Kirish. Ishning umumiy tavsifi 1 bob. Shukur Xolmirzayev ijodining oʻziga xosligi



Download 173,5 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi173,5 Kb.
#829686
Bog'liq
Kirish. Ishning umumiy tavsifi 1 bob. Shukur Xolmirzayev ijodini


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O'QITISH (o'zbek tili) TALIM YO`NALISHI

Adabiyot nazariyasi fanidan


KURS ISHI
Mavzu: Nasriy asarda milliylik ifodasi (Shukur Xolmirzayev hikoyalari misolida)
Bajardi: 6-7 UZB 18-guruh talabasi Shamsiddinova Nozima
Ilmiy rahbari: Rajabova Z

Buxoro-2022

Reja:
Kirish. Ishning umumiy tavsifi
1 bob. Shukur Xolmirzayev ijodining oʻziga xosligi.
1.1. Shukur Xolmirzayevning ijod yoʻli
1.2. Shukur Xolmirzayev asarlari badiiyati.
1.3. Adib hikoyalarida an'anaviylik
2 bob Shukur Xolmirzayev asarlarida uygʻunlik.
2.1. Shukur Xolmirzayev asarlarida milliy ruhiyat masalasi.
2.2.Inson va tabiat adib hikoyalarining mevhari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
MUNDARIJA
Ishning umumiy tаvsifi………………………………………………………..7
I bob. Shukur Xolmirzayev ijodining oziga xosligi………………11
I.1. Shukur Xolmirzayev ijod yo‘li…………………………………..11
I.2.Shukur Xolmirzayevning asarlari badiiyati...................................13
I.3.Adib hikoyalarida ananaviylik………………………………….15
2 bob Shukur Xolmirzayev asarlarida uygʻunlik.
2.1. Shukur Xolmirzayev asarlarida milliy ruhiyat masalasi.
2.2.Inson va tabiat adib hikoyalarining mevhari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. XX asr tarix mulkiga aylanib bо„ldi. Endi о„tmish

о„z xulosalari bilan ertangi kunning qanday bо„lishiga xizmat qiladi.

Adabiyotshunos, yozuvchi va shoir Ulug„bek Hamdam ta‟biri bilan aytganda,

«Bugun va ertaning ildizlari hamisha aynan Kechaning bag‗rida qoimdir».

Ertangi kunning qandayligi kechaga bog„liq ekan, tabiiyki, о„tmishga xolis

kо„z bilan boqish, uning qanday kechganini, xususan, adabiyotdagi

ifodasini izchillik bilan о„rganish alohida ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda adabiyotimizda inson ruhiyatini tadqiq etish ham ustuvor

masalalardan biridir. Prezidentimiz ta‟kidlaganlaridek “Har bir ilmiy yangilik,

yaratilgan kashfiyot bu yangicha fikrlash va dunyoqarashga turtki beradi,

ma‟naviyatning shakllanishiga о„ziga xos ta‟sir kо„rsatadi”12

«Respublikamizning

mustaqillikni

qо‗lga


kiritishi,

ijtimoiy-siyosiy

sohada bо‗lganidek, ma‘naviy-madaniy hayotimizda ham butunlay yangi sahifa

ochdi. Biz о‗z mulkimizga va о‗z mehnatimiz natijasiga о‗zimiz ega bо‗ldik.

Tariximizga

tegishli


fakt

va hodisalarni,

katta-kichik

shaxsiyatlarni о‗zgalarning kо‗zi va aqli bilan baholash barham topa

boshladi. Millat va Vatan manfaati hamma narsadan muqaddas tutildi. Shu

asnoda «Turkiston (Qо‗qon) muxtoriyati» nomi bilan tarixga kirgan,

jadidlarimizning siyosiy mustaqillik uchun olib borgan kurashlarining ilk

namunasi bо‗lgan, lekin shо‗rolar tomonidan xoinona qonga botirilgan

hodisani, «Bosmachilik» nomi bilan badnom qilingan, aslida xalqimizning о‗z

erki, ma‘naviyati yо‗lidagi kurashi – milliy ozodlik harakatla qayta baholash

boshlandi»1, – deb yozadi olim Begali Qosimov. Darhaqiqat,

istiqlolga erishuvimiz bilan olamga munosabat ham о„zgardi. Yangicha nigoh

ijodkorlarning faoliyatida ham aks eta boshladi. Yozuvchi Shukur

Xolmirzayevning «...elu vatanning mustaqilligu ozodlikka chiqishi ulug‗ bir

shodiyonalikdir. Sen esa – Turonzamin nomli bir madaniy mamlakatning

madaniy fuqarosi sanaysan о‗zingni. Endi sen aytgin-chi, bir adib

sifatida, avvalo, nimalar qilding, nimalarga erishding-yetishding?» degan

savolga javobida ta‟kidlaganidek, «Ana shundan keyin dunyoga kо‗zim qayta

ochilgandek – insoniyatni yangitdan kо‗rayotgandek bо‗ldim: insoniyat bu

e‘tiqodlarsiz

yasholmas ekan, bu e‘tiqodlar

– uning tadrijiy

takomilining ma‘naviy hosilalari ekanki, bunga aqlim yetguniga qadar

shakkoklar safida ekanman.

Bu – mening ilkinchi dunyoviy yutug‗im-topildig‗im bо‗ldi va tabiiyki,

tirikligim ma‘nosi bо‗lmish – Adabiyotga – yozuvchilik kasb-korimga ana о‗sha

darajamdan qaraydigan bо‗ldim»2. Tabiiyki, adib bu qarashlarini badiiy

asarlarida aks ettirgan edi. Jumladan, uning istiqlol davrida yaratilgan

hikoyalarida yangi qahramonlar paydo bо„ldi, shu bilan birga adib Insonni

yangicha rakursda kо„rsatish natijasi о„laroq milliy va mahalliy ruhiyatni

ifodalashda

ham ohorli

tasvirlardan

foydalana

boshladi.

Shukur


Xolmirzayev ijodidagi ayni shu xususiyatlarni tekshirish ushbu bitiruv

malakaviy ishning dolzarbligini belgilaydi.

Mavzuning о„rganilish darajasi. Milliy ruhiyat – muayyan millat

vakillarining о„zaro bir-biri bilan munosabatida, fe‟l-atvorida, turmush-tarzida va

hokazo jihatlarda aks etadigan о„ziga xos sifatlar majmuidir.

Badiiy asarda milliy ruhiyatning aks etishi muhim ahamiyat kasb etib, u

asarda tasvirlanayotgan voqealar, qahramonlarning ishonarli chiqishida asosiy

omil vazifasini о„taydi. Adabiyotshunoslik ilmining bu jihatni aniqlashi esa

millatning о„zligini anglashi uchun ham zarurdir. Zotan, о„zlikni

anglash


haqiqatni tanishning

asosiy sharti sanaladi.

Adabiyotshunosligimizda qahramonlar ruhiyatini о„rganish asnosida milliy

ruhiyat tadqiq

etilgan

bir qancha tadqiqotlar mavjud. Jumladan,

adabiyotshunos M.Abdurahmonova «Ruhiy dunyo tasviri»2 risolasida Abdulla

Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor kabi yozuvchilarimizning tahlilga

tortilgan asarlaridagi qahramonlar ruhiyatini psixologik jihatdan asoslash

tamoyillarini aniqlar ekan, ayni chog„da о„zbek kishisi ruhiyati aks etgan

о„rinlarga ham alohida tо„xtalib о„tadi. Olim H. Umurovning «Badiiy

psixologizm va hozirgi о„zbek romanchiligi» nomli monografiyasida ham

о„zbekona ruhiyatga e‟tibor qaratiladi. Shuningdek, filologiya fanlari

nomzodi SH. Doniyorova «Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy-uslubiy

о„ziga xosligi»1

deb nomlangan dissertatsiyasida, jumladan, yozuvchining

mahalliy koloritni kо„rsatish mahorati, milliy va umuminsoniy ruhiyatni tasvirlash

tamoyillarini belgilashga harakat qiladi.

Shuningdek,

Shukur


Xolmirzayev

ijodida


milliy

va

mahalliy



ruhiyatning

ifoda


etilishi

G. Tavaldiyeva,

M.Hamidova

kabi


adabiyotshunoslarning tadqiqotlarida, M. Qо„shjonov, U. Normatov, S.

Mamajonov, Q. Yо„ldoshev, H. Boltaboyev, O. Otaxonov, R. Qо„chqorov

singari tanqidchi olimlarning maqolalarida ham ta‟kidlab о„tiladi. Shu bilan

birga yozuvchi SH. Xolmirzayevning egamanlik davrida yaratilgan

hikoyalarida о„zbek kishisining ruhiyati, о„y-kechinmalari, ta‟sirlanish

yо„sini qanday tasvirlanganligi, bunda qaysi badiiy tamoyillarga amal

qilinganligi alohida muammo sifatida о„rganilmagan. Holbuki, ijtimoiy hayotda

sodir bо„ladigan о„zgarishlar aksar hollarda kishilar ongida boshlanadi va

о„sha о„zgarishlar nimalardan iborat ekanini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy

ishning maqsadi yozuvchining istiqlol davrida yaratilgan hikoyalarida о„zbek

kishisi ruhiyatini tasvirlash, ijtimoiy shart-sharoitlarning

millat ruhiyatiga

ta‟sirini kо„rsatishda tayangan tamoyillarni belgilashdan iboratdir.

Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagicha vazifalar belgilab olindi:

– badiiy asarda psixologik asoslanganlikning о„rni, xususan,

qahramonlar

tasvirini

yaratishda

ularning


faoliyati

bilan


ruhiyati

uyg„unligini ta‟minlashning ahamiyatiga diqqatni qaratish.

Shukur Xolmirzayev ijodida ham insonga, avvalo, odam sifatida baho

berish kо„zga tashlanadi, adibni muallifning suyab-qо„ltiqlashi bilan

«yashaydigan» qahramon emas, balki о„zi uchun о„zi javobgar bо„lgan obrazlar

qiziqtiradi. Shu bois ham Jalil («Tabassum»), Quyun qо„rboshi («Tabassum»),

Ergash («О„zbek xarakteri»), О„sar («Qadimda bо„lgan ekan...»), Xurrambek

(«Qora kamar») kabi qahramonlar ishonarligigi, jonliligi bilan kitobxon yodida

saqlanib qoladi;

– yozuvchi hikoyalarida ijtimoiy о„zgarishlarga turlicha munosabatda

bо„ladigan kishilar ruhiyati ifodasini aniqlash. Ma‟lumki, bir xilda

fikrlaydigan ikki kishi bо„lmaydi. Xuddi shunday, hayotda sodir bо„lgan

voqea-hodisalarga ham hammaning qarashi har xildir. Adib «Quyosh-ku

falakda kezib yuribdi...», «Ozodlik», «Qadimda bо„lgan ekan...» «Bulut tо„sgan oy»

singari hikoyalarida ijtimoiy hayotdagi о„zgarishlar bilan yashashga

bо„lgan munosabati ham о„zgargan odamlar ruhiyatini mahorat bilan kо„rsatib

beradi;

– adib hikoyalarida о„zbeklar turmushidagi о„ziga xosliklarning

namoyon bо„lishini aniqlash, maishiy hayotdagi tartib-taomillarning millat

vakillari ruhiyatida qoldirgan izlari qanday tasvirlanganini о„rganish.

Yozuvchining «О„zbek xarakteri», «Ozodlik» kabi qator hikoyalarida nochor

ahvolda yashasa ham, bag„rikeng, daryodil, sabr-toqatli kishilar tabiati gо„zal

yо„sinda tasvirlanadi.

Bitiruv malakaviy ishning manbalari. B i t i r u v m a l a k a v i y

i s h i g a yozuvchi SH. Xolmirzayevning

hikoyalarini

va

esselarini



jamlagan tо„rt jildli “Saylanma”si asosiy manba qilib olindi. Qiyoslash

uchun “Qora kamar” dramasi, “Qil kо„prik” romani ham tahlilga tortildi,

shu bilan birga adibning

vaqtli


matbuotda,

jumladan,“Sharq

yulduzi”,

“Yoshlik”

jurnallari,

“О„zbekiston adabiyoti va san‟ati”, “Yozuvchi” gazetalarida chop etilgan adabiyijtimoiy mazmundagi maqolalariga murojaat qilindi.

Malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Adib Shukur Xolmirzayev ijodi

adabiyotshunoslikda kо„p jihatdan о„rganilgan. Adibning badiiy idrok

prinsiplari, tasvirlash tamoyillari haqida maxsus monografiyalar ham yozilgan.

Shunday bо„lsada, yozuvchi hikoyalarida о„zbekka xos belgilar qanday aks

ettirilgani, bunda qanday badiiy-estetik tamoyillarga tayanilgani alohida tadqiq

etilgani yо„q.

Inson jamiyat ichra tirikdir. Uning faoliyatida, yashash tarzida, fikru

dunyoqarashining

shakllanishida

muhitning,

ijtimoiy

tartibotlarning

ahamiyati katta. Bu holat badiiy asarlarda ba‟zida yaqqol aks etsa, boshqa

hollarda yashirin kechadi, ammo bu odam ruhiyatiga, yashash tarziga ijtimoiy

hayotning

ta‟siri yо„qligini anglatmaydi.

Hikoyanavis

Shukur


Xolmirzayevning

istiqlol


davrida

yaratilgan

hikoyalarida millat

kishilarining ruhiyati о„zgargan ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy tartibotlar bilan

uyg„un ravishda badiiy talqin etilganligini о„zi ham bitiruv malakaviy

ishning yangiligini belgilaydi.


I bob. Shukur Xolmirzayev ijodining oziga xosligi.

I.1. Shukur Xolmirzayevning ijodiy biografiyasi.

XX asrning 60-yillaridan ozbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qoshgan va

XXI asrda ham barakali ijod etib kelayotgan yozuvchilar avlodi ichida Shukur

Xolmirzayev alohida ajralib turadi.

Shukur Xolmirzayev 1940-yilning 24-martida Surxondaryoning Boysunida

tugilgan. Ijodi maktabda oqib yurgan paytlarida boshlangan. Ilk hikoyalari tuman

gazetasida bosilgan. Adib Toshkent davlat universitetini bitirgach «Yosh gvardiya»

nashriyotida muharrir, «Guliston», «Sharq yulduzi» jurnallarida bolim mudiri,

malum muddat Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh bolib faoliyat

korsatgan. Song butun umrini badiiy ijodga bagishlagan adibning asosiy

tarjimayi holi: orzulari, dardlari, armonlari; amalga oshirgan, amalga oshirolmagan

ishlari; nafratlari-yu sevinch iztiroblari, ozidan, dostlaridan, idealidan otgan

sifatlar uning asarlari bagrida yotadi.

Xususan, talaba-adib buyuk aktyor Shukur Burhonov rahbarligida tashkil

etilgan togarakda Shekspirning mashhur asaridagi Gamlet rolini oynagani

hayotida va ijodida muhim ozgarish yasagan (Ofeliya rolini boshqa fakultetda

tahsil olayotgan Saida ismli qiz ijro etgan. Havasmand aktyorlar keyin oila

qurishgan). Shukur Burhonov bilan uzoq vaqt mobaynida ustoz-shogird

munosabatlari yozuvchining u haqida kattagina hujjatli esse yozishiga sabab

bolgan. Atoqli adabiyotshunos Matyoqub Qoshjonov rahbarlik qilgan adabiyot

togaragidagi mashgulotlar taassuroti ular ortasida dostona munosabat

uygonishiga va «U ustoz-men shogird» nomli hujjatli qissa yozilishiga olib keldi.

Mashhur musavvir, bir muhitda tugilib, tarbiya topgan Rozi Choriyev bilan

qadrdonchilik rishtalari u haqida ajoyib bir adabiy portret yozilishiga turtki bergan.

Tarjimayi holidagi bu chizgilar izsiz ketmagan. Uning uslubida namoyon

boluvchi ogir vazminlik va falsafiy mushohada keskir haqgoylik va hatto ayrim

«shartakilik»da Sh.Burhonov tasiri-yu, gamletona tabiat, prinsipiallik, hayotga,

odamlarga otkir tanqidiy ruh bilan qarash hamda ularga xolis, samimiy


munosabatda bolishning uygunlashib ketishida ustoz tanqidchidan organishni;

tabiatni musavvirona chizish, sozda ham rang, boyoqdagi kabi iliqlikni bera

olish, rang-tasvirdagi kichik bir chogdek detaldan butun asar qiyofasini yoritib

yuborish mahoratlarida rassom dostining jiddiy tasirini sezmaslik mumkin emas.

Yildan yilga, asardan asarga yozuvchi mahorati sayqal topib borgan.

«Hayot abadiy», «Bodam qishda gulladi» singari toplamlarga kirgan asarlar,

songgi yillardagi «Kok dengiz», «Xumor», «Qadimda bolgan ekan» kabi

hikoyalar ozbek adabiyotida oziga xos mahoratli yozuvchini paydo qilgan.

Shukur Xolmirzayev ozining «Bukri tol», «On sakkizga tolmagan kim

bor», «Bulut tosgan oy» qissalarini, asosan, yoshlarga bagishlagan, ular

sajiyasining toblanish jarayonlarini badiiy gavdalantirgan.

Zamonani, otmishni chuqur va atroflicha organish, xalq dardi va orzularini

aks ettirishdagi ehtiyoj hamda hikoya va qissa janrlarida orttirilgan tajriba, jahon

va ozbek yozuvchilari mahoratini sinchiklab organish yozuvchini turli

yonalishdagi romanlar yozishga olib kelgan.

«Songgi bekat» (1976), «Qil koprik» (1978-1982), «Yolovchi» (1987),

«Olaboji» (1991), «Dinozavr» (1996) singari asarlar Shukur Xolmirzayevni jiddiy

izlanuvchan romannavis sifatida tanitgan.

Romanlarda ham adib oz ijodiy yonalishi va uslubiga sodiq qolgan.

Xalqimiz hayotining burilish pallalarini, yurtdoshimiz taqdiridagi muhim

jarayonlarni, ozbekni ozbek qilgan fazilatlarni, bir soz bilan aytganda, millat

ruhini aks ettirish bu romanlarning ham yetakchi xususiyatidir.

Adib el-yurt oldidagi xizmatlari uchun munosib taqdirlangan. U

«Ozbekiston xalq yozuvchisi» unvoni va Ozbekiston davlat mukofoti

sovrindoridir

I.2. Shukur Xolmirzayev asarlari badiiyati.

«Yozuvchi millat ruhidan kelib chiqmasa, bolmas ekan» , – degan oz

iqrornomasi uning butun ijodini, asarlarini, shaxs sifatidagi tabiatini tutashtirib

turadi.


Shukur Xolmirzayev asarlari hayotda, inson qalbida yechilmay yotgan

muamolarning badiiy tahliliga qaratilgan. Yozuvchi qahramonlari asar goyasini,

badiiy topilmalarni kitobxon ogziga chaynab solmaydi. Noshud, hayotda togri

yol topolmagan, beoxshov yoki razil qahramonlarini asar nihoyasiga borib

tugatmaydi, yaxshilamaydi. Ularni ozining badiiy niyati amalga oshirilgan

darajada hayotdagiday qoldirib, kitobxon hukmiga havola etadi.

Bu uslub asar va qahramon haqida mushohada yuritish uchun oquvchiga

keng imkoniyat qoldiradi.

Adib asarlari qahramonlari aksari uning ozi tugilib osgan tuproq – Surxon

diyorining mehnatkashlaridir. Asar voqealari sodir boladigan manzil ham

kopincha shu voha boladi. Shu voha qahramonlari timsoli misolida adib ozbek

xalqining, ozbek tuprogining oziga xosliklarini tajassum etadi.

Yozuvchi asar qahramonlarini oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. Asosiy

etiborni ularning qalbi, manaviyati, dostlarga, yangi hayotga, ozgarishlarga

munosabatini korsatishga qaratadi va hukm chiqarishni oziga qoldiradi.

Adib asarlarining goyalari bir-birini toldirib boradi, tasvirlangan

qahramonlar harakatidan, tabiatidan chiqarilgan xulosalar bir-birini yanada

boyitadi, milliy ozligimizning turli qirralarini alohida xarakterlar orqali tasvirlab,

xalq qiyofasidagi yaxlit qiyofaning turli jihatlarini ochib beradi.

Yozuvchi asarlari tasvirida tirikchilik qiyinchiliklari bilangina oralashib

qolmaydi, manaviyat masalalariga ham alohida etiborni qaratadi. Zamon

talotumlari manaviyatimiz mustahkamligi va mustaqilligida jiddiy salbiy iz

qoldirayotganiga ishora qiladi. Bunga, bir jihatdan, avvalambor, jamiyat

norasoliklari sabab, qolaversa, ikkinchi jihatdan, bu hol koproq irodasi sust

kishilarda namoyon bo`lmoqda. Irodasi mustahkam kishilarning esa irodasini

sinovdan, chigiriqdan otkazib, manaviyatini yanada mustahkamlamoqda,

zamon yangiliklari tasirida yanada boyitmoqda.

Mustaqillik davri kishisi qalbida, dunyoqarashida roy berayotgan

ozgarishlarni, bazan iqtisodiy sharoitlarning shaxslararo va jamiyat bilan

munosabatlarga korsatayotgan tasirini, bir soz bilan aytganda, yangilanayotgan

tabiatli zamondosh, yurtdosh sajiyasini, siymosini korsatish bu yoldagi

qiyinchiliklarni, ziddiyatlarni, yoqotish va topishlarni aks ettirish adabiyotimiz

oldidagi muhim vazifalardan sanaladi. Shukur Xolmirzayevning bazi romanlari

mana shu muammoga bagishlangan.

Shukur Xolmirzayevning «Qil koprik», «Songgi bekat», «Yolovchi»,

«Olaboji», «Dinozavr» romanlari turli mavzu va muammolarga bagishlangan.

«Songgi bekat» adibning roman janridagi dastlabki tajribasi bolishiga qaramay,

shoro davrining songgi bosqichidagi kamchiliklarni zamondoshlar qiyofasidagi

norasoliklarni keskin fosh etishi bilan ajralib turadi. «Bekat» xojaligida yashab,

mehnat qilayotgan turli toifadagi kishilar xarakteri, harakati misolida adib,

umuman, jamiyatni qattiq qoraladi. Bu, mohiyat etibori bilan, mazkur davr

jamiyatning umuman songgi bekati bolsa nima qilarkin, degan badiiy fikrga

goyo ishoradek bolgan. Taxminan, on besh yil otgach bu badiiy «karomat»

ozining tasdigini topgan.

1987-yil adib «Yolovchi» romanini yaratgan. Ayniqsa, shakli,

kompozitsiyasi jihatdan yangicha izlanishlari mol bolgan bu asar koproq

monolog va dialoglar asosiga qurilgan. Yozuvchi qahramonlari xarakterini, asosan,

shu yosinda ochishga harakat qiladi.

Oliy malumotli bolish yaxshi. Lekin shunchaki, bilimsiz, jamiyatga nafi

tegmaydigan, ozini oylashdan nariga otmaydigan xudbin oliy malumotlining

nima keragi bor? Undan kora noilojlik tufayli nainki oliy malumot, balki, hatto,

toliq orta malumot ham ololmay qolgan, biroq mehnatsevar, halol, el va yurtga

qayishuvchi, do`stga sadoqatli kishi ko‘p bor afzal emasmi? Yozuvchi xuddi shu

fazilatlarni romanning bosh qahramoni Bekdavlat qiyofasida aks ettirgan

«Olabo‘ji» romanida yozuvchi mustaqillik arafalaridagi sho‘ro jamiyatini

tanazzulga yetaklagan jarayonlarning ma’naviy va axloqiy asoslarini ko‘rsatgan.

Asarda Ulton va Bahor singari yoshlar taqdirini chilparchin qilishda, jamiyatni

rasvo yo‘lga yetaklashda To‘qliboy Qo‘chqorov singari kimsan, firqaning

manaman degan rahbarlari bosh-qosh bo‘lgani ochib tashlangan.

«Qil ko‘prik « romanini yozish uchun adib salkam besh yil sarflagan. Asarda

«qizil»larning istiqlolchilarga (davr tili bilan aytganda «bosmachi»larga) qarshi

olib borgan kurashi va ularni mahv etish jarayonlari tasvirlangan. Kitob ham

sho‘rolar hukm surgan davrda yozilgani bois, firqaviy mafkuraga mos

kelmaydigan biror gapni aytish, g‘oyani ilgari surish amri mahol bo‘lgan. Shu

ma’noda, romanda sho‘ro maqsadlarini ko‘rsatuvchi manzaralar, sahifalar oz emas

va bu tabiiydir. Lekin yozuvchining asl maqsadi bu emas. Uning qalbida, vujudida

milliy istiqlolchilarga, vatanparvarlarga mehri, xayrxohligi tug‘yon urgan. O‘ziga

xos usulda, sirli shakllarda bu niyatni «Qil ko‘prik»da amalga oshirish uning bosh

muddaosi bo‘lgan.

Adib rang-barang janrlarda ijod etadi. «Qora kamar» uning ana shu rangbaranglikni tasdiq etuvchi asari bolib, XX asrning oxirlaridagi ozbek

adabiyotining, dramaturgiyasining sara namunalaridan biri hisoblanadi.

Adib ijodida bayon emas, korsatish, etirof emas, tasvirlash sanatining

chiniqqanligi shu tariqa dramaturgiyada ozining ajoyib samaralarini bergan. Asar

yozilgan vaqtda, orzu qilingan istiqlolning qaldirgochlarini korsatishda muallif

badiiy tahlil va tasvirning retrospektiv tamoyiliga murojaat etgan. Bu kunning

yog`dularini tarixga murojaat orqali ochib bergan [56].

I.3. Shukur Xolmirzayev hikoyalarida an’anaviylik.

Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor ijodida namoyon bo‘lgan

XX asr o‘zbek hikoyachiligi an’analarini Shukur Xolmirzayev shu asrning so‘nggi

choragida yanada boyitdi. O‘zbek hikoyachiligini yangi bosqichga ko‘targan uning

qator asarlari bu janrning keng miqyosdagi manaman degan namunalari bilan haqli

ravishda bo‘ylasha oladi.

Adib hikoyalarida siyqasi chiqqan xarakterlar, quruq nasihatgo‘ylik, shablon

iboralarni deyarli uchratmaymiz. U doim yangi obrazlar yaratishga intiladi.

Asarning kompozitsion qurilishida bir-birini takrorlamaydigan yangiliklar topishga

urinadi. Bu borada tajribalar o‘tkazishdan cho‘chimaydi va ko‘pincha,

muvaffaqiyatlarga erishadi. O‘zbek kishisi orzu-armonlarining, aksar hollarda,

yashirin iztiroblarining yoritilmagan qirralarini, ruhiyatidagi evrilishlarini qalamga

oladi [56].

Bu qahramonlar o‘zga yozuvchilarning qahramonlariga o‘xshamagan: goh

do‘lvor, goh to‘pori, goh dag‘al va chapani, goh kichkinagina bir muhit vakili.

Lekin barchasining ichki dunyosi o‘ziga xos, ruhan teran, insonparvar, e’tiqoddan

qaytmaydigan, shularga munosib ravishda mulohaza yuritadigan jonli va hayotiy

kishilardir. Bu qahramonlar o‘zligini, millatini, yurt tuprog‘i-yu udumini, dini va

diyonatini har narsadan ustun qo‘yadilar. Adolat uchun, haqiqat uchun

kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik

qilmaydi, ayyuhannos solmaydi. Ular tashqaridan emas, ko‘pincha, ichdan jozibali,

istarali, mehrtortar bo‘ladi.

Shukur Xolmirzayevning «Bodom qishda gulladi», «Tabassum»,

«Ozbeklar», «Qadimda bolgan ekan», «Quyoshku falakda kezib yuribdi», «Kok

dengiz», «Navroz, navroz», «Xumor» singari hikoyalari songgi bosqich o`zbek

adabiyotining bu janrdagi ibratli namunalaridir.

«Tabassum» (1984)ga nazar tashlaylik. Jalil ota sho‘ro tuzumi uchun

astoydil xizmat qilgan, urush qatnashchisi. Keksayganda dardga chalinib, yotib

qolar ekan hayoti birma-bir ko‘z oldidan o‘tadi. Yigitligida, qizillarning faol

jangchisi ekanida Quyun qo‘rboshini bandi etdi. Uning bu yo‘lga din uchun, xalq

uchun kirganman, degan so‘zlari hamon qulog‘i ostida. Shunga qaramay, essiz,

unga o‘limni ravo ko‘rganlar qatorida turdi-ya.

Hayot bilan vidolashuv onlari yaqinlashganda Jalil otaning nabirasiga bir

vaqtlar qizillarga fidoyi qizmat qilgan, qo‘rboshi boshiga yetganlarning faoli,

qo‘sh-qo‘sh nishonlar olgan Mo‘min cholning nabirasidan sovchi keladi. Jalil ota

bu nishonlar egasining qanday fel-atvori-yu sadoqati evaziga kelganini yaxshi

bilardi. Shu bois, qalbida chuqur iztirob: u xonadonga nabirasini bergisi yoq.

Lekin iloji qancha. Hatto olimim bu toyni qoldirishi mumkin edi, degan

xayollarga boradi. Qazosi yetganda esa uning yuzida qotib qolgan tabassumni

koramiz.


Bu nima? Jalil otaning oz hayotidagi ayrim holatlar, xususan, qorboshiga

oxshaganlarning umriga zomin bo`lgani uchun afsusimi? Mo‘min cholga

o‘xshaganlarning ko‘ksini soxta aldoq nishonlar bilan to‘ldirgan jamiyat ustidan

kulib ketdimikin, balki? Ehtimol, o‘zi istamagan «o‘sha» noma’lum to‘yni loaqal

o‘limi bilan qoldirib ketayotganidan shukronalik belgisidir. Xulosa chiqarishni

yozuvchi kitobxonning o‘ziga qoldiradi.

Nima bo‘lganda ham, Jalil otaning umr shomida din uchun, xalq uchun

jonini bergan Quyun qo‘rboshiga xayrixohligi o‘z ifodasini topgan Shukur

Xolmirzayevning qarashlari, nuqtayi nazari zamirida uning millatparvar sifatidagi

o‘ziga xos qiyofasi yotadi deyish mumkin. Sho‘ro jamiyati hali mustahkam turgan

bir davrda bunday fikrni, g‘oyani badiiy talqin etish oson emas edi. Shukur

Xolmirzayev buning uddasidan chiqdi. Bu, aslida, ko‘p o‘tmay, «Qora kamar»

drammasidagi Xurrambekda ochiq namoyon bo‘lajak qarashlarning bir qirrasi edi.

«Bodom qishda gulladi» hikoyasida yoshlar taqdiri, yoshlar hayoti qalamga

olingan.

Bolalik, kasallik bois birmuncha savdoyiroq bo‘lib qolgan Nosirjon

balog‘atga yetgan bir chog‘da xastaxonada o‘zi sezmagan holda Hubbijamolga

ko‘ngil qo‘yadi. Faollashaver, seni qiz sevib qoldi deb, aslida esa mazax qilib,

ustidan kulmoqchi bo‘lgan atrofdagilar yigit tuyg‘ularini yanada alangalanishiga

sabab bo‘ladilar. Qiz esa odob yuzasidangina yaxshi muomalada. Nosirjon

Hubbijamolning o‘z sevgani borligini bilib qoladi-yu, qalbida ochilib kelayotgan

gulchechaklar nobud bo‘ladi. Qarashlardagi, ruhiyatdagi yangilanish,

o‘zgarishlarni sovuq urgandek. Ammo, baribir, bu muhabbat baxtsiz bo‘lsa-da,

adashgan esada, bokira va musaffo tuyg‘ular Nosirjonning qalb ko‘zlarini ochgan

edi. U odamlarni, hayotni avvalgidan tiniqroq idrok eta boshlaydi. Yillar davomida

unga na devor-darmiyon qo‘shni bo‘lib kelganlar, na kasalxon-yu dori-darmonlar

malham bo‘lmagan xasta ko‘nglini ishqning bodom guli yanglig‘ bokira va

nastarin gullarini sog‘aytirgandek bo‘ladi. Biroq, afsuski, bu qishda ochilgan

bodom gullari edi.

Asar o‘smir qalblarni, ilk muhabbat yoshidagilarni hayotga teranroq

boqishga, musaffo tuyg‘ularni ehtiyot qilishga chaqiradi. Ularni hech qachon

ermakka yoymaslik, bu hissiyot ko‘z ochgan damlardagi hayotning har bir lahzasi

qadrini bilishga undaydi.

«Xumor» hikoyasini adib jiddiy muammolar talqiniga bag‘ishlagan. U

so‘nggi bosqich o‘zbek hikoyachiligida kinoya, alamzada quvnoqlik usuli

qo‘llangan holda yaratilgan asarlardan biridir. Hikoya «Ko‘k dengiz» singari

nainki o‘zbek, balki ulkan miqyoslardagi XX asrning bu janrning namunalari

qatoridan o‘rin olishga haqlidir. Asarda bir millat, bir mamlakatning ma’lum bir

bosqichidagi fojiasi kichik bir qahramon timsolida oz xarakterini o‘zi ochish

yo‘sinida yoritiladi.

Qahramonning yuzi zahil, rangi panoh. Lekin qiyofamni korib, hayron

bolmang, qorqmang, kasalim yuqumli emas deydi u, kitobxon bilan yuzma-yuz

muloqotga kirishib. Aybi bor odamdek, kechirim sorayotgandek, u fikrida davom

etadi: paxtaga sepilgan dorilar tasir qilgan, xolos. Hikoya davomida biz

qahramonning farzandi yoqligini, dalani kormasa xumori tutishini, ormalab

bolsa ham dalaga chiqib turishini bilib olamiz. U xastahol bolsa ham, fikrini

quvnoq ohangda bayon qiladiki, sanatkor yozuvchi tomonidan tanlangan mazkur

kinoya usuli asar va qahramonning kitobxonga tasirini yanada kuchaytiradi.

Qahramon kitobxonning «Dalaga ormalab bo‘lsa ham chiqishingdan maqsad

nima?» degan savolini qabul qilgandek bo`ladi-da, o‘zining (ayni vaqtda

millatning) shu vaziyatdagi holatini ochishga yonaltirilgan ushbu javobini beradi:

«Maqsad – ham xumorni qondirish, ham hissa qo‘shish, Labbay?...Siz bir narsani

tushunmayapsiz: u dori mening tarjimayi holimga singib ketgan, axir!

Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning manosi,

vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham o‘sha bilan bog‘liq».

Asar uning qahramoni, paxta yakkahokimligi va u tufayli o‘zbek xalqi

boshiga tushgan zugum, genotsid, jabr, noilojlik qismati haqida nihoyatda

muxtasar, lekin badiiy otkir va tasirchanligi bilan qimmatlidir.

Yozuvchining «Quyosh-ku falakda kezib yuribdi» hikoyasida yangi istiqlol

zamoni ta’sirida ro‘y berayotgan inson qalbidagi ozgarishlar bilan, asrlar

davomida shakllanib kelgan milliy sajiyaning uchrashgan nuqtasida namoyon

bolayotgan fazilatlar aks ettiriladi. Mustaqillik ozbek xalqining mislsiz orzularini

royobga chiqardi. Biroq u birdan va birvarakayiga hamma muammolarni hal qilib

berolmaydi, albatta. U bilan ayrim yangi muammolar ham kelib chiqdi. Xususan,

ziyolilar hayotida yangi-yangi muammolar ko‘ndalang bo‘ldi. Hikoyada shoir

Qudrat, uning oilasi timsolida shu masalalar yoritiladi. Bu hikoya malum

ma’noda, bo‘lg‘usi «Dinozavr» romanida tasvirlanajak ayrim qahramonlarning

eskizi ham bolgan. Shoir oilasi bilan qishloqqa ketadi, lekin malum bo‘ladiki,

turmush bu yerda ham oson emas. Biroq yozuvchining maqsadi faqat shu masalaga

etiborni tortishdangina iborat emas. Asar davomidan bilib olamizki, yozuvchi

nazarida, ahamiyatli moddiy ehtiyojdan kam bolmagan, balki undan ham

motabarroq bir masala bor. Bu xalq – millat tabiatining tirgagi bolgan manaviy

poklik, vijdonlilik ozining va ozganing qadrini baland tuta olish, bu masalada

milliy ananalarga sodiq qola bilish – bir soz bilan aytganda – manaviyat

masalasidir. Ana shu narsani yo‘qotmaslik kerak, shunga ehtiyot bolmoq zarur.

Qudrat inson hissiyotlari bazan sust kelishi mumkin bolgan holatga tushushiga

qaramay, bu holat uni ozgartira olmaydi. U manaviy poklikka sodiq qoladi.

Matnda aytilmagan, lekin ozimiz uqib olishimiz lozim bolgan mano asarni bezab

turadi: to‘g‘ri, bozor iqtisodi sharoitlari tufayli ko‘p moddiy qiyinchiliklar tug`ildi,

u odamlarni ne koylarga solmadi, lekin shunga qaramay, bu qiyinchiliklar

Qudratning manaviy irodasini buka olmadi, u millatimiz tabiatida asrlar osha

sinovdan otib kelgan manaviy poklikni saqlab qola bildi. Yozuvchi bu goyani

qishloqda tasodifan uchrab qolgan Zumradga Qudratning munosabatlarini

korsatish orqali ochib beradi. Hikoya nomiga mashhur sherdagi misradan

olingan falsafiy fikr asarning mano-mohiyati va goyasini joziba bilan ifodalaydi.

Shukur Xolmirzayevning songgi yillarda yaratilgan chiroyli asarlaridan biri

«Navroz, navroz» hikoyasidir. Ma’lumki, sho‘rolar xalqimizni qadimdan davom

etib kelayotgan bu gozal milliy bayramni nishonlashdan mahrum qilgan edi. Ming

shukurkim, mustaqillik Navro‘zni xalqning eng ulug shodiyonalaridan biri sifatida

qaytadan tikladi. Lekin yozuvchining maqsadi bu bayramni ulug‘lash, unga

madhiyalar oqish emas. Adib deyarli barcha hikoyalarida bolganidek, bu asarda

ham tabiat bahonasida inson qalbini badiiy tahlil qiladi. Tabiat tasirida inson

ruhiyatida kechajak evrilishlarni yoritadi. Sulton, Obid Odiljonvich, Joniqul

Jondorov singari taniqli olimlar hikoya qahramonlari. Navro‘z nainki tabiatni,

balki inson qalbini ham yangilaydi, oliyjanobroq qiladi, degan aqidaga kora, bu

ulug shodiyona kunda dostlar kopdan buyon arazlashib yurgan ikki olimni

murosaga keltirish taraddudini koradilar. Sulton zamonni, o‘zgarishlarni,

qiyinchiliklarni, inson ruhiyatidagi turli holatlarni yaxshi tushunadi, ularga togri

baho bera oladi. Joniqul Jondorovni esa, na tabiat va na jamiyatda kechayotgan

bayram ruhi ozgartira oladi, na do‘stlarning unga munosabati. U avval qanday

bolsa, hozir ham shunday: oziga ortiqcha bino qoygan, kekkaygan, dost uzrini

qabul qilishdan ojiz. Navro‘zga mengzalgan mustaqillik ham uning

dunyoqarashiga yetarli tasir ko‘rsatolmaydi. Uning fikricha, oziga to‘q, badavlat

odamdan yaxshilik kutish qiyin, yaxshilik faqat faqir-u haqir kishining qo‘lidan

kelishi mumkin. Ma’lumki, sho‘rolar kambag‘alni ham boy qilish orniga,

boylarni ham qashshoq qilib, kulini ko`kka sovurgan edi. Yuqoridagi qahramon

qarashlaridan uning ongida o‘rnashib qolgan ana shu siyosatning hidi kelmaydimi?

«Chinakam ozbekona fe’l-atvorni – yutugi ham, nuqsoni ham ozimizga

tegishli bolgan hayot tarzimizni asarlarida mahorat bilan tasvirlagan adib Shukur

Xolmirzayev umr boyi ijod dardi bilan yashadi», – deydi Otabek Safarov ozining

ozbek tili va adabiyoti gazetasidagi maqolasida. Binobarin, adibning adabiyot va

unga munosabat bobidagi, ijodkor shaxsiyati, mas’ulyati kabi masalalardagi

qarashlaridan badiiy ijod sirini bilishda ochqich sifatida foydalanish mumkin.

«Badiiy asar tili Shukur Xolmirzayev uchun goyatda muhim «pirinsipial

masala»edi. Oz asarlarida til me’yorlariga qat’iy rioya etgan yozuvchi

boshqalarning ham tilga e’tibor berishini istar, uning buzilishiga olib borishi

mumkin bolgan barcha «oziga xosliklar»ni inkor etardi. Jumladan, koproq

xayolga, xayolning ham pinhoniy oyinlariga qurilgan va daf’atan kishiga

beoxshov bolib tuyulsa-da», pirovardida kitobxonni ishontiradigan usulda ijod

qilayotgan yozuvchilar Sh.Hamro, S.Vafo, N.Eshonqul, Q.Norqobil va

boshqalarning asarlari haqidagi mulohazalarida Shukur Xolmirzayev shunday

ta’kidlaydi: «Ruh yolidagi adiblarimizda til chatoq. Togri, ulardagi mazmunning

ozi murakkab va alohida tasvir vositalarini yangicha jumla qurilishlarini,

mavhumiyatni bordek korsatmoq uchun shunga muvofiq til lozim. Ammo

baribir… ular til yorigida oqsashlari ustiga jiddiy ishlamayotirlar ham.

Ishonmasangiz ixtiyor ozingizda, u moderniy mulliflar kopincha tinish belgilarini

ham ornida ishlatmaydilar….» Holbuki, «Biz bitta adabiy tilni qabul qilganmiz.

Haqiqiy adabiy tilimiz Cho‘lponning tili. Men yozganimda hamma vaqt avtor

tilidan, adabiy tilda yozishga harakat qilaman. Ammo qahramonlarim oz-ozicha.

Shuning uchun adabiy tilga har narsani tiqishtirib, talaffuzini buzib yurishni

yoqtirmayman», – deydi yozuvchi. Uning nazarida badiiy asarlariga shevaga oid

sozlarni orinsiz qoshaverish adabiy til sofligiga putur yetkazadi, uning nufuzini

pasaytiradi. Ammo bu tilning sofligini saqlash haqidagi qoidalarni mutlaqo

dogmaga aylantirish degani emas, zotan, til tinimsiz harakatdagi jarayondir. Shu

manoda har bir tilning lugat qatlami muttasil boyib boradi. Muhimi, bu

boyishning orinli sozlar hisobiga amalga oshishida. Ya’ni, badiiy asarda

uni ikkilanmasdan olib kiraverish kerak».
Ma’lumki, bir qator qissa, roman, drama va ondan ortiq esse yozganiga
qaramay, Shukur Xolmirzayev, asosan, hikoyanavis sifatida tanildi, e’tibor
qozondi. Ozining iqror bolishicha, adib dunyo hikoyachiligini chuqur organgan.
U jahon hikoyanavislari orasida tortta yozuvchini «klassik» deb e’tirof etadi: «rus
adabiyotida Chexov, ingliz adabiyotida Jek London, hind adabiyotida Tagor va
ozimizning adabiyotda Abdulla Qahhor». Bu adiblar ijodidagi oziga xos jihatlar
Shukur Xolmirzayevni rom etgan edi. Jumladan, Anton Chexov hikoyalaridagi
«fe’l-u atvorli tirik odam qanday aks etishi», «obrazning takomili», «Jek London
asarlaridagi muallifning lozim topgan orinlarda o`z qahramoniga munosabatini
ochiq-oydin ifodalashi, Tagor hikoyalaridagi «umuminsonlar uchun ham kerakli
bir ma’no» yozuvchini mutaassir etgan
2.1.YOZUVCHI HIKOYALARIDA MILLIY
RUHIYAT MASALALARI
«Bizda eski zamonlardan beri, frak kiygan erkak yoki korset kiygan ayol – rus
emas, ruslik xususiyatini faqat zipun, chipta kavsh, boʻza va achigan karam bor
joyda sezish mumkin, degan juda ham taajjub fikr oʻrnashib qolgan»1, – deb yozgan
edi atoqli rus adabiyotshunos olimi V. G. Belinskiy. Shu qarashdan kelib chiqsak,
oʻzbek kishisi ruhiyatini badiiy asarda ifoda etish uchun uning boshiga doʻppi,
egniga chopon kiydirish yoki boshiga roʻmol oʻratib, etagi yer supuradigan
engil-bosh
bilan
yasantirish
yetarli
emas. Milliylik
qahramonning, avvalo, ruhiyati – oʻylash, fikrlash, munosabat bildirish
tarzida va shunga muvofiq gap-soʻzi, xatti-harakatlarida (ana shu vaziyatda
uning kiyinishiga ahamiyat berish toʻgʻri boʻladi namoyon boʻladi. Milliy
ruhiyat juda keng mazmun kasb etib, muayyan hududdagi oʻxshash qadriyatlar,
an'analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar tizimiga amal qilib yashaydigan
kishilarning hayotda tayanadigan ma'naviy mezonlarini ifoda etadi.
Aslida, millatning axloqiy qadriyatlari, qarashlari bir qadar turgʻun hodisa
sanaladi. Aniqrogʻi, vaqt chigʻirigʻidan oʻtgan, tajribada sinalgan qarashlar
qadriyat sifatida barqarorlashadi. Ammo zamon oʻtishi bilan ana shunday
qadriyatlarga ham oʻzgarish kiritilishi, binobarin, millatning dunyoqarashida
yangilanish roʻy berishi mumkin. Bu gohida tabiiy yо'sinda, ba'zan sun'iy
tarzda amalga oshadi. Taraqqiyot, zamonning tobora ilgari ketaverishi
millatning dunyoqarashiga о'z ta'sirini koʻrsatishi, unda muayyan darajada iz
qoldirishi barobarida ma'naviyatga tashqaridan qilingan zug'um ham millat
ruhiyatiga ta'sir etmay qolmaydi. Sobiq sovet tuzumi davrida ateistik
qarashlarning
qoʻllab-quvvatlanishi
natijasi
oʻlaroq

millatimizning ming yildan ortiqroq e‟tiqod qilib kelgani – islomiy


tushunchalar barobarida mohiyatan diniy bо„lmagan urf-odatlari, bayramu
an‟analari ham taqiqlandi. Masalan, Islom dinining yoyilishidan ilgari ham
nishonlangan Navrо„z bayrami «eskilik sarqiti» deya qoralandi. Holbuki, bu
ayyom, Shukur Xolmirzayev ta‟biri bilan aytganda, millatimizning «mangu
yо„ldosh»i edi...
Yozuvchi millatning qon-qonida yashaydigan, unutilib ketishi amrimahol
bо„lgan, yо„qolishi – о„zlikdan kechishday baholanadigan urf-odatlar, jumladan,
Navrо„z bayrami mavzusiga bir emas, bir necha bor murojaat qildi. Uning
«Navrо„z, Navrо„z», «Mangu yо„ldosh» singari
asarlarida
milliy
bayramimizning ma‟naviy-ruhiy asoslari badiiy talqin etildi.
«Bilasizlarmi, ertaga qanaqa bayram?» – о‗qituvchining ushbu savolidan
sо‗ng biz pisib qoldik. Ertaga Navrо‗z bayrami edi. Ammo bu nomni tilga
olishga ham qandaydir qо‗rqar edik: xuddiki, kattalarga, tо‗g‗rirog‗i,
hukumatga nisbatan haqoratli sо‗zni ishlatgandek tuyulardi, shekilli», deydi «Mangu
yо„ldosh» hikoyasi qahramoni Amir. Ushbu jumlalarda sobiq tuzumning xalq
ruhiyatiga qanchalik tajovuz qilgani oshkor etiladi. Bunda hali oq-qoraning
farqiga kо„p boravermaydigan о„quvchilarda ham «kattalar, hukumatga qarshi
gapirish xavfli», degan tushuncha uyg„ongani kо„zga tashlanadi.
«Mangu yо„ldosh»da xalqning asrlar mobaynida ishongan e‟tiqodlari
о„lmasligi, millat yashar ekan, u suyangan qadriyatlar ham yashashi Navrо„z bayrami
timsolida ifoda etiladi.
Millatning ma‟naviy olamidagi о„ziga xos qirralar turli marosimlar, urfodatlar, ayniqsa, bayramlarda yaqqolroq namoyon bо„ladi. Yozuvchi ushbu
asarida Navrо„z bayramini bejiz markaziy tafsilga aylantirmaydi, zotan, ushbu
timsolda о„zbek millatining qoni-qonida yashayotgan, asrlar davomida ajdodlardan
avlodlarga turli yо„llar orqali о„tayotgan ma‟naviy meroslar namoyon bо„ladi.
«Saharlab odamlar
tо‗plana boshlardi:
bari bashang kiyingan.
Azamatlar. Yigitlarning kо‗pi olachoponda, bellarida – popukli belbog‗lar.

Chollarning aksarisi kо‗kish-odmi chakmonda, sallalari oppoq. Yangi bо‗zdan


о‗rashgan. Kelinchaklar...
nimalarni
kiyishmagan!
Ustma-ust
kо‗ylak kiyganlarini yenglaridan bilsa bо‗ladi: ustki kо‗ylakning
yengi tirsakkacha shimarilgan, ostkisining yengi bilakda, eng oxirgisining yengi,
deylik, osilib turadi. Nega shundoq kiyinishardi? Hamon aqlim yetmaydi.
Yо‗g‗asam, oddiy kunlarda – oddiy kiyinishar, SHо‗roning bayramlari,
hatto Oktabr bayramida ham bittadan ortiq kо‗ylak kiygan kelinchakni
kо‗rganim yо‗q. Navrо‗zda esa... Bilmadim, о‗tmishni qо‗msashmi bu, eslashmi
bu yoki bahor о‗z kо‗rkini beixtiyor namoyon qilayotgan chog‗da yosh-yosh
juvonlar ham bor bisotlarini
namoyish qilish
uchun
chiqisharmidi? Navrо‗zda... ochilib ketishardi».
Mazkur tasvirlar chinorlar ostidagi gavjum, bozorga о„xshash manzarani kо„z
oldingizda gavdalantiradi. Muhimi shundaki, muallif xalqni majburlab bayramlarga
о„rgatib bо„lmasligi, millat bayram, urf-odat timsolida о„zining ma‟naviy ildizlarini
kо„rishini aniq-ravshan ifoda etib bergan. Zero, Yilboshini о„zbeklar tabiatning
uyg„onish, yangilanish pallasi sifatida tan oladi, bu vaqtda erkinlik, ozodlik, hurlik
kuylanadi, urishganlar yarashadi, janjallar tо„xtaydi...
«Bulut tо„sgan oy» hikoyasida esa kо„ngil manzaralari beqiyos darajada
gо„zal aks ettirilishi barobarida inson degan xilqatning sirli-noma‟lum qirralari
hali bisyor ekani ham kо„rsatiladi. Asarda odam tabiatidagi tuyg„ularning
kesishgan, illatu fazilatlar zidlashgan nuqtalari mahorat bilan tasvirlanadi.
Tavakkalday mard, tanti, tutgan joyini kesadigan, ushlagan yerini
qо„ymaydigan yigit gо„zal Gulsaraning oldida qо„lidan hech ish kelmaydigan
ojizu notavonga aylanadi. Buning bir sababi Tavakkal avvallari ayollar
haqida anchayin yengil о„ylagani, ayniqsa, yengiloyoq ayollarga bepisand,
balanddan turib muomala qilgani uchun dastlab Gulsaraga ham shunday
munosabatda bо„lishga harakat
qiladi.
Biroq
juvonning
«nomardligi» – yigitni «gastinsaga haydagani» tо„satdan gumburlagan
momaqaldiroqday Tavakkalni hushyor torttiradi – uni о„ylashga majbur

qiladi. Tavakkal – ayollar haqida о„ylar ekan, ularning hammasiga bir xil kо„z


bilan qarash xatoligini anglay boshlaydi. Buni uning quyidagi sо„zlaridan
ham bilish mumkin: «Aytmoqchi, men Gulsara uchun ichaman... Quvvat, siz
ham xonim uchun iching. – Nihoyat iymanib jilmaydi. – Men «nomard»
dedim bu kishini. Aslida xursandman, xudo ursin-a... Zо‗r ayol ekansiz.
Chesni aytayapman»1. Tavakkalning «zо„r» degan e‟tirofi bamisoli qilichi
singanday qat‟iyati rad etilib, peshonasiga eshik yopilgan yigitning bundan xafa
bо„lish о„rniga, nomusini himoya qilgan ayolning jur‟atidan, hayosidan
quvonganini ifoda etadi.
Fikr yuritish, mushohada qilish, о„zining kimligi haqida о„ylash –
hammaning ham qо„lidan kelavermaydi. Chunki fikrlash kishini kо„pincha
iztirobga soladi. Asardagi Gulsara ana shunday – о„ylayotgan, о„zining
kimligini
yaxshi
biladigan,
shuning
barobarida
xatolaridan
iztirob
chekadigan, о„zini kechira olmaydigan ayol timsoli.
«Hikoyadagi ismi fe‘liga mos Tavakkal ham, qanday odamligini
nafaqat qissaxon, balki о‗zi ham anglay olmaydigan Gulsara ham badiiy asar
qahramonlari haqidagi mavjud tasavvurlarni о‗zgartirib yuboradi, – deb yozadi
adabiyotshunos Q. Yо„ldoshev. – Ular adabiy qahramonlarni xayoldagi
qoliplarga moslashtirishdan voz kechib, tasavvurni adabiy personajlar
mohiyatiga
muvofiqlashtirish
kerakligini
taqozo
etadi.
Shunday
qilingandagina tanti, qudratli jismoniy kuchga ega, kirishimli, tap tortmas,
oriyat uchun о‗z hayotini ham pista pо‗chog‗icha kо‗rmaydigan chapani,
ayni vaqtda suyuklisi Gulsara qoshida g‗alati darajada ilojsiz Tavakkalni
tushunish, uning dovyurakligi qayerda tugab, fojiasi qayerda boshlanishini
anglash mumkin bо‗ladi.
Gulsara – о‗zbek adabiyoti uchun tamomila yangilik hisoblanadigan
obraz. Unda avomga tushunarsiz, aql bilan izohlash mushkul bо‗lgan ziddiyatli
pokizalik tuyg‗usi va g‗urur bor. Zamonaning zо‗rlari, uzatgan joyga qо‗li
yetadiganlar oldida Gulsara sha‘nini yuksak tutadi, kibrli, mag‗rur ayolga

aylanadi, ularning yо‗liga yurmaydi. Ayni vaqtda tirikchilik kо‗yida


pastkash fohishalarday tanini sotadi. G‗oyat sohibjamol, farosatli, talantli,
nomusli, ayni vaqtda, benomus bu ayol ruhiyatining haqqoniy tasviri
kitobxonni larzaga soladi, uni befarqlik holatidan chiqarib, munosabat
bildirishga majbur etadi»1.
Gulsaraning ezgin kayfiyati beixtiyor kitobxonga ham yuqadi. О„quvchi bu
sohibjamol ayolning tabiatidagi tushunarsiz qirralar tо„g„risida о„ylay boshlaydi:
ayol boylikni yaxshi kо„radi, yaxshi yeb, chiroyli kiyinishni istaydi, ayni
paytda «zо„r»larning qо„lida qо„g„irchoq bо„lishni istamaydi, xalqona ta‟bir
bilan aytganda, qorniga emas, qadriga yig„laydi. Bu obraz haqida
adabiyotshunos Q. Yо„ldoshevning quyidagi fikrlari ham e‟tiborga molikdir:
«Uning fohishalikka
kelishiga
tabiatidagi
illatlargina
emas, balki millat tarixining muayyan davridagi ijtimoiy sharoit va
yanglish axloqiy о‗rnaklar ham sabab ekanligi qissada mahorat bilan
kо‗rsatilgan. О‗rischa tarbiya kо‗rgani bois о‗zbekona axloqiy talablarga
yengilroq qaraydigan, tо‗kis yashash borasidagi istaklarini jilovlashga
urinmaydigan о‗zbek qizining ayanchli qismati juda ishonarli va ta‘sirchan
tasvirlangan»2.
Darhaqiqat,
sobiq
tuzum
millatimiz
tarixida,
ayniqsa,
uning
ma‟naviy olamida sezilarli iz qoldirdi. Kо„p asarlar davomida ayollarga
munosabatda о„ziga xos mezonlarga tayangan («katta og„a»lar zо„r berib da‟vo
qilganiday, ayollarga feodallarcha munosabatda bо„lish, ularni yorug„likka
chiqarmaslik, umrini zindonga о„xshash zulmatda о„tkazish emas) xalqimiz
shо„rolar zamonida ana shu qarashlarigada о„zgartirish kiritishga majbur
bо„ldi. Avval keksa kishining yо„lini kesishdan orlangan juvon endi rahbar
kursisiga о„tirib, bobosi tengi kishini koyishdan hayiqmaydigan bо„ldi.
Aslida, bu jamiyatda ayolning mavqei о„zgarganidangina darak bermas, bu
ma‟naviyatda sodir bо„lgan, millatning ichki dunyosida о„zgarishlar rо„y

berganining isboti ham edi. Shukur Xolmirzayev «Bulut tо„sgan oy» asarida bir


qarashda kechikkan muhabbat tuyg„ularini tasvirlayotganday tuyulsa ham, aslida
qahramonlar
fe‟l-atvori
orqali
jamiyatda
rо„y bergan
о„zgarishlarni ustalik bilan kо„rsatib beradi.

2.2 Inson va tabiat adib hikoyalarining mehvari.

Sh.Xolmirzayev jahonning mashhur yozuvchilari qatorida, ularga bo‘ylasha
oladigan darajada tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi
ijodining alohida bo‘rtib ko‘rinib turuvchi bir qirrasidir. Mana shu sababdan ham katga
imkoniyati tufayli tabiat qonunlari, hayvonlarning yashash tarzlari, har bir giyohning
o‘ziga xos xususiyatlari haqida puxta bilimga ega. Bu jihatdan J.London,
E.Xeminguey, S.Tompson asarlarining yozuvchi ijodiga ta'siri ham katgadir.
Tanqidchi U.Normatov «Zaminda yashaymiz, zaminni o‘ylaymiz» maqolasida
Sh.Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: «Inson va
tabiat munosabati Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leytmotiviga aylanib qoldi.
Shunisi xarakterliki, yozuvchining so‘nggi yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari
shu mavzu atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlamaydi, har gal avtor masalaning
yangi qirrasini kashf etadi, yangi xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini
ochadi...». Shu nuqtai nazardan yozuvchining inson va tabiat mavzuidagi hikoyalarini
ko‘zdan kechirsak, inson xarakterining qanchalar murakkab ekanligi, bu
murakkabliklar, uning hatto, tabiatga munosabatlarida ham namoyon bo‘lishini
kuzatamiz.
Chunonchi, «Kulgan bilan kuldirgan» (1972) hikoyasida Shukur Xolmirzayev
vatan go‘zalligi, boyligi, umuman, tabiatga befarq bo‘lmagan, uni sevuvchi kishilarni
tashvishga solayotgan - tabiat boyliklarini asrash masalasini ilgari suradi va bu
masalaning mohiyatini oddiy bir voqyea tasviri orqali ko‘rsatadi.
«Kulgan bilan kuldirgan» hikoyasida bosh qahramon tog‘dagi kakliklar haqida
qayg‘uradi, bir-ikki qushni emas, umuman, hududdagi barcha qushlarni qahraton
ayozdan omon chiqarib olish g‘amini yeydi. «Jarga uchgai odam»da esa o‘zi tabiat va
uni asrash xususida film yaratmoqchi bo‘lgan kinorejissyor butun boshli ayiqni o‘ldirib
ikki bolasini yetim qilgani uchun tegishli tashkilotlar tomonidan emas, oddiy bir tabiat
jonkuyari qo‘lidai ayovsiz jazolanadi.
Yozuvchining bu kabi asarlarida aks etgan o‘zboshimchalik oqibatida yuzlab
tog‘ qishloqlari aholisi vohalarga ko‘chirilib, yashnagan go‘shalar vayronaga

aylangani, ming yillik tarixiy obidalarning qarovsiz qolib ketgani, xalq kelajagini


ta'min qiladigan yer-suvning isrof bo‘layotgani haqidagi fikrlar va tashvishli
mulohazalar ijodkor izhor qilayotgan xalq dardining in'ikosidir. Tabiatga
yondashishdagi mazkur prinsipni izohlab, Sh.Xolmirzayev aytadi: «...Gap shunday
ekan, gap tabiatni qo‘riqlash, uni boyitib, boyliklarini saqlash va kelgusi avlodlarga
yetkazishdek sharafli ekan, bu masalaga hamma bir yoqadan bosh chiqarishi kerak...
Ana shunda bebaho tog‘larning jamoli xira tortmaydi, uning go‘zalligi boyligi o‘zi
bilan qoladi...».
Sh.Xolmirzayevning inson va tabiat mavzusiga bag‘ishlangan hikoyalarining bir
qismida tabiatning maftunkor go‘zalligi aks ettirilsa, boshqalarida tabiatga yovuzlarcha
munosabat, uni talon-taroj qilishlar qoralanadi. Mana shu keyingi hikoyalarida
yozuvchi tabiat hodisalaridan «sovuq tasvirlar» topadi va muayyai badiiy g‘oyani ifoda
qilish maqsadida o‘rinli foydalanadi. Masalan: havoning tundligi, osmonni past
tushgan qora bulutlar qoplab olishi, guvillab kuchli shamol esishi, chumchuqlarniig
chirqillashi, bo‘rining uvlagani, qor uchqunlarining deraza oynasiga shitirlab urilishi,
quyunning qorlarni to‘zg‘itib o‘ynashi, "bo‘ronning qori qalin betlarini yalab -supurib"
ketishi odamning kayfiyatiga yomon ta'sir qiladi. Bu tasvirlar hikoyalardagi qahramon
xarakterini yoritib beruvchi vositalar, xolos.
Sh.Xolmirzayevning mana shunday ruhda yozilgan hikoyalaridagi tasvirda
sovuqqonlik bor, chunki bir suhbatida yozuvchining o‘zi ta'kidlaganidek, manzarada
shafqatsizlik bor; «sovuq, shafqatsiz go‘zallik bor. Tog‘larida, so‘qmoqlarida,
archalarida... Odamni tarbiya qiladi».
«Muallif tabiatning qaysi hodisasi yoki holatidan material olmasin, u avvalo
naturalist sifatida tabiat hodisalarining ob'ektiv mohiyatidan kelib chiqadi va ularni o‘z
g‘oyaviy maqsadiga mohirlik bilan yo‘naltiradi. Tabiatnnng har bir hodisasi muallif
tafakkurida, tuyg‘ular olamida sayqal topadi va qisman bo‘rtgirilgan, birmuncha
izohlaigan tarzda ko‘tarayotgan muammolar koitsepsiyalarni yaqqol ochib beruvchi
syujetga aylanadi». Xususan, «Zov ostida adashuv», «Cho‘loq turna», «Yangi zot»,
«Boychechak ochildi», «Qush tili» va boshqa asarlarni o‘qib shunday xulosaga kelish
mumkin.
Sh.Xolmirzayev qahramonlari ona yurtga, tabiatga mehr qo‘ygan yuksak
e'tiqodli kishilardir. Lekin uning «Yovvoyi gul», «Boychechak ochildi» hikoyalaridagi
asosiy gap tabiatga munosabat haqida emas, balki tabiatning insonga ta'siri, oddiy
giyohinng sehrli qudrati orqali ibratli mulohazalarni o‘rtaga tashlaydi.
«Boychechak ochildi» (1971) hikoyasida esa ilm-fan rivojiga katta hissa
qo‘shgan adabiyotshunos olim katta shaharda yashab, ona tabiatdan biroz uzoqlashib

qolgani natijasida tabiatga yaqinlashish bilan uning ruhiyatidagi o‘zgarishlar


ko‘rsatiladi.
“Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tadqiq etilgan inson va tabiatning o‘zaro aloqasi
masalasi yozuvchi ijodiy evolyusiyasining deyarli barcha bosqichlarida asosiy o‘rinni
egallaydi. Bunday hikoyalarning bir qismida tabiatni asrab- avaylash haqida gap ketsa,
boshqa bir guruhida tabiat go‘zalliklarini tasvirlash bilan birga, inson va tabiat
munosabatlari go‘zallitini tarannum etuvchi asarlar ko‘proq o‘rinni egallagani
ko‘rinadi, chunki yozuvchi insonda tabiatga munosabat orqali yaxshilikni, ezgulikni,
katta bir mehrni ko‘rishni istaydi. Bu hol, ayniqsa, inson va hayvonot dunyosi, inson
va o‘simliklar olami tasvirida yaqqol ko‘rinadi” [3]. Sh.Xolmirzayevning «Ot egasi»,
«Podachi» hikoyalarida insonning hayvonga muhabbati «Ko‘kboy» hikoyasida
hayvonning insonga sadoqatini ko‘ramiz.
E'tibor qilgan o‘quvchi yozuvchining aksar hikoyalarida ayni mavzuga murojaat
etilib, tabiatga aloqador gaplar katta ijtimoiy-axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy muammolar,
inson va uning taqdiri, tarbiyasi haqidagi falsafiy fikrlar bilan tutashib ketganligini
ko‘radi. Inson tabiatdan tirqishsiz devor orqali ajralib turmaydi, barcha borliq,
mavjudot biri ikkinchisidan oladi yoki beradi. Ushbu prinsip nafaqat inson va tabiat
o‘rtasidagi munosabatda amal qilinadi, balki bu tuyg‘u inson va hayvonot dunyosida,
ularning o‘zaro munosabatida ham ko‘rinadi. Bunday uzviy bog‘liqlikni aks etgirgan
hikoyalarda bir dunyo bilan ikkinchi dunyoni, bir olam bilan ikkinchi olamni vafo,
sadoqat, mehr-muhabbat tushunchalari bog‘lab turadi.
Hayvonot dunyosi haqida jahon xalqlari adabiyotida yaratilgan Redyard
Kipling, Jek London, Seton-Tompson, Orosio Kiroga, Lev Brandt, Yuriy
Kazakovlarning turli ma'naviy va ijtimoiy muammolarni o‘rtaga tashlagan ko‘pgina
asarlari o‘quvchilarga ma'lum va manzur. Ana shunday muammo, ma'no
Sh.Xolmirzayevning inson va hayvonlar munosabatiga bag‘ishlangan hikoyalarida
ham o‘ziga xos tarzda yozuvchi tug‘ilib o‘sgan Boysun tabiati va kishilari xarakteridan
kelib chiqib badiiy talqin qilingan.
Shukur Xolmirzayevning tabiat va inson munosabatlariga bag‘ishlangan
hikoyalari o‘zining rang-barang badiiy talqiniga ega ekanligini kuzatish mumkin. Bu
jihat yozuvchining nafaqat hikoyalarida, balki uning qariyb barcha asarlarida - qissa,
esse, romanlarida ham ko‘zga tashlanadi, ularda doim tabiatga murojaat etiladi,
o‘quvchiga tabiatning yangi-yangi sir-asrorlari oshkor qilinadi. Chunki tug‘ilgan
yurtidan uzoqda yashasa-da, tabiat, uning go‘zalliklari hamma-hammasi yozuvchining
qon-qoniga, ongiga singib qolgap. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Boysundan, hatto, ruhan ham
ajralib yashay olmaydi. Adabiyotshunos Y.Solijonov tabiat tasvirida yozuvchining
detallarga alohida ahamiyat berishi haqida quyidagicha ifodalaydi: “Shukur

Xolmirzaevning asarlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan detallar bu — tabiat unsurlari: turli


daraxtlar, o‘t-o‘lanlar, gullar, qushlar, hashoratlar va hayvonlardir. Ularni inson
obraziga nisbat berish bilan adib tabiat va odamning yaqinligini, biri ikkinchisisiz
yashay olmasligini uqdirmoqchi bo‘ladi. Ayni chog‘da tabiat hodisalaridagi
o‘zgarishlarga, ularning o‘ziga xosligi (masalan, yarmi qurigan do‘lananing hamon
gullab, meva tugishi, gap tomirning chuqur ketganligi, ya'ni mohiyatda ekani)ga urg‘u
berish orqali odamni o‘z hayotiga e'tiborliroq bo‘lishga undaydi. Ha, Shukurning
asarlarida tabiat gapiradi, harakat qiladi, ko‘rkini namoyish etish uchun quturib gullab,
bizni maftun etadi. Ruhiyatimizga osoyishtalik bag‘ishlab, umrimizni uzaytiradi” [4].
Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tabiat o‘quvchiga estetik zavq, lirik kayfiyat
bag‘ishlovchi vosita, siqilgan yurakka taskin beruvchi maskan sifatida talqin qilinadi.
Qator hikoyalaridagi Islom, Ehson, Qo‘ng‘irot domla obrazlari orqali yozuvchining
o‘zi ona tabiatning maftuni, himoyachisi, kurashchisi kabi ish tutadi. Uning asarlarida
osmon baravar tog‘lar, jiyaklarida boychechaklar o‘sib yotgan so‘qmoq.lar, shishadek
tiniq osmon, oppoq momiq bulutlar, shoxlari osmonga tekkudek azim daraxtlar, sokin
o‘rmonlar, kakliklarning sayrashi kishining bahri-dilini ochadi; tandir og‘ziday
alangalanib turgan quyosh, yam-yashil yaproqlari tagidan no‘xatdek-no‘xatdek zangor
mevalari ko‘rinib turgan archa ko‘ngillarga shodlik baxsh etadi; cho‘l havosi, uning
kengligi, sarg‘ish tuman ichra suzayotgan oy, bo‘g‘iq ovoz chiqarib, afsonaviy bir
maxluqdek kilkillab oqayotgan daryo asabni xotirjam qiladi. Bu manzaralar qandaydir
tashqi kuzatuv asosidagi tasvir emas. Bu yeru osmondagi barcha go‘zalliklar ham
birdaniga, bir vaqtda yozuvchi ko‘z o‘ngida gavdalanmaydi, bu eshitish va ko‘rish
orqali qabul qilinadigan tabiat manzarasi emas, balki bu murakkab va aniq qonunlarga
asoslangan tabiat hayotining umumiy manzarasi. Tabiatni har tomonlama, ikirchikirlarigacha, chuqur bilimdonlik bilan tasvirlash yozuvchi ijodiy prinsipining asosiy
xususiyatlaridan biridir. Sh.Xolmirzayev asarlarida tog‘, cho‘l, qishloq tabiati tasvirlari
ko‘p uchrasa-da, ammo bu tasvirlar hych qachon bir-birini takrorlamaydi, manzaradagi
rang-baranglik tasvirda o‘ziga xoslikni ta'minlagan.
UMUMIY XULOSALAR
О„zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri yozuvchi Shukur Xolmirzayev asosan hikoyanavis sifatida mashhur bо„ldi. Jahon adabiyotidagi nazariy qarashlarni chuqur о„zlashtirgan adib boshqalardan о„rganganlarini о„zining ijodida mahorat bilan qо„llay bildi. Yozuvchi asarlarida uslubiy yangiliklarga intilishni ham, shaklan betakrorlikka qiziqishni ham uchratamiz. Adib oramizdagi oddiy kishilar tasvirini yaratsada, bundan muhim umumlashmalar, chin hayotiy xulosalar chiqaradi. Shu bois Shukur Xolmirzayev asarlaridagi qahramonlarning jonli, ishonarli tasviri kitobxonni о„ziga rom etadi. Yozuvchi о„zining bir suhbatida: «...о‗tmishu hozirgi zamon adabiyoti – yozish usullarini bir qadar о‗rganib, о‗z yо‗limni topish ustida kо‗p о‗yladim. Sizga ochiq aytaman, asarlarim ba‘zilarga manzur bо‗lmagan esada, umrimning kо‗pi ana shu asarlarni qanday yozish kerakligi ustida kechdi. Men bundan sira о‗kinmayman. Zeroki, hozir ham о‗zimni izlanishda deb bilaman. Kunora uslubimga qо‗shish imkoni bor bо‗lgan bitta-yarimta yangilik topaman. Bu izlanish hatto nuqta, vergulni qayerga qо‗yish borasida ham bо‗ladi», – degan edi. Darhaqiqat, umri davomida izlanishda bо„lgan Shukur Xolmirzayevning millatsuyarligi, vatanparvarligi, Sо„zga, Adabiyotga bо„lgan sadoqati har bir asarida namoyon bо„ladi. Millat degan tushunchani g„oyat qadrlagan yozuvchi u bilan bog„liq masalalarning katta-kichigi, muhim-nomuhimi bо„lmasligini ta‟kidlab, о„z asarlarida milliy ruhiyatni chuqur, ishonarli ifodalay bildi. Adibning insonni tasvirlashdagi mahorati, uning kechinmalari, dardu qayg„usi, shodligu zavqini kо„rsatib bera olish iqtidori adib ijodiga hayotiylik bag„ishlagan va pirovardida bu xususiyat Shukur Xolmirzayev asarlari yashovchanligining asosiy sabablaridan biriga aylangan. Yozuvchikishilar hayotidagi zohiran kо„rinmas, ammo botinan katta ta‟sir kuchiga ega bо„lgan milliy va mahalliy qadriyatlar, an‟analarni ham о„z asarlarida kо„rsatib beradi. Xolis tasvirlash – qahramonning xatti-harakatlarini uning ichki dunyosi – fikrlashi, e‟tiqodi, urf-odatlarga munosabatidan kelib chiqib ifodalash – Shukur Xolmirzayev ijodining muhim jihatlaridan biridir. Adib qahramonlari tasvirida hayot haqiqatiga zid о„rinlarga yо„l qо„ymaydi, har bir personajni «о„ziga о„zi javobgar» tarzida kо„rsatadi. Umuman, о„zbek adabiyotining yetuk namoyondasi Shukur Xolmirzayevning istiqlol davrida yaratgan hikoyalarida milliy ruhiyatning aks etishi yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik: – Shukur Xolmirzayevning istiqlol mavzuidagi asarlarida muallifning Insonga yondashuvidagi о„ziga xoslik: obyektivlik, Insonni tushunishga harakat qilish, xolislikdan chekinmaslik kabi jihatlar yanada ochiqroq namoyon bо„lishligiga amin bо„ldik; – adib qahramonlarining ruhiyatini tasvirlar ekan, milliy dunyoqarashga mos kelmaydigan о„rinlarga yо„l qо„ymaydi, natijada yozuvchining asarlarida milliy ruhiyat ifodasi qahramonlarning ishonarli, jonli chiqishi uchun asosiy omil vazifasini о„taganligini kuzatdik; – asar qahramonlarining xatti-harakatlari, gap-sо„zlari va fe‟l-atvorini uyg„unlashtirishni talab etuvchi psixologik asoslash ayni paytda ijodkorning mahoratini ham kо„rsatadi. Sо„zga, adabiyotga, haqiqatga nisbatan qat‟iy turumiga qarshi bormagan yozuvchi Shukur Xolmirzayev о„z qahramonlarining ishonarli, rost chiqishini ta‟minlash uchun ularning harakatlarini har jihatdan asoslaganligin о„rgandik. – yozuvchi istiqlol arafasida va mustaqillik yillarida yozgan asarlarida adabiy qahramon konsepsiyasiga munosabatini yanada qat‟iylashtirgani seziladi. Chunonchi, adibning shо„rolar zamonida «bosmachilik harakati» deya qoralangan, mustaqillik davrida «milliy istiqlolchilik kurashi» deb nom olgan 20-asrning ilk choragida yurtimizda kechgan dolg„ali voqealar tо„g„risidagi «Tabassum», «Qora kamar», «Qilkо„prik» kabi asarlarida Insonga xolis baho berish tamoyili kо„zga tashlanadi. Yozuvchi qahramonlarni atay kо„kka kо„tarib maqtamaydi, shu bilan birga ularning nuqsonlaridan ham kо„z yummasligiga amin bо„ldik – milliylik qahramonning, avvalo, ruhiyati – о„ylash, fikrlash, munosabat bildirish tarzida va shunga muvofiq gap-sо„zi, xattiharakatlarida namoyon bо„ladi. Shukur Xolmirzayevning «О„zbek xarakteri», «Navrо„z, Navrо„z» singari asarlari qahramonlarining ichki olami ham, tashqi shamoyillari ham о„zbekonadir. Muhimi shundaki, millatning qadriyat sifatida barqarorlashgan ma‟naviy tayanchlarini sun‟iy yо„l bilan yiqitish mushkuldir, zotan, ayni ma‟naviy ustunlargina millatning millatligini ta‟minlaydi. «Mangu yо„ldosh», «Navrо„z, Navrо„z», «О„zbek xarakteri» kabi hikoyalarda muallif millatning tabiatida «afsonaviy instinkt» singari yashayotgan qadriyatlar tasvirini yaratganligini tahlil qildik – mustaqillikka erishilgandan sо„ng siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda rо„y bergan о„zgarishlar millatimizning ma‟naviyatida qator yangilanishlarni sodir etdi. Jumladan, ba‟zi odamlar tо„satdan sodir bо„lgan yangiliklarga darrov moslasholmay, tushkun kayfiyatga tushgan bо„lsa, boshqa toifadagi kishilar demokratiyani, erkinlikni boshboshdoqlik tarzida qabul qildi. Uchinchi turli insonlar bо„lsa har qanday ijtimoiy sharoitda ham mavjud imkoniyatlar doirasidagi ishlashni afzal biladiganlardan iborat edi. Qizig„i shundaki, ijtimoiy hayotdagi о„zgarishlarga muayyaya darajada moslashgani holda kishilarning ma‟naviy mezonlari ham bu borada butunlay izsiz ketmaydi. Shukur Xolmirzayevning «Quyosh-ku falakda kezib yuribdi...», «Ozodlik», «Qadimda bо„lgan ekan....» va boshqa hikoyalarida mana shunday kayfiyatdagi millatdoshlarimizning haqqoniy badiiy talqiniga duch kelamiz – о„zbek millati jamoaviylikka intilib yashaydi, uning tabiati kо„p bilan kengashib ish kо„rishga moyil. О„zbeklar uchun eldan chiqish, kо„pchilikdan ajralib qolishdan yomoni yо„q. Shukur Xolmirzayevning «О„zbek xarakteri», «О„zbek bobo», «Ozodlik» kabi hikoyalarida ana shu jihatlaryorqin gavdalantiriladi – ma‟lumki, odam ruhiyatiga xos asl jihatlar ekstremal, favqulodda holatlarda yaqqolroq namoyon bо„ladi. Boshqacha aytganda, kishi qaltis vaziyatlarda aslidagiday – turli «qoliplar»ga, «shakllar»ga kirmay, moslashmay, boricha kо„rinadi. Sababi shoshqinch holatlarda kishining mulohaza yuritishga, mushohadaga imkoni bо„lmaydi. Shu bois ham jamiyatda ijtimoiy vaziyat keskin о„zgarganda turli xil kayfiyatdagi insonlar aniqroq kо„zga tashlanadi, bunday pallalarda barqaror vaqtdagiga qaraganda kishilar voqea-hodisalarga tezroq munosabat bildiradilar. Adibning «Bir guzar odamlari» hikoyasida millatdoshlarimizning favqulodda vaziyatlarda ichki dunyosidagi о„ziga xos, shu bilan birga millatning umumiy jipsligini ta‟minlovchi mehr-oqibat, о„zaro hurmat, pokdomonlik, va‟daga vafo qilish singari xislatlarning yorqinroq aks etishi ifodalansa, «Arpali qishlog„ida», «Bir kо„rgan tanish...» singari asarlarda esa ichidagi kechinmalarini oshkor etishdan kо„ra mavjud ma‟naviy mezonlarga amal qilishni afzal kо„radigan andishali, or-nomusli kishilarning ruhiyati ishonarli tarzda kо„rsatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. Каримов И.А. Адабиётга эьтибор – маьнавиятга, келажакка эьтибор.
- Т.: Ўзбекистон, 2010.
2. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Адолатли жамият сари.
- Т.: Ўзбекистон, 1998.
3. Karimov I.А. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. - Т.: Manaviyat, 2008.
4.Миллий истиқлол сари: асосий тушунча ва тамойиллар. -Т.: Ўзбекистон,
2000.
5.Xolmirzayev Sh.Ijodkor adolatli bo‘lishi kerak! O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati. 2012 yil, 12.
6. Xolmirzayev Sh. Jahonbop asar yoza olaman, lekin. O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati. 2002, 48.
7.http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism.
8.. Uz/ru/library/book/779/libid/20703.
9. www.ziyo.uz.
Download 173,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish