Birinchi yo`nalish – texnik taxlil o`tkazish;
Ikkinchi yo`nalish – fundamental taxlil.
Texnik taxlil aksiya bozoridagi aksiya kursiga bo`lgan talab o`rganiladi. Bundan maqsad – aniq bir firmaning aksiya kursi suratini bashorat qilishdir.
Fundamental taxlil har qanday moliyaviy aktivning “haqiqiy” qiymatiga asoslanib ish yuritish.
Taxlil qiluvchi bor bo`lgan pul miqdorlarining kelib tushgan vaqtini, uning miqdorini aniqlashga urinadi, so`ngra shunga muvofiq uning diskont qiymatidan foydalanib keltirilgan qiymatni topadi. Tahlil qiluvchi, faqat diskont qiymatni hisoblamay kelajakda aksiyadan keladigan dividend miqdorini ham bashorat qiladi. Diskont stavkasiga baho beradi. Demak u firmaning bitta aksiyaga to`g`ri keladigan foydasi hamda dividend to`lash koeffisentini hisoblaydi. Aksiyaning ichki qiymati hozirgi bozor bilan solishtiriladi.
3. Qimmatli qog`ozlar portfelini shakllantirish mablag`larni kiritish uchun aniq aktivlarni aniqlash va aktivlar o`rtasida investitsiya qilinadigan kapitalni taqsimlash.
4. Portfel ma`lumotlarini qayta ko`rish. Ma`lum vaqtdan so`ng investitsiya maqsadlari o`zgarib turadi. Natijada to`plangan ma`lumotlar optimal bo`lmaydi.
Shuning uchun to`rtinchi bosqichda partfel ma`lumotlari qayta ko`riladi.
Investorning har doim duch keladigan daromad va xo`jalik tavakkalchiligi to`g`risidagi ma`lumotlar samaradorligini baholab borish. Bunda albatta taqqaslosh munkin bo`lgan namunalar, standartlar, daromad va tavakkalchilik ko`rsatkichlari ishlatiladi. Bunday qarorlarning ko`plari hozirgi davrdagi xarajatlar va kelasi davrdagi foydani tahlil qilishdan iborat. Firma o`z xarajatlarini qoplay oladimi yoki yo`qmi, ko`pincha kapital mablag`lari hisobiga olinadigan foydani oldindan aytish qiyin. Amalda ular kutilgandan ko`p yoki kam bo`lib qolishi mumkin. Bu yerda vaqt omili muhim ahamiyatga ega. Masalan, ko`mir, temir rudasi va boshqalarni qazib chiqarish yoki o`rmon yog`ochlarini olish uchun ularni ekkan vaqtdan to tayyor yog`och materiali bo`lguncha qancha vaqt o`tib ketadi. Mineral xomashyo resurslari zaxirasi qazib olinishi bilan kamayib boradi, ularni to`ldirib bo`lmaydi. Shunda “sarflangan kapital mablag`larining 3qaytimi (foydasi) qanday bo`ladi?” degan savollarni organishga to`g`ri keladi.