi tom qismini yopish jarayonida ishladi.Bu kran parametrlariga to`xtaladigan bo`lsak bu kranning umumiy og`irligi 27 t bo`ladi.Yoqilg`I baki 300l.Dvigatelda va kabinada ovoz otqazmaydigan ekranlar o`rnatilgan.Kranning yuk ko`tara olish qobiliyati 25t.Strela uzunligi 10.5-32.5 metrgacha bo`ladi.Strela qulochi uzunligi 8m bo`ladi.Maksimal ko`tarish balandligi 41.5 m hisoblanadi.11-rasm

11-rasm.Qurilish jarayonida ishlatilgan Zoomlion (ZMC-25) krani


Bu qurilish jarayonida yana bir kran ishlatildi.Bu STC800S krani.Bu kran asosan kotlovan ishlarida ishladi.Kotlovan poydevorlari va devor uchun qolip montaji jarayonlarida xizmat ko`rsatdi.Bu karnning parametrlariga keladigan bo`lsak.Umumiy uzunligi 14680mm.Umumiy kengligi 2750mm.Umumiy balandligi 4000mm.Old arav yuki 21600kg va orqa arava yuki 24970kg.Maksimal tezligi 80km/soat.Asosiy strela uzunligi 12.2m.Maksimal strela uzunligi 47m.(12-rasm)

12-rasm. Qurilish jarayonida ishlatilgan STC800S krani


Keyingi qurilish jarayonlarida biz yadroviy b`olim katlovani qurilish jarayonida qatnashdik.Yadroviy bo`limda asosan rengent bo`lib o`tadi.Bu yadroviy qurilish to`liqligicha monolit konstruksiyadan iborat.Prorab bizga bu hudud qurilish jarayoni bilan ishlar ketma ketligi bilan tansihtirdilar.kotlovan qazish ishlari jarayoni biilan tanishdik.o`zimizga kerakli bo`lgan qiziqarli savollarga javob oldik.


13-rasm.Yadroviy bo`lim kotlovan qazish jarayonidan
Yerni qazib tashuvchi mashinalarga ortuvchilar, skreperlar, buldozerlar, greyferlar greyder – elevatorlar kiradi. Yer inshootini fazoviy shakli geometrik o'lchamli, gruntni tashish uzoqligi, alohida turdagi mashinalarni tor ixtisoslashganligi sababli qo'llash chegaranganligiga qaramay, yer ishlarida tashish mashinalarni yordamida ko'pgina asosiy yordamchi, tayyorgarlik jarayonlarini turli ishlab chiqarish sharoitida bajarish mumkin. Buldozer va skreperlar bir davrda gruntni qaziydi, uni suradi, ko'tarmaga to'kadi va zaboyga bo'sh qaytadi.Bu mashinalar bilan bajarilgan ish narxi bir cho'michlilar bilan bajarilganga nisbatan 3...4 marta kam. Buldozerlar qurilishda katta hajmdagi er ishlarini bajaradi. Asosiy texnik parametrlariga quvvati va og'irligi. Texnologik parametri – buldozerni surgich uzunligi. Xozirgi paytda quvvati 600 kVt buldozerlar qo'llanilmoqda. Buldozerni texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga buldozer jihozlari bilan birga yordamchi almashtirilib turiladigan, yumshatgich Nishab qiluvchi, shox-shabadani kesuvchi, uzaytiruvchi, tirkashlar (buldozerdan itargich sifatida foydalanish) va boshqalar imkon beradi.

14-rasm Katlovan qazishda ekskavatorlar ish jarayoni.

Kotlovan qazish jarayoni tugagach.Undan ortiqcha qumlar olib chiqib tashaldi.Va yerni tekislashga o`tildi.Bu jarayon ham qizg`in o`tdi.Bizda savollar tug`ildi.Biz bu savollarga javob oldik.Qanday tartib ish olib borilishini ko`rganimiz bu bizga kelajakda o`zimiz ham shunday ish jarayonini olib borayotganimizda o`zimizga kerak bo`ladi.Bu jarayonlar yakunlangach bino poydevori qurilish jarayoniga o`tildi.Poydevor balandligi 40sm.Bu jarayonda ham qatnashdik.Ish tartibini o`rgandik.o`zimiz ham qatnashdik.ishchilar bilan suhbatlashib o`zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.



15-rasm.Yadroviy bo`lim kotlovani qurilishida poydevorni armaturalash jarayonidan
Chuqurni yaratishning har bir bosqichida barcha qurilish me'yorlari va qoidalariga rioya qilish kelajakda, binoning ishlashi paytida ko'p qiyinchiliklardan qochadi. Bu kabi muammolar bo'lishi mumkin: binoning qiyshaygan, poydevori botqoqlangan, namlik devorlarga kirib boradi, qo'ziqorin va hasharotlar paydo bo'lishi, poydevor er osti suvlari bilan yuviladi va boshqalar. Bunday oqibatlarga olib keladigan xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun tasdiqlangan qurilish rejasini tuzish, doimiy sifat nazorati choralarini o'tkazish va reja bilan kelishish, qurilish jarayonini sozlash kerak. Ko'p narsa to'g'ri qazish ishlariga, shu jumladan, bunday poydevor asosida qurilgan binoning yaxlitligiga bog'liq. Ishning asosiy nuqtalari orasida quyidagilar ajralib turadi: geodezik tadqiqot; landshaft dizayni bo'yicha ishlar; chuqurlarni qazish va mustahkamlash; er osti suvlari sathining xususiyatlarini va transport yo'nalishlarini yotqizishni hisobga olgan holda sayt yuzasini vertikal rejalashtirish. Poydevor chuqurini qazish jarayonida va qurib bitkazilgandan so'ng, ko'p miqdorda tuproq qoladi va ko'pincha qurilish qoldiqlari, qor (sovuq mavsumda), ular saytdan olib tashlanishi va to'g'ri yo'q qilinishi kerak. Tuproq olinadigan joyni topish kerak, u qurilish maydonchasidan bir necha o'nlab kilometr uzoqlikda joylashgan bo'lishi mumkin. Kotlovanni qazish uchun dastlabki tayyorlash uchastkani turli xil ko'chatlardan tozalashni o'z ichiga oladi: daraxtlar, dumlar, butalar, beton va asfalt yo'llari, binolar. Ushbu ishlar ko'p vaqtni talab qiladigan maxsus qurilmalar va ishchi kuchining mavjudligini talab qiladi. Ushbu vazifani amalga oshirishga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, chunki keyingi ishlarni bajarish qulayligi ushbu bosqichning to'g'ri bajarilishiga bog'liq.

16-rasm.Yadroviy bo`lim fundamenti montaji jarayonidan.
Poydevor chuqurini o'rnatish, qoida tariqasida, asosiy kommunikatsiyalar joylashgan zamin qoplamiga chuqur kirib borishi bilan bog'liq. Er osti suv quvurlari, kanalizatsiya, elektr tarmoqlari. Tuproq ishlarini olib borishda ma'lum bir hududda kommunikatsiyalarni yotqizishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qazishni boshlashdan oldin siz ularni o'chirib qo'yishingiz, demontaj qilishingiz yoki ko'chirishingiz kerak.Bundan tashqari, yangi bino uchun yangi kommunikatsiyalarni talab qiladi. Poydevorlani armaturalash tugagach beton qo`yish ishlari olib borildi.beton qo`yilib,qotgach.Devorlarni armaturalash boshlandi.Bu binoda hamma ustun uchun bir xil emas balki ko`taradigan yukiga qarab armaturalar berilgan.Bu bino plani bilan ham bizni tanishtirishdi.Devorlar monolit konstruksiya.Armatura to`qilish jarayonida ketma ketlik alohida muhim ahamiyatga ega holatda qilingan.

17-rasm.Yadroviy bo`lim devor montaji jarayonidan.
Mexaniklashtirilgan usul katta o'lchamdagi qurilish texnikasi osongina harakatlanadigan joylar uchun javob beradi: ekskavator, buldozer, yuk ko'taruvchi, yuk mashinasi. Mashinalardan foydalanish tuproq ishlarining vaqtini va mehnat zichligini kamaytiradi, shuning uchun unumdor gumus qatlami taxminan uch soat ichida chiqariladi. Chuqur qazish uchun ikki kun kerak bo'ladi. Quvvat tufayli erga tushgan katta elementlar (toshlar, dumlar va boshqalar) ishni davom ettirish uchun jiddiy to'siq bo'lmaydi. Ishlab chiqilgan tuproqni to'g'ridan-to'g'ri yuk mashinasiga yuklash qulay. Chuqur qazishning qo'lda usuli asbob-uskunalar uchun qulay kirish yo'llari bo'lmagan yoki undan foydalanishga qarshi ko'rsatmalar mavjud bo'lganda, katta chuqur qazishning hojati bo'lmaganda mos keladi. Poydevor chuquri, ayniqsa, qurilish maydonchasida er osti suvlari darajasi yuqori bo'lsa, devorlarni qo'shimcha mustahkamlashni talab qiladi. Bir necha turdagi mustahkamlash mavjud: choyshab qoziq; sementlash; "erdagi devor";qoziqlar.Choyshab qoziqlari maxsus moslashtirilgan Larsen qoziqdan foydalanishdan iborat. U qazishdan oldin erga cho'kib ketadi. Bu qirg'oqni mustahkamlashning eng keng tarqalgan usullaridan biridir. U sharoitlarda qo'llaniladi: zaiflashgan tuproqlarda, qum miqdori yuqori, er osti suvlari yuqori darajada, chang tuproqlarda, botqoq, botqoqli joylarda.
Devor montajlari tugagach.Qoliplar o`rnatilishni boshladi.Yig`ilidagan qoliplardan foydalanishdi.Bu qoliplarni qo`yishda krandan foydalanishdi.



18-rasm.Yadroviy bo`lim qurilish jarayonida qolip montaji
Binoning yer osti qismini montaj qilish. Stakan turdagi poydevorlar. Аsos tayyorlangandan soʼng poydevorlar oʼqlari belgilab olinadi, ular oldin obnoskaga olib chiqiladi keyinchalik poydevorlar oʼrnatiladigan joyda belgilab chiqish uchun. Buning uchun obnoskaga oʼq torlari tortiladi va shoqul yordamida ularning kesishgan nuqtalari kotlovanlar va transheyalarning tubiga koʼchiriladi. Barcha karkasli binolarda stakan turidagi poydevorlar yuqori kesimda manfiy belgi – 0,15 m ga ega, bu esa qulay payt kelganda pol ostiga betonli tayyorgarlikni bajarishga imkon beradi, demak nolь siklining ishlarini toʼliq hajmda tugatishga imkon beradi. Oʼrnatilish hududida joylashgan poydevorlar stakanlari tubining satxi tekshiriladi. Zarur boʼlganda yerli yoki qumli asosda chuqurliklar qilinadi. Poydevorlar oʼqlari kesishgan nuqtalardan ruletka yoki shablon (andoza) yordamida har bir stakanning yon qirralarining holati belgilab olinadi. Bu holatni yerga qoqilgan uchta qoziqcha yoki metall shtirlar bilan maxkamlanadi.

19-rasm.Binoning ichki qismi pardozlash ishlari bitgan holat



20-rasm. Amaliyotni yakuniy davrlarida bitgan bino.

21-rasm. Korxonada rahbar va ustozlar bilan suxbat jarayoni.



Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish