2-qadam. Layers (qatlamlar) majmuasining quyi qismidagi ochiluvchi Add a layer style (Qatlam stilini qo’shish) menyusidan Outer Glow (sirtki nurlanish) buyrug’ini tanlang. Rang tanlash nishonachasini cherting va Color Picker oynasida nurlanish rangini oq rangga almashtiring. Ochiluvchi Blend Mode (Aralashtirish rejimi) ro’yxatidan Normal ni tanlang. Spread (Kengayish) parametri qiymatini 7%, Size (O’lcham) ning qiymatini esa 16 pikselgacha oshirib OK tugmasini bosing va undan keyin nurlanish effekti hosil bo’lganini ko’ring.
3-qadam. klavishlar birlashmasidan foydalanib ob’ekt tasviri keltirilgan qatlamni ikkilantiring. So’ng ushbu ikkilangan nusxani Layers (Qatlamlar) majmuasida original tasvir tagiga tushirib qo’ying. Ikkilangan qatlam qatoridagi Outer Glow (sirtki nurlanish) yozuvini cherting. Paydo bo’lgan muloqot oynasida nurlanish rangini yorqin-sariq rangga o’zgartirib, Size (O’lcham) parametri qiymatini 24 pikselgacha oshiring va OK tugmasini bosing. Sariq rang nurlanishi o’lcham jihatidan ham kattaligi bois oq nurlanish chegarasidan ham o’tib ketadi. Bu esa ikki karra nurlanish effektini beradi.
3. Stiker effekti.
1-qadam. Yangi hujjat va qatlam yarating. Rectangular Marquee (Тo’g’ri burchakli soha) aslahasini tanlab tugmachasini ushlab turgan holda sichqoncha yordamida kvadrat sohani belgilang. Asosiy rang sifatida sariqni tanlang va klavishlari yordamida belgilangan sohani bo’yang. Yana bitta kvadrat sohani belgilang, lekin bunisi sariq kvadratdan kattaroq bo’lsin. Filter(Filtr) menyusini ochib Distort > Shear (Buzish > Bukish) buyrug’ini tanlang. Chiziqni egish uchun kataklar markazidagi ko’rsatkichni chap tomonga ozroq siljiting. OK tugmachasiga chertib katta kvadrat belgini olib tashlang ().
2-qadam. tugmalari birikmasidan foydalanib bukilgan kvadrat qatlamini ikkilantiring. Asosiy qilib qora rangni belgilang va tugmalari majmuasi yordamida ikkilangan qatlam rangini asosiy rangga o’zgartiring. Layers (qatlamlar) majmuasida qora qatlamni sariq ranglisiga nisbatan pastga tushiring. Тepadagi soyasini egish uchun tugmasini tutib turgan holda rasmning yuqori markazidagi markeri bilan chapga siljiting, keyin esa quyida joylashgan markeridan tutib o’ng tarafga salgina suring. Filter > Blur > Gaussian Blur (Filtr > Yuvilish > Gausso yuvilish) buyruqlari yordamida 3 pikselli yuvilish effektini qo’shib, soya qatlamining Opacity (Nur o’tkazmaslik) parametri qiymatini 65% gacha kamaytiring.