2.2 Prognozlashtirishni mukammalashtirishning muhim yo'nalishlari.
Quyidagi ekonometrik modellarni ajratib olish mumkin: omilli, tarkibli va kombinatsion. Bitta model turi turli iqtisodiy obъektlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin. Agregirlashgan darajasiga qarab iqtisodiyotni rivojlanishining ko'rsatkichlarini makroiqtisodiy, tarmoqlararo, hududlararo, tarmoqli,hududiy modellarga bo'linadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish jihatlari bo'yicha asosiy fondlarni, mehnat resurslarnitakror ishlab chiqarish, moliya tizimi va narx shakllantirish hamda boshqa modellarajralib turadi.
Ekonometrik modellarning o'zgaruvchan ko'rsatkichlari ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) modellarga bo'linadi. Masalan modeldagi ekzogen omillar korxona uchun etkazib berishlarning jo'shqinligini, endogen omillar esa korxonada mehnat resurslarning mavjudligini ko'rsatib berishi mumkin.
Omilli modellar o'zgaruvchi ko'rsatkichlarning turli miqdorini va ularga mos ravishda o'lchamlarini o'z tarkibiga olishi mumkin. Omilli modelning sodda turi bir omilli model hisoblanadi. Unda omil sifatida biron bir vaqt ko'rsatkichi xizmat qiladi. Bu holatda u yoki bu ko'rsatkichni tahlil va prognoz qilish vaqtning xronologik qatoriga nisbatan bog'liqlikda amalga oshiriladi va shu yo'l bilan trendlar (u yoki bu dinamik qatori o'zgarishining umumiy tendentsiyani tavsiflovchi bog'liqlik) aniqlanadi.
Tarkibiy modellar bir butun yoki agregatni shakllantiruvchi alohida unsurlar o'rtasidagi nisbatlarni, aloqalarni izohlab beradi. Ushbu modellar tarkibiy-balans turdagi modellar sirasiga kiradi, yaъni unda u yoki bu agregatni tarkibiy qismlarga bo'lish bilan bir vaqtda ushbu unsurlarning o'zaro aloqalari ko'rib chiqiladi. Bunday modellar matritsali shaklga ega va tarmoqlararo hamda hududlararo aloqalarni tahlil qilish va prognozlash uchun qo'llaniladi. Ular yordamida oqimlarning, o'zaro aloqalari masalan mahsulotni sohalararo etkazib berish izohlanadi. Tarkibiy-balans modelining eng keng tarqalgan shakli ishlab chiqarishning tarmoqlararo balansi va mahsulotlarni taqsimlash hisoblanadi.
Makroiqtisodiy modellar. 2.2.2-rasm Tarmoqlararo modellar majmuasi yiriklashgan dinamik va kengaytirilgan tabiiy-qiymatli modellarni o'zi ichiga oladi. Tizimning hamjihatligi milliy daromad, uni taqsimlash tuzilmasi hamda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining sarmoya qo'yilmalarga bo'lgan ehtiyojlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlar va boshqalar kabi yiriklashgan dinamik modelining asosiy ko'rsatkichlarning tabiiy-qiymatli tarmoqlararo balansini tuzish uchun qo'llanilishi bilan taъminlanadi.
Zamonaviy dinamik tarmoqlararo modellar iqtisodiy rivojlanishning surъatlari va nisbatlarini aniqlovchi uchta asosiy omillar guruhi bo'yicha iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini bashoratlashga imkon beradi. Xususan ular quyidagilar: rejali davr boshiga yig'ilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarnimiqyosi va tarkibi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy salohiyatning boshlang'ich darajasi; mehnat resurslaridan unumli foydalanish ko'rsatkichlar o'zgarishining istibolli tendentsiyalar; jamiyatning yakuniy ehtiyojlarining istiqbolli tarkibi.
Iqtisodiy-matematik modeli masalan quyidagicha ifodalanilishi mumkin . Bu model misol tariqasida u yoki bu buyumni tayyorlash uchun talab qilinadigan materiallarga bo'lgan prognoz talablarini aniqlashda qo'llanilishi mumkin. Bu holatda X – buyumlar soni, a– bitta buyum uchun material sarflanish meъyori, Z–materiallarga bo'lgan umumiy ehtiyoji.
Iqtisodiy-matematik modeli, agar bir nechta tur buyumlarni tayyorlash uchun materiallarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash kerak bo'lsa, murakkab ko'rinishga ega bo'ladi: yoki , bu erda n = 1, 2, 3,...n. Ushbu model` materiallarga bo'lgan ehtiyojning ikki guruh omillarga bog'liq ekanligini ko'rsatib turibdi: tayyorlanayotgan buyumlar soni va buyum uchun materiallar sarflanish meъyori. Bunday model` deskriptiv (lotincha “desckribo”)deb ataladi.
Bir mahsulotli model nafaqat bir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalarda, balki bir qator holatlarda agar ishlab chiqariladigan mahsulotlar isteъmol qilinishda bir-birini o'rnini bosadigan bo'lsa yoki ularni mutlaq ko'rsatkichlar qo'llanilishi mumkin. Ko'p mahsulotli modellarda butun tarmoq ishlab chiqarayotgan mahsulotga va xomashyo yoki boshqa qandaydir resurslarni isteъmol qilishga bo'lgan talab bo'yicha ikkita yoki undan ham ko'p chegaralar ko'rib chiqiladi. Ushbu modellarda turli mahsulotlarni isteъmolida o'rnini bosadigan xususiyatini hisobga olgan holda turdosh mahsulotga keltirish imkoniyatidan unumli foydalanilishi mumkin.
Tarmoqlararo balans modellari iqtisodiyotni va uning tarmoqlarini prognozlash aloqalarini taъminlash, ularni miqdoriy bog'liqligini taъminlash, iqtisodiy tahlil qilish va shular asosida prognozlashtirish hamda rejalashtirish uchun asosiy vositalardan bo'lib hisoblanadi.
Tarmoqlararo balans ishlab chiqarishni va barcha tarmoqlar hamda mahsulotlarning aniq belgilangan turlarini prognozlashda, rejalashtirishda investitsiyalarni, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qilish mehnat miqdorini rejalashtirishda, ishlab chiqarishni hududlar bo'yicha tashkil qilishda keng qo'llanilmoqda.
Tarmoqlararo balanslar modelining amalda keng qo'llanilishi makroiqtisodiy tahlil yanada ilmiy asosli o'tkazilishi, prognozlarni ilmiyligini va real rejalashtirishni taъminlaydi.
Tarmoqlararo balans kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishning o'zaro aloqalar tizimi va proportsiyalarini o'rganishda, tahlil qilishda, prognozlashda eng ixcham, amalda keng qo'llash mumkin bo'lgan vositalardan, mexanizmlardan biri hisoblanadi. Ushbu balans yordamida makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan hisoblangan yalpi ichki mahsulot pirovard yaъni yakuniy mahsulot va milliy daromad tuzilishini, mahsulotlarni takror ishlab chiqarish fondlari o'rtasida taqsimlanish strukturasini va ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlarini tuzilishini har tomonlama tahlil qilish va tegishli xulosalar asosda samarali boshqaruv echimini qabul qilish mumkin.
Tarmoqlararo balansning oddiy ko'rinishi statistik model asosida ifodalanib, maъlum davrdagi resurslar va ehtiyojlarning miqdoriy jihatdan o'zaro moslashishini taъminlaydi, ishlab chiqarish resurslarining cheklanganlik shartlari, ishlab chiqarish bilan mahsulotlardan foydalanishning balans munosabatlari, zarur texnik texnologik shartlar va boshqalarni bajarilgan holda prognozlash va uning asosida rejaning mumkin bo'lgan variantlarini topishga imkon yaratadi.
+Tarmoqlararo balansning statik modeli bir yillik davr uchun tuziladi, bir yillik holatdan tashqaridagi o'zgarishlar inobatga olinmaydi. Amalda esa ishlab chiqarish doim rivojlanib, kengayib boradi. Ushbu holat statik tarmoqlararo balansda o'z aksini topmaydi. Bu kamchilikni yo'qotishning obъektiv yo'li doimiy harakatdagi o'zgarishlarni inobatga oluvchi, kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni ifodalovchi dinamik tarmoqlararo balans tuzishdir.
Prognozlash bu kelajakni, harakatdagi hatosini baholash, shuning uchun makroiqtisodiy jarayonlarni, tarmoqlarni o'zaro aloqadagi holatlarini prognozlashda ko'proq dinamik tarmoqlararo balans modellardan foydalanish maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Prognoz natijalarning sifatini oshirish uchun prognoz obъektning xususiyatlarini chuqur o'rganib, uning har bir elementini vaqt birligida o'zgarishini chuqur o'rganish, tadqiqot qilish zarur. Iqtisodiyotning makrodarajasi o'ta murakkab tizim hisoblanadi. Chunki barcha tarmoqlar bir biri bilan bevosita ajralmas holda bog'liqdir. Alohidabir tarmoqning rivojlanishini prognoz qilmoqchi bo'lsak, uning boshqa tarmoqlar bilan bog'liqlik darajasini inobatga olmaslik prognoz natijalarini talablarga o'liq javob bermaydi.
Prognoz asosida makrodarajada shakllantirilgan rejani amalda bajarilishini taъminlash, tarmoqlar o'rtasida disproportsiya bo'lmasligi, tarmoqlararo materiallar xarajatlari qanday bo'lishi kerakligi, yakuniy, yalpi va materiallar xarajatlari o'rtasidagi miqdoriy bog'liqlikni aniqlash faqat tarmoqlararo balans modellari asosida amalga oshirilishi mumkin.
11.7. Mahsulot xom ashyo nomenklaturasiga asoslangan modellar.
Ishlab chiqarish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin. (shartli bir yillik holat)
nj
ni
m2
m 3