Yerni ekishga tayyorlash. Bu bir qator kompleks agrotexnika tadbirlaridan iborat bo’lib, u kuz yoki kishda yer tekislash, mahalliy va mineral o’g’itlar solish, kuzgi shudgorlash, lozim bo’lgan joylarda yaxob suvi berish, sho’r yuvish, yerlarni kuzgi yoki kuklamgi ekish oldidan tekislash, chizellash, boronalash va boshqa ishlarni o’z ichiga oladi. Yerni ekishga tayyorlash borasida kompleks tabdirlar xar qaysi xo’jalik uchun ishlab chiqilgan alohida reja bo’yicha navbati bilan amalga
oshiriladi. Chunki o’simlik uchun zarur bo’lgan asosiy sharoit turli tumanlarning tuproq iqlim sharoitida turlicha bo’ladi.
T uproqni ishlash sistemasi to’g’ri tashkillashtirilsa, haydalma qatlamida nam to’plash va uni saqlab qolish, begona o’tlarning urug’lari va ildizlarini, turli xil kasalliklarni chaqiruvchi zamburug’, virus va bakteriyalarga hamda tuproqda qishlovchi hashoratlarni yo’qotishga erishiladi. Kuzda xaydash oldidan gektariga 8-10 tonna go’ng, fosforli o’g’itlar yillik normasini 67-70% beriladi. Kuzda haydalgan yerlar bahorda obi-tobiga kelishi bilan tekislanadi. Ustki qatlami yumshatiladi va nam saqlash maqsadida bir yo’la 1-2 qator borona bosiladi.
Agar yer qishki yog’in sochindan keyin zichlashib qolgan bo’lsa, 10-12sm
chuqurlikda kultivatsiya qilinadi va izma-iz borona bosiladi. Agar ko’klam juda quruq kelsa, yerni ekish oldidan boronalash va bir marta kultivatsiya qilib, so’ng mola bostirish xam mumkin.
Ekish muddati. Soyadan yuqori xosil olishda muxim agrotexnik tadbirlardan biri ekishning qulay muddatlarini bilib olishdir. Ekish muddati o’simlikning biologic xususiyatlari, nav belgilari va mazkur tumanning tabiiy-iqlim sharoitlarini xisobga olgan xolda belgilanadi.
Bir necha yillar davomida o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki soyani eng qulay ekish vaqti tuproqning 5-10 sm yuza qatlami 14-16 0C xaroratda qizigan vaqti xisoblanadi. Bu respublikamizni aksariyat viloyatlarida aprel oyining birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Tuproqning bunday qulay xarorati Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida mart oyining oxiri aprelning boshlarida bo’ladi.
Respublikamiz sharoitida soyaning bir yilda ikki marta ekib don olish mumkin. Tajribalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, angizga takroriy ekilgan o’simliklarning xosildorligi baxorda ekilganiga qaraganda bir necha sentner past bo’ladi. Lekin bunda bir daladan ikki marta don yigishtirib olish mumkin. Masalan: sug’oriladigan yerga dastlab kuzda bugdoy ekib 40-45 sentner va yozda soya ekib, 15-20 sentner don olinadi. Xulosa qilib aytganda, soya erta baxorda ekilganda qulay ekish muddati 1-15 aprel, takroriy ekin sifatida ekilganda esa 15-20 iyun xisoblanadi. Bu davrda soya urug’larining rivojlanishi uchun kerak bo’lgan issiqlik, namlik, yorug’lik rejimlari eng qulay bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |