Kirish I bob prognozlashtirish jarayoning nazariy asoslari



Download 372,99 Kb.
bet7/8
Sana15.07.2022
Hajmi372,99 Kb.
#802635
1   2   3   4   5   6   7   8
XULOSA VA TAKLIFLAR
Iqtisodiyotni modernizasilash sharoitida davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni takomillashtirish va ularni prognozlashtirish jarayonibo’yicha quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:
1) Bugungi kunda dasturlarni moliyaviy ta’minlash va davlat mablag’lari foydalanilishi ustidan nazorat o’rnatish ishida g’aznachiliksiz mufaqqiyatga erishib bo’lmaydi. G’aznachilikni joriy etish davlat mablag’larini boshqarish tizimining samadorligini oshirishga ko’maklashadi. G’aznachilik tizimida qilinayotgan xarajatlarni eng yuqori darajadagi «tiniqligi»ga erishiladi.
2) G’aznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri byudjet mablag’larini maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi. O’zbekistonda yaratilayotgan markazlashtirilgan g’aznachilik tizimi g’aznachilikning yagona hisobraqamida naqd pullarni markazlashtirishni, shuningdek, byudjet ijrosining nazoratini va hisob-kitobini ko’zda tutadi.
3) Respublikamizda bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashdagi jarayonlar, jumladan, byudjet ijrosining bajarilishini qat’iy ta’minlashda, byudjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda va byudjet mablag’laridan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish lozim.
4) Kelgusida davlat byudjeti xarajatlarini boshqarishda mablag’larnimaqsadli taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish, davlat moliya-byudjet, shtat-smeta intizomiga rioya qilish kuchaytirilishi kerak. Belgilangan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda g’aznachilik tizimidagi moliyaviy nazorat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin deb umid qilamiz. Ko’zlangan maqsad respublikamizning kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ravnaqi, ulkan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlash, sarflanayotgan har bir so’m byudjet mablag’i respublikaning kelajak ravnaqi va istiqboli uchun o’z natija va samarasini berishi kerak.
5) Byudjet mablag’larini sarflashda yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xodimlarining ular oldiga qo’yilgan asosiy vazifa-byudjet intizomiga rioya etishni ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi ijrosi chuqur tahlil qilinishi, talab darajasida nazorat o’rnatilishi, byudjet tashkilotlarida mablag’larni maqsadli sarflash to’g’risida keng doiradagi tushuntirish ishlari etarli darajada olib borilishi lozim.
Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish rejasini va byudjet majburiyatlari limitini byudjet mablag’larini taqsimlovchilariga va byudjet mablag’i oluvchilariga davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy, vazifa jihatidan, tashkiliy tasniflari ko’rsatkichlari ko’rsatilgan holda, etkazishni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ushbu kurs ishning xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan tahlil va tadqiq natijalariga asoslangan holda davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida chiqarilgan asosiy xulosalar va ishlab chiqilgan tavsiyalarni, qisqacha tarzda, aks ettirishga harakat qilamiz. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Hozirgi sharoitda byudjet intizomini mustahkamlashning zarurligi va ahamiyati mamlakatimizda bir tomondan, byudjet daromadlarini (mablag’larini) shakllantirish va ikkinchi tomondan esa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish masalalari bilan bog’liq. Bunda ularning maqsadliligi, samaraliligi, tartibliligi va qonuniyligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
2. Byudjet intizomini ta’minlashda byudjet mablag’larini belgilangan miqdorda shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasining mas’ul bo’lsa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish yuzasidan esa O’zbekiston Respublikasi Nazorat-taftish boshqarmasi va O’zbekiston Respublikasi G’aznachilik boshqarmasi ga katta mas’uliyat tushadi.
3. Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
4. Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmasin. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o’zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.
Chiqarilgan xulosalarga tayangan holda davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarni hal etish maqsadida quyidagi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Hozirgi kunda davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni takomillashtirish uchun, eng avvalo, byudjet mablag’laridan tejab-tergab, samarali va aniq foydalanish hamda byudjet intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish lozim.
2. Byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida byudjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun byudjetdan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtiradigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma-bosqich optimal darajada kamaytirish zarur.
3. Byudjet tashkilotlarini boqimandalik kayfiyatidagi xo’jasizliklarcha faoliyat yurituvchi sub’ektlardan mablag’ ishlab topuvchi tashkilotlar darajasiga etkazish, ijtimoiy-madaniy sohalarda faqat davlat mablag’larigagina asoslanib faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda pullik xizmatlar ko’rsatishni ham tashkil etishga o’tilishini ta’minlash kerak. Masalan, xalq ta’limi sohasiga qarashli maktablarda hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida pullik xizmatlarga o’tish ko’lamini kengaytirish, sog’liqni saqlash tizimiga qarashli muassasalarda bemorlarning pullik tarzda davolanib shifo topish tizimini bosqichma-bosqich kengaytirish va bundan tushgan mablag’larni shu sohaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va malakali xodimlari rag’batlantirishga sarflashni ko’zda tutish, shu asosida byudjet tomonidan beriladigan xarajatlarni qisqartirishga erishish zarur.
4. Kommunal xizmatlardan foydalanganligi uchun hozirgi kunda ko’pchilik byudjet tashkilotlari va muassasalarida o’lchagichlarning yo’qligi va ayrim joylardagi o’rnatilgan o’lchagich asboblarining nosozligi mahalliy byudjet mablag’larining iqtisod qilinishiga to’sqinlik qilib kelmoqda. Shuning uchun ham kommunal xizmat turlaridan (issiqlik suv, sovuq suv, gaz, elektr energiya) tejamkorlikka erishish maqsadida barcha byudjet tashkilotlariga o’rnatilgan o’lchov asboblarini sozlab, o’rnatilmagan joylarga esa zudlik bilan o’lchov asboblarini o’rnatilishini ta’minlash va shundan so’ng tashkilotlardagi moddiy javobgar shaxslarniig faoliyatini qattiq nazoratga olish maqsadga muvofiqdir.
5. Mahalliy byudjetdan mablag’ olib faoliyat yurituvchi tashkilot va muassasalar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini keng miqyosda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish lozim. Bo’shab qolgan muassasalar binolarini, asbob-uskunalarini kim-oshdi savdosi orqali sotilishini keng qo’llash va yalpi ko’lamining kengaytirilishini ta’minlash darkor. Chunki bugungi kundagi amalga oshirilayotgan ishlar bugungi va ertangi kun uchun etarli emas.
Yuqoridagi takliflarning amaliyotga tadbiq etilishi byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga imkon yaratadi, deb hisoblaymiz.

Download 372,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish