2.4. Termik kreking jarayonining texnologik sxemasi yozuvi.
Termik krekinglash qurilmasining texnologik sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan.
Xom ashyo (mazut) N 1 nasos orqali T 1 issiqlikalmashtirgich orqali ҳaydalib, kreking-qoldiqning issiqligi bilan qizdiriladi. Issiqlik almashtirgichdan o’tgan xom ashyo ikki oqimga bo’linadi. Birinchi oqim K 3 kolonnasining pastki qismiga berilsa, ikkinchi oqim esa K 4 past bosimli buғlatkichning yuqori qismiga beriladi. Ikkinchi oqim buғlatkichda oғir gazoyl frakstiyasi bilan to’yinib, N 7 nasos orqali K 3 kolonnasiga yuboriladi. Xom ashyo K 3 kolonnasining ostidan N 2 nasos yordamida olinib, oғir xom ashyo P 1 quvurli o’choғiga beriladi.
K 3 kolonnasi ikki qismga bo’linib, buғlar kolonnaning pastki qismidan yuqori qismiga “yopiq” tarelka orqali o’tadi. Suyuqlik esa kolonnaning paski qismiga o’tmasdan “yopiq” tarelkada yiғiladi va yiғilgan suyuqlik N 3 nasos yordamida olinib, chuqur krekinglanish uchun engil xom ashyo P 2 quvurli o’choғiga beriladi. Bular engil gazoyl frakstiyalari xisoblanadi.
Xom ashyoni oldindan rektifikastion kolonnaga berilishi va uning reakstiya maxsulotlari bilan qo’shilishi bir vaqtning o’zida bir necha vazifalarni bajaradi: reakstiya maxsulotlari issiqligidan foydalanib, xom ashyo tarkikibidagi engil frakstiyalar ҳaydaladi, reakstiya maxsulotlari esa xom ashyo yordamida sovutiladi.
P 1 va P 2 quvurli o’choqlaridan chiqayotgan kreking maxsulotlari K 1 reakstion kamerasiga berilib, u erdan K 2 yuqori bosimli buғlatkichga beriladi. Bu erda “buғsuyuqlik” aralashmasidan suyuqlik kreking-qoldiғi ajratiladi; u o’z oqimi bilan K 4 past bosimli buғlatkichga kelib tushadi. Oxirida, past bosim ta’sirida kreking-qoldiq tarkibidagi gazoyl frakstiya buғlari ajralib chiqadi. K 4 past bosimli buғlatkich K 3 kolonnasi singari “yopiq” tarelka bilan ikki qismga bo’lingan.
Kreking-qoldiqdan ajralayotgan kerosin-gazoyl frakstiyasi buғlari yuqori qismga chiqayotib, u erda unga qarama-qarshi ҳarakatlanayotgan suyuq xom ashyo bilan to’qnashtiriladi. Xom ashyo bilan to’qnashganda kerosin-gazoyl frakstiyasi buғlari qisman kondensastiyalanadi. Gazoylning kondensastiyalanmagan qismi K 4 buғlatkichning yuqori qismidan chiqib, T 2 kondensator-sovutkich va E 2 siғimdan o’tib, qurilmadan chiqarib yuboriladi. Gazoylning bir qismi to’yintirish maqsadida K 4 buғlatkichga qaytarib beriladi.
K 2 buғlatkichning yuqori qismidan chiqayotgan buғ oqimi K 3 rektifikastion kolonasiga beriladi. Bu kolonnaning yuqori qismidan gaz va benzin frakstiyalari ajratilib olinadi. Bu maxsulotlar T 3 kondensator-sovutkichda sovutilib, N 4 nasosdan o’tib, ikki oqimga bo’linadi: birinchi oqim suғorish maqsadida K 3 rektifikastion kolonasiga qaytariladi, ikkinchi oqim (asosiy qismi) esa, barqarorlashtirish uchun K 5 kolonasiga yuboriladi.
K 3 rektifikastion kolonasining pastki qismidan oғir frakstiyalar chiqarilib, qaytadan kreking jarayoniga yuboriladi. Bu frakstiyalar oғir xom ashyo P 1 quvurli o’choғi uchun restirkulyant xisoblanadi. Kreking-qoldiq K 4 buғlatkichning ostki qismidan chiqarilib, T 1 issiqlik almashtirgichda o’z issiqligini xom ashyoga beradi va T 4 sovutkichda to’liq sovutilib, qurilmadan chiqariladi.
Kreking reakstiyalarini sekinlashtirish (tormozlashtirish) uchun quvurli o’choqdan chiqishda, kreking maxsulotlari “buғ-suyuqlik” aralashmasi quvuriga aralashtirgich uchligi (troynik) orqali 160 165 0S ҳaroratda sovutilgan maxsulot beriladi.
Termik kreking qurilmasining ishlashi ko’p vaqt bo’lmagan, ayrim ҳollarda 20 kun ta’mirlash oraliғi bilan tavsiflanadi. Quvurli o’choqlarda, reakstion kameralarda va boshqa apparatlarda kokslarning o’tirib qolishi, qurilmani tez-tez to’xtashiga sabab bo’ladi. Visbreking rejimida qurilma apparatlari bir necha oy tozalanmasdan ishlashi mumkin. Qurilmaning ishlash stiklini uzaytirish maqsadida xom ashyo tarkibiga koks o’tirib qolishini oldini oladigan qo’ndirma (prisadka) masalan, siloksan suyuqliklari qo’shiladi.
Texnologik reglament va xaritaga muvofiq, texnologik rejim va parametrlarga diqqat bilan rioya qilish, qurilmaning to’xtovsiz, me’yoriy ҳolatda ko’p vaqt ishlashi uchun muҳim shart xisoblanadi. Oғir xom ashyo quvurli o’choғini ishlatishda xom ashyo kirishi va chiqishidagi ҳarorat diqqat bilan nazorat qilinadi, berilgan (belgilangan) parametrlardan ҳatto kichkina chetlashish ҳam quvurlarning kuchli kokslanishishiga olib keladi. Oғir xom ashyo (engil krekinglash) P 1 quvurli o’choғida xom ashyo sarfini ko’proq berilishi kerakli natija xisoblanadi. Bu ҳolatda tezlik ortadi va koks o’tirishi sekinlashadi. 780 0S dan yuqori oraliғda ҳaroratning ko’tarilib ketishiga yo’l qo’yilmasligi kerak.
Qurilmaga beriladigan xom ashyoning sifati (laboratoriya taҳlillari ko’rsatkichlari bo’yicha) kuchli nazorat qilinishi lozim. Asosiy ko’rsatkichlar bo’lib, zichlik; smolaning tarkibi; suvning, suvda eruvchan ishqor va kislotalarning takibi xisoblanadi.
Engil xom ashyo (chuqur krekinglash) P 2 quvurli o’choғining me’yorda ishlashi K 3 kolonnadagi flegma sifati bilan izoҳlanadi. Flegma ochiq-sariq rangda bo’lishi va tarkibidagi smola miqdori 8 % dan ortmasligi kerak. K 3 va K 4 kolonnalar kuchli nazoratda bo’lib, ularning satҳi ko’tarilishiga yo’l qo’yilmaydi.
3 XISOBLASh QISMI
Do'stlaringiz bilan baham: |