Kirish I bоb. O’rta Osiyo tosh davri arxeologiyasi


Neolit davri mehnat qurollari



Download 53,11 Kb.
bet8/10
Sana09.06.2023
Hajmi53,11 Kb.
#950148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kirish I bоb. O’rta Osiyo tosh davri arxeologiyasi

Neolit davri mehnat qurollari

  • Tosh bolta, pona, iskana

  • Motiga (ketmon-tesha). Motiga dehqonchiligi

  • Chaqmoq toshga tig’ o’rnatilgan suyak o’roq

  • Toshdan yasalgan don yorg’uchoq

  • Loydan qo’lda yasalgan va pishirilgan sopol idishlar

  • Zig’ir tolasi va jundan ip yigiruv urchuqlari, mato to’quv dastgohlari yasaldi. Kiyimlar tikilgan.

  • Yog’och g’o’lalarni bir-biriga bog’lab yasalgan suvda suzuvchi sol, qayiqlar.

Mamlakatimiz hududidan neolit davriga doir ko’plab arxeologik yodgorliklar, odamlar yashagan manzilgohlar topilgan. Amudaryoning qadimgi Okchadaryo deltasi yonidagi Kaltaminor kanali yaqinidan neolit davriga doir odamlar manzilgohi, Amudaryoning Yuqori Uzboy irmog’i va Orol dengizining shimoliy-sharqiy bo’ylaridan yana ko’plab makonlar topib o’rganildi. Bularning hammasiga Kaltaminor madaniyati degan nom beriladi. Kaltaminorliklar hayoti, xo’jalik mashg’ulotlari va turmush tarzini o’rganish, uning miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklarga doir arxeologik madaniyat ekanligini ko’rsatdi. Kaltaminor madaniyatining eng muhim manzilgohlaridan biri Jonbos-4 hisoblanadi. Jonbos-4 da o’tkazilgan qazish ishlari natijasida maydoni 300 kv.m. qeladigan g’oyat katta turar joy-yarim erto’la shaklidagi kulba ochildi. Tadqiqotlar kulbaning xodalar va qamishdan qurilgani, keyinchalik yonib ketganligini, odamlar foydalangan barcha uy-ro’zg’or buyumlari, mehnat qurollari yiqilgan kulba ostida qolib ketganligini ko’rsatdi. Kulba tomini ko’tarib turgan birnecha ustunlar borligi aniqlandi. Bu manzilgohda 100-120 ga yaqin kishi istiqomat qilishgan. Uning o’rtasidan katta o’choq, atrofida yana 20 dan ortiq mayda o’choqlar, ko’mirga aylangan yog’ochlar va qamishlar topildi. Har bir o’choq atrofidan baliq, yovvoyi cho’chqa, bug’u, qirg’ovul, suv qushlarining suyaklari, o’rdak va g’oz tuxumining po’choqlari, yovvoyi jiyda danaklari topildi. Katta o’choq o’t og’asi ixtiyoridagi otashkada /altar/ bo’lib, Kaltaminor urug’ jamoasi katta o’choqdagi o’tga topinishgan, bu odamlarning diniy e’tiqodini ko’rsatadi. Kulbadagi mayda o’choqlar esa ona urug’i doirasida ko’plab juft oila mavjud bo’lganini ko’rsatadi. Jonbas-4 manzilgohidan chaqmoq toshdan yasalgan juda ko’p mehnat qurollari, keskich asboblar, suyak garpunlari, turli xil naqshlar, o’yib solingan sopol idish siniqlari va boshqa ashyolar topiladi. Topilgan qoldiqlarning deyarli ko’pchiligi baliq va qush suyaklari bo’lib, kaltaminorliklarning baliqchilik va ovchilik bilan shug’ullanganligini ko’rsatadi. Kaltaminorliklar o’q-yoydan keng foydalanganlar. 1950 yillarda taniqli arxeolog olim Ya.G’.G’ulomov Zarafshon bo’ylab qidiruv ishlari olib boradi va o’nlab manzilgohlarni aniqlab, ulardan neolit davriga oid tosh qurollar va sopol parchalarini topadi. Qidiruv ishlarini 1960 yildan boshlab arxeologlardan A.Asqarov va O’.Islomovlar davom etkazadilar. Natijada 100 dan ortiq katta va kichik manzilgohlar topiladi. Ularda yashagan urug’ jamoalarining baliq ovi bilan shug’ullanganligi, termachilik xo’jaligida tosh yorg’uchoqlardan keng foydalanilganligi aniqlanadi. Zarafshon daryosining o’rta havzalarida yana bir yodgorlik-Sazag’on makoni /Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’i/ topib o’rganiladi. Ko’plab tosh qurollar, yovvoyi va uy hayvonlari suyaklari topiladi. Sazag’on jamoasi qoramollarni qo’lga o’rgatib, chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Zarafshon vodiysi urug’ jamoalari sifatli tosh xom ashyolardan qurollar yasaganlar. Ular tosh konlarida shaxtalar hosil qilganlar. Neolit davrida Uchtut chaqmoqtosh konida 4-5 metrlik shaxtalardan namlangan toshlarni kovlab olib qurollar yasaganlar. Namlangan toshlarni yo’nish oson bo’lganligini bilganlar.
Zarafshon vodiysida yashagan urug’ jamoalari hayotida ovchilik, ayniqsa baliq ovlash alohida ahamiyat kasb etgan.
Neolit davri yer kurrasining barcha mintaqalarida har xil vaqtda sodir bo’ldi. Masalan, bir qit’a aholisi jamiyat taraqqiyotining quldorlik davriga to’g’ri kelgan bo’lsa, ikkinchi mintaqada endigina dehqonchilik va chorvachilik xo’jaliklari kashf etilib, ibtidoiy jamoalar tabiatning tayyor mahsulotlari hisobiga yashash qulligidan ozod edilar. Boshqa bir mintaqalarda esa hali neolit jamoalari ovchilik va terimchilik bilan shug’ullanar edilar. O’rta Osiyoda ham ibtidoiy jamoa rivojining keyingi ikki ko’rinishi mavjud. Masalan, uning janubi-g’arbiy rayonlarida, hozirgi Turkmaniston Respublikasining Kopetdog’ tog’i oldi hududlarida neolit davri odamlari miloddan avvalgi VI ming yillikning oxirlari va V ming yillikkning boshlaridayoq ilk dehqonchilik madaniyati bilan band bo’lgan bo’lsalar, markaziy va shimoliy viloyatlarda bu vaqtda odamlar ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanar edilar. Neolit davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning mavjud tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqar edi. O’rta Osiyoda neolit davri yodgorliklari juda keng tarqalgan. Ular tekisliklardagina emas, balki O’rta Osiyo tog’lik rayonlarida ham ko’p uchraydi. O’lkaning neolit yodgorliklarini uchta yirik – hududiy-madaniy ho’jalik shakllariga ajratish mumkin. Fanda ular Kaltaminor, Hisor va Joytun madaniyati nomi bilan mashhurdir. Ularning har biri alohida geografik muhitga ega bo’lgan erlarga joylashgan.11
O’rta Osiyoda Kaltaminor madaniyati nomi bilan mashhur bo’lgan yodgorliklar asosan o’lkaning g’arbiy va shimoli-g’arbiy tomonlarida keng tarqalgan. Shu bilan birga uning chegarasi Ural daryosi va Kaspiy dengizi bilan ham tutashgan. Janubda Qoraqum va Shimoliy Qizilqum etaklarida, sharqda esa Orol dengizi shimoliy-sharqiy va janubiy tomonlarida quyi Sirdaryoga borib taqaladi. Qizilqum va Ustyurtning keng hududlarida ham Kaltaminor madaniyati ancha keng tarqalgan.
Kaltaminor madaniyatiga asos solgan kishilar qadimda ko’l va daryolar bo’ylarida, qamishzorlar yonida yashagan. Joylarning tabiiy sharoitiga ko’ra, Kaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan yovvoyi hayvonlarni ov qilib, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan. Mevali daraxtlar ko’p bo’lgani uchun ham ularning ho’jalik hayotlarida termachilik ham katta o’rin egallagan. Kaltaminor qabilalari ho’jaligida qisman chorvachilik ho’jaligi ham bo’lgan.
Kaltaminor madaniyatini arxeolog S.P.Tolstov o’rgangan. Kaltaminor madaniyati jamoalarining makonlari ilk bor Amudaryo-ning Oqchadaryo o’zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun ularga shu nom berilgan. Oqchadaryo havzasidagi bir necha manzilda madaniy qatlamlar saqlangan bo’lib, ulardan biri Jonbos – 4 makonida chaqmoqtoshdan yasalgan minglab mehnat qurollari, sopol parchalari, hayvon suyaklari va baliqlarning suyaklari topilgan.
Arxeologlar Jonbos-4 manzilgohini o’rganish jarayonida yarim yerto’la shaklidagi kulba (chaylaga) duch keladilar. Kulbaning markaziy qismida katta o’choq qoldig’i topiladi. Bu o’choq atrofida yuzga yaqin mayda o’choq qoldiqlari joylashgan. Arxeolog S.P. Tolstov katta o’choqni muqaqqas olov saqlanadigan otashqada, uning atrofidagi o’choqlar esa oilalarning o’choqlari bo’lgan degan fikrni aytadi. Jonbos-4 makonida topilgan kulbaning maydoni 300 m2 bo’lib, bu yerda 120-125 kishi istiqomat qilgan. U katta urug’ jamoasining makoni bo’lgan.

Download 53,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish