3-qadam. Chaqmoq tasviri yanada tabiiyroq chiqishi uchun Layers (Qatlamlar) majmuasiga o’tib qo’shish rejimini Screen (Yoritish) ga almashtiring. Levels (Darajalar) muloqot oynasini ochish uchun tugmalari majmuasini bosing. Yuqori markazdagi Input Levels (Kirish darajalari) polzunokini (bu yarimtuslar polzunoki) o’ngga siljiting. Polzunok o’ng chegara vaziyatiga yaqinlashganda chaqmoq tasviri paydo bo’ladi.
|
|
10. Bosma naqsh effekti.
|
1-qadam. Yangi hujjat yarating, asosiy rang sifatida sarg’ish-jigarrangni tanlab, yordamida fonga «quying». Asosiy qilib kulrangni tanlang (kulrang to’g’ri keladi, chunki rang unchalik ahamiyat kasb etmaydi). Type (Yozuv) aslahasi yordamida qo’lyozma shaklidagi birorta shrift yordamida bosh harf kiriting (bunda biz Monotype Corsiva shrifti bilan katta «B» harfini yozdik).
|
|
2-qadam. Layers (Qatlamlar) majmuasining quyisidagi Add a layer style (Qatlam stilini qo’shish) ning ochiluvchi menyusidan Bevel and Emboss (Nishab va Bo’rtma) buyrug’ini tanlang. Ochilgan muloqot oynasining pastidagi Highlight Mode (Yoritish rejimi) parametrining Opacity (Nur o’tkazmaslik) polzunokini 100% gacha siljiting. Shadow Mode (Soyalantirish rejimi) parametrining Opacity (Nur o’tkazmaslik) polzunokiga 50% qiymatini bering. Yozuvga ushbu effektni berish uchun OK tugmasini bosing.
|
|
3-qadam. Layers (Qatlamlar) majmuasiga o’ting va Opacity (Nur o’tkazmaslik) parametri qiymatini 75% gacha kamaytiring. Opacity parametrining pastidan Fill (Тo’ldirish) parametri qiymatini o’rnatish oynasini toping. Fill parametri qiymatini 0% gacha kamaytiring bunda, Bevel and Emboss (Nishab va Bo’rtma) effekti saqlangan holda yozuv ichidagi kulrang butunlay o’chib, matnning bosma naqsh effekti hosil bo’ladi.
|
|
Xulosa
Adobe Photoshop “bitmapped images” nuqtali grafika yaratish va taxrir qilish uchun qo`llaniladi. Bu dasturdan fotorasmlar, illyustrasiyalar, slaydlar va web – saxifalar uchun tasvirlarda keng foydalaniladi. Adobe Photoshop juda keng imkoniyatlarga ega. Bu dasturdan fotograflar rasmlar ustida ishlashda keng foydalanishadi. Ranglar uyg`unligini kuchaytirishda keng qo`llanishadi.Bu dasturda instrumentlar paneli juda yaxshi va mukammal o`ylab topilgan va kiritilgan. Bu ayniqsa dizaynerlarga juda qo`l keladi va ular bu dasturdan foydalanishmoqda. Adobe Photoshop dasturi o`zida butun ranglar spektrini jamlab olganligi bois fotorasmlarni ranglarini uyg`unlashtirishda juda asqotadi. Xullas , bu dastur rassomlar va dizaynerlar keng qo`llaniladigan dasturdir.
Kompyuter uchun talablar quyidagicha;
Prosessor Pentiumdan kam bo`lmasligi kerak;
Tezkor xotira 64 Mbaytdan kam emas, agar bir vaqtning o`zida
Adobe Photoshop va Image Ready dasturlari yuklansa:
Minimal xotira 96 Mbaytdan kam bo`lmasligi zarur;
Diskdagi bo`sh joy 125 Mbaytdan kam bo`lmasligi kerak,chunki programmani o`rnatish va operasiyalar bajarish uchun;
Видeodapter 256 rangdan kam bo`lmasligi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |