Kirish I bob. Milliy uyg`onish davri adabiyotida ayollar obrazi


Turg`an o`rningdir haram, ya`ni shohim bazmidir!



Download 66,98 Kb.
bet11/13
Sana16.01.2022
Hajmi66,98 Kb.
#371265
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHI

Turg`an o`rningdir haram, ya`ni shohim bazmidir!

Ya`ni shohim bazmidir!

Oy-u yillar yig`lag`an, bag`rin har dam tig`lag`an,

Hasratdan big`lag`an, baxtsiz bir qiz Nazmidir!

Baxtsiz bir qiz Nazmidir!

Mehrobdan chayon romanida xon haramidagi qizlar taqdiri o`qig`uvchining yurak bag`rini o`rtaydi. Abdulla Qodiriy bu o`ringa alohida e`tibor qaratadi. Asarning boshlanishida “…Xudoyorxonning mamlakat xotun-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguvchilar tilasa kim bo`lmasin, rahmsiz jazo berishi ro`moaning mavzuidir…”deb aytib o`tadi. Shuning uchun haram hayotini “Haram”, “Og`acha oyim”, “Xonim oyimlar”, “Qirq qizlar”, “Nozik” boblarida tasvirlab beradi.

Bu yuqorida Abdulla Qodiriyning o`zi ko`rsatgan feodal istibdodning xotin-qizlarga bo`lgan munosabati edi. Yozuvchi masalanning bu tomoniga ko`proq e`tibor berdi. Hayotning bu tomonini to`laroq ko`rsatish uchun tanlangan Gulshanbonu obrazi orqali xon saroyi va haram bilan tanishamiz.16

Gulshanbonu ham boshqa ko`pchilik o`zbek ayollar singari uy-ro`zg`or qilib, farzandlariga bosh bo`lib umr o`tkazishi mumkin edi. Ammo ayanchli taqdir, ijtimoiy tuzum uni xonning bir kunlik ko`ngil ochariga keyinchalik esa, xonning qiz topariga aylandi.

Gulshanbonu izidan borib, biz, Xudoyorxonning kanizlarni qabul qiladigan hashamatli saroyi, uning nikohida bo`lgan katta-kichik xotinlarning o`tirish-turishlari, hayot tarzi bilan tanishamiz. Haram hayotini to`laroq anglab olishda Gulshabonu bilan Og`acha oyim bilan suhbatni keltirib o`tamiz.

Sayyidning nikohlarida biz o`nlab kundoshmiz…Agar kanizlarni ham qo`shib hisoblansa, kundaslarning sanog`i bir yuzdan ortadir. Botirboshi xola, yana bir nechalar va atrofdagi beklarimizning tavajjuhlari soyasida sayyidning haramlari uch-to`rt yilning ichida bunchalik cho`rilarga ega bo`ldi… Yangi keng o`rdada yayrasharmidik degan edik, barakatlaringizda kundan-kun siqilishib boramiz. Hatto ichkari hovlilarda bir uyda sakkiz, to`qquz kaniz joylashishig`a to`g`ri kelib qoldi. Bu hol davom etsa, birar yillar ichida yan bir yangi o`rda solishqa to`g`ri keladir. Bu, albatta, mumkin emas. Undan so`ng sayyidning hamma diqqatlarini haramga tortilsa, mamlakat ishi halaldor bo`lishida va buning uvolini bizlar ko`tarishimizda shubha yo`q.” Ko`ryapsizki, haramda yuzlab yosh-u qari ayollar bor, hatto ular bir katta o`rdag`a sig`mayapti, yana shunday davom etsa yana bir o`rda solishga to`g`ri keladi. Bu mubolag`a emas chunki o`rda haqidagi ma`lumotlarni Abdulla Qodiriy xonning xotinlaridan biri Roziya oyimdan olingani aytib o`tiladi. Yana bir narsaga diqqat qiling, Undan so`ng sayyidning hamma diqqatlarini haramga tortilsa, mamlakat ishi halaldor bo`lishida va buning uvolini bizlar ko`tarishimizda shubha yo`q. darhaqiqat, tarixga nazar tashlaylik, Buxoro amiri Nasrulloxonning Qo`qon xoni Madalixon ustiga yurish qilishiga nima sabab, Madalixoning shariyat ulomolarini bo`shatib, ularning o`rniga o`zining so`zini ma`qullaydigan bir so`z bilan “betaxorat fatvo beradigan ulamolarni” o`z yoniga olishiga nima sabab, albatta ayollarga bo`lgan hirs. Og`acha oyim ham shunday bo`lmasligini o`ylab shu so`zlarni aytgan.

Endi biz yana Gulshan obraziga to`xtalamiz. U 35 yoshlardagi go`zal xotun haram xodimalaridan biri. Gulshan darvozadan kirganda shunday ta`rif beriladi. Paranji ostida bosilib tartibsizlangan sochlarini tuzatdi, chang o`lturg`an niliy rang tovor ko`ylagining etaklarini qoqti, qo`lidag`i yoqut va zumrad ko`zlik oltin uzuklarini to`g`rilab taqti. Qo`lida qimmatbaho uzukning bo`lishi, xonning haramini ko`paytirib, xon iltifotiga qanchalar tarzda erishganiga dalolat. Ammo bu qimmatbaho uzuklari bo`lsada oddiy ayollarga o`xshab baxtli emas. Sochlari tartibsiz, ko`ylaklari changligi uning ruhiy holatini ham ochib beradi. Bu tartibsizlikni tuzatsa ham befoyda, u yana bir qayta sochini ro`ymolini, kiyimini tuzatib oldi. Shundan yana u ro`ymol-lachagini tuzatti. Bu tasvir asarning uch joyida keladi.

Gulshan ichkariga kirganda unga keksa bir xodima- eshikochar xola salom beradi. Ikkinchi eshikni ochganda, yana eshik ochar xola ko`rinadi, lekin bunisi yoshqina bir kaniz edi. E`tibor bering ikkinchi yosh, bundan chiqdi haramga yaqinda kelgan ikkinchis esa, yillar davomida haramda hizmat qilib kelayotgan-keksa hodima. Adib ikki obrazni qo`llab nima demoqchi, yoshgina qiz keksa bo`lguncha oilasiz, farzandsiz keksa ayol kabi umrini eshik ochar bo`lib o`tkazishga majbur.

Og`acha oyimga to`xtalar ekanmiz adibning o`zi unga shunday ta`rif beradi. Xudoyoron taxtni tashlab Buxorog`a ketgandan so`ng, ko`p xotunlari unga vafosizli qilib tashlab ketadi, ammo Og`acha oyim unga sodiq qolib qiyin kunida uning yoniida qoladi. Yana boshqa tarafdan, u xonning boshqa xotinlari ichida eng aqlli, tadbirlik va shu soyada haramning barcha xonimlari va yuzlab kanizlari buning irodasig`a topshirilgan edi. Shuningdek, ba`zan, Og`acha oyim mamlakat ishlariga aralashib olar, goho o`z fikriga xonni unatib ham qo`yar edi. Uning uzoqni ko`ra bilishi so`zlaridan ham ayon, hatto ichkari hovlilarda bir uyda sakkiz, to`qquz kaniz joylashishig`a to`g`ri kelib qoldi. Bu hol davom etsa, birar yillar ichida yan bir yangi o`rda solishqa to`g`ri keladir. Bu, albatta, mumkin emas. Undan so`ng sayyidning hamma diqqatlarini haramga tortilsa, mamlakat ishi halaldor bo`lishida va buning uvolini bizlar ko`tarishimizda shubha yo`q.

“Qirq qizlar” bobida umri hazon bo`lgan qizlar bilan tanishamiz. Haramdagi kanizlar soni bir yuz ellik besh nafar deb aytib o`tiladi. Ular ham yuqoridagi kanizlarda ko`rilgandek qizil shol ko`ylak, sarig` gullik qizil ro`mol, shuvamatos yoki adras jelatka kiygan edilar. Nega aynan qizil rangli ko`ylak va sariq gulli qizil ro`mol? Men bu tavirni o`qib Uvaysiyning anor chistoni yodimga keldi.

Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo`q nishon.

Necha gulgunpo`sh qizlar, manzil, aylabdir makon

Sindirub gumbazni, qizlar holidan olsam xabar,

Yuzlarig`a parda tortilg`an, turarlar bag`ri qon.

U qizlarning yoshi aksariyat yigirmadan oshgan, ichlarida o`n olti, o`n yeti yoshliklari ham. O`n gulidan bir guli ochilmagan, oila qurish, farzand ko`rish, bir uyning bekasi bo`lishdek baxtni orzu qilishga ulgirmagan, o`zlari kiygan qizil matodek bag`ri qon qizlar edi. Qizlarning kunduzgi mashg`uloti to`p o`yin o`ynash, bir-birlari bilan kulishib, aytishish, quvlashmachoq o`ynash. Ammo bu bilan ular baxtlimikin? Albatta yo`q. Bir tasvirga e`tibor bering, shomga yaqin osh tayyor bo`lib, qizlar o`z qo`shoqlari bilan uyga kirdilar. Gulshan ham bir qo`shoq qizlarg`a qo`shulib, o`rdadag`i uyga kirdi. Qizlarning o`zidek uyning polos va jihozlari ham besanjom edi. Unda bir ro`ymol, bunda bir mahsi, narida yana bir narsa…Xullasi, uy ivirsib yotar edi.

Inson psixologiyasida, agar inson biror narsadan ranjisa hafa bo`ladi, boshiga tashvish tushsa yig`laydi, yana ham qattiqroq qayg`uga tushsa oh-u faryod chekadi, bu hol davm etsa ruhiy tushkunlikka tushib qoladi. Bundan keyin ikki yo`l qoladi qayg`uning azobidan vafot etadi yoki hayotdan bor umidini uzib, beparvo bo`lib qoladi. O`z-o`zidan kuladi, hazillar qiladi, ammo ichini bor dard-u alam yemiradi. Shunchalik og`riqlarni his qilganki keyingi og`riqlarni sezmay ham qoladi. Qirq qizlar, Nozik, Tuxfa, Qumri va boshqalar huddi shunday edi. Ularning o`yin-kulgusi, hazillari, shaddod, sho`xliklari kitobxonni kuldirsa-da, ammo ularning ichki olamiga nazar solsak, ularga achinamiz. Adib ular holatini boshqacha yo`sinda berishi mumkin edi, ammo bunchalik darjada kitobxonga ta`sir qilmasdi. Ularning so`zlariga e`tibor bering.




Download 66,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish