XULOSA VA TAVSIYALAR
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishdir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv –tajriba jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” umumiy o‘rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi.
Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va egallagan bilimlarini o‘quv–tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borishlari lozim.
“Zoologiya fanini o’qitishda interfaol uslublardan foydalanish” mavzusida tanlangan Kurs ish yuzasidan olib borilgan ishlar natijalarini tahlil etib, quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Kurs ish mavzusiga doir tegishli ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar tahlil qilindi.
2. Adabiyotlar tahlili natijasiga ko’ra Kurs ishning maqsadi va vazifalari aniqlab olindi.
3. Adabiyotlarda tanlangan mavzuga doir ishlar juda kam olib borilganligi aniqlandi.
4. Zoologiya ta’limining ayrim mavzulari yuzasidan zamonaviy didaktik o’yin texnologiyalarining interfaol usullari yordamida dars jarayoni loyihasi ishlab chiqildi.
5. Pedagogik amaliyot davomida ishlab chiqilgan dars ishlanmalari sinovdan o’tkazildi.
6. Olib borilgan ishlar o’quvchilarning biologik bilim va ko’nikmalarni samaraliroq o’zlashtirishlariga interfaol texnologiyalar ta’sir etishi mumkunligi ko’rib chiqildi.
Hozirda Zoologiya ta’limining barcha bosqichlarida interfaol uslublardan unumli foydalanib dars o’tish o’quvchilarning Zoologiya fanidan puxta, keng bilim va ko’nikmalar olishlarida muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini faollashtirishda bugungi zamonaviy ta’lim uslubiyotida bir qator texnologiyalardan foydalanish samarali hisoblanadi. Ushbu texnologiyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Hamkorlikda ishlash texnologiyasi
- Didaktik o`yinlar texnologiyasi
- Modulli ta`lim texnologiyasi
“Zoologiya fanini o’qitishda interfaol uslublardan foydalanish” mavzusida tanlangan Kurs ish yuzasidan olib borilgan kuzatishlarni tahlil qilish orqali, darslarda interfaol uslublardan foydalanish tufayli quyidagi natijalar :
1. O‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga jalb etilishi;
2. O‘quvchilarning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
3. O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi;
4. Pedagog va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishi;
5. O‘quv materiallarini mustaqil mutoalaa qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirilishi;
6. O‘quvchini o‘z fikrini bayon qila olish, himoyalash, isbotlay olishga odatlantirilishi kabilar kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |