XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR RO’YXATI
KIRISH. O’zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qilgach, o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lini sobitqadamlik bilan belgilab olishga kirishgan. Yurtimizning istiqlol va taraqqiyot yo’li – iqtisodiyot bilan bir qatorda ma’naviyat, milliy qadriyatlarni ham tiklashdan iborat edi. Istiqlol mobaynida biz o’zligimizni anglash yo’lida ulkan yutuqlarga erishdik. 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan Asosiy Qonun – O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasida jamiyatimizning asosiy tamoyillarini va davlatimizning siyosiy-ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy tuzilmalarini hal qiluvchi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, erkin demokratik kelajagimiz aniq belgilab berilgan. Aytish joizki, bizning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz xalqimizning o’ziga xos turmush tarzi, shart-sharoitlari va xususiyatlarini, milliy an’analar va urf-odatlarimizga asoslangan. Sobiq sovet ittifoqi davrida Islom dini, musulmonchilik aqidalari, milliy qadriyat va an’analar bir chekkaga surib tashlandi. Ular haqida gapirish u yoqda tursin, o’ylash va fikrlash ham mumkin emas edi. Iymon-e’tiqodimizga oid asarlar, milliy tarbiya asosini tashkil qiluvchi Qur’oni Karim, Muhammad alayhisalom hadislari, tasavvuf va milliy, ma’rifiy-axlohiy ilmlar aks etgan kitoblar, risolalar terib olindi, yoqib tashlandi. Bu milliy tarbiya va tarbiyashunoslik sohasidagi eng katta yo’qotish edi. Chunki, “faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”.
Mustaqillikni qo’lga kiritishimizning obyektiv va subyektiv sabablari
Biz ona O’zbekiston istiqlolini, uning sha’nu shavkatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog’imiz darkor. Ulug’ ajdodlarimizdan muqaddas meros bo’lib kelayotgan vatanga muhabbat tuyg’usi, farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam e’tiqodga, chinakam aqidaga aylansin. Milliy g’urur, milliy iftixori baland millatni engib bo’lmaydi. Shuning uchun, milliy qadriyatlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Xalqimiz o’zini haqiqatdan ham ozod, erkin deb bilib, muhtojlik va qaramlik iskanjalaridan xalos bo’lganini his eta boshladi. Ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-odatlari, eng yaxshi an’analarimiz tiklangani sari barcha sohalarda islohotlar izchil amalga oshaverdi. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy meroslari tom ma’noda qadr topib, hayotimiz voqeligiga aylanib keta boshladi. Galdagi vazifamiz –shu ma’naviyatimiz sarchashmalarini va bobokalonlarimizning boy an’analarini davom ettirish bo’lib qoldi.
Mustaqillikni qo’lga kiritishimiz ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujjassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish uchun qulay sharoit yaratdi.
O’zbekistonning boy ma’naviy merosi shakillanayotgan yangi ma’naviyatimizning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Ma’naviy merosimizda xalqimizning asriy orzu-intilishlari, bilimlari va hayotiy tajribalari mujassamlashgan bo’lib, u o’zligimizni anglash, milliy tiklanish va rivojlanishimiz uchun qudratli tayanch bo’lib xizmat qiladi. Milliy istiqlol mafkurasi ham ma’naviy merosimizga tayangan holda shakillanadi, ayni vaqtda uning yanada rivojlanishida muhim ma’naviy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun milliylik masalalarini chuqur va har tomonlama tahlil hamda tadqiq etish talab qilinadi. Zero milliyliligimiz bizning tariximizni, madaniyatimizni, an’analarimizni, boy merosimizni, milliy ruhiyatimizni jiddiy o’rganish, ularni jahon hamjamiyati e’tiboriga yetkazish natijasida amalga oshishi mumkin. Tarixan tashkil topgan barqaror ijtimoiy-etnik birliklarni, ya’ni millatlar va elatlarni boshqa barqaror ijtimoiy sinflardan fikrlovchi tomonlar, xususiyatlar, ma’naviy-ruhiy va madaniy qirralar hamda tafovutlar majmui - milliylikni, shunga oid falsafiy, huquqiy, siyosiy, badiiy ahloqiy, diniy tasavvurlar, milliy ma’naviyatimizni tashkil etadi. Milliy ma’naviyat baylalmilallik bilan uzviy bir butunlikni tashkil qiladi. Baynalmilallikka tayanish, boshqa millatlarning yetuk va ijobiy tajribalarini o’rganish va o’z hayotiga ijodiy ravishda kiritish milliy ma’naviyatni boyitish va rivojlantirishning muhim omilidir.
Milliylikning, ya’ni muayyan millatga xos jihatlar, tomonlar, xususiyatlar, ma’naviy, ruhiy tafovut qirralarining boyib borishi jahon bo’ylab millatlar rivojlanishi, yuksalishi va gullab yashnashinining zaruriy shartidir. Hozirgi insoniyat uch manba va uch negizga suyanadi. U ham bo’lsa umuminsoniy sivilizatsiya, bozor iqtisodiyoti va millatlardir. Milliy ma’naviyat millat ruhiga ... Milliy ong, uning tafakkuri, xatti-harakatlari, turmish tarzi, urf-odatlari, an’analari va qadryatlari bilan bog’liq. 1
Insoniyatning yangi zamon illatlari shakllanib, faoliyat ko’rsatgan davrdagi, ya’ni XVI-XX asrlardagi tarixini diqqat bilan ko’zdan kechirar ekanmiz, bu besh asr milliylikning o’sishi, mafkuraning boyishi asrlari bo’lganini ko’ramiz. Shu davr ichida insoniyat o’zining undan oldingi ko’p ming yillik tarixi davomida yaratgan boyliklardan ko’proq moddiy va ma’naviy tahsinga sazovor asarlar yaratdi. Bunday mo’jiza shuning uchun ham amalga oshdiki, shu besh asr davomida millatlarning shakllanishi va rivojlanishi uchun Yevropa qit’asida to’la erkinlik berildi. XX asr davomida mustamlakachilik tizimining barbod qilinishi va o’nlab yangi mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, milliy ma’naviyatga asoslanadi. Ma’naviyat bilan jamiyat o’rtasida ko’p jihatdan bog’liqlik bor. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag’ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanishi bilan kifoyalanish - ongsiz va ruhsiz mahluqlarga xos.
Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo’lmish odamga xos fazilatdir. Ma’naviyat - odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir. Ma’naviyat - jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobilyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. U muayyan ijtimoiy-iqtisodiy hayot tizimining shakllanishi, o’zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq eta boradi. Ba’zan milliy ma’naviyat ko’rinishlari umuminsoniy ma’naviyatga aylanib ketadi. Masalan, qo’l berib ko’rishish, yevropacha kiyinish... Har bir jamiyatning ma’naviyat darajasiga uning iste’dod egalarini, umuman esa, qobiliyatli va uquvli shaxslarni qadrlashi, ularga alohida g’amxo’rlik ko’rsatilishi, kamol toptirishi uchun yetarli shart-sharoitni ta’minlab berishi bilan ham belgilanadi. Rivojlangan ma’naviyatli jamiyatlarda iste’dod egalari millatning yuzi, g’ururi va kelajagi deb qaraladi. Turon va Turkistonda azaldan iste’dod egalarini e’tirof etish va munosib qadrlashga hamisha e’tibor berib kelingan. Aksincha, millatchilik, buyuk davlatchilik va irqchilik ma’naviy qashshoqlikning jirkanch basharasi sifatida tanqid ostiga olingan.
1.2. I.A.Karimov- musaqilligimiz asoschisi
Mustaqillik tufayli boshlangan buyuk tarixiy taraqqiyot yo’lidan og’ishmay olg’a rivojlanib borayotgan O’zbekiston Respublikasi oldida endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolar turibdi. O’zbekistonning hozirgi taqqiyot davri, bundan keyingi taraqqiyoti va istiqboli hamda mustaqilligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy zaminlarini yaratish va mustahkamlash uchun mafkura suv bilan havodek zarur. Buni hayotning o’zi ochiq-ravshan ko’rsatib turibdi.
O’zbekiston milliy istiqlol mafkurasi oldida buyuk maqsad-muddaolar, ajoyib vazifalar turibdi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - O’zbekiston xududida yashovchi har bir fuqarolarni, har bir millat va elat kishilarini barkamol inson qilib tarbiyalash, mustaqillikning ongli fidoyiga aylantirishdir.
Milliy istiqlol g’oyasining nazariy-metodik asoslari Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning risolalari, ma’ruza va nutqlarida nazariy jihatdan ishlab chiqildi.
Bu asarlar quyidagilardan iborat: “O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat”, “O’zbekiston o’z istiqlol va taqqiyot yo’li”, “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, “Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik”, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz”, “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin”, “Milliy istiqlol mavkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” va boshqa asarlaridan iborat. Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bevosita uning ma’naviy rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Shuning uchun ma’naviy-ahloqiy masalalarga hozirgi davrda alohida e’tibor berilmoqda.
I.A.Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” nomli asarida mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlarini belgilab berdi.
Bu negizlar:
1.Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik.
2.Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish.
3.Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi.
4. Vatanparvarliklardan iboratdir.
Shuning uchun xalqning ma’naviy-ahloqiy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O’zbekiston davlat va demokratik jamiyat qurishning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
I.A.Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida qayd etgandek, iqtisodiy sohada milliy istiqlol mafkuramiz oldiga qo’ygan maqsadlar asosan quyidagilardan iborat:
- milliy boylikning ko’paytirishni respublika mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish
- ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma bosqich shakllantirish, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni butun choralar bilan rivojlantirish, tadbirkorlikka erkinlik berish, tajribalar va iqtisodiy yangiliklarni rag’batlantirish, iqtisodiy omillar vositasini ishga solish, tayyorga ayyorlikni batamom tugatish;
- mulk egalari huquqlarini davlat yo’li bilan himoya qilishni ta’minlash va barcha mulkchilik shakli-shirkat, davlat, hususiy hamda mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirish;
- iqtisodiyotni o’ta markazlashtirishga va hamda yakkahokimlikka barham berish, korxonalar va tashkilotlar mustaqilligini kengaytirish;
- mehnat qilish, dam olish, har yili haq to’lanadigan ta’tilga chiqish, ishsiz bo’lib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish uchun bo’lgan zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof muhitga ziyon yetkazishga va respublikamizdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik. Bu vazifalarning bajarilishini O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy jihatidan barqaror davlatlar qatoriga olib chiqish
2.1. Mustaqillik yillarida davlat tomonidan fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar va mavjud bo’lgan kamchiliklar
Milliy mafkuraning vazifalari va unda nimalar mujassamlashgan bo’lishi mumkinligini quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |