Kirish. I. Bob yaponiya haqida umumiy ma’lumot



Download 447,05 Kb.
bet5/13
Sana03.07.2022
Hajmi447,05 Kb.
#734645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
XURSHIDJON

Tuproqlari. Shimolida o'tloqi-botqoq, janubda qo'ng'ir, o'rmon subtropik va tropiklarda sariq va qizil, tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan.
O'simliklari. Yaponiya hududining 2/3 qismi o'rmon va butazorlardan iborat: o'rmonlarning 1/3 qismi ekib o'stirish orqali yaratilgan. YOg'och zahirasi 1,9 mlrd metr (1974). Yaponiyada jami 700 tur daraxt, buta hamda 3000 tur o'simligi o'sadi. Yaponiya florasida endemik turlar ko'p. O'rmonlar asosan igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.
Hayvonot dunyosi. Yaponiyada sut emizuvchilarning 270, qushlarning taxminan 800, sudralib yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirg'oqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning 600 dan ziyod, molyuskalarning 1000 dan ortiq turi yashaydi. Faunasida endemik va relikt turlari ko'p.
Yaponiyada 10 mln. gektar yerda (mamlakat hududining 1/4 qismi) tabiat qo'riqlanadi. Shuning yarmini 23 ta milliy bog' va davlatga qarashli qo'riqxonalar tashkil etgan (1977 y.). 1970 yildan dengiz suv osti milliy bog'lari (1976 yilda 40 ta) mavjud bo'lgan. Yaponiya quyidagi tabiiy rayonlarga bo'lingan: Shimoliy, Shimoliy-sharqiy, Markaziy, Janubiy-g'arbiy.
Aholisi va uning joylashishi
Yaponiya - bir millatli mamlakat. Aholisining 90%dan ortig'i yaponlardir.
Yaqin vaqtgacha Yaponiya uchun tug'ilishning ko'pligi va aholi tabiiy o'sishining kattaligi xos edi. Endilikda tug'ilish keskin kamaydi va Yaponiya aholisining ko'payish tipi jihatidan boshqa rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashdi. Bunga urbanizasiya sur'atining tezlashuvi va davlatning tug'ilishni nazorat qilish siyosati sabab bo'ldi.
Yaponiya - aholi zich joylashgan mamlakat. Aholisining O'rtacha zichligi 1 km ga 300 nafardan ortadi.
Urbanizasiyaning yuqori darajadaligi faqat shaharliklar soni ko'pligida emas, balki ularning asosiy qismini keng shahar aglomerasiyalarida to'planganligida ham aks etadi. Tokiodan Osaka shahrigacha bo'lgan shaharlar mintaqasi xuddi AQSHdagi ATLANTIKA bo'yi megalapolisiga o'xshagan yapon megalapolisiga aylangan. Aholi joylashishining shahar tipi shahar ta'rifini o'zgartirishga sabab bo'ldi: Yaponiyada yaqin vaqtlargacha aholisi 30 ming kishidan kam bo'lmagan aholi punktlari shaharlar qatoriga kiritilar edi, endilikda esa aholisi 50 ming kishidan ortiq bo'lgan aholi zich yashaydigan hamda odamlarning ko'pchiligi shaharlarga xos mehnatda band bo'lgan aholi rayonlari shaharlar deb ataladigan bo'ldi. Yaponiyaning chekka tog'li rayonlarida kichik-kichik tarqoq shaharlar ko'pchilikni tashkil etadi. Qishloq aholisi ko'pincha kichik posyolkalarda yashaydi. Aholining ixtisoslashish tarkibi keyingi vaqtlarda juda o'zgardi. Ikkinchi jahon urushi arafasida iqtisodiy faol aholining asosiy qismi qishloq xo'jaligi va baliq ovlash bilan band bo'lgan, endilikda esa sanoatda qishloq xo'jaligi bilan baliq ovlashdagiga qaraganda ikki barobar ko'p kishi ishlamoqda. Moddiy boylik ishlab chiqarmaydigan sohalarda ishlovchi xodimlar, xizmatchilar, ilmiy xodimlar, mehmonxona xizmatchilari va boshqalarning soni tez ko'payib bormoqda.
Aholining sinfiy tarkibida mayda va o'rta burjuaziyaning salmog'i AQSH dagiga qaraganda bir oz katta, ishchi va xizmatchilarning salmog'i esa kichikroqdir. Biroq, Yaponiya xo'jaligida monopolistik burjuaziyaning roli AQSH dagidan kam emas.
Xokkaydo orolida mamlakatning eng qadimgi aholisi - aynlar (20 ming nafar chamasida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys (700 ming nafardan ziyod) va xitoylar ham bor. Rasmiy til - yapon tili. Asosiy dinlari - sintoizm (1945 yilgacha davlat dini bo'lgan) va buddizm.
Yaponiya aholisining soni jihatidan dunyoda 6-o'rinda turadi. Jami iqtisodiy faol ish bilan band aholi (52,2 mln. nafar) ning 27 foizi sanoatda, 22 foizi savdoda, 12,6 foizi qishloq xo'jaligida ishlaydi (1975y.). Aholisining o'rta zichligi 1 km.ga 298 nafar. (1975y.) to'g'ri keladi. Jami aholisining 75%i shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Tokio, Iokohama, Osaka, Nagoya.


Download 447,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish