“Boshlang’ich talim va sport tarbiyaviy ish ta`lim” yo‘nalishi talabalari uchun “
12-variant.
1-topshiriq. Fanga oid mavzu yuzasidan berilgan reja asosida ma`lumotlar tayyorlash.
Mavzu : Qat`iy tartiblashtitilgan mashqlar metodi.
Reja
Kirish.
Jismoniy tarbiya metodi.
Qat`iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi.
Xulosa.
KIRISH.
Yosh avlodni har tomonlama: aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunida «Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchi-yoshlar, talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik ehtiyojini shakllantirish maktabgacha tarbiya muassasalari va o’quv yurtlarining asosiy vazifasi hisoblanadi» deyiladi. Shunga binoan o’quvchilarda jismoniy tarbiya vositalarini amalga oshirishda bir qator mutaxassislar L.P.Matveev (1967), M.M.Bogen, L.Jeleznyak o’z metodlarini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda o’quvchilarni tayyorlashda o’qituvchilar uslublarni tanlashga kam e’tibor berilmoqda.
O’quvchilar qanchalik amaliy jismoniy tayyorgarlikni egallasalar, dars shunchalik qiziqarli o’tadi va o’quvchilar kerakli ma’lumotni oladilar. Uslublarni tanlash, birinchidan: yurak-qon tomiri faoliyatini kuchaytirishni; ikkinchidan, funktsional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan quvvatni tejam-tergab sarflashni; uchinchidan, funktsional imkoniyatlardan iloji boricha to’la foydalanishni ko’zda tutadi . Qat’iy tartiblashtirilgan uslublar kollejlarda mashg’ulotni bir tekisda va har xil o’zgaruvchan mashqlar metodini variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar. Bir tekislik uslubning ijobiy tomoni shundaki, u faoliyat tizimini bir-biriga bog’liqligini ish bajarishda kislorod talabini ta’minlovchi yuklamani oshib borishi bilan bog’liq. O’quv muassasalarida kurash, yengil atletika va boshqa sport turlari musobaqalar dasturiga kiritilgan. O’smirlar bu musobaqada ishtirok etishlari uchun umumiy tayyorgarlikni amalga oshirish zarur. Bu esa o’quvchining organizmini ushbu musobaqaga tayyorlangan bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi. Lekin, o’quvchi yoshlarni ko’pchiligi berilgan mezonlarni bajara olishmaydi.
Shu sababli yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda, o`quv muassasalarida uslublarni tanlash va uni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb muammosidir. Yuqorida qayd etilgan muammoning hal qilinishi yengil atletika, kurash, suzish, gimnastika va boshqa sport turlaridagi natijalarni yaxshilaydi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, tadqiqot ishining tanlangan mavzusi dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertangi bizning qo’limizdan ish oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekistonning buyuk kelajagining egalaridir. Shu bois birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab diqqat e’tiborini yosh avlod tarbiyasiga qaratib kelmoqda. Mamlakatimizda «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni qabul qilinishi, ularni hayotga tadbiq etish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqqanligi fikrimizning yorqin dalilidir.
Mustaqil O’zbekistonimizning ma’naviy sog’lom-yosh avlodlarini, bo’lajak vatanparvarlarini tarbiyalash vazifasi pirovard natijada o’qituvchilarning zimmasiga tushadi. Ular nafaqat bilimdon bolalarni, balki eng avvalo ana shu bilimni egallashni o’zining burchi deb biluvchi milliy kadrlar shaxsini shakllantirishga mas’uldir. Milliy istiqlol mafkurasi asosida yoshlarimizni tarbiyalash respublikamizning maktablar oldida turgan dolzarb vazifalaridan biridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yosh avlodni har tomonlama barkamol, yetuk inson bo’lib yetishishida jismoniy tarbiya va sportning muhim vazifalarini ko’rsatib bergan. «Yoshlarimizni har tomonlama yetuk sog’lom qilib o’stirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir». Sport tinchlik elchisi, xalqlar o’rtasida do’stlik va xamjixatlikni mustahkamlashda noyob vosita bo’lib kelgan va shunday bo’ladi. Sportchilarning mardligi, iste’dodi va maxorati inson
imkoniyatlari cheksizligi kuch nafosat uyg’unligini, xammamiz uchun faxralanadigan fazilatlarini doimo namoyish qilib kelmoqda. Ajdodlarimizni ruhi poklari va urf odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimizni qayta tiklanganda isloxatlar muvaffaqiyatiga erishadi. O’ta o’qimishli, ruhan bardam, jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va tarraqiyot yo’lini bosib o’ta oladilar . O’zini salomatligi haqida g’amxo’rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan oila, maktab, maxalla, sog’liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko’magida singdirish kerak. Shunisi muhimki, odamlar so’zda emas, balki amalda o’z salomatligini qadriga yetib uni milliy boylik sifatida avaylab asrasinlar. Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir. Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Prezidentimiz va xukumatimiz raxbariyati xozirgi kunda Respublikamizda aholi turmush farovonligini oshirish, sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportning aholi o’rtasida ommalashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni aqlan sog’lom, ruhan tetik va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bo’yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Jismoniy tarbiya va sport tug’risidagi qonunining 9-moddasida Jismoniy tarbiya va sportni, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish to’g’risidagi fikrlar quyidagicha berilgan bo’lib, unda Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, sog’liqni saqlash organlari, ta’lim muassaslari va jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari hamda sog’lom turmush tarzi keng tartib qilinishini uyushtirishlari hamda sportda shafqatsizlik va zulmni, inson qadrqkimmatini kamsitishni, inson sog’ligiga zarar yetkazadigan stimulyatorlarni qo’llashni targ’ib qilish tadqiqlanadi deb,- belgilab qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |