Kurs ishi mavzusini o’rganishnig maqsad va vazifalari. O’zbekiston hududida ibtidoiy davr madaniyati xususan tosh davri yodgorliklari tadqiqoti va muammolarini tahlil etish va shu asosida tosh davri tarixi va jamolar moddiy madaniyatini tahlil etishdan iboratdur. Jumlada o’zbekiston hududida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar davomida to’plangan materiallar asosida nashr etilgan ilmiy ishlanmalarni , mavjud bo’lgan , to’plangan ilmiy tadqiqot natijalari bilan birgalikda umumlashtirish asosida hududimizda tosh davri tarixi va madaniyati masalalarini umumlashgan va yaxlit manzarasini yoritib berishdan iboratdur.
Kurs ishining obyekti va manbasi. O’zbekiston hududidagi tosh davri arxeologik yodgorliklari ishning obyekti , amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar natijasida to’plangan materiallar va yozma manba ma’lumotlari mavzuni yoritishning manbaviy asosi bo’lib hizmat qiladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. Ushbu kurs ishi dunyodagi tosh davri yodgorliklariga boy hududlardan biri bo’lgan o’rta osiyo hududidagi arxeologik yodgorliklarni umumlashtirish va o’rganishga bag’ishlangan. Bugungi kungacha hududda o’rganilgan tosh davr yodgorliklaridan o’rganilgan arxeologik materiallarni ma’lum bir tartibga solib taxliliy tadqiq qilish va ular yechimida jahondagi ilg’or uslublar , nazariya va yangicha yondashuvlarni qo’llash lozim.
Mavzuning dolzarbligi .Ilk paleolit davrida insoniyat tarixida tabiat katta ahamiyatga ega bo’lgan. Inson va uni o’rab turgan tabiat o’rtasidagi doimiy munosabatlar uzluksiz jarayon shaklini olgan.
Ilk paleolitda biologik jihatdan – tabiiy saralanish va jinsiy tanlanish, mehnat jarayonida arxantroplar (dastlabki odamlar) o’tmishdoshlaridan juda uzoqlashib ketadilar. Mehnat qurollarini yasash, qo’lning mehnat faoliyati uchun bo’shashi, uni alohida vazifalar bajarishi, go’shtli ovqatning iste’mol qilinishi va boshqa ijtimoiy va tabiiy omillar tufayli odamzod rivojlanib borgan.
Ilk paleolitning dastlabki davrida Janubiy va O’rta Yevropada iqlim subtropik, Janubiy Osiyo va Afrikada esa tropik bo’lib, issiqsevar hayvonlar keng tarqalgan. Masalan, Yevropada fillar, begemotlar, primitiv (Stenon otlar) otlar; Osiyoda esa ibtidoiy xo’kizlar, karkidonlar, zebra paydo bo’lgan. O’simliklar esa hamisha yashil rangda bo’lgan. Janubiy va Markaziy Yevropa hududlarida shamshod, dafna, anjir; Yevropaning boshqa hududlarida esa qalin, keng bargli daraxtlardan tashkil topgan o’rmonlar tarqalgan. Osiyo va Afrika hududlarida ham issiqsevar o’simliklar keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |