4. Individuallik tushunchasi. Individuallik – «Individ» atamasidan yasalgan bo‘lib, insonning noyob xususiyatlarini ifodalaydigan tushuncha.
Insonni turli darajada: yakka tarzda va tarixiy rivojlanishining aniq-tarixiy o‘ziga xosligini aks ettirishda «individ» tushunchasi bilan bir qatorda «shaxs» tushunchasi ham qo‘llaniladi. «Shaxs» bir qator gumanitar fanlarning falsafa, ruxshunoslik, pedagogika va sotsiologiyani o‘rganish ob’yekti hisoblanadi.
5. «Shaxs» – odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishining mahsuli hisoblanadi.
Falsafa shaxsni faoliyat sub’yekti, ong va ijodiyot sifatida tutgan o‘rni, nuqtai-nazaridan qarab chiqadi. Ruxshunoslik - shaxsni ruxiy jarayonlar, xususiyat, qobiliyat, iroda sifatlari va boshqa jihatlardan barqaror yaxlit holda o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |