Kirish Ilmiy-tadqiqot ishimning dоlzаrbligi


Bank raqamlarda (01.04.2018)



Download 0,5 Mb.
bet6/6
Sana29.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#75607
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobot

Bank raqamlarda (01.04.2018)3

1-jadval

mlrd. so'm





Ko'rsatkichlar

01.01.2016

01.01.2017

01.01.2018

01.04.2018

1.

Aktivlar

4 404,5

5 748,3

13 389,30

14 833,9

2.

Kredit portfeli

3 358,0

4 566,1

10 461,33

12 126,8

3.

Uzoq muddatli kreditlar

2 810,8

4 306,9

10 367,01

11 871,8

4.

Yil boshidan kichik biznesga berilgan kreditlar

861,1

1 590,4

2 183,17

414, 8

5.

Kichik biznesga berilgan mikrokreditlar

207,7

252,8

319,82

96,9

6.

Depozitlar

2 054,1

2 652,0

5 493,79

5 619,1

7.

Aholi omonatlari

615,8

822,0

1 225,89

1 438,3

8.

Kapital

360,9

460,1

1 257,7

1 358,2

9.

Ustav kapitali

243,2

270,1

846

846,1

10.

Minibanklar soni (dona)

129

154

159

159

11.

Jamg'arma va maxsus kassalar soni (dona)

531

578

854

739

Yuqoridagi jadvalda ko’ringanidek, bankning kredit portfeli barqaror ravishda o’sib borilgan. Ayniqsa 2017-yilda ushbu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 5 895,23 mlrd so’mga oshib, 10 461,33 mlrd so’mni tashkil qilgan.



Bankning ustav kapitalidagi yirik aksiyadorlarning nomi va ulushi 2-jadvalda ko’rsatib o’tilgan.

Bank ustav kapitalida yirik aksiyadorlarning nomi va ulushi (01.05.2018)4

2-jadval




Aksiyadorlar nomi

Ustav kapitaldagi ulushi (%)

1

O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va Taraqqiyot Jamg’armasi

54,70%

2

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

20,33%

3

"O'zneftmahsulot" АK

7,94%

4

Boshqa yuridik shaxslar (aksiyadorlar soni - 4 817)

15,81%

5

Jismoniy shaxslar (aksiyadorlar soni-10937)

1,22%




Ustav kapitali (aksiyadorlarning umumiy soni 15 754)

100%




Ustav kapital

100%




Jismoniy shaxslar

1,22%




Yuridik shaxslar

98,78%

Bankning tashkilotlardagi a'zoligi:

  • O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi;

  • Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi;

  • O‘zbekiston valyuta birjasi;

  • «Toshkent» fond birjasi;

  • Kredit axborotlari milliy instituti (KAMI);

  • Bank depozitlari milliy axborot ba’zasi (BDMAB);

  • UZKART milliy to‘lov tizimi;

  • VISA xalqaro to‘lov tizimi;

  • SWIFT xalqaro to‘lov tizimi;

  • va boshqa tashkilotlar.

“Ipoteka-bank” ATIBning tashkiliy tuzilmasi esa quyidagi 1-chizmada ko’rsatib o’tilgan. Unga ko’ra Ipoteka-bankda korporativ boshqaruvning quyidagi uchta asosiy organi mavjud:

  1. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi – Ipoteka bankning oliy boshqaruv organi. U bank Nizomiga o’zgartirishlar kiritish, yangi aksiyalar chiqarish, Kengash tarkibini yangilash, tashqi auditorlarni tasdiqlash va daromadlarni taqsimlash kabi Bank faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi.

  2. Bank kengashi – nazorat funksiyalarini bajaradi va Bank strategiyasini belgilab beradi. Audit Qo’mitasiBank Kengashiga ichki audit ishi ustidan nazoratni amalga oshirish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, korporativ boshqaruvning yuqori sifatini va korporativ nazoratning samaraliligini ta’minlashda ko’maklashadi.

  3. Bank Boshqaruvi – bank faoliyatiga javob beruvchi, boshqaruv tarkibidagi aktivlar va passivlarni boshqarish qo’mitasi, kredit qo’mitasi faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Shu bilan birgalikda, ularning faoliyatlaridagi turli samaradorliklarni amalga oshirishda ko’maklashadilar. Hozirgi kunda bank boshqaruvi raisi Musaev Omon Muxamatyaminovich hisoblanadi.

Yuqoridagi “Ipoteka-bank” ATIBning tashkiliy tuzilmasiga mos ravishda, departament va boshqarmalarning hozirgi kundagi rahbarlari va ularning funksiyalari quyidagi jadvalda keltirib o’tilgan.

Ipoteka-bank” ATIBning departament va boshqarmalarining rahbarlari va funksiyalari5


3-jadval


Departament, boshqarma

Funksiya

G’aznachilik boshqarmasi

Bankni rivojlanish strategiyasiga muvofiq, aktivlar va passivlarning mutanosibligini tizimli ravishda tahlil qilib borish

Yuridik boshqarmasi

Bankning manfaatlarini huquqiy himoya qilish 

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

Xodimlar soni hisobini yuritish, ularni saralash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash. Bankni malakali xodimlar bilan ta’minlash

Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlantirish boshqarmasi

Hisobot davriga filiallardan olingan ma’lumotlarni jamlash, ularni tahlil qilish, boshqaruvga taqdim etib borish, tegishli hisobotlarni yuborish

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni muvofiqlashtirish boshqarmasi

Jinoiy faoliyatdan olingan va soliqdan yashirilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish

Kredit portfeli monitoringi boshqarmasi

Bank kredit portfelini monitoring qilib borish, ularning tasnifiga baho berish va kredit portfeli diversifikatsiyasini nazoratga olish, muammoli kreditlarning paydo bo‘lishini oldini olish 

Bank risklarini boshqarish departamenti

Bank risklarini boshqarish orqali ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish, kredit reytingini oshirish orqali bankning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish

Kreditlash departamenti

Korporativ mijozlarni, jismoniy shaxslarni, qishloq xo‘jaligi va kommunal xo‘jaligi tashkilotlarni kreditlash boshqarmalari faoliyatini nazorat qilib borish

Iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash boshqarmasi

Bank filiallaridagi korporativ mijozlarni kreditlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish

Ipoteka va iste’mol kreditlari boshqarmasi

Bank filiallarida jismoniy shaxslarga beriladigan ipoteka va iste’mol kreditlarini berish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, filiallarni ushbu yo‘nalish bo‘yicha nazorat qilib borish

Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va kreditlash boshqarmasi

Bank filiallarida fermer xo‘jaliklariga, qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes sub’ektlari va xususiy tadbirklorlariga kreditlar ajratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish

Kommunal xo‘jaligi tashkilotlarini kreditlash boshqarmasi

Bank filiallaridan kommunal sohasidagi tashkilotlarni kreditlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish

Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash boshqarmasi

Bank filiallarida kichik biznes sub’ektlarini kreditlash va ularga xizmat ko‘rsatish

Moliya-buxgalteriya boshqarmasi

Iqtisodiy asoslangan moliyaviy nazoratni ta’minlash orqali bulgalteriya siyosati va standartlari, jarayonlarni joriy qilish va tadbiq etish

Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish maxsus boshqarmasi

Informatsion texnologiyalar, axborotlashtirish tizimlari va unsurlari xavfsizligini ta’minlash

Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi

Mahalliy va xorijiy bank korrespondentlar, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik o‘rnatish, aloqalarni muvofiqlashtirish va rivojlantirish

Bankning investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish Departamenti

Kreditlarni qaytarishda bank balansiga olingan korxonalar va mulklar bazasida tashkil qilingan bank tassarufidagi korxonalarni monitoring va muvofiqlashtirib turadi

Investitsion loyihalarni moliyalashtirish va monitoring qilish boshqarmasi

Texnik iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarning biznes-rejalarni ekspertizadan o‘tkazish, investitsion loyihalarni moliyalashtirish ishlarini tashkillashtirish, shuningdek, berilgan kreditlarni monitoringini olib borish, bankning daromadini oshirish uchun kredit xatarlarini kamaytirish

Bankrot va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash boshqarmasi

Bankrot korxonalar negizida bankning investitsiyasi hisobiga yangi texnologik yangilangan ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish va investorlarga sotish

Qurilish departamenti

Qurilish tashkilotlari va kompaniyalarga kreditlar ajratish va kafolatlar berish, aholiga turar-joy binolarini qurish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga kreditlar berish, bankning xususiy qurilish va ta’mirlash ishlarini bilan bo’g’liq masalalarni muvofiqlshtirish va nazorat qilib borish

Qurilish tashkilotlariga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Bank filiallarida qurilish tashkilotlari va kompaniyalarga kreditlar ajratish va kafolatlar berish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish

Bugungi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, jumladan plastik kartochkalar bilan amaliyotlar ko‘lami tobora ortib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1325-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445-sonli qarorlari bu borada jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan ishlarga o‘ziga xos ustun vazifasini o‘tadi. 2012 yildan boshlab Ipoteka-bankda “Uzkart” milliy banklararo plastik kartochkalar to‘lov tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar tashkil qilindi. Shuningdek, 2019 yil 1 may holatiga muomaladagi bank plastik kartalari, terminallar, bankomat va infokiosklar hamda 2019 yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar to‘g‘risida ma’lumotida “Ipoteka-bank”ATIB muomaladagi bank plastik kartalari soni 1 568 503 ta, o’rnatilgan to‘lov terminallari soni 27 842 ta, o’rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 185 ta va 2019 yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar 2 275 632 ming. so’mdan iborat bo’lgan.

Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblarda qo'llanilgan to'lov hujjatlari bo'yicha 2019 yil aprel oyi uchun tahliliy ma'lumotiga ko’ra esa “Ipoteka-bank” ATIB memorial orderlar soni 224 531 ta va summasi 874 133 036 ming. so’m, to’lov topshiriqnomasi soni 339 622 ta va summasi 4 146 862 622 ming. so’m, to’lov talabnomasi soni 3 492 ta va summasi 4 667 231 ming. so’mni tashkil qilgan.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardanfoydalanuvchilarning soni 2019 yil 1 may holatiga ko’ra “Ipoteka-bank” ATIB Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 83 409 ta, jismoniy shaxslar esa 780 454 tani tashkil qilib, jami 863 863 ta bo’lgan.

Internet-banking Bank—Mijoz tizimining takomillashtirilgan turi. Bank—Mijoz tizimining barcha afzalliklarini saqlab qolgan holda Internet-banking bank mijozlari uchun bir qator yangi qulaylik va imkoniyatlarni yaratadi.

Bank va mijoz o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar haqiqiy vaqt tartibida amalga oshiriladi. Siz komputeringiz ekranida to’lov hujjatlari bank ishlovidan o’tishining barcha bosqichlarini kuzatishingiz mumkin.Hisob raqamingizga tushgan to’lovlar to’g’risidagi ma’lumot, to’lov bankka tushgan zahoti yangilanadi.Uzatilayotgan axborot sanktsiyasiz kirishdan xalqaro kriptografiya formatidan foydalangan holda shifrlash yo’li bilan himoyalanadi.Aloqador taraflar elektron-raqamli imzodan foydalanishadi.Identifikatsiya tizimi amaliyotni bajarayotgan taraflarning haqqoniyligi tasdiqlanishini kafolatlaydi. Elektron-raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar qog’ozda chop etilgan va taraflarning imzolari va muhrlari bilan tasdiqlangan hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega.

Ipoteka-bank” rasmiy saytida internet bankingga ulanish uchun onlayn ariza6



Mobil banking bu – mobil telefoningizning SMS – xabar xizmati yordamida kartangizda bo’lgan barcha pul amaliyotlari haqida 24-soat rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi tizimdir.

Mijozlarning yangi imkoniyatlari:

“Mobil Banking” xizmatiga ulanish orqali mijoz mobil telefonining SMS-xabar xizmati yordamida quyidagilar haqida ma’lumot olishi mumkin:



  • xohlagan vaqtda bankka bormasdan kartaning balansi (undagi pul mablag’lari qoldig’i)ni bilish;

  • savdo xizmati tarmog’ida o’tkazilgan har bir amaliyot bo’yicha ma’lumot olish;

  • bankomat va boshqa joylarda yechilgan pul mablag’lari haqida ma’lumot olish.

“Ipoteka-bank” SMS xabarchi xizmatini taklif qiladi.Bu mijozning biznesi uchun SMS-bildirishnomadir. Xizmat mijozga pul mablag‘larining hisobraqamga tushganligi va hisobraqamdan hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor tarzda olishiga imkon beradi.



1-rasm. “Ipoteka-bank”ining masofadan bank xizmatlarini ko'rsatuvchi tizimidan foydalanuvchilar soni7

Xizmatning asosiy afzalliklari:



  • hisobraqam ustidan doimiy nazorat;

  • foydalanishning qulayligini va osonligi;

  • parametrlarni tizimning har bir foydalanuvchisi uchun yakka tartibda belgilanishi;

  • SMS ni qabul qilish funktsiyasiga ega bo‘lgan har qanday qurilma orqali foydalanish mumkinligi;

  • Xizmat O’zbekistondagi barcha uyali aloqa operatorlari bilan ishlaydi.

Xizmatni to‘la yoki vaqtinchalik uzib qo‘yish uchun

  • xizmatni uchirish to‘g‘risidagi arizani to‘ldiring;

  • arizani rahbar va bosh hisobchida tasdiqlating, muhr qo‘ying;

  • arizani Ipoteka-bankka taqdim eting.

Yuqoridagi rasmga asosan "Ipoteka-bank"ining masofadan bank xizmatlarini ko'rsatuvchi tizimidan foydalanuvchilar soni jismoniy shaxslar yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soniga nisbatan kup ekanini ko’rishimiz mumkin. Unga 2017-yilda jismoniy shaxslar 70 762 tani tashkil qilganda, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni esa 14 926 dan iborat bo’ldi. Ushbu ko’rsatkichlar yillar davomida o’sish tendensiyasiga egaligini ko’rishimiz mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Mijozlar tomonidan bank tomonidan amalga oshirilayotgan masofaviy bank xizmatlariga katta qiziqish yillar davomida oshib bormoqda.

Amalga oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS-bildirishnomalar ko‘rinishida uyali telefonga kelib tushadi. Mijoz 3 tagacha uyali telefon raqamlarini ulashi mumkin.Xizmat ko‘rsatilganligi uchun vositachilik haqi bitta hisobraqam bo‘yicha bitta telefon raqami uchun bankning tarif rejasiga ko‘ra to‘lanadi. Tegishli ilovalar keltirilgan.



Xulоsа

Ilmiy-tadqiqot ishi bo’yicha shuni xulоsа qilish mumkinki, mаmlаkаtimiz iqtisоdiyоtining yеtаkchi tаrmоg‘i bо‘lmish bаnk tizimimiz bugungi kun zаmоn tаlаbigа jаvоb bеrishi uchun о‘z fаоliyаtidа zаmоnаviy tеxnоlоgiyаlаrni qо‘llаshi birinchi dаrаjаli dоlzаrb mаsаlа hisоblаnаdi. Shundаy zаmоnаviy tеxnоlоgiyаlаr аsоsidа mаsоfаviy bаnk xizmаtlаri, xususаn Intеrnеt-bаnking xizmаtining fаоl jоriy еtilishi еng muhim mаsаlа еkаnligi shubhаsiz. Xо‘jаlik yurituvchi sub’еktlаr, kichik biznеs vа xususiy tаdbirkоrlik sub’еktlаri tоmоnidаn еlеktrоn tijоrаt vа еlеktrоn tо‘lоvlаr imkоniyаtlаridаn оqilоnа fоydаlаnilgаnligi tufаyli tijоrаt ishidа hаmkоrlаrni tоpish, shаrtnоmаlаrni tuzish, tаshqi bоzоrgа tеzkоr chiqishdа kеng imkоniyаtlаr yаrаtilib, ushbu imkоniyаtlаr ulаrning rаqоbаtbаrdоshligini оshirishdа аsоs bо‘lib xizmаt qilmоqdа. О‘z nаvbаtidа, bundаy hоlаt milliy iqtisоdiyоtimizning bаrqаrоrligini tа’minlаmоqdа. Shundаy еkаn, ushbu sоhаni yаnаdа kеngаytirish, bаnk mijоzlаri uchun qulаy imkоniyаtlаr yаrаtishdа tinmаy izlаnishlаr оlib bоrish lоzim, dеb о‘ylаyman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud bo’lganidek, bank tizimida ham raqobat mavjud, ya’ni baklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. Shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur.



Ipoteka-bаnk ATIBni yаnаdа rivоjlаntirish vа yаkuniy nаtijаlаrgа еrishish mаqsаdidа quyidаgi yо’nаlishlаrdа chоrа-tаdbirlаr аmаlgа оshirilib kеlinmоqdа.

  • tijоrаt bаnki fаоliyаtini tаrtibgа sоlish vа nаzоrаt qilish tizimini xаlqаrо аndоzа vа mе’yоrlаr, jumlаdаn, bаnk nаzоrаti bо’yichа Bаzеl qо’mitаsining yаngi tаvsiyаlаri (Bаzеl III) аsоsidа tаkоmillаshtirish;

  • bank tomonidan kichik biznеs vа xususiy tаdbirkоrlik sub’еktlаrini mоliyаviy qо’llаb-quvvаtlаsh bо’yichа ishlаrni yаnаdа fаоllаshtirish;

  • kо’rsаtilаyоtgаn bаnk xizmаtlаri turlаrini kо’pаytirish vа sifаtini yаnаdа yаxshilаsh, xususаn, bаnk infrаtuzilmаsini rivоjlаntirish, аyniqsа, qishlоq jоylаrdа аxbоrоt-kоmmunikаtsiyа tеxnоlоgiyаlаrini kеng qо’llаgаn hоldа mаsоfаdаn turib bаnk xizmаtlаrini kо’rsаtish kо’lаmlаrini yаnаdа kеngаytirish;

Yuqоridа kеltirilgаn xulоsаlаr аtrоflichа о‘rgаnilib chiqilgаch, ilmiy-tadqiqot ishining yаkuniy nаtijаsi о‘lаrоq quyidаgi tаkliflаrni bеrish о‘rinli dеb tоpdim:

  1. Mijоzlаrgа Intеrnеt-bаnking xizmаt turini yаxshirоq tаnishtirish mаqsаdidа, Ipoteka-bаnkkа tаshrif buyurgаn hаr bir mijоzgа ushbu xizmаtni tаklif еtish vа mаxsus vidео rоliklаr yаrаtgаn hоldа bаnk muаssаsаlаrining tеgishli kutish zаllаridа qо‘yib kо‘rsаtish, intеrnеt sаyti оrqаli оmmаgа yаnаdа kеngrоq tаnishtirish lоzim.

  2. Ipoteka-bаnk xizmаtchilаrining bаrchаsini Intеrnеt-bаnking xizmаti bо‘yichа qо‘shimchа mаlаkаsini оshirish vа ishlаsh tizimini mukаmmаl о‘rgаnishlаri mаqsаdidа qо‘shimchа hаftаdа bir mаrtаlik о‘qitish ishlаrini оlib bоrish vа mijоzlаrni tizimgа jаlb qilish mаlаkаlаrini о‘rgаtish;

Shuningdеk, umumiy xulоsа о‘rnidа shuni аlоhidа qаyd еtish lоzimki, ilmiy-tadqiqot ishimda tа’kidlаb о’tilgаn bаrchа mаsаlаlаr Ipoteka-bаnk tizimini аmаliyоti uchun kеlаjаkdа judа muhim аhаmiyаt kаsb еtishi rаvshаn hоdisа. Shundаy еkаn еndilikdа аynаn mаsоfаviy bаnk xizmаtlаri vа xususаn Intеrnеt-bаnking xizmаti bаnklаr fаоliyаtining kеlаjаgini tаshkil еtuvchi tizimlаr sifаtidа kаttа sаhnаgа chiqqаndа ushbu yuqоridа bеrilgаn tаkliflаrning nаqаdаr аmаliyоtgа mоs kеlishini kuzаtishimiz mumkin bо‘lаdi.

1 Sh.M. Mirziyоyеvning 2017-yil 22-dеkаbrdаgi Оliy Mаjlis Sеnаti vа Qоnunchilik pаlаtаsi а’zоlаrigа Murоjааtnоmаsi.

2cbu.uz O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari.

3 ipotekabank.uz “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki sayti ma’lumotlari.

4 http://www.ipotekabank.uz/uz/open_data/ “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki sayti ma’lumotlari.

5 http://www.ipotekabank.uz/uz/about/structure/ “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki sayti ma’lumotlari.

6 http://www.ipotekabank.uz/uz/online/ibanking/ “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki sayti

7 http://finance.uz/index.php/uz/uzm-analitica/2210-mamlakatimiz-tizhorat-banklari-tomonidan-muomalaga-chi-arilgan-bank-plastik-kartalari-terminallar-bankomat-va-infokiosklar-t-risida-ma-lumot-bu-borada-ajsi-banklar-etakchi


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish