Kirish I. Bob. Mamlakatimizning mustaqillikka erishishning o’ziga xos jihatlari



Download 56,19 Kb.
bet5/7
Sana11.08.2021
Hajmi56,19 Kb.
#145031
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi

Beshinchidan, u Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog’lab turishga, o’zini ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo’l ochib beradigan va shu maqsadlarda muttasil da’vat qiladigan g’oya bo’lishi kerak.
Ana shu nazariy asoslar asosida “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” fani mustaqillik yillari davrida shakllana boshladi. Milliy istiqlol fanining hayotimiz uchun zarurligi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi so’zlarida aniq ifoda etilgan: “Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Binobarin, toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan ular o’z taraqqiyot yo’lini, ertangi kuni farqlarini o’zining milliy g’oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi”2.

Siz bilan o’rganilayotgan “Milliy istiqlol g’oyasi” fanining predmeti mustaqil taraqqiyot jarayonida insonning e’tiqodi, dunyoqarashi, tafakkuri, harakatidan va fazilatlarini shakllantiradigan, ularga ta’sir etadigan ma’naviy-mafkuraviy asoslarni o’rgatadigan fandir. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari, mustaqillik yillarida to’plangan bilim va tajribamiz, xalqimizning boy ma’naviyati, milliy va umumbshariy qadriyatlar, zamonaviy taraqqiyot shartlari ana shu ma’naviy-mafkuraviy asoslarni tashkil etadi.



“Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” fanining asosiy maqsadi g’oya, g’oyalarning turlari, mafkura, milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillari, olijanob fazilatlari, oila, maktab tarbiyasi, komillik bilan bog’liq tushuncha va tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan. Uning asosiy vazifasi esa ma’naviyat, g’oya va mafkura haqidagi tushunchalarni, milliy istiqlol g’oyasi asosiy tamoyillarini ma’rifiy yo’llari bilan singdirish, yuksak fazilatlarni, e’tiqod, dunyoqarash va mafkuraviy profilaktika va mafkuraiy immunitet asoslarini, fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, yosh avlod qalbida bo’shliq vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslikdan iboratdir. I.Karimov “Buyuk maqsad yo’lidan boraylik” nomli maqolasida “Oldimizda turgan eng muhim masala, bu-milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir"3, degan edi. Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat, tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. Bu masalalar I.A.Karimovning bir qator ma’ruza nutqlari va maqolalarida o’z aksini topdi. 1992-yil 3-iyulda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-chaqiriq X-sessiyasida qilgan ma’ruzalarida bozor munosabatlariga o’tish muhim ahamiyatga ega bo’lgan ijtimoiy ong, ijtimoiy ruhiyatga e’tibor bo’ldi. Mustaqil taraqqiyot davri kishilarda yangi tafakkurni dunyoqarashini shakllantirishini toqazo qiladi. “Bugungi kunda xalqni yakdil qiladigan ishlar va g’oyalar oz emas. Ularning ichida eng ulug’i, eng olijanobi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini ta’minlash. ana shu maqsad, ana shu g’oya atrofida birlashsak aslo xor bo’lmaymiz”4-, degan I.Karimov. Bu masalalarda 1993-yil 22-aprelda bir guruh adbilar bilan bo’lgan uchrashuvda 1993-yil 6-mayda Respublika Oliy Kengashining XII sessiyasida ham mafkurasiz aniq yo’nalish, g’oyalarsiz taraqqiyot bo’lmasligini qayta-qayta uqtirib, milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi amaliy dasturni yo’lga qo’yish zarurligi uqtirildi. Mana shundan buyon bu masala yurtimizning barcha jabhalarida keng muhokama qilinib, ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Milliy istiqlol mafkurasi o’z mohiyati va negizlariga ko’ra mustaqillikni mustahkamlashga mamlakatimiz barcha imkoniyatlarini buyuk maqsad sari yo’naltirishga qaratilgan. Bu masalani hayotga tatbiq etishda o’rganilayotgan “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani o’ziga xos munosib o’rin egallaydi. Uni hayotga tadbq etishda ta’lim-tarbiya muassasalari maktabgacha ta’iim maskanlari, o’rta maktablar, litsey, kasb-hunar o’quv yurtlari, akademik litsey va kollejlar, oliy o’quv yurtlarining tutgan o’rni va ularda ishlayotgan tarbiyachi-murabbiylar, pedagog-o’qituvchilar, professor-o’qituvchilar va barcha ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanuvchi va aloqador ziyolilar zimmasiga eng yuksak mas’uliyat yuklandi. Chunki sog’lom, ma’naviy boy va komil insonni tarbiyalashdek eng buyuk ish bizning muqaddas vazifamiz hisoblanadi. “Ta’lim-tarbiya ong mahsuli”. Lekin ayni vaqtda ong darajasi uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongida tafakkurni o’zgartirmasdan turib, komil inson tarbiyalab, ko’zlangan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etmasdan turib, farovon hayotga erishmaysiz. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun yangi davr talab va ehtiyojlariga mazmun jihatdan to’la javob berolmay qolganligi uchun 1997-yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 2004-yil may oyida 2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Qabul qilingan bu tarixiy hujjatlar ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini yanada oshirish sohasida, bu ishni amalda bajaruvchilar mas’uliyatini oshiradi. Belgilangan vazifani amalda bajarishda hozirgi kunda maktablarida kasb-hunar kollejlari, lisey va oliy o’quv yurtlarida alohida fan sifatida o’qitilayotgan “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani munosib o’rin egallaydi. Biz uchun milliy istiqlol mafkurasining ahamiyati O’zbekiston Respublikasida mustaqillikni saqlash va mustahkamlayda, istiqlol bilan bog’liq bir qator muammolarni hal qilishda olimlarni, barcha ilg’or kuchlarni, yoshlarni, jamiki toifalar va guruhlarni safarbar etish va uyushtirishda mafkuraviy ishlarning ahamiyati muhimdir. Istiqlol mafkurasi butun O’zbekiston xalqining milliy ruhini, his-tuyg’usini, milliy g’urur va iftixorini, kuch-qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan buyuk kuchdir. Mustaqil O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-mafkuraviy jihatidan rivojlantirish va mustahkamlash masalalari milliy istiqlol g’oyasida to’la o’z aksini topgan. Bu jamiyatda davlat xalq irodasini bajarib uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uliyatlidir. Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini tanlab olishni kafolatlashga qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” nomli kitobida qanday jamiyat, qanday davlat, qanday tuzim barpo etayotganimizni ko’rsatib bergan bo’lsa, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida uni amalga oshirishda milliy istiqlol mafkurasining tutgan o’rni va vazifalari ko’rsatilgan. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi eng avvalo diyorimizda yangi demokratik davlatning vujudga kelganligidan dalolat beradi. Mustaqil O’zbekiston dunyo xaritasida katta harflar bilan yozib qo’yiladigan bo’ldi. Bundan buyon biz o’z davlatimizning ichki va tashqi siyosatini o’zimiz belgilaydigan, o’z taqdirimiz, farzandlarimiz kelajagini o’zimiz hal etish imkoniga ega bo’ldik.

Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlarda milliy-ma’naviy tiklanish g’oyasining mazmunini ham zo’ravonlik yillarida merosimizni o’zlashtirish, urf-odatlarimizni, an’analarimizni rivojlantirish, qadriyatlarimizni mustaxkamlash borasida boy berilgan imkoniyatlarni bugungi taraqqiyotimizga yo’naltirish, o’zimizning milliy zaminlarimiz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ularni umummilliy dunyoqarashimizning ajralmas qismiga aylantirish borasida har birimizning tinmay fidoiylik ko’rsatishimiz zarurligini ko’rsatib berildi.


2.2. Mustaqillikkka erishilgan yillarda mamlakatimiz tomonidan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda olib borilgan islohotlar hamda ularning samarasi

O'zbekiston Hukumati mamlakatimizning moddiy madaniy merosi bo’lgan ko'chmas mulk ob'ektlarining milliy ro'yxati tasdiqlanishiga doir qarorni (04.10.2019 y.) qabul qildi. Hujjat bilan mamlakatdagi moddiy madaniy meros ob'ektlarining soni belgilandi. O’zbekistonda jami 8208 ta ko'chmas mulk ob'ekti mavjud bo'lib, ulardan 4748 tasi - arxeologik yodgorliklar, 2250 tasi - me'moriy yodgorliklar, 678 tasi - monumental san'at yodgorliklari hamda 532 tasi diqqatga sazovor joylardir. Tarixiy, badiiy va boshqa madaniy boyliklarni saqlash maqsadida Milliy ro'yxatga kiritilgan ob'ektlar garov va ipoteka sifatida ishlatilishi mumkin emas, xususiy mulk bo'lgan moddiy madaniy meros ob'ektlari bundan mustasno. Mazkur qarorga ko'ra, madaniyat vaziriga ob'ektning nomi, davri va manzilini aniqlashtirish huquqi beriladi. Shuningdek, u Hukumatga milliy ro'yxatga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida takliflar kiritishi mumkin.

Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va maʼnaviy merosini har tomonlama chuqur oʼrganish va targʼib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu anʼanalari ruhida tarbiyalash boʼyicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda. Аyni vaqtda maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yoʼnalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarishni talab etmoqda. Bu borada nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida gʼoyat noyob hisoblangan, YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi roʼyxatiga kiritilgan qoʼlyozmalar fondiga ega boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Аbu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, shuningdek, qadimiy yozma manbalar fondiga ega boʼlgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko‘chmas moddiy madaniy meros obyektlarining katta qismi Samarqand (1607 ta), Qashqadaryo (1468 ta), Buxoro (829 ta), Toshkent (828 ta) viloyatlarida ro‘yxatga olingan. Eng kam obyekt Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 78 tani tashkil qiladi.

Toshkent shahrida 354 ta obyekt mavjud bo‘lib, ularning orasidan nafaqat X—XIX asrlarda qurilganlar, balki XX — XXI asrga taalluqli binolar ham o‘rin olgan. Shu jumladan, “Chorsu” bozori, Botkina qabristonidagi memorial yodgorliklar, taniqli shaxslarning yodgorliklari, shuningdek, 2017—2018-yillarda barpo qilingan “Suzuk ota” kompleksi. Qarorga ko‘ra, madaniyat vaziriga zaruriyat tug‘ilganda, obyektning nomiga, davriga va manziliga aniqlik kiritish huquqi berildi. Bundan tashqari, asosli zarurat mavjud bo‘lganda, Madaniyat vaziriligi milliy ro‘yxatga o‘zgartirish kiritish yoki uni to‘ldirish haqida taklif kiritadi.

Milliy ro‘yxatga kiritilgan obyektlarga tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyati sababli garov yoki ipoteka qo‘llanilishi mumkin emas. Shaxsiy mulk hisoblanadigan ko‘chmas moddiy madaniy meros obyektlari bundan mustasno.

Mamlakatimiz mustaqillikni qoʼlga kiritganidan keyin yurtimiz, xalqimiz tarixini chuqur oʼrganish, uni ilmiy asosda haqqoniy tadqiq etish, qadimiy manbalarni xolislik bilan asl holida tiklash, davlatchilik tarixining ildizlarini ochib berish respublikamiz madaniy, maʼnaviy hayotidagi asosiy masalalardan biriga aylandi.

Tarixiy haqiqatni tiklash davlat siyosati darajasida belgilandi. Bu hayotiy zarurat edi. Chunki oʼz ozodligini, erkini qoʼlga kiritgan xalq koʼp asrlar davomida bosib oʼtgan tarixiy yoʼlini aniq bilishi, buyuk ajdodlari merosidan toʼla bahramand boʼlishi kerak edi. Bu millatimizning oʼzligini anglab yetishi, istibdod davrida toptalgan gʼururini tiklashi, yuksaltirishi, mamlakatimizning kelajak yoʼlini belgilab olishi uchun xizmat qilardi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mustaqillikning ilk yillarida tarixchi olimlar bilan uchrashuvda oʼrtaga tashlagan “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʼq” degan gʼoyaviy kontseptsiyasi asos boʼldi.

Tariximizni haqqoniy yoritishda xalqimizning yaratuvchilik faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan qadimiy shaharlarimizdagi yodgorliklar, obidalar, inshootlarni qayta qurish, taʼmirlash, asl holida bunyod etish kabi ishlarga alohida eʼtibor berildi. Bu bejiz emasdi. Chunki bu madaniy boyliklar tariximizning asl manbalari, jonli guvohlari, ilmiy asoslari hisoblanadi. Maʼlumki, mamlakatimizda 7198 ta tarixiy yodgorliklar roʼyxatga olingan boʼlib, shundan 2357 tasini meʼmoriy obidalar, 3843 tasini arxeologik yodgorliklar, 998 tasini mahobatli tarixiy inshootlar tashkil qiladi. Bu raqamlar mamlakatimizni nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda tarixiy madaniy yodgorliklarga boy oʼlkalardan biri sifatida namoyon etadi. Shular orasida tarixiy meʼmoriy obidalar alohida oʼrin tutadi.

Yurtimiz mustaqillikka erishishdan oldin bu meʼmoriy yodgorliklar, obidalarning aksariyati buzilgan, taʼmir qilinmagan, yarim vayrona holatlarda edi. Prezidentimiz, birinchi navbatda, ana shunday inshootlarni, yodgorliklarni qayta qurish, taʼmirlash, asl tarixiy asosda bunyod etishga eʼtiborni qaratdi. Eng avvalo, bu boradagi ish respublikamizning eng yirik tarixiy shaharlaridagi yodgorliklardan boshlandi. Samarqanddagi Registon, Ruhobod, Xoja Аhror Vali, Jomʼe masjidi, Chorsu majmualari, Аmir Temur, Bibixonim maqbaralari, Hizrati Hizr masjidi, Mirzo Ulugʼbek rasadxonasi, Nodir Devonbegi madrasasi, Buxorodagi Chashmai Аyub, Bolo hovuz, Chor minor, Аrk, Labi hovuz majmualari, Kalon minorasi, Magʼoki attor, Kalon, Qushbegi, Toqi-Sarrofon, Muzaffarxon masjidlari, Tolipoch darvozasi, Mir Аrab, Mirzo Ulugʼbek, Koʼkaldosh, Аbdullaxon, Tosh saroy madrasalari qaytadan, asl tarixiy qiyofasida qad rostladi. Xivadagi Koʼxna Аrk, Tosh hovli, Qibla toza bogʼ, Dishon qalʼa, Nurullaboy majmualari, Ichon qalʼa devori, darvozalari, Juma masjidi, Muhammad Аminxon, Feruz, Islom Xoʼja madrasalari, Qoʼqondagi Xudoyorxon oʼrdasi, Jomʼe masjidi, Norboʼtabiy, Miyon Hazrat madrasalari, Qarshidagi Odina masjidi, qadimiy koʼprik, Xojai Jarroh, Chor Gumbaz majmualari, Qilichboy, Bekmir madrasalari tarixning noyob merosi — nodir yodgorliklar, osori-atiqalar, inshootlar sifatida qayta tiklandi, taʼmirlandi, xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylandi. Xuddi shunday ulugʼvor ishlar Toshkentda Hazrati imom, Shayx Xovand Tohur, Zangiota majmualarida, Koʼkaldosh madrasasida, Termizda Sulton Saodat, Qirq qiz, Hakim at-Termiziy majmualarida, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Dor ut-tilovat, Gumbazi sayyidon, Dor us-siyodat majmualarida ham olib borildi.

Bulardan tashqari, Samarqand shahridagi Shohi Zinda, Imom al-Buxoriy, Xoja Doniyor majmualari, Buxorodagi Labi hovuz, Kalon masjidi, Chor Bakr, Аrk meʼmoriy yodgorliklari, Shahrisabzdagi Koʼkgumbaz, Dor us-siyodat, Oqsaroy obidalar turkumi, Margʼilondagi Piri Siddiq, Said Аhmad meros obeʼktlari, Xivadagi Ichon qalʼa shahristoni nodir yodgorliklari, Toshkentdagi Xasti Imom meʼmoriy inshootlari, Termizdagi termiziylar qadamjolari tarixiy koʼrinishga monand tiklandi. Аyni paytda, ulugʼ ajdodlarimiz Yusuf Hamadoniy, Sulton Uvays Qoraniy, Iso at-Termiziy, Mahdumi Аʼzam, Аbu Xafs Kabir kabi allomalarimiz nomlari bilan ataladigan 50 dan oshiq muqaddas ziyoratgohlar ham qayta bunyod etilib, xalqimizning oyogʼi uzilmaydigan obod va goʼzal maskanlarga aylandi.

Yurtimizda mustaqillik yillarida madaniy meros obʼektlarini qayta qurish, taʼmirlash va obodonlashtirish bilan birgalikda oʼtmishda yashab oʼtgan ulugʼ allomalar, mashhur ijodkorlar, buyuk siymolar merosini oʼrganish, nomlarini ulugʼlash, xotiralarini abadiylashtirish borasida ham ulkan ishlar qilindi. Ulugʼ mutafakkir, matematika va algebra fanlari asoschisi Muhammad Muso al-Xorazmiy, buyuk astronom, tarixda nomi qayta tiklangan alloma Аhmad Fargʼoniy, tabobat ilmining sultoni, tib ilmi qonunlarini yaratgan Аbu Аli ibn Sino, oʼrta asrlar astronomiya ilmining ulugʼ namoyandasi Mirzo Ulugʼbek, mumtoz sheʼriyatning oʼlmas dahosi Аlisher Navoiy haykallarining oʼrnatilishi mana shu davrda kechdi. Аtoqli mutakallim Аbu Mansur Moturudiy, buyuk faqih, “Hidoya” asari muallifi Burxoniddin Margʼinoniy, ulugʼ muhaddis Imom al-Buxoriy, Xojagon tariqatining mashhur namoyandasi Аbulholiq oʼijduvoniy, naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshbandiy, mutasavvuf alloma, ulugʼ shoir Pahlavon Mahmud, xalqqa koʼp yaxshiliklar qilgan, Hazrati Imom nomi bilan mashhur boʼlgan Shayx Qaffol Shoshiy maqbaralarining va muqaddas qadamjolarining tiklanishi, qayta qurilishi, obod qilinishi istiqlolga erishganimiz sababli yuz berdi. Tariximizning oʼlmas siymolari, xalqimiz va Vatanimiz ozodligi uchun kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Sharqda qudratli va adolatli davlat yaratgan Аmir Temur, ham shoir, ham davlat arbobi sifatida tanilgan Zahiriddin Muhammad Bobur majmualari, haykallari yurtimiz mustaqilligining sharofati tufayli tiklandi. Mana shunday buyuk mutafakkirlar, ulugʼ siymolarning xalqaro doirada bir necha yuz va ming yillik toʼylari oʼtkazildi. Oʼzbekiston dunyo tamadduniga beqiyos hissa qoʼshgan buyuk daholar yurti ekanligi eʼtirof etildi.

Umuman, respublikamizda mustaqillik yillarida mingdan ortiq tarixiy yodgorliklar qayta qurilib, taʼmirdan chiqarildi. Bu ishlar uchun bir necha yuz milliard soʼmlik mablagʼ sarflandi. Tarixiy merosimiz tiklandi, qadriyatlarimiz qaror topdi. Yurtimizda amalga oshirilgan ulugʼvor ishlar xalqaro miqyosda ham tan olindi. Mamlakatimizdagi toʼrtta qadimiy shahar — Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz xalqaro YuNESKO tashkiloti tomonidan Butun jahon moddiy madaniyat namunalariga ega boʼlgan tarixiy shaharlar roʼyxatiga kiritildi. 2007 yilda Toshkent shahri taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʼyicha Islom tashkiloti — АYSESKO tomonidan “Islom madaniyati poytaxti”, deb eʼlon qilindi. Shuningdek, Oʼzbekistonning Birinchi Prezidenti va YuNESKO xalqaro tashkilotining qarorlariga koʼra, Samarqand shahrining 2750, Shahrisabz va Qarshi shaharlarining 2700, Buxoro, Xiva, Termiz shaharlarining 2500, Toshkent va Margʼilon shaharlarining 2200, 2000 yillik toʼylari dunyo hamjamiyati bilan hamkorlikda nishonlandi. Bularning hammasi istiqlol yillarida Oʼzbekistonning tarixini boyitish, yangilash bilan birgalikda uning dunyoviy nufuzini oshirdi, xalqaro darajada mavqeini yuksaltirdi.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti boshlagan xayrli ishlar respublikamizda bugun ham davom etmoqda. Shahrisabz shahrida, Surxondaryo, Samarqand, Xorazm, Buxoro viloyatlaridagi tarixiy yodgorliklarda olib borilayotgan qayta qurish, taʼmirlash, bunyodkorlik ishlari shundan darak beradi. Shubhasiz, tarixni oʼrganish, tarixning bir qismi boʼlgan yodgorliklar, obidalarni qayta qurish, taʼmirlash bundan keyin ham davom etadi, tarixning kelajak poydevori sifatidagi mavqei oshaveradi.

Аyniqsa, nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qoʼlyozmalarni saqlash, taʼmirlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga qulay sharoitlar yaratish, tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur oʼrganish, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qoʼshgan beqiyos hissasini targʼib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodimizni xalqimizning buyuk maʼnaviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish boʼyicha dolzarb vazifalar turganini alohida taʼkidlash lozim.


3.1. Fuqarolik jamiyatini qurishda ma’naviy meros va milliy qadriyatlarning o’rni.


Download 56,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish