Kirish II. Asosiy qism



Download 43,19 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi43,19 Kb.
#885332
1   2   3
ASOSIY QISM
Tuproqning eng muhim xususiyati uning unumdorligidir. Tuproq unumdorligining turlari ularning paydo bo’lishi, sizlarga tuproqshunoslik kursidan ma‘lum. Bu yerda shuni qayd etish kerakki, har bir tuproqning paydo bo’lish jarayoni uning bevosita (genezisi) bilan bog’liq. Demak tuproq rivojlanishi va evolyutsiyasi jarayonida uning unumdorlik darajasi o’zgarib turadi. Ayniqsa uning o’zgarishi inson faoliyati ta‘sirida tezroq kechadi. Bizning vazifamiz ana shu o’zgarishlarni inson uchun zarur bo’lgan tomonga burish, tuproq unumdorligini nafaqat saqlab qolish, balki uni takroriy ishlab chiqish, ko’paytirish yo’llarini qidirib topishdir.
Birinchi tuproqshunos olimlardan V.R.Vilyams bo’lib, tuproq unumdorligining ilmiy jihatdan asoslangan formulasini yaratgan. U shunday deb yozgan edi: “Tuproq unumdorligi, uning o’simliklarini yer hayotiy omillari bilan u yoki bu darajada ta‘minlash qobiliyatidir...,” “Bir vaqtda har ikkala bir-biriga teng va almashtirib bo’lmaydigan o’simliklarning hayot omillari bilan maksimal ehtiyoj miqdoriga ta‘minlash qobiliyatidir”. Tuproqning bu xususiyati, uning yer yuzasidagi boshqa jinslardan to’laligicha ajratib, unga tabiiy mustaqil tana sifatida qarash imkonini beradi.
V.R.Vilyams ta‘rifiga ko’ra tuproq unumdorligi degan tushunchani tuproqning o’simliklarga zarur miqdordan suv va ozuqalarga bo’lgan talablarini, butun o’suv davri davomida ayni bir vaqtda va maksimal darajada qondirish qobiliyati degan ma‘noda tushunish kerak.
V.R.Vilyams bunday sharoitga asosan, strukturali tuproq javob bera oladi deb hisoblaydi va tuproq unumdorligining saqlashning yagona yo’lini o’t-dalali almashlab ekish bilan bog’laydi. Dehqonchilikni jadallashtirishni tuproqqa tushayotgan og’irlik bu g’oyaning ahamiyatini kamaytirmaydi va aksincha, oshiradi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O’zbekistondagi intensiv dehqonchilik rayonlarida bu holatni hisobga olmaslik tuproq unumdorligining kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproq unumdorligi tushunchasiga tuproqning o’sishi va rivojlanishi ta‘minlovchi yana bir qator xususiyatlarini tuproq havosi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va shu kabilarni ham qo’shish kerak. Bu qo’shimchalar madaniy o’simliklarning tuproqqa bo’lgan talabini chuqur o’rganish natijasida kiritiladi. Bundan tashqari dehqonchilikda o’simliklarni tuproqqa uning unumdorligiga bo’lgan talabi yanada oshib ketadi.
Tuproq unumdorligi, uning kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy, biologik xossalari orqali namoyon bo’ladi. Shuni qayd qilish kerakki, qishloq xo’jalik o’simliklarining hosildorligi, butunlayicha tuproq unumdorligiga bog’liq emas. Ba‘zi olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, (I.S.SHatilov, T.N.Kulavokskaya va b), madaniy o’simliklar hosilining uchdan bir qismi iqlim sharoiti, agrotexnik tadbir, shuningdek yetishtirilayogan navlarning xususiyatlari va boshqalar bilan bog’liq.
Sug’orish jarayonida tuproq unumdorligi omillarining roli bir qadar oshadi. Chunki suv va ozuqa tartiblari, o’simliklarning vegetatsiya davrida ayrim bosqichlarni o’tishi kabi qator omillarni ma‘lum darajagacha boshqarish imkoniyati yaratiladi.
SHu naqtai nazardan qo’yida sug’oriladigan tuproqlar unumdorligini tashkil qiluvchilarning ba‘zi birlarini ko’rib chiqamiz.
Tuproqning organik moddalari uni tuproq hosil qiluvchi jinslardan farqlaydigan asosiy ko’rsatkichidir. Chirindi tuproq sistemasini “uyushtiruvchi” sifatida katta rol o’ynaydi. Sug’oriladigan tuproqlarning chirindi tartibi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda qo’riq yerlardan farqli o’laroq organik moddalardan, organik moddalarning tuproq profilida yo’qolishi, qayta hosil bo’lishi va taqsimlanishi yuzaga keladi. Masalan, tipik bo’z tuproqlarda chirindining eng ko’p miqdori, profilning yuqori qismdagi chimli qatlamga to’g’ri kelib 2,0 - 2,5 % ni tashkil etadi va pastki qatlamlarda keskin kamayadi. Bo’z voha tuproqlarida esa, chirindi miqdori sug’orish boshlangandan keyin chirindili qatlamning pastki qatlamlari bilan ajralishi hamda organik moddalarning mineralizatsiyalanish jarayonining ortishi tufayli sezilarli darajada kamayadi. Lekin ma‘lum bir vaqtdan so’ng, oldingi vaqtdagi tipik bo’z tuproq (hozirgi davrda bo’z vohaning) yuqori qatlami o’simlik qoldiqlari miqdori oshishi va ularning mineralizatsiyalanish sur‘atining o’sishi natijasida yana ma‘lum bir chegaragacha chirindi bilan boyiydi. Bo’z voha tuproqlarida organik moddalar miqdori haydalma qatlamda (30-35 sm) 1,2-1,5 % ni tashkil etsa, u optimal chirindi miqdoridir. Shu bilan birga chirindi bilan boyigan qatlamlar qalinligi 1-1,5 m ga yetadi. Chirindining 1 m li qatlamdagi umumiy miqdori gektriga 100-180 t ga yetadi. Shu bilan birga chirindining sifat tarkibi ham o’zgaradi. Chirindining tuproq profilida taqsimlanish va miqdori sug’oriladigan tuproqlarni mustaqil tip sifatida ajratishning asosiy sabablaridan biridir.
SHuni qayd etish kerakki, tuproq unumdorligi nafaqat undagi chirindining umumiy miqdori bilan belgilanib qolmaydi, aksincha tuproqning yuqori qatlamidagi va har yili o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida yangilanib turadigan “musaffo”, “faol” chirindi bilan belgilanadi. Chuqur qatlamlardagi chirindining inertligi 1954 yilda M.A. Orlov va undan keyin qator olimlarning paxta o’simligi bilan o’tkazgan tajribalarda ko’rsatib berildi.
2. Chirindining ekologik roli juda kattadir.
Uning o’simliklar o’sish va rivojlanishiga ijobiy, fiziologik, bioximik yo’l bilan ta‘siri ilmiy ravishda asoslangan. Unumli dehqonchilik sharoitida yuqori texnikaviy og’irlik ta‘siri paytida chirindining mineral o’g’itlar o’zlashtirilishini oshirish qobiliyati bebahodir.
Tuproq chirindisining ekologik ahamiyati uning qo’riqlovchi funktsiyalarida ham aks etadi. Gryunvaldning ma‘lum tajribalarida shu narsa qayd etildiki, organik o’g’itlar solinganda, suli trips kasalligiga duchor bo’lmaydi. Shu bilan bir vaqtda dalaning mineral o’g’itlar solingan qismida esa o’simliklarning katta qismi sezilarli darajada kasalga chalindi. Shuningdek “Tuproqshunoslik” va “Agoroximiya” institutida lizimetriya yordamida olib borilgan tajribalar tuproqda “faol”, “Musaffo” chirindi mavjud bo’lganda g’o’za vilt kasalligini keltirib chiqaruvchi zamburug’lar ta‘sirini kamayishini ko’rsatadi. Chirindining tuproq unumdorligi uchun qanchalik katta ahamiyati bo’lmasin, umuman chirindi hosil bo’lish jarayoni ham tuproq hosil bo’lish jarayonidek judayam sekinlik bilan ro’y beradi. Tipik bo’z tuproqlarning to’la genetik profili hosil bo’lishi uchun bir necha o’n yil, hattoki bir necha yuz yillar kerak. Shu bilan bir vaqtda tuproq ekologik jihatdan kuchsiz tuzilmalarga mansub bo’lib, uni halok qilish juda oson. Bu esa eng ko’p hollarda odamlarning “madaniy” deb hisoblangan faoliyati ta‘sirida yuz beradi. Yerlardan yuqori texnik bosimlar ayniqsa, ayrim o’simliklarning yakka hokimligidan jadal foydalanish natijasida yerlarni buzilishi qaytmas jarayon kasb etishi mumkin. Bundan ham yomoni puxta o’ylamasdan qo’llanilgan tadbirlar yerlarni 1-2 avlod hayotida hosil olish mumkin bo’lmagan yerlarga aylantiradi.
Bo’z voha tuproqlarida chirindi odatda, g’o’za, beda, va oraliq ekinlari qoldiqlarining chirishi hisobiga hosil bo’ladi. 9 dalali almashlab ekish sharoitida har gektar bug’doyzordan 100-120 ts hosil olganda tuproqda qoladigan organik qoldiqlar chirindi taqchilligini qoplashga yetarli bo’lmaydi. Bundan ham kattaroq taqchillik esa, g’o’za yakkahokimligida vujudga keladi. Bo’z voha tuproqlarida vujudga kelgan chirindi kamayib ketish hodisasi uning yaqqol misolidir. Samarqand va Toshkent vohalaridagi ayrim xo’jaliklar bo’yicha olingan ko’p yillik ma‘lumotlarni taqqoslash shuni ko’rsatadiki, 25-30 yil davomida chirindi miqdori 0,2-0,3 % ga kamayib ketgan. Shu bilan bir qatorda, Samarqand viloyati xo’jaliklarida tuproq xaritalarini o’zgartirish va tuproqlarni baholash bo’yicha biz tomonimizdan o’tkazilgan batafsil tekshirishlar yuqori agrotexnik tadbirlar joriy qilinganda, bo’z voha tuproqlarida chirindi miqdori optimal darajada saqlanib turishini ko’rsatadi.
3. Tuproqda chirindi to’plashda ozuqa elementlarini roli. Albatta, chirindi bilan tuproq unumdorligi, tuproqdagi chirindi miqdori bilan hosildorlik o’rtasida barobar belgisini qo’yish yaramasa-da, har holda chirindi ma‘lum darajada o’simliklar ozuqa elementlari, azot, fosfor, kaliy va mikroelementlarning zahirasi hisoblanadi. Bundan tashqari uning tarkibida fermentlar, vitaminlar, o’stirish moddalari mavjud. Ehtimol shuning uchun ham chirindiga boy tuproqlarda mineral o’g’itlar to’laroq o’zlashtirilsa kerak.
Tuproqning ekologik holati va unumdorligi mineral o’g’itlarni solish bilan chambarchas bog’liq. Bo’z tuproqlar zonasining eng unumdor tuprog’i, bo’z voha tuproqlarning tabiiy unumdorligi paxtadan 12-15 ts atrofida hosil olishni ta‘minlaydi. Shuning uchun ham O’zbekistonning sug’oriladigan tuproqlarida mineral o’g’itlarni qo’llash, agrotexnik kompleksni asosiy zarur qismidir.
Mineral ozuqa elementlarining asosiylari azot, fosfor, kaliydan bo’z voha tuproqlari xuddi boshqa tuproqlar singari eng ko’p azotga muhtojdir. Hozirgi vaqtda g’o’za ekilayotgan sug’oriladigan tuproqlarning 1 gektariga 200-250 kg, ba‘zi joylarda undan ham ortiqroq azot o’g’iti ishlatiladi. Tuproqshunoslik va agroximiya instituti xodimlari (Hojiev, Risqieva) ning ma‘lumotlariga ko’ra eng yaxshi sharoitda, yerga solingan o’g’itning 40 % ga yaqinigina o’simliklar tomonidan olinadi. qolgan qismi esa tuproqni yer osti suvlarini ifloslantiradi, o’simliklarning ba‘zi bir a‘zolarida to’planib, bu o’simliklar iste‘mol qilganda, odam va hayvonlarni zaharlaydi.
Fosfor va kaliyning umumiy miqdori bo’z voha tuproqlarida yetarli darajadan yuqori. Lekin fosfor birikmalarining kam eruvchanligi tufayli, fosforning tabiiy birikmalari hisobiga o’simliklar fosfor bilan ta‘minlana olmaydilar. Fosforli o’g’itlar o’ta taqchil bo’lgan paytda tuproqdagi fosfor zahiralarini mobilizatsiya qilish masalasi keskin tus oladi.
Hozirgi vaqtda belgilangan fosforli o’g’itlarni solish me‘yori, bizning fikrimizcha, o’simlik talabiga qarab emas, balki tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini o’rtachadan yuqori holatga yetkazish uchun belgilanganga o’xshaydi. Toshkent va Samarqand vohalarida olib borilgan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, harakatchan fosfor bilan o’rtacha, hatto kam ta‘minlangan tuproqlar gektariga 150 kg dan fosfor o’g’iti solinganda paxtadan 30 ts hosil olishni ta‘minlaydilar. Bu hol paxta o’simligi fosforli o’g’itning 15-20 % ni o’zlashtirishi bilan bog’liq. Kaliyning tabiiy zahiralari va birikmalarining suvda yetarli eruvchanligi Respublika tuproqlarini bu element bilan yetarli ta‘minlangan deyishga asos beradi. Lekin olib borilgan tadqiqot ishlari (Madraimov, Tolstova va boshqalar) shuni ko’rsatdiki, paxtachilik singari qishloq xo’jaligini intensiv tarmog’ida o’simliklar rivojlanishining bir vaqtda kaliy elementi bilan oziqlanishiga ehtiyoj sezar ekanlar. Bundan tashqari kaliy yetarli bo’lmaganda, g’o’zaning viltga va boshqa kasalliklarga chalinishi ko’chayadi, shuningdek, uning ba‘zi bir texnologik ko’rsatkichlari ham yomonlashadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda, potentsial jihatdan kaliyga boy bo’lgan bo’z voha va o’tloqi voha tuproqlarida ham kaliyli o’g’itlarni qo’llash zarurligi aniqdir. Shuningdek kaliy ning azot va fosforni o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtrishga qo’laylik yaratishini ham esdan chiqarmaslik kerak.
Sug’oriladigan tuproqlar unumdorligida tuproq fizikaviy xususiyatlarining ahamiyati kattadir. Tuproqning optimal zichligida o’simliklarning mineralizatsiyasi uchun qo’lay sharoit yaratiladi. Havo almashinib turadigan tuproqlarda foydali aerob mikroflora (azotbakter va ning rivojlanish sharoiti yaxshilanadi va viltni vujudga keltiruvchi zamburug’lar va boshqa kasalliklarni to’g’diruvchi mikroorganizmlarning potogen ta‘siri kamayadi.
Tuproq zichligi ko’rsatgichiga ma‘lum darajada ko’proq fizik holatini ko’rsatib beradi. Agar biz chirindini butun tuproq sistemasini “uyushtiruvchi” sifatida qabul qilsak, tuproq zichligi esa, butun tuproq massasining umumiy fizik holatini belgilab beradi.
Sug’orish jarayoni odatda, tuproq zichligining ayniqsa haydalma qatlam ostida, lyossivat, ya‘ni loy moddalarining tuproq profili past qismlariga aralashib o’tishi bilan bog’langan. Bundan tashqari, sug’orish ta‘sirida nam va ko’p qishloq xo’jaligi qurollarining mexanik bosimi kuchli iz qoldiradi. Tuproq ularning og’irligi ostida qattiq gipslashganday bo’ladi, shuningdek, sug’orish jarayonida tuproq massasining dezagregatsiya yuzaga keladi. Shu munosabat bilan tuproqlarning zichligi optimal darajada bir muncha yuqori bo’lib 1,2-1,3 g-sm3 o’rniga 1,4-1,5 g-sm3 atrofidadir.
Tuproqlarning fizik holati ularning zichligi, dehqonchilik tarmog’i, komponentlarini to’g’ri qo’llaganda, ma‘lum darajada boshqariladigan ko’rsatkichlarga kiradi. Bunday tuproqlarga ishlov berish vaqtini tanlash va muayyan namlikda ishlovni o’tkazish asosiy rol o’ynaydi. Hozirgacha butunlay hamma yerda kuzgi shudgor qilishning bahorgi haydashdan afzalroq ekanligini ilmiy jihatdan oxirigacha asoslanib berilmagan. Bizning fikrimizcha, bu umumiy shablon usulda emas, balki har bir joyning mahalliy sharoitini iqlim va tuproq xususiyatlarini hisobga olgan holda hal etilishi lozim.
Bo’z voha tuproqlarining zichligi Toshkent viloyati, Bo’ka tumani “Achamayli” jamoa xo’jaligida o’tkazilgan tekshirishlarimizni ko’rsatishicha, sug’orish va ishlov berish jarayonida kuchli o’zgarishga uchraydi. Paxta ekilgandan so’ng haydalma qatlamning yuqori (0-10 sm) qismidagina 1,20-1,25 g-sm3 ko’p bo’lib, shu qatlamning pastki qismida esa, 1,3 – 1,4 g-sm3 ga yetadi. Bu hol shuni ko’rsatadiki, ishlov berish o’z-o’zidan xususan u tuproqlarga ishlov berish vaqti yetilmagan bo’lsa tuproqlarning optimal zichligini ta‘minlay olmaydi. Shuni qayd etish kerakki, bo’z voha tuproqlarining zichligi, ishlov berilganda namlik ko’p bo’lgan yillarda, qo’riq yillardagiga nisbatan yuqori bo’ladi: M.U.Umarov va J.Ikromov (1984 y) tuproq zichligining 1,4g-sm3 miqdori paxta normal rivojlanishi uchun yuqori chegara deb hisoblaydilar. Tuproq namligi eng muhim fizik ko’rsatkichlardan biri bo’lib, lalmikor dehqonchilikda hosil bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida esa, namlik hosil oshirishni ta‘minlaydigan muayyan darajada bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik namlik difitsiti emas, balki ko’p sug’orish natijasida namlikning ortiqchaligi bilan kurashishga to’g’ri keladi. Suvning jumhuriyatmizda umumiy yetishmasligi sharoitida ko’p joylarda sug’orish me‘yorlariga amal qilinmaydi. g’o’za maydonlariga ortiqcha suv qo’yiladi. Sug’orish o’rtasidagi davr uzaytirilib yuboriladi, hayratlanadigan vaziyat yuzaga keladi. Bir tomondan juda ko’p suv sarflansa, ikkinchi tomondan o’simlik ehtiyoj sezadi. Bundan tashqari ortiqcha suv chirindi va boshqa ozuqa elementlari bilan yanada kambag’allashtiradi. Jumhuriyatda umumiy ekologik holatni yomonlashuviga olib keladi.
Tuproq unumdorligini belgilovchi omillar orasida sezilarli darajadagi o’rinni bioekologik omillar egallaydi. Bu omillarga faqatgina o’tkazilayotgan keyingi ilmiy tadqiqot ishlarida diqqat qilina boshlandi. Chunki bo’z voha tuproqlarida yuqori texnika va kimyoviy bosimlar ta‘sirida, mineral o’g’itlar sug’orish suvlarining yetarligiga qaramasdan hosildorliknimng kamayishi sezilib qoldi. Tuproqlar mikrobiologik faoliyatining xarakterida ham kuchli o’zgarishlar yuzaga keldi. Azotni fiksatsiya qiladigan va boshqa foydali mikroorganizmlarning umumiy miqdori kamayib, aksincha, denitrifikator, oligonitrofil, aktinomitset va shuningdek kasallik to’g’diruvchi vilt zamburug’larining miqdori oshib ketdi. Hatto tuproqda ko’zga ko’rinadigan yomg’ir chuvalchanglari ham kamaydi. Bu esa tuproq faunasi yomon tomonga o’zgarganligidan dalolatdir. Yaxshi madaniylashgan tuproqlarda ham, ularning soni juda kam, ehtimol bu hol yuqori me‘yorda mineral o’g’itlar va zaharli moddalarni solish bilan bog’liq bo’lsa kerak. Xususan bu hol, Toshkent vohasi tuproqlarida qayd qilingan Samarqand viloyatining bo’z voha, ayniqsa, o’tloq voha tuproqlarida yomg’ir chuvalchanglari bir oz kamroq bo’lsa-da uchrab turadi.
Ekologik sharoitga salbiy ta‘sir ko’rsatuvchi omillardan biri, yuqorida qayd qilinganidek, tuproq zichligidir. Tuproqning ekologik muhit sharoitini pestitsid, gerbitsid kabi har xil moddalar qoldiqlari, sezilarli darajada yomonlashtiradi. Bu qoldiqlarning faqatgina, zaharligi emas, balki ularni qo’llash texnologiyasining buzilishi ham, atrof - muhitni yomonlashuviga, ko’p kishilarning zaharlanishiga olib keladi.
Meneevning fikricha (1988 yil), tuproq unga solingan o’g’itning kompleks ta‘siriga uchraydi. Bu o’g’itlar tuproqqa qo’yidagicha tia‘sir ko’rsatishi mumkin:
1. Muhitning kislotaligi yoki ishqoriyligini o’zgartiradi.
2. Tuproqning agrokimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini yaxshilaydi yoki yomonlashtiradi.
3. Singdirilgan ionlarning almashtiruviga va ularning tuproq eritmasiga o’tishiga sabab bo’ladi.
4. Kationlar (biogen va zaharli element) larning kimyoviy singdirilishiga yordam berishi yoki to’sqinlik qilishi mumkin.
5. Chirindining mineralizatsiya yoki sintezini ta‘minlashi mumkin.
6. Boshqa o’g’itlar va ozuqa elementlarining tuproqqa ta‘sirini kamaytirishi yoki ko’chaytirishi mumkin.
7. Ozuqa elementlarining harakatchanligini oshirish yoki kamaytirishi mumkin.
8. Ozuqa elementlarining ontogizmi yoki sinergizmiga sabab bo’ladi va shu orqali ularning o’simliklar tomonidan singdirilishiga va metabolizmiga ta‘sir qiladi.
Bu yerda keltirilgan ta‘sirlardan tashqari hollar ham uchrashi mumkin. Sug’oriladigan tuproqlarda yuqori ko’pincha haddan tashqari mineral o’g’itlarning sezilarli qismi sug’orish suvlari bilan tuproqlarning past qismiga o’tadi va u yerda to’planib boradi. Shuningdek ular yer osti suvlariga ham o’tadi. Natijada ular azot, R va ularga yo’ldosh bo’lgan elementlar bilan ifloslanadi. Bu esa o’z navbatida biokompleksning umumiy ekologik holatini yomonlashtiradi.
Tuproq unumdorligi genetik-geografik sharoitlari ya‘ni tuproq tiplarini hosil qiluvchi omillar, ona jins xarakteri, tuproq paydo bo’lgan rayonning muhiti va undan qishloq xo’jaligidan foydalanish usullarini aniqlovchi belgilar bilan mustahkam bog’liq. Bo’z tuproqlar va ularning yo’ldoshlari o’tloqi-bo’z, o’tloqi va boshqa tuproqlar issiqlik manbalriga boy subtropik zonada tarqalgan. Bu hol ulardan qishloq xo’jaligida keng foydalanish imkonini beradi. Yuqorida eslatib o’tganimizdek, ulardan umumiy foydalanish faqatgina sun‘iy sug’orish natijasidagina mumkin. Sug’orishning roli bu yerda shu qadar kattaki, u tuproqlarni tubdan o’zgartirib, yangi antropogen landshaftlar hosil qiladi.
Bo’z voha tuproqlari ko’pincha, tog’ osti tekislikliklarida tarqalgan. Bu yerlar odatda, ularni kesib o’tgan daryolar va ko’p sonli soylar hisobiga yaxshi dreplashtirilshgan. Bizning tadqiqot ishlarimiz Tyanshan tog’ tizmalarining g’arbiy etaklaridagi tekisliklar Zarafshon va Turkiston tog’ tizmalari yon bag’irlarining past qismlarini kompleks tuproqlarida o’tkaziladi. Joylarning sezilarli qiyaligi va yaxshi dreplashtirilganligi tuproqlarning sho’rlanishidan musaffoligini ta‘minlaydi. Hatto katta me‘yorda sug’oriladigan paytda ham ortiqcha suv asosan, sun‘iy kollektorlarsiz chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, bu yerda meliorativ sharoit jihatidan qo’lay tuproq foni vujudga keladi. Bu hol qadim vaqtlardan buyon sug’orish asosida bu yerlarda antropogen tuproqlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Xulosa qilib aytganda o’rganilayotgan kelib chiqishi va tarqalishi shuni ko’rsatadiki, bu tuproqlar qo’lay bioiqlim sharoitda rivojlanmoqdalar. Tuproqlarning ishlab chiqarish qobiliyati tuproq unumdorligidan tashqari tuproq sifati bilan bog’liq bo’lmagan bir qator omillar bilan ham bog’liq. Bu omillarning eng asosiylaridan biri agroiqlim omilidir. Agar iqlim sharoiti me‘yoridagidan u yoki bu tomonga farqlansa,o’sha yili hosil ham me‘yor darajasida bo’lmaydi. Bundan tashqari, ekilayotgan o’simlik navlari agrosistemadagi foydali va zararli organizmlarning holati bilan bog’liqdir. Bu komponentlardan hech birini hisobga olmaslik mumkin emas. Masalan, tuproq qanchalik unumdor, undagi biota optimal sharoitda bo’lmasin, agar shu yerning tuproq va iqlim sharoiti uchun mos navi ekilmasa,hosil albatta deyali olinmaydi.
SHunday qilib, yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar hamma tilga olingan ko’rsatgich va xususiyatlar unumdorlikning parametri hisoblanadi. Ularni hisobga olish va o’zaro aloqalarini modellar tuzish orqali yuzaga chiqariladi.
4. Tuproq unumdorligini modeli – model tushunchasiga ko’p omillar har xil ma‘no beradilar. Bizning tushunchamizcha, model bu – etalon. Tuproq unumdorligiga tadbiq qiladigan bo’lsak, bu uning muayyan xossalari yig’indisi bo’lib, tuproq unumdorligini saqlab turadigan va oshiradigan, qishloq xo’jalik ekinlaridan doimiy hosil olishni ta‘minlaydigan funktsiyadir. Boshqacha qilib aytganda, qishloq xo’jalik ekinlarining hosilini ta‘minlash, tuproq rejimlarining muayyan kechishi uchun zarur bo’lgan hamma shart – sharoitlar majmuasidir. Hozirgi zamon informatikasida ko’plab modellar turlari bor. Ular o’z navbatida oldiga qo’ygan maqsadlar, o’rganayotgan ob‘ektlar, axborotni qay tariqa tasvirlab berayotganligiga qarab sinflarga bo’linadi.
Tuproq unumdorligi modelining birinchi avlodi agronomik tuproqshunoslikning atamalarida ekspert va statistik ma‘lumotlar asosida tuziladi. Ular ma‘lum bir shaklda agrotizimlarning hosilini aniqlovchi agronomik jihatidan ahamiyatli bo’lgan xossa va xususiyatlarning umumiy so’mmasini ko’rsatib beradi. Bunday modellarning soddaligi, keng doirasidagi mutaxassislarga tushunarligi, parametrlar sonining nisbatan kamligi ularni keyinchalik o’tkaziladigan tadqiqot yaratmalari uchun yaxshi baza qiladi.
Bundan tashqari ular xo’jaliklarning tuproq xaritalari bilan ham yaxshi o’yg’unlashadi va ularni qishloq xo’jalik ishlab chiqarishga tadbiq etishga yordam beradi. Bu modellar yuqorida qayd qilganimizdek, “Birinchi avlod modellari” bo’lib, tuproq unumdorligi ayrim parametrlar holatini aks ettiradi, lekin ular o’rtasidagi o’zaro dinamik aloqadorlikni to’la ochib bermaydi. Tuproq unumdorligi bo’yicha o’tkazilayotgan tadqiqot ishlariga nisbatan yaqinda boshlanishiga qaramasdan, bu sohada bir qator ishlar vujudga keladi. Ulardan tuproq unumdorliginig modellashtirishning har xil nuqtai nazarlari yoritilgan.
“Tuproq modeli” tushunchasi, T.N.Kulakovskaya (1985-86), T.N.Kulakovskaya, I.M.Bogdevich (1985 y) S.S.Rabochev, I.Ye.Korolevalarning tuproq unumdorligini modellashtirish bo’yicha ko’p sonli maqolalarida qishloq xo’jalik o’simliklari hosilini ta‘minlovchi muayyan tuproq parametrlari bilan bog’liq.
L.L.SHishov va D.I.Durmanovlar o’z ilmiy tadqiqot ishlarida tuproq unumdorligini modellashtirishga bag’ishlangan ishlarga asos soldilar. (1985-1987).
Sug’oriladigan tuproqlar unumdorligini modellashtirish bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlarmizda biz 2 sinf modellarini yaratishga harakat qildik.
1. Unumdorlikni muayyan darajasini ko’rsatadi.
2. Real unumdorlik modeli – bu esa tuproq unumdorligini hozirgi holatini ko’rsatadi. Bularni o’zaro taqqoslash tuproq qaysi parametrlari optimal darajadan qanchalik farqlanishini ko’rsatadi. Bunday modellar agrotexnik va boshqa tadbirlarning yo’nalishini belgilab, tuproq unumdorlik darajasini muayyanlashtirish uchun imkon beradi.
Mamlakatimizda bo’z voha, o’tloqi voha va sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarning unumdorlik modellari tuzilgan (+o’ziev 1991 yil). Bu tipdagi modellar tuproq unumdorligining holatini belgilab uni limitlaydigan omillarini ko’rsatib beradi. Bu jihatdan modelning agroiqlim bloki diqqatga sazovordir. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida sug’orish suvi yetishmaydigan namnig o’rnini to’ldiradi va materiologik sharoitning ta‘siri hosilga juda kam deb hisoblanib kelinardi, lekin agroiqlim blokiga keltirilgan unchalik ko’p bo’lmagan parametrlarga asoslanib, bu fikr noto’g’ri deyishimiz mumkin. Agroiqlim parametrlar ko’pincha optimal darajadan uzoq. Bu umuman, yog’in miqdoriga xususan uning mart-apreldagi miqdoriga tegishli. Bu bilan ekishni o’tqazish muddati, tuproq holati, xususiyatlariga (uning harorati, qatqaloqligi va boshqalar) bog’liqdir. Agroiqlim bloki tarkibiga biz bir qadar shartli ravishda tuproqning suv rejimi va sug’orish me‘yori ko’rsatkichlarini qo’shdik. Chunki ular tuproqning namligi va haroratiga sezilarli ta‘sir ko’rsatadilar.
Sug’orish, paxta yetishtirish, agrotexnik kompleksining muhim ajralmas qismidir. Paxta rivojlanishi uchun muayyan sharoit, tuproqning eng kam suv sig’imi darajasining 70 % da vujudga keladi. Modellarda keltirilgan tartib tiplari va sug’orish me‘yorlari tuproqning namligini optimal sharoitini yaratishga imkon beradi, lekin tajribada tekshirishlarmiz ko’rsatishicha hamma tuproqlarda odatda, keragidan ortiq suv qo’yadilar. Bunday holda chirindi va azot, shuningdek boshqa bir qator ozuqa elementlari tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib tushadi va biologik aylanma harakatidan chiqib ketadi.
Bundan tashqari tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, juda katta me‘yorda suv beriladi, sug’orish o’rtasidagi davr esa uzaytiriladi. Shunday qilib, yerga ko’p suv sarflanishiga qaramasdan, g’o’za rivojlanishining ma‘lum bir vaqtdan nam yetishmasligidan zarar ko’radi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, bo’z voha tuproqlarida chirindi optimal darajadan bir muncha kamdir. Bu ko’pincha paxta yakkahokimligiga va faqat mineral o’g’itlarni solish bilan bog’liq. Bu ahvol ilmiy asoslangan almashlab ekish, organik o’g’itlarni solish, siderat va oraliq ekinlarni ekish yo’li bilan tuzatilishi kerak. Bu faqatgina tuproqda chirindining umumiy miqdorini ko’paytirib qolmasdan, uning faol qismi hosil bo’lishiga va shu orqali tuproq jarayonlariga ta‘sirini oshiradi. Aytilgan bu fikrlar to’laligicha bugungi kunda yemirilish tufayli kam chirindi miqdoriga ega bo’lgan sug’oriladigan bo’z tuproqlarga ham tegishlidir.
Olingan real ma‘lumotlar shuni ko’rsatadiki, tuproqlarda harakatchan fosfor miqdori 15-140 mg-kg gacha yetar ekan. Bizning baholashimizcha tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori 30-45 mg-kg atrofida bo’lsa, bu muayyan holatdir. Shuncha harakatchan fosfor bo’lganda, paxtadan 30-40 ts hosil olish mumkin. Yuqoridan ko’rsatilgan ma‘lumotlardagi katta farq fosforli o’g’itlarni noto’g’ri qo’llash va agrokimyo kartogrammalarida yaxshi foydalanayotganligidan dalolat beradi. Kam miqdorda bu kaliyga ham tegishli.
Bo’z voha tuproqlarining zichligi muayyan darajadan bir qadar oshiqdir. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, haydalma qatlamining zichligi sezilarli darajadan bir qadar oshiqdir. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, haydalma qatlamning zichligi sezilarli darajada ishlov berish xarakteri va uning qanday namlikda o’tkazilishiga bog’liq. Tuproqning fizik holati tashkiliy, agrotexnik tadbirlar bilan bog’liq bo’lib, ko’pincha ular ma‘lum darajada boshqarish mumkin.
Tuproq unumdorligini modelida hisobga olinishi kerak bo’lgan ko’rsatkichlar orasida bioekologik ko’rsatkichlar ham keltirilgan. Ular esa haligacha to’liq aniqlangan parametrlarga ega emas va tuproqlarning atrof muhit bilan almashinishi gaz rejimi kabi bir qator yangi ko’rsatkichlar bilan to’ldirilishi kerak.

XULOSA
Xulasa qilib shuni aytish mumkinki, tuproq tarkibidagi suvni, suv rejimlarini, tug`ri yulga quyish, sug`orish normalari, suv berish vaqtini, tug`ri amalga oshirish va o`simlik talab etadigan suvni uz vaqtida amalga oshirish kerak. Malumki, tuproq tarkibida oziq moddalar xam, tuproqda suv yetarli miqdarda bulgandagina o`zlashtiriladi.
Tuproq unumdorligi uchun suv eng muhum omillardan biri hisoblanadi, chunki tuproq tarkibida sodir buladigan barcha jarayonlar, jumladan, tuproq tarkibidagi chirindilar agrobakteriyalar tamonidan parchalanib o`simlik o`zlashtira oladigan xolga utadi. Tuproq suv rejimini to`g`ri yulga quyish va uni chuqur o`rganish, birinchi navbatda o`simliklardan, mul va sifatli xosil olishda, shuningdek, g`uza va boshqa oziq ovqat mahsulotlari yetishtirilayotgan tuproqlarni shurlanishini oldini oladi. Shurlangan tuproqqa ekilgan o`simlik o`sishi qiyinlashadi va fotasentiz sustlashadi, fotasentiz sustlashganda organik moddalarning xosil bulishi keskin kamayadi. Tuproq shurlanishi xozirgi davrimizda eng muxim muammalardan biri hisoblanadi, uni oldini olish esa, suv rejimlarini to`g`ri yulga quyilsa maqsadga muofiq buladi.
Bizning dehqonchilik rayonlarimizda, atmasferadan tushayotgan yog`in miqdori,, bug`lanayotgan suvdan kam buladi. Bu rayonlarda yog`ingarchilik vaqtida tushayotgan suv tuproqning malum, kavaklar, bushliqlar, kapelyarlar, orasida tuplanadi yog`ingarchilik tugagandan sung bu suvlarning malum qismini o`simlik uzlashtiradi qolgan qismi yana atmasferaga kutarilib bo`g`lanib ketadi o`simlik vaqtincha nam bilan tuyinadi malum vaqtdan suvga bulgan talabini, sizob suvlarining, tuproqdagi malum kuchlar tasirida kutarilishi natejasida xosil bulayotgan tuproq namligidan oladi. O`simlik, sizob suvlaridan foydalanishi bir tamondan ijobiy, bir tamondan salbiy oqibatlarga olib keladi. Yani tuproq shuri yuvilib sizob suviga yetkazilgan tuzlar ham suvga qushilgan xolda kutariladi. Suv o`simliklar tamonidan o`zlashtiriladi, qolgan qismi tuproq yuzasidan bo`g`lanib ketadi, tuz esa tuproq yo`zasiga qolib, natejada tuproq shurlanadi. Tuproqdagi suvlarni tug`ri yulga quyish va uni puxta urganish mul va sifatli oziq ovqat, mahsulatlari, hamda sanoat xomashyolarini yetarli miqdorda va sifatli xolda yetgazishga imkon beradi.

Download 43,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish