Azot N2 jonli tabiat va inson hayoti uchun muhim rol o‘ynaydigan elementlar guruhiga kiradi. Azot uglerod, kislorod va va vodorod bilan bir qatorda o‘simlik va tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi asosiy elementlardan hisoblanadi. U asosiy biokimyoviy jarayonlarda qatnashadi, ozuqa moddalari va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. Lekin, yer atmosferasida azotning katta zaxirasi bo‘lishiga qaramay, o‘simliklarga ko‘pincha «azot ozuqasi» yetishmasligi kuzatiladi, chunki o‘simliklarga havo azotidan juda oz miqdorda o‘zlashadi. Er qatlamining 0,04% miqdorini azot tashkil etadi, atmosfera havosining 78% miqdori azotdan iboratdir. Azot qattiq yoqilg‘ilar (toshko‘mir va torf) tarkibida 1-2% miqdorda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |