Ishlab chiqarish jarayonining nazariy asoslari. Sintetik ammiak ishlab chiqarishda azot va vodorod xomashyo sifatida ishlatiladi. Azot-vodorod aralashmasi olish uchun havo azot manbai azifasini bajaradi. Vodorod olish uchun esa boshlang‘ich birikma sifatida metan, to‘yingan uglevodorodlar (neft va neft mahsulotlari) va suv ishlatiladi. Yaqin vaqtlargacha ammiak sintezi uchun ishlatiladigan vodorod qattiq yoqilg‘idan, uni gazlashtirish, so‘ngra CO konversiyasi (2-usul) orqali olingan. Hozirgi paytda boshlang‘ich xomashyo sifatida ko‘pincha gazlar (tabiiy gaz, yo‘ldosh gazlar, koks gazi) ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |