Kirish ibob ijtimoiy psixologiyada treningga qo'yiladigan talablar


O’yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar



Download 338 Kb.
bet11/15
Sana29.01.2023
Hajmi338 Kb.
#905052
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Treninglar o\'tkazish va ijtimoiy psixologiyaning trening vazifasi

O’yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar – “Ayiqlarga nima kerak?”, Jajji oyoqchalarimiz”, “Zumrad uchun ko‘ylaklar”.
Stol ustiga qo‘yib o‘ynaladigan o‘yinlar- “Nima qayerda yuradi?”, “Men aytgan narsani ko‘rsat”, “Kimning qolida nima
bor?”
Og‘zaki usuldagi ta’limiy o‘yinlar- “Qo‘g‘irchoq Lolaxonni cho‘miltiramiz”, ‘Qo‘g‘irchoq Lolaxon mehmonga keldi”, “Ajoyib xaltacha”, “Shaklini top”, “Rangini top” kabi o‘yinlar kiradi.
Eshitish va ko‘rish a’zolarini faollashtirish uchun “Xilini top”, “Qaysi daraxtning mevasi?”, “Nimaning pati”, “Mevasini top”, “Onasini top”, “Mevalar va burglar”, “Domino”, “Yovvoyi va uy hayvonlari”, “Ishlash uchun nima zarur?”, “Bu uychada qanday hayvon yashaydi?”, “Bu kim yoki nima?” singari o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu o‘yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari, kiyim- kechak va boshqalar kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko‘rish va eshitish, esda saqlab qolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o‘ynaladigan “Ayting biz topamiz”, “Topgan topag‘on”, “Oshqovoq pishdi”, “Loy o‘yini”, “Bog‘bonlar” o‘yinlari orqali mehnatga muhabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Bolalar qalbida musiqaga bolgan muhabbat hissini oshirishda musiqiy- ta’limiy o‘yinlarning roli beqiyosdir. Tarbiyachi bolalarga turli xil musiqa asboblarini ko‘rsatib, chalib berish orqali, cholg‘u asboblarining ovozi va tuzilishi va turlari bilan tanishtirib boradi. “Ovozidan top”, “Nimada chalyapman”, “Qo‘ng‘iroq qanday jaranglayapti” kabi o‘yinlar orqali tarbiyachi bolalarga ovoz va cholg‘u asboblarining tovush xususiyatlarini farqlashga o‘rgatadi. “Tapur-tupur qayrag‘och”, “Tomga tosh otdim”, “O’ynab ber”, “Sanamalar”, “Mushtum va kaftchalar”, “Yomg‘ir” kabi milliy o‘yinlar orqali bolalarni musiqa ritmiga mos harakat, o‘yinli ashulani ijro etish, qarsaklar va mimik harakatlarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgatib boriladi.
O’yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda tabiiylik sifati bo’lib, bu narsa, ayniqsa, bolalar o’yinida yaqqol seziladi, zero, ular unda o’zidagi ko’plab tabiiy ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak ma’lum taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o’ynaydilar, undan charchamaydilar va bunda hech qachon ular o’z sherigiga ma’naviy ziyon etkazmaydi. Bu narsalar o’yinning shunday qirrasi bilan bog’liqki, unda xayol, xissiyot jarayonlari yaqqol tafakkurdan ustun keladi. Ijtimoiy psixologik ahamiyatga ega bo’lgan kattalar o’yini esa asosan ikkita vazifani bajaradi:

  • ma’lum ijtimoiy bilimlarni egallash;

  • zarur ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish. Lekin bunday o’yinlarning tabiiy bolalar o’yinidan farqli jihatlari ham bor:

  1. bolalar o’yinlarida ijtimoiy rol o’zlashtirilsa, kattalarnikida bu rol yanada mustahkamlanadi, takomillashadi; masalan, bolalarning “mehmon-mehmon” o’yinlarida mehmon va mezbon harakatlariga xos bo’lgan asosiy qirralar o’zlashtirilib, taqlid asosida ko’nikmalar hosil qilinsa, kattalar shunga o’xshash “o’yinlarda” muomalaning eng mukammal va chiroyli jixatlarini mustahkamlab, davr madaniyatiga xos xulq-atvor shakllariga o’rganadilar;

  2. bolalar o’yinlaridagi rollar hayotiy vaziyatlarni umumlashtirgan holda, umumiy tasavvurlar vositasida qaytarilsa, kattalarda bu narsa aniq

vaziyatlar va yaqqol rollar vositasida amalga oshiriladi;
v) bolalar o’yinlari ma’lum ma’noda stixiyali jarayon bo’lsa, kattalar o’yinida xayotiy qoidalar, normalar, me’yorlar ataylab tashkil qilinadi va unga maxsus nazoratchilar - murabbiylar rahbarlik qiladilar;
g) bolalar tabiiy ravishda o’zlari kirishayotgan rolni xissiy boshdan kechirib, o’yinga kirishsalar, kattalar ko’proq u yoki bu rolga o’zini identifikatsiya qilib, sun’iy ravishda kiradi;
d) kattalar o’yinining sifati va samaradorligi o’ynovchining hayotiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog’liq bo’ladi, bu o’rinda onglilik tashabbuskorlik va eruditsiya, yaqqol omillarni umumlashtirish kabi sifatlar muhim rol o’ynaydi. Ijtimoiy psixologik bilimdonlikni oshirishga xizmat qiluvchi o’yinlar asosan ikki turga bo’linadi: operatsional o’yinlar va roll i o’yinlar.
Operatsional o’yinlar o’z mohiyati jihatidan, ya’ni ushbu faoliyat motivi, unda aqliy operatsiyalarning ishtiroki va hissiy ko’rinishi jihatdan muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga o’xshaydi. Lekin ayni tizimga tushirilmagan, spontan munozaradan farqli, unda o’yinning umumiy ssenariysi bo’lib, oqibatda qabul qilinadigan qarorlar ijtimoiy normalarga mone kelishi, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri”ligi algoritmik belgilab qo’yiladi. Shuning uchun ham bunday o’yinlarda hayot sinovlaridan o’tkazilgan, ijtimoiy tajribaga asoslangan vaziyatlar ishlatiladi. Masalan, hozirda keng tarqalgan ishbilarmonlik o’yinlar yoki boshqaruv o’yinlari shular jumlasiga kiradi. Agarda, boshliqning xodimni qabul qilishi vaziyati o’ynalayotgan bo’lsa, unda boshqaruv tajribasida ilgari yuz bergan bir nechta alternativ xulq shakllari oldindan kelishilgan holda o’ynaladi va shular asosida o’yinga baho beriladi. Chunki amaliy o’yinlarda shaxslararo bevosita munosabatlar nisbatan cheklangan bo’lib, ularda rasmiyatchilik elementlari ko’p bo’ladi.

Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish