Qotishmalar
Reja.
Kirish: kimyo fanining metallar va qotishmalarning paydo bo’lishiga tarixiga bir nazar.
Asosiy qism.
Qotishmalarning hosil bo’lishi haqida.
Tayyor holdagi qotishmalarning tarkibiy qismi.
Qotishmalar haqida amaliy misollar va olimlarning bu boradagi izlanishlari natijalari.
Xulosa.
Insonlar juda qadimdan qand yog’ va oqsilga boy o’simlik mahsulotlaridan istemol qilganlar.Ular bundan 6ming yil avval oltin va kumushdan zebu-ziynat buyumlarini tayyorlanishini bilishgan.Eramizdan 2000 yil avval Misrda o’simlik va hayvon organizmlaridan turli bo’yoq moddalar, rux va oltingugurtdan dorivor moddalar tayyorlangan.Lekin o’sha davrda kimyo bilan faqat maxsus kishilargina shug’ullangan.
Kimyoning nazariy masalalari bilan qadimgi grek olimlari eramizdan avvalgi V-VI asrda shug’ullangan. Ular butun borliqni asosini to’rtta “element” – suv, havo, tuproq va olov tashkil qiladi deb tushuntirganlar.
Kimyoning fan sifatida rivojlanishiga Irland olimi Robert Boyl (1627-1691) katta hissa qo’shdi. Uning “Skepik kimyogar” yoki aralash jismlardan to’rt element va uch kimyoviy negizning isboti sifatida qilinadigan tajribalar haqida mulohaza” kitobida alkimyo nazariyasi haqida o’z mulohazalarini bildirgan. Aytish mumkinki, shu davrdan boshlab fan sifatida rivojlana boshladi.
Kimyo fani o’z navbatida bizning yurtimizda ham chuqur o’rganilgan.Misol tariqasida Abu Rayhon Beruniyni (973-1048) oladigan bo’lsak, u o’zining “Mineralogiya” deb nomlangan mashxur asarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan metallar, ulardan tayyorlanadigan qotishmalar, metallarning rudalarini qazib olish va ularga ishlov berish, rangli metallar va qimmatbaxo toshlarning xossalarini o’rganish ayniqsa minerallarning solishtirma massalarini aniqlash yuzasidan olib borgan ishlari kimyo fanini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Olimning “Hindiston” asarida u rivojlantirish- bir narsani ikkinchi boshqa bir narsaga aylantirishdir, butun borliq doimo o’zgarishda va rivojlanishda -tabiatning kuchi aynan shundadir degan muhim ilmiy xulosaga keladi. Abu Rayhon Beruniy o’zining shu asarida “ Har bir narsani o’rganish xuddi shu narsani tashkil qilgan tarkibiy qismlarini (elementlarni) o’rganishdan boshlanadi” – deb yozgan edi.
Aytilganlar shundan dalolat beradiki, o’rta asrda Sharq mamlakatlarida xususan O’zbekiston Respublikasi hududida kimyoviy fikr va ilmiy dunyoqarash yuqori darajada bo’lgan.Buning isboti tariqasida IX-XII asrlarda O’rta osiyo hududida mis (Zarafshon, Isfara tog’lari, Sox,Oloy, Namkent, Olmaliq, Oqtosh, Oqsuv atrofida), qo’rg’oshin va kumush (Oltintopgan, Qo’rg’oshinkonda), oltin (Oltinqozin, Obiraxmatda), qalay(Turkiston tog’larida), temir (Chirchiq, Sayram va Shaxrisabzda) ruda va qotishmalari topilib, ulardan metal olish yo’lga qoyilganii aytib o’tish kifoyadir.
Metallar suvda, spirtda, efirda va boshqa erituvchilarda erimaydi, ammo suyuqlantirilgan holda bir-birida eriy oladi va sovutilganda qotishmalar hosil qiladi. Suyuqlantirilgan ba’zi metallar sovutilganda ular kristallarning mexanikaviy aralashmasi hosil bo’ladi. Suyuqlantirilgan metallarning ko’pi har qanday nisbatda bir-birida eriy oladi. Ammo ba’zi metallar bir-biridan faqat ma’lum chegaragacha eriydi. Masalan suyuqlantirilgan rux bilan suyuqlantirilgan qo’rg’oshin aralashtirilib, aralashma sovutilgandan keyin ikki qavat ruxni eritgan qo’rg’oshindan iborat pastki qavat va qo’rg’shinni eritgan ruxdan iborat ustki qavat hosil bo’ladi.
Suyuqlantirilib so’ngra sovitilganda ba’zi metallar bir-biri bilan reaksiyaga kirishib, kimyoviy birikmalar hosil qilishi ham mumkin. Shu sababli, odatda qotishmalar erkin metallar bilan shu metallarning kimyoviy birikmalaridan iborat aralashmadir. Kimyoviy birikmalar hosil bo’lishda, ko’pincha issikushk ajralib chiqadi.Masalan, suyuqlantirilgan misga alyuminiy qo’shilganda ajralib chiqqan issikushk ta’sirida butun massa qizib, oppoq, chug’ holiga keladi.
Ko’p metallar bir-biri bilan brikib, bir necha xil birikma hosil qiladi.
Qattiq qotishmalar, ba’zan muxlak O bir jinsli bo’ladi; bunday holda ular yo ma’lum tarkibli kimyoviy birikmadan yoki ma’lum tarkibli qattiq eritmadan iborat bo’ladi. Agar qotishmani hosil qilgan metallardan birining kristall panjarasidan ikkinchi metall atomlari joy olsa yoki o’rin almashsa, qattiq eritma hosil bo’ladi.Bunda kristall panjarasining strukturasi saqlanib qolgan metall, erituvchi strukturasi saqlanib qolmagani eruvchi bo’ladi. Bunday qattiq eritmada ikkala metal atomlari ham bo’ladi. Qotishmaning bir jinsli bo’lmay, ayrim metallarning kristallari bilan shu metallarninng kimyoviy birikmalari aralashmasidan iborat bo’ladi. Metallar faqat bir-biri bilan emas, balki ba’zi metalloidlar bilan ham qotishmalar hosil qiladi: masalan, cho’yan va po’lat temirning uglerod bilan hosil qilgan qotishmalardir. Agar qotishmalar tarkibidagi metallar (komponyonxlar) kimyoviy birikma yoki qattiq eritma hosil qilmasa, qotishma sovutilganda komponenxlardan biri qattiq holatda oldin ajralib chiqa boshlaydi. Masalan, 10 og qism qo’rg’oshin va 90 og. qism qalaydan iborat suyuq qotishma sovutilganda, qalay kristallari ajralib chiqadi. Qotishmadan qalay ajralib chiqa boshlagandagi temperatura toza qalayning qotish temperaturasidan past bo’ladi. Ichida qo’rg’oshin erigan qalayning qotish temperaturasi pasayishini bilib, borib qo’rg’oshinning molekulyar og’irligini hosoblab chiqarish mumkin, bunda ham suvdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |