Mezolit davri qurollari
O’q-yoy quroli (kamon va paykonlar).
tayoq uchiga o’tkir uchli nayzalar o’rnatilganirg’ituvchi nayza qurollari.
O’q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zahiralar ko’payib borgan. O’q-yoy quroli odamning yolg’iz o’zi hayvonlarni ovlash, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi. Odamlar o’simliklarning ildizlarini iste’mol qilishdan boshoqlarni, mazali mevalarni, iste’mol qilishga o’tadilar. Ular asta sekin it, sigir, qo’y, echki kabi hayvonlarni qo’lga o’rgatish, boshoqli o’simliklar urug’ini erga ekib o’stirish orqali don olish malakalariga ham ega bo’lib boradilar. Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili odamlarda diniy e’tiqod shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko’rsatadi. Machay qabristonida jasad chalqanchasiga yotqizilgani, ustiga qizil rang sepilib, atrofiga tosh taqinchoqlar terib qo’yilgani aniqlangan. Ko’hitong tog’idagi Zarautsoy qoyasidan (hozirgi Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy san’atning vujudga kelganligini ko’rsatadi. Qoyada yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Bu manzarada yirik shoxli hayvonlar podasi orqasidan ovchilar o’z itlari bilan ketayotgani, ovchilar esa o’q-yoy bilan, poloxmon toshlar bilan qurollangani tasvirlangan. Boshqa bir qoyada ikki guruh ovchilar buqani o’rab olgani manzarasi tasvirlangan. Zarautsoy qoyalaridagi bu suratlar o’sha davr
rassomlarining fikr doirasini, diniy tasavvurlarni tasviriy san’atda qanchalik darajada aks ettirilganliklari haqida fikr yuritishga asos beradi.
Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o’zgarish - inqilob sodir bo’ldi. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari ixtiro etildi. Tosh qurollari orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh teshalar paydo bo’ldi. Neolit davri «toshboltalar asri» ham deyiladi. Hunarmandchilikning sopol buyumlar yasash tarmog’i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni «sopol asri» ham deyishadi. Neolit davrida odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga keladi va xo’jalikda asosiy o’rinni egallaydi. Urug’ jamoalari echki, qo’y va qoramollardan iborat qo’ra-qo’ra chorva mollariga, don-dun zahiralariga ega bo’ladilar. Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakllanib bo’ladi. Bu insoniyat erishgan katta yutuq bo’lib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay qutiladilar. Urug’ jamoalari ozuqa izlab ko’chib, daydib yurishdan o’troq hayot kechirishga o’tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar yasash odamlarning turmush tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi. Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar o’rniga jun va o’simlik tolasidan to’qilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo’ladilar. Hunarmandchilikda to’qimachilik, tikuvchilik tarmog’i ham paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |