Kirish I. Bob. Madaniyat markazlarida aholining dam olishini tashkil etishning nazariy asoslari


II BOB. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda madaniyat markazlari faoliyati ahamiyatining AMALIY TAXLILI



Download 172,48 Kb.
bet9/27
Sana31.12.2021
Hajmi172,48 Kb.
#263944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
boburjon

II BOB. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda madaniyat markazlari faoliyati ahamiyatining AMALIY TAXLILI

2.1. Madaniyat markazlarida madaniy tadbirlarni uyushtirish masalalari

2.2. Yangi O‘zbekistondagi yoshlar tarbiyasida madaniyat markazlarining о‘rni

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Albatta, bu tarixiy sanani “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya asosida keng bayram qilib nishonlash tashkil qilinmoqda.

Bugun kelgusi yil uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, eng muhim va ustuvor sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratshimiz kerak.

Ta’kidlash kerakki, pandemiya barchamizga tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini, tez yordam xizmati, sanitariya-epidemiologiya tizimini tubdan isloh qilish muhim hayotiy zarurat ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Hozirgi vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida kuzatilayotgan “pandemiyaning navbatdagi to‘lqini” va u bilan bog‘liq xavf-xatarlar hammamizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishga undamoqda.

Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini sog‘liqda, deb bilgin”, degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar to‘g‘ri ekanini hayotning o‘zi bugun qayta-qayta isbotlamoqda.

Shu bois, mavjud imkoniyat va salohiyatimiz, pandemiya davrida orttirgan tajribamiz hamda xorijdagi ilg‘or yutuqlardan foydalanib, aholi salomatligini asrash va mustahkamlash borasidagi tub islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur.

Bunda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish – eng ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim.

Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi.

Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz.

Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak.

Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim.

Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.

Shu maqsadda, “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirilib kelinmoqda.

Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etilmoqda.

Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazilmoqda.

Uchinchidan, o‘g‘il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bola tug‘ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratildi.

Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino bundan ming yil oldin, “Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi”, deb bejiz aytmagan.

Ma’rifatga intilish millatimiz ruhini, ma’naviyatimiz asosini tashkil etadi. Darhaqiqat, tarixga murojat etadigan bо‘lsak buyuk allomalarimiz, davlat arboblari, shoiru fuzalolarimiz о‘z asarlarida bu haqda ibratli fikrlar bildirganlar. Masalan, Sharq “Arastu” deya nom olgan Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shaxri" asarida fozil odamlarni barkamol insonlar deya talqin etgan. Yoki Navoiy hazratlarining "Odami ersang demagil odami, onikim yо‘q xalq g‘amidin gami" degan xitobida insonning asl о‘zligi qanday bо‘lishi ifoda etiladi. “Shuningdek XX asr boshidagi о‘zbek ziyolilari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz mudroq xalqni uyg‘otishning eng maqbul yо‘li deb ilm-ma’rifatni kо‘rsatishgan. Ma’rifatparvar jadid Mahmudxо‘ja Behbudiy tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish ekan, shaxsning kamol topib borishidagi eng asosiy omil ma’naviy ruhiy salohiyatini shakllantirishdir deydi”17.

Muammolar haqida gap ketar ekan, avvalo, yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda madaniyat markazlari, jumladan, muzeylar, madaniyat va istirohat bog‘larining ish faoliyatlarini zamon ruhiga mos ruhda о‘zgartirish bosh masala ekanligini unutmasligimiz kerak.

Shu о‘rinda biz madaniyat muassasalari qamroviga kiruvchi madaniyat markazlari va madaniyat saroylarini mazmun mohiyatiga tо‘xtalamiz.

Madaniyat markazlari aholining madaniy dam olishni uyushtirish maqsadida quriladi. Madaniyat markazlari, madaniyat saroylarida kо‘p о‘rinli tomosha va ma’ruza zallari, doimiy kino qurulmalar, kutubxonalar va tо‘garak mashg‘ulotlari, tasviriy san’at va boshqalar uchun alohida xonalar bо‘ladi.

Madaniyat markazlari, madaniyat saroylarida kо‘rgazmalar tashkil qilinadi ma’ruza mavzuli kechalar, atoqli kishilar bilan uchrashuv bayram kechalar va boshqa marosimlar о‘tkaziladi. Turli bolalar tо‘garaklari ishlaydi. Madaniyat markazlari, madaniyat saroylari faoliyati xalq ijodi va badiiy xavaskorlikni barcha turlarini rivojlantirishga yordan beradi. Ular xalq teatrlari orkestr, xor opera va xoreografiya jamoalari, ashula va raqs ansambillari ijod qiladi.

О‘zbekistonda madaniyat ishlari vazirligi tuzimiga qarashli tuman, shahar va qishloq Madaniyat markazlari va madaniyat saroylari shuningdek, yirik korxona kasaba uyushmalari qumitasi tomonidan tashkil qilingan. Madaniyat markazlari, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bо‘ladi. Mamlakatimizda hozirgi vaqtda 700 dan ortiq madaniyat markazlari mavjud. Uning bugungi kundagi faoliyati qoniqarli darajada deyish mumkin emas. Chunki u yerdagi kadrlar faoliyati va bilim saviyasi tо‘la qonli talab darajasida emas. Moddiy rag‘batlantirish moddiy ba’zani yetishmasligi yechimini kutayotgan muammolardir.

Tо‘g‘ri, yosh avlodga bilim berib kelayotgan о‘qituvchilarning saviyasini, ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini va albatta, bilim darajalari hozirgi kunda tubdan о‘zgarmoqda. Afsuski, hozirda madaniyat muassasalari xodimlarining ayrimlari yosh avlod tarbiyasiga mas’uliyatsiz yondoshmoqdalar. Ulardagi bilimning sayozligi, yangilikka intiluvchanlikning yо‘qligi mazkur kasbga nisbatan jamiyatning muayyan tabaqalari orasida notо‘g‘ri targ‘ib etilishiga olib kelishi mumkin.

Ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning kо‘rinishi, ayniqsa, madaniyat xodimida yaqqol namoyon bо‘lishi darkor. Aks holda, ulg‘ayib borayotgan yosh avlodni ma’naviy qashshoq madaniyatdan ancha orqada qolishiga, ahloq normalariga zid tarbiya topishiga omil bо‘lishi mumkin.

Ayniqsa, viloyat, shahar va tumanlardagi shu soha rahbarlari tamoman boshqa kasb egalaridir. Bundan kо‘rinib turibdiki, madaniyat markazlari xodimlarini yangi zamon ruhiga mos qayta tayyorlash, shu kunning dolzarb masalasidir.

Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan madaniy-ma’rifiy muassasalarga ham jiddiy e’tibor berildi, “Madaniyat markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi kuni kecha Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa institutini tashkil etish tо‘g‘risidagi Prezident farmoni va madaniyat vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish tо‘g‘risidagi qarori kuchga kirdi. Demak madaniyat muassasalari xodimlari ushbu e’tibordan turli xulosa chiqarib, ish faoliyatlarida yangicha shakl va usullardan foydalanishlariga tо‘g‘ri keladi.

Bu borada, bizning takliflarimiz quyidagicha; birinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bilan muzeylar, axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniyat markazlari о‘rtasidagi aloqalarni yanada takomillashtirish zarur.

Ikkinchidan, madaniyat markazlari va boshqa jamoat tashkilotlari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni yaxshilash bilan birgalikda "Yoshlar ittifoqi" hamkorligida yosh avlod tarbiyasida kо‘pgina xayrli ishlar qilish mumkin. Avvalo, jamiyat uchun kerakli bо‘lgan shaxsni mukammal qilib tarbiyalash, shu jamiyatning a’zosiman degan har bir shaxsning muqaddas burchidir.

Shuning uchun, millat taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi barkamol insonni tarbiyalash, har bir oila zimmasidagi vazifadir. О‘z oila a’zolariga ya’ni farzandiga berilayotgan tarbiyaning izchilligini ta’minlash uchun unda milliy madaniyatimiz va mafkuramizga bо‘lgan e’tiqodni shallantirish har jihatdan muhimdir. Bunda ta’lim muassasalari bilan birgalikda madaniy – ma’rifiy muassasalarning ham о‘rni beqiyos bо‘lib, jamiyatdagi taraqqiyot omilini busiz tasavvur qilib bо‘lmaydi.

Biroq, har bir shaxs dunyoqarashini shakllantirishida yetakchi omil bо‘lgan ma’naviy madaniyatni barkamol avlod ongiga singdirish, va uning xususiyatlarini alohida tarzda о‘rgatib borish maqsadga muvofiqdir.

Ma’naviy madaniyat - insonning ma’naviy xususiyat va hislatlari jamiyatning ma’naviy darajasini aks ettiruvchi tushuncha. Jamiyat va о‘z – о‘zini tarbiyalash jarayoni, shaxsning hatti - harakatlari va qiyofasida ma’naviyat tamoillari qanchalik singib ketganligini namoyon etuvchi atama. Ma’naviy madaniyat “moddiy madaniyat” tushunchasidan farq qiladi, ammo u bilan bog‘liq va о‘zaro aloqada namoyon bо‘ladi.

“Agar ma’naviyat tushunchasi barcha ma’naviy narsalar va xususiyatlarni – insoniyatning ijodiy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, badiiy, diniy, ahloqiy shunaqa tasavvurlari, tushunchalari majmuini anglatsa, ma’naviy madaniyat esa anashu tushuncha, bilim va tajribalarni kundalik hayotda qо‘llanilishini anglatadi. Turli omillar hayotiy tajriba, tarbiya, ahloqiy ma’rifat, san’at, adabiyot va hokozoning ta’siri natijasida shaxs muayyan darajada о‘z ongi, xulq –atvori jamiyatdagi ma’naviy madaniyatni mujassamlashtiradi”18.

Binobarin, shaxs hatti – harakatlarida namoyon bо‘ladigan ma’naviy madaniyatning о‘ta murakkab tuzilgan dasturga о‘xshatish mumkin, ya’ni inson turli vaziyatlarda о‘zini ma’naviy jihatdan qanday tutish kerakligi borasida kо‘maklashuvchi tajribalarni singdiradi.

Shuningdek ma’naviy madaniyatni inson ongini betinim ijod qilib turuvchi jihatlari – yechimi murakkab bо‘gan qiyin vaziyatlarda muayyan qaror qabul qilishga yordam beradigan ma’naviy tafakkur, his tuyg‘u kabi omillarga ham suyanadi.

Ma’naviy madaniyat harakatlari – voqelikni baholay olish salohiyati, ahloqiy bilim va tajribalari, ulardan foydalana bilish qobiliyati, yaxshi – yomon, ijobiy – salbiy, vaziyatlarni farqlash va hokozo omillar bilan bog‘liq. Har qanday sharoitda ma’naviy – ahloqiy meyorlarga sodiq qolish о‘zgalar tashvishiga sherik bо‘lish, ahloqqa doir tajribalarni amalda qо‘llay olish, shaxslararo muloqotda ijobiy fazilatlarni namoyon eta olish ham ma’naviy madaniyat darajasini kо‘rsatishi mumkin. Zero, har qanday murakkab vaziyatda inson nomiga gard yuqtirmaydigan hatti – harakatlar qilgan shaxsnigina ahloqan ye’tuk, ma’naviyati boy inson deya olamiz. Masalaning boshqa tomoni – moddiy va ma’naviy madaniyatning о‘zaro aloqasi, bir – birini taqozo qilishi bilan bog‘liqdir.

Insonning tо‘laqonli hayoti uchun nihoyatda zarur bо‘lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat о‘chog‘lari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy shart – sharoitini yaxshilash hamda faoliyatini takomillashtirish ham bu borada ijobiy natijalar beradi.

Afsuski, sobiq ittifoq davrida madaniyatga notо‘g‘ri munosabatda bо‘lindi, unga sarflanayotgan mablag‘lar doim boshqa sohalardan kam bо‘ldi, natijada xalqimiz bu sohada orqada qolib ketdi.

Istiqlol davridagi islohatlar va barcha rejalarda madaniyat, ma’rifat, tarbiya va sportni rivojlantirish, bu sohalarda xizmat qilayotgan kadrlar, ya’ni о‘qituvchilar va shifokorlar, madaniy – ma’naviy muassasalar va boshqa sohalarda mehnat qilayotgan kо‘plab mutaxassislarni chinakam ziyolilar sifatida tarbiyalash, bir sо‘z bilin aytganda, ma’naviy boyliklarni yaratadigan kishilarga g‘amxо‘rlik qilish, ularning samarali faoliyati uchun barcha moddiy ma’naviy sharoitlarni yaratib berish eng ustuvor yо‘nalishlardan biriga aylandi.

О‘sib kelayotgan avlodga, uning madaniy ma’naviy tarbiyasiga katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasiga e’tibor kuchayib bormoqda. Shuning uchun bu jarayonni uzluksiz davom ettirish, oila boshliqlari ota – onalar, maktab о‘qituvchilari, mahalla oqsoqollari hamda madaniy – ma’rifiy muassasalar zimmasidagi asosiy vazifalar hisoblanadi. Shuning uchun bugungi kunda har bir viloyat va tumanlarda madaniyat markazlari ishlarni rivojlantirish dolzarb bо‘lib qolmoqda.

Madaniy - ma’rifiy ishlar – keng ommani ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, ularning umumiy ma’naviy saviyasini yuksaltirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bо‘sh vaqtlarini samarali о‘tkazishga kо‘mak beruvchi tadbirlar tizimini ifodalovchi tushuncha.

Madaniy - ma’rifiy ishlar mazmuni, maqsad – muddaolari har bir zamon va makonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy – ma’rifiy, g‘oyaviy, mafkuraviy xususiyatlariga chambarchas bog‘liq holda shakllanadi. Madaniy – ma’rifiy ishlar tushunchasi keng ma’noda о‘quv muassasalari ta’lim – tarbiya maskanlari, klublar, axborot – resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyatini qamrab oladi.

Bunda muzey, kinoteatr, teatr va boshqa madaniy – ma’rifiy muassasalar, shuningdek, OAV (gazeta, jurnallar, Internet, radio, TV) muhim о‘rin tutadi. Asrlar о‘tishi bilan madaniy - ma’rifiy ishlar muassasalarining keng tarmog‘ining tashkil etilishi, ularning о‘sishi va takomillashuvi bilan unga rahbarlik qilish jarayoni ham mukammallashib borgan.

“Inson dunyoqarashini shakllantirish, ma’naviy ahloqiy tarbiya, g‘oyalar targ‘iboti, iqtisodiy bilimlarning ilmiy – tehnikaviy targ‘ibot – tashviqoti, estetik va jismoniy tarbiya, badiiy havaskorlik, madaniy dam olishni tashkil etish, yosh iste’dodlarni har tomonlama qо‘llab – quvvatlash madaniy – ma’rifiy ishlarning turli yо‘nalishlaridir.

Ezgulik va mehr – oqibat, ulug‘vorlik va gо‘zallik, vijdoniylik va mehr – shafqat, boshqalarga hurmat hamda tabiat bilan uyg‘unlikni saqlash kabi ma’naviy hislar har bir kishiga asta – sekin, tadrijiy ravishda madaniy – ma’rifiy ishlar orqali singdirib boriladi”19.

Madaniy – ma’rifiy ishlar jarayonida о‘quv va madaniyat muassasalarida an’anaviy shakllar (suhbat, muloqot, ma’ruza, spektaklь, konsert, she’rxonlik) bilan birga mavzuli kechalar, kitobxonlar konferensiyalari va boshqa konsertlar uyushtiriladi.

Madaniy – ma’rifiy ishlar bо‘yicha mutaxassislar universitetlar, pedagogika va madaniyat institutlari, madaniyat va san’at kollejlarida tayyorlanadi. Sobiq ittifoq davrida madaniy – ma’rifiy ishlar totalitar – mafkuraviy faoliyatning mustaqil sohasi sifatida shakllangan bо‘lsada, ma’naviyat – ma’rifat masalalariga notо‘g‘ri munosabat yuritilgan, unga sarflanadigan mablag‘ doimo boshqa sohalardan kam bо‘lgan. Insonning tо‘laqonli hayoti uchun zarur bо‘lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa ma’naviyat о‘choqlarini kо‘paytirish, ular sharoitini yaxshilash masalasiga jiddiy e’tibor berilmagan.

Istiqlol yillarida zamon, hayot talabiga binoan Madaniyat markazlari ishlarini yangi, davr talabi va manfaatlariga mos takomillashgan tizimi shakllantirildi. Bunda ta’lim tizimi, muzeylar, madaniyat markazlari va axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari ommaviy muassasalar sifatida millionlab aholiga ma’naviy – ma’rifiy xizmat kо‘rsatmoqda.

Madaniyat markazlari deganda – aholining madaniy hordiq chiqarish, madaniyat va san’atga doir kasb – hunar, ilm о‘rgatadigan va u bilan bevosita shug‘ullanadigan hamda yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishga kо‘maklashadigan, ma’naniy va madaniy ozuqa beradigan dargohni kо‘z о‘ngimizda jonlantiramiz.

Madaniyat markazlarining barkamol avlod tarbiyasida tutgan о‘rnini quyidagi vazifalarda kо‘ramiz. Barkamol avlodni tarbiyalashda milliy g‘urur va milliy madaniyatimizni ularning ongiga singdirishda eng asosiy vosita hisoblanadi. Madaniyat markazlarida yaratilgan shart – sharoitlar kutubxona, tо‘garaklar, yosh avlodning biror kasb yoki hunar о‘rganishdagi e’tiqodini shakllantiradi.

Barkamol avlod tarbiyasida yana bir muhim jihatlardan biri tashqi ma’naviy tahdidlardan asrash, ularning tafakkurini shakllantirish, globallashuv jarayonida kirib kelayotgan turli ommaviy madaniyat orqali salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan jihatlarni bartaraf etishda madaniyat uylarining о‘rni beqiyosdir.

Bugungi kunda madaniyat markazlarining faoliyati jamoatchilikni qoniqtirmayotganligi, kо‘rinib turgan holatdir. Madaniyat markazlari faoliyatida biz barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan say – harakatlarni eng avvalo, milliy qadriyatlarni tushuntirishimizdan boshlashimiz kerak.

Ana shundagina madaniyat markazlarida tashkil etilgan tо‘garaklar, bolalar ansambli, shu kabi bir qator jamoaviy yо‘nalishlarning faoliyati barkamol avlod о‘z yо‘li va kasb – koriga ega bо‘lib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qо‘shib, yetuk shaxslar bо‘lib kamol topishi shubhasiz.

Xalqimizning milliy an’analari, udumlari, mehnatsevarlik, halollik, mehmondо‘stlik, yaxshi qо‘shnichilik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, farzandlar va ota-onalar о‘rtasidagi о‘zaro mehr-muhabbat singari qadriyatlari tiklandi.

Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashib, о‘tmishdagi barcha millat va elatlarning maqsadu intilishlarining yaxlitligini, umumiyligini ifodalaydi.

Jamiyatimizda inson huquqlari faqat qonunlar bilan emas, balki xalqning о‘z-о‘zini anglashi, uning ezgulik sohasidagi ahloqiy tajribasi, mehmondо‘stligi bilan mustahkamlanadi.

О‘zbekistonda oilalarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash eng muhim insoniy qadriyatlardan biri bо‘lib kelmoqda.

“Insonning eng asosiy huquqi uning tinch yashashga bо‘lgan muqaddas huquqidir. Davlat va jamiyatning asosiy burchi bu huquqqa barcha imkoni bor vositalar bilan kafolat berishdir.

Ming yillar davomida shakllangan ma’naviy va milliy qadriyatlar hozirgi davrda yaratilgan ma’naviy boyliklar bilan qо‘shilib tanlanishi, mustaqil taraqqiyot yо‘limizni tezlatadi, xalqimizda g‘oyaviy va ma’naviy boylikni ta’minlashga kо‘maklashadi”20.

Bunday qadriyatlarni о‘rganish, xalqning о‘zini anglashda, uning tarixiy xotirasini tiklashda, millat qadr-qimmatini jamiyat hayotila his qilishda muhim imkoniyatlar yaratadi. Insoniarvarlik bilan sug‘orilgan о‘zbek milliy qadriyatlari о‘zining chuqur tarixiy ildizlariga ega.

Uzoq asrlar davomida о‘zbeklarning turmush tarzi, mehnat faoliyati, о‘zaro munosabatlari, hamkorlik, hamdardlik, vafodorlik, bir-biriga suyanish, yaxshi qо‘shnichilik, bolajonlik ota-onaning bolaga, bolaning ota-onaga hurmati, sadoqati e’zozlanib kelingan.

Shu sababli ham о‘zbek xalqining milliy ma’naviyati, ma’naviy qadriyatlarning qaysi tarmog‘iga nazar tashlamaylik, ularning zamirida chuqur ijtimoiy, ahloqiy ahamiyat kasb etadigan inson parvarlik g‘oyalari aks etganligini kо‘ramiz.

Ma’lumki, turon zaminda shaxs umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalangan. Shu bois ham bugun dunyoni qomusiy ilmlari bilan lol qoldirgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Al-Xorazmiy, Ahmad Yugnakiy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Imom Buxoriy kabi allomalar, betakror asarlari bilan jahon xazinasiga hissa qо‘shgan Umar Hayyom, Alisher Navoiy, Jomiy va Bobur kabi mutafakkirlar shu zaminda etishib chiqqanlar.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatda qadriyatlardan foydalanishda quyidagi tamoyillarga rioya etish kerak:

1. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi.

2. Uyg‘unlashgan milliy qadriyatlarni tiklash va saqdash.

3. Barkamol shaxs tarbiyasidan ibrat olish.

4. Ma’naviy targ‘ibot vositalari orqali zamonaviy qahramon obrazini yaratish.

5. Tarbiya jarayonlarida oila, mahalla, "maktab madaniyat muassasasi" birligiga erishish.

Yuqoridagi tamoyillarga asoslangan vazifalar asosida madaniyat uylarida bajarilayotgan ishlar samarali va aktual bо‘lishini hisobga olib, quyidagi xulosaga keldik. ning barkamol avlod tarbiyasiga ta’sirini kuchaytirishning asosiy qirralari u yerdagi faoliyatning moderniazatsiya jarayoniga moslashtirish, va aholi qiziqishini orttirish, tizimli va bir maromda ishlash orqali ortiqcha daromad orttirish yо‘llarini о‘ylab topgan holda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, eng asosiy vazifalar hisoblanadi

Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin tarixan qisqa vaqt ichida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma'rifiy sohalarda juda katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Chunonchi, o‘z tarixini o‘rganish ulug‘ ajdodlar qoldirgan boy madaniy-ma'naviy merosni o‘rganishga ega bo‘ldi, o‘zlikni anglashi, milliy g‘ururi qayta tiklandi. Respublikamizda ilm-fan o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi.Ushbu qo‘llanilayotgan ijobiy ishlarning barchasi kelajagimiz tayanchi hisoblangan yoshlarni har tomonlama ham jismonan, ham ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Zero, kelajak ijodkori hisoblangan yoshlar ongida Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, milliy ma'naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni davr taqozo etmoqda. Bugungi kun taraqqiyot, ma'naviy mustaqillik o‘zini anglagan, ya'ni o‘z ona tili, yozuvi, madaniyat tarixini puxta bilgan, o‘z xalqining urf-odatlaridan, odob ahloq normalaridan, an'analaridan habardor bo‘lgan kishigina jamiyat hayotida faol ishtirok eta olishini ko‘rsatmoqda.

Mustaqil Vatanimiz yangi huquqiy fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida dadil qadamlar bilan odimlanib borar ekan, jahon sahnasida kelajagi buyuk davlat degan bir orzu intilish bilan namoyon bo‘lmoqda. Ma'lumki, har bir davlatning ravnaqi, uning fuqarolarini salohiyati, bilimdonligi, ishonch-e'tiqodi, hamda shunga munosib tarzda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishi bilan chambarchas bog‘liq.

Shunday ekan yosh davlat uchun ertangi kunimiz egasi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, shubhasiz, birinchi sonli muammo va tadbirlardan hisoblanadi. Bugun biz bolalarni tarbiyalashda halollik, to‘g‘rilikni, bayroq qilib olishimiz, buzilgan mafkuramizni tiklashimiz, imon-e'tiqodiga suyangan holda boshlashimiz lozim bo‘ladi.

Bolaga ta'lim va tarbiya berish jarayonida asosan bilim va odob-ahloq, ma'naviy oziq berish bilan bir qatorda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli, biror kasb va hunar mahoratini takomillashtirishga qaratgan holda tashkil etish alohida ahamiyatga ega.

Jamiyat ma'naviy taraqqiyotini belgilaydigan bolalar tarbiyasi bilan nafaqat davlat balki tegishli vazirliklar, har bir idora, korxona, madaniy-ma'rifiy muassasalar o‘z vatani shanini yuksaltirgan har bir inson shug‘allanishi kerak.

Bolalar tarbiyasi hurlik masalasiga har doim kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa sifatida qarashimiz lozim. Ularning har bir hatti-harakati o‘z vaqtida baholanishi, to‘g‘ri yo‘lga solinishi kerak.

Bolalar bir necha pog‘onada tarbiya topadilar. Bunga oila, bog‘cha, maktab, mahalla va boshqa muassasalar kiradi. Bugungi kunda maktab va ta'lim dargohlaridan keyin bola qolgan bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi? Bu ish bilan oila boshliqlari muntazam shug‘ullana olyaptilarmi? Yoshlar hayotida duch kelayotgan shunday muammolarni hal qilish uchun madaniy-ma'rifiy sohani rivojlantirish, madaniy- ma'rifiy xodimga yangicha fikr, mulohaza va g‘oyalar berish lozim.

Yoshlarni komil inson bo‘lib shakllanishida madaniy- ma'rifiy xodimning o‘rni beqiyos. “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohatlarning mazmuni va maqsadi O‘zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va maslagidan qat'iy nazar shaxs sifatida namoyon etish o‘z hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma'naviy boyroq qilish imkoniyaga ega bo‘ladigan shartlarni yaratishdan iborat”, - deb takidlaydi1. Shu maqsadni ko‘zlab O‘zbekistonda “Ijtimoiy fikr, jamoatchilik markazi tuzildi va o‘z ishini boshladi. Mazkur markazni tuzishdan maqsad, O‘zbekistonda barcha demokratik islohatlarning chuqurlashtirish, inson huquqlarini ta'minlash, fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatini tadqiq qilish, ularning o‘zaro hamjihatligi mohiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi hukmatga qarashli bo‘lmagan tashkilotdir. Shu bilan birga hokimiyat idoralari bilan jamiyatning o‘zaro ta'siri, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy - ma'rifiy, madaniy yangilanishni chuqurlashtirish masalalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar rivojining boshqa dolzarb muammolari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish, kishilar dunyo qarashini shakllanishidagi jarayon va tamoyillarini siyosiy, iqtisodiy, ahloqiy, huquqiy ongning holati va mazmunini aniqlash, o‘rganish, madaniy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

Madaniy-ma'rifiy xodimning malakali faoliyati o‘z mohiyati bilan tarbiyaviy ishdir. Uning asosiy vazifasi har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir.

Madaniy-ma'rifiy xodim mustaqil O‘zbekistonning milliy siyosatini targ‘ibotchisi, mehnat va ahloqiy jihatdan kishilarni tarbiyalash ommaviy havaskorlik ijodiyotini rivojlantirish ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash ishi bilan shug‘ullanadi. U mehnatkashlarning madaniy dam olishiga, o‘z ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga iste'dod va qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyatini uyushtiruvchidir.

Odamlar bilan va odamlar uchun ishlashga davat etilgan madaniy-ma'rifiy xodimning qiyofasini vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak ahloqiy sifatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki bu muassasalardagi bir ommaviy tadbir, yakkama-yakka tartibdagi suhbat, to‘garak yok havaskorlik uyushmasining mashg‘uloti odamlarda o‘z ona yurtiga, xalqiga chuqur mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga, vatanparvarlik xissini mustahkamlashga yordam berishi kerak. Bu esa madaniy-ma'rifiy xodimning o‘zida vatanparvarlik tuyg‘ularini qanchalik chuqur va mustahkam o‘rin olganligiga, o‘tkaziladigan tadbirlar mazmunini yagona madaniy-ma'rifiy maqsadga yo‘naltira bilishga, tadbir qatnashchilarida ishtimoiy foydali fazilatlarning shakllanishiga yordam beradigan ish shakllari va usullari tanlab, ulardan to‘g‘ri foydalana olishiga bog‘liq bo‘ladi.

Madaniy-ma'rifiy muassasalar xodimlari mehnatkashlar o‘rtasida g‘oyaviy-siyoviy ommaviy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga, ishlab chiqarish ilg‘orlarining joylarda namunali hayot kechirayotgan oilalarni tajribalarini ommalashtirishga, ommaning madaniy dam olishi va hordiq chiqarishini uyushtirishga ijtimoiy fikrni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazadilar.

Madaniy-ma'rifiy xodimlar xalqqa xizmat qiladi, xalqning madaniyatini saqlaydi, targ‘ib qiladi, yangi madaniyat va san'at asarlarining paydo bo‘lishida ularning roli nihoyatda kattadir. Ular xalq havaskorlik san'atini o‘rganuvchilar, rivojlantirishuvchilar, ommalashtiruvchilar, uning ijodiyotini taraqqiy ettiruvchilar hisoblanadi.

Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan o‘tmish avlodlarning ilmiy jangovar, mehnat shuhrati an'analarini ilg‘or tajribalarni va bilimlarni meros qilib olgan. Ma'naviy pok, aqloqiy va jismoniy barkamol, mehnatsevar, insonparvarlik g‘oyalariga sodiq qobiliyatli, izlanuvchi bunyodkor shaxsni shakllantirish, mustaqil vatanimizning buyuk kelajagini yaratuvchi komil inson tarbiyasi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu tarbiyaning bosh yo‘li madaniy-ma'rifiy maqsad yo‘lida komil inson bilan harakat qiladigan va qiyinchiliklarni yengadigan oliyjanob, insonparvar kishini - yangi jamiyat quruvchisini tarbiyalash yo‘lidir. Bu vazifani hal etish har bir kishi ma'anviy hayotining barcha asosiy tamonlarini rivojlantirish

2.2. Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda madaniyat markazlarining о‘rni va ahamiyati

Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan amaliy vazifalar bugungi kunning kо‘zga kо‘rinarli jihatlaridan hisoblanadi. Biz bunga alohida tо‘xtalishdan avval ijtimoiy faollik sо‘ziga izoh berishimiz zarur.

“Ijtimoiy faollik – subyektning jamiyat hayotida ongli holda mustaqil ishtirok etishi, ma’lum ijtimoiy ma’naviyat sohada vujudga keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan harakatdir”21.

Subyekt sifatida shaxs, ijtimoiy guruh, qatlam, umuman jamiyat bо‘lishi mumkin. Ijtimoiy faoliyat ijtimoiy ongning shakllanishiga oid fundamental tushuncha bо‘lib, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biridir. Yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirishda siyosiy, iqtisodiy, yо‘nalishlar bilan bir qatorda madaniyat va ma’rifatning о‘rni ham alohida ahamiyatga egadir

Mustaqillik sharoitida ma’naviy islohotlar zamirida madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati tubdan о‘zgardi, yangi mazmun kashf etdi, shaklan kamol topdi. Bu о‘zgarishlar istiqlol bergan imkoniyatlar asosida sodir bо‘ldi. Zero, bu sohani yangilanishi tarixiy zarurat edi.

SHо‘rolar davrida madaniy-ma’rifiy muassasalar xalq manfaatlariga xizmat qilish о‘rniga, zо‘raki ravishda kommunistik g‘oyalarni targ‘ib qilish maskanlariga aylantirilgan edi.

Mustaqillik sharoitida esa madaniy-ma’rifiy muassasalar xalqning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, milliy an’analarini tiklash, xalq ijodini ravnaq toptirish, yangi milliy mafkurani targ‘ib etish maskaniga aylandi.

Mustaqillik tufayli respublikamizda milliy-ma’naviy tiklanish davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgandan sо‘ng, madaniy-ma’rifiy muassasalar xalq ma’naviyati kamoloti yо‘lida xizmat qilish imkoniyatlariga ega bо‘ldi.

Hukumatimiz sayharakatlari ularoq respublikamizda "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi (hozirgi ma’naviyat va ma’rifat kengashi markazlari) va uning tarmoq tizimlarining vujudga kelishi madaniy-ma’rifiy muassasalar (jumladan, klublar, madaniyat uylari, madaniyat saroylari, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniy komplekslar, axborot-texnologiya markazlari, kutubxonalar, muzeylar) faoliyati jiddiy yangilanishiga turtki bо‘ldi.

Eng muhimi ma’naviyat va ma’rifat rivojiga davlatning bosh vazifasi deb qarash bu soha faoliyatini yangidan ravnaq topishiga asos bо‘ldi.

Ma’lumki, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatida milliy ma’naviyat masalalari bilan shug‘ullanish asosiy soha bо‘lgani sababli, madaniyat muassasalari komil insonni tarbiyalash jarayoniga о‘zining munosib hissasini qо‘shishga ma’sо‘l hisoblanadi, chunki kelajakda buyuk davlat egasi bо‘ladigan komil insonni tarbiyalamasdan, uni ahloqiy jihatdan barkamol qilmasdan turib rivojlanish muammolarini hal etish mumkin emas. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga о‘tish borasidagi murakkab vazifalarni muvaffaqiyatlі hal etish fuqarolarning ma’naviy-ahloqiy kamolotiga, imon-e’tiqodiga, goyaviy-siyosiy yetuklik darajasiga kо‘p jihatdan bog‘liqdir.

Inson kamoloti millat va mamlakat rivojiga asos bо‘ladi. Xalq orasida, turar joylarda madaniy-ma’rifiy faoliyat olib boruvchi muassasalarning bu ishlarni amalga oshirishda о‘ziga xos imkoniyatlari mavjud edi.Shu narsani e’tiborda tutish kerakki, madaniy-ma’rifiy muassasalar asosan joylarda va muayyan aholi qatlamlariga xizmat kо‘rsatadi. Shu boisdan ham madaniyat muassasalari muayyan regionning asosiy madaniyat markazi, ma’rifat va mazmunli dam olish maskani sifatida xalq ijodini kamol toptirishda, bayram va sayllarni uyushtirishda keng imkoniyatlarga ega ma’naviy-mafkuraviy tashkilotlar sifatida xizmat qilmoqdalar.

“Madaniyat muassasalari kishilarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, shaxs ma’naviyatini har tomonlama rivojlantirish va ularning ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish jarayonlarini uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi shaklida amalga oshiradi. Shuningdek, ular joylarda mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda ham davlat, partiyalar, yoshlar uyushmalari, kasaba tashkilotlari va kо‘ngilli jamiyatlarning tayanch-tarbiyaviy markazi sifatida ham faoliyat olib boradilar”22.

Madaniy-ma’rifiy faoliyat kо‘p qirrali jarayon bо‘lganligi sababli ijtimoiy hayot, ijtimoiy ong va jamoatchilik fikrining deyarli barcha sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Madaniyat muassasalari mehnatkashlarning asosan bо‘sh vaqtlari jarayonida faoliyatlarini amalga oshirishlari sababli jamoatchilik fikrini tarkib toptirishda samarali natijalarga erishish imkoniyatlariga egadir.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar ajdodlarimiz yaratgan boy madaniy meros, xalq ma’naviyati durdonalari va an’analarini tiklash, rivojlantirish, targ‘ib qilish ishlariga о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shmoqdalar. Ular bir tomondan aholi turli qatlamlarini madaniyat namunalaridan bahramand bо‘lishga sharoit yaratib bersa, ikkinchi tomondan, kishini madaniy hayotini bevosita yaratuvchisiga aylantirishga ham da’vat etadi, uchinchi tomondan esa insonning tо‘laqonli madaniy qiyofasi, xulq-atvori, odobi va ahloqining umuminsoniy va milliy andoza, talablar doirasida shakllanishiga undaydi. Madaniy-ma’rifiy muassasalar mehnat jamoasi, kо‘ngilli uyushmalar, oila va shaxs hayoti oldida turgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga va turli ijtimoiy-madaniy muammolarni yechishga ham imkoniyat izlaydi. Zero, mehnatkash xalq turmush tarzini boy ma’naviy mazmun bilan tо‘ldirish, badiiy bezashga kо‘maklashish muhim ijtimoiy masalalardir.

Respublikamiz madaniyatshunos olimlari, madaniy-ma’rifiy soha nazariyotchilari, soha amaliyotchilari bilan hamkorlikda tarixiy an’analar mustaqillik mafkurasi, ma’naviy yangilanish ehtiyoji, bozor iqtisodiyoti xususiyatlari, aholining talab va ehtiyojlari, amaliy tajribalar negizida madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatining nazariy asoslari, jumladan, uning asosiy yо‘nalishlari, maqsad va vazifalarini ishlab chiqmoqdalar. Unga muvofiq mustakillik sharoitida madaniy – ma’rifiy muassasalar asosan quyidagi yо‘nalishlarda faoliyat yuritadilar:

- aholi о‘rtasida muayyan ijtimoiy-madaniy, mafkuraviy, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;

- xalq havaskorlik ijodini ravnaq toptirish;

- ommaviy tadbirlar, marosimlar, bayramlar, sayllar о‘tkazish vositasida yalpi ijtimoiy kayfiyat yaratish, jamoatchilik fikriga eltuvchi umumiy holatni yuzaga keltirish;

- jamoaviy fikr generatorlari lider shaxslar, baobrо‘ kishilar, oqsoqollar faoliyatini istiqlol yо‘lini mustahkamlash ishiga safarbar qilish;

- mehnatkashlarning madaniy dam olishini tashkil qilish;

- aholi turli qatlamlari vakillarini ijtimoiy foydali faoliyatlarni amalga oshirish uchun ularni estetik qiziqishlari asosida uyushma va tashkilotlarga birlashtirish.

Madaniy-ma’rifiy muassasalarning maqsadi aholining bо‘sh vaqtini uyushtirish jarayonida kishilarning madaniy ehtiyojlarini qondirish va ularni ma’naviy boyitishdan iboratdir.Madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatining bosh vazifasi kishilarning madaniy, ma’rifiy, ijodiy faoliyatlari, hordiq olishlari uchun sharoit va imkoniyat yaratib berish.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:

- aholining madaniy dam olishini uyushtirish;

- kishilarni ma’naviy-ma’rifiy boyitish, intellektual saviyasini oshirish;

- ommaning ijodkorligi va tashabbuskorligini taraqqiy ettirish;

- milliy, mintaqaviy, umuminsoniy qadriyatlarimizni e’zozlash, moddiy va ma’naviy qadriyatlarimizni avaylab saqlash va yanada rivojlantirish;

- xalqning milliy ongini, о‘z-о‘zini anglash darajalarini oshirish;

- aholiga yangi va rang-barang axborotlar berib turish;

- nogironlar, mehnat qobiliyatini yо‘qotganlar va yolg‘izlarga ma’naviy yordam kо‘rsatish.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar quyidagi tamoyillar asosida ish olib boradi:

- hayotiylik va haqqoniylik;

- xalqchillik, milliylik va umuminsoniylik;

- ommaviylik va ixtiyoriylik;

- ilmiylik va ijodkorlik

Madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati mazmunida insonparvarlik ahloqiylik imon-e’tiqodlilik, farosatlilik, ma’rifatparvarlik, halollik va odillik, vatanparvarlik va millatsevarlik, birodarparvarlik, baynalminallik, mehnatsevarlik, xurfikrlilik, taraqqiyparvarlik kabi insoniy fazilatlar о‘z aksini topadi.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar о‘z faoliyatida quyidagi ish shakllaridan foydalanadi: ma’ruza, doklad, ilmiy va ijodiy konferensiya, munozara, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy bahslar, dam olish kechalari, mavzuli kechalar, о‘tkir zehnlilar bahslashuvlari, teatrlashgan kontsert, ommaviy tomosha, marosim, sayl, bayram, festivalь, kо‘rgazmalar, kо‘rik-tanlovlar, sayohat, madaniy sayr, ekskursiyalar, olimpiada, qiziqarli о‘yinlar, badiiy-sport tadbirlari, targ‘ibot-tashviqot guruhlari chiqishlari, badiiy havaskorlik tо‘garaklari uyushmalari va hokazolar.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar о‘z ish faoliyatida quyidagi vositalardan foydalanadi:

- jonli sо‘z, hujjatli manbalar, matbuot va hokazo.

- badiiy vositalar (badiiy sо‘z, mо‘siqa, raqs, teatr, adabiyot).

- tasviriy vositalar (taklifnoma, e’lon, dastur, afisha, buklet, dastur, emblema, baner va xokazolar).

- texnik vositalar (radio, TV, audio, video, texnogen apparaturalar, elektron axborot vositalari ) va boshqalar.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar о‘z faoliyatida quyidagi usullardan foydalanadi:

- Tarbiyaviy usullar ibrat, ishontirish, namuna, taqdirlash, tanqid qilish.

- Ma’rifiy usullar о‘rganish, bayon qilish, mashq, namoyish.

- Tashkiliy va faollashtirish usullari.

Madaniy-ma’rifiy muassasalari:

- jamoa va davlat tashkilotlari, kasaba uyushmalari,

- ommaviy axborot vositalari,

- diniy tashkilotlar,

- о‘quv yurtlari,

- harbiy-mudofaa qismlari,

- san’at muassasalari,

- sport va dam olish maskanlari,

- turizm tashkilotlari kabilar bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy faoliyat olib borishlari mumkin. Madaniy - ma’rifiy muassasalar faoliyatining mustaqillik davridagi ijobiy о‘zgarishlari.

Ma’lumki, shо‘rolar davridagi madaniy-ma’rifiy muassasa faoliyatining asosiy maqsadi kommunistik mafkurani keng xalq ommasiga singdirib borishdan iborat edi. Istilyochilarning maqsadi о‘z mustamlakasidagi xalqlarning ma’naviy о‘zligini yо‘q qilish, uni siyosiy yakka mafkura kommunistik goyaga bо‘ysundirish bо‘lib, mustaqil fikrlovchi millat vakillarini qattiq qoralashdan iborat edi.

Mustaqillik sharofati bilan madaniy-ma’rifiy muassasalar milliy g‘oya, о‘zlikni anglash kabi masalalarga alohida e’tibor berishmoqda. Hozirgi kunda bu faoliyatning goyasi о‘zligini anglagan, ma’naviy barkamol va ma’rifiy yetuk komil insonni tarbiyalashga, milliy о‘zligiga, erkiga va haq-huquqlariga tо‘laqonli ega bо‘lgan millat va xalq ommasiga xizmat qilishdan iboratdir.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar madaniy meros, milliy qadriyatlar, xalq an’analarini tiklashda “Navrо‘z” bayrami, “Mustaqillik” kuni, “Hayit” kunlari kabi diniy va xalq bayramlarini tashkil qilishda muhim о‘rin tutmoqda. Xalqning dardlari, qiziqishini о‘rganish, insonparvarlik haqqoniylik milliylik kabi tamoyillar madaniy-ma’rifiy ishlar mezoni bо‘lib qolmoqda.

Keyingi yillarda respublikamizning qator viloyatlari (jumladan, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm) madaniy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor bera boshlashdi. Respublika madaniy-ma’rifiy muassasalari (klublar, kutubxonalar, muzeylar, istirohat bog‘lari kabilar) aholining ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda о‘ziga xos xususiyatlar asosida turli usullar, shakllar va vositalar yordamida faoliyat olib boradilar.

Madaniyat markazlari mahalliy joylarda aholining bо‘sh vaqtini samarali о‘tkazish, madaniy faoliyat bilan shug‘ullanish, ijodkorlikni oshirish, bilim saviyasini boyitish va ma’naviy kamol topishiga о‘zining munosib hissasini qо‘shmoqda. О‘zbekiston madaniy-ma’rifiy muassasalariga ilmiy-uslubiy yordam berish vazifasini "Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi" bajarmoqda. Bu markaz respublika darajasidagi yirik madaniy-ommaviy tadbirlar, kо‘rik-tanlovlar, festivallar о‘tkazmoqda. Mazkur markaz boshchiligida madaniy-ma’rifiy muassasalar muammolariga oid ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar-yiginlar, ilg‘or tajriba targ‘ibotlari, sotsiologik tadqiqotlar, ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilmoqda va bu sohaning ravnaqiga о‘z hissasini qо‘shmoqda. Mustaqillik sharoitida bu tizim vakillari joylarda shо‘rolar davrida ta’qiqlangan xalq an’analari, milliy marosimlar, bayramlar va xalq ijodi turlarini tiklash va targ‘ib qilishga о‘zining munosib hissalarini qо‘shishmoqda. Shuningdek, ular zamonaviy havaskorlik san’ati namunalarini ravnaq topishiga faol yordam berishmoqda.

О‘zbekiston madaniy-ma’rifiy muassasalari keyingi davrda bolalar ijodiga alohida e’tibor bermoqda. Respublika klub muassasalarida 6 mingga yaqin bolalar jamoalari ishlab, ularda 200 mingga yaqin yosh avlod vakillari qatnashishmoqda.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufida Respublika bolalar badiiy ijodiyoti markazi mavjud. Markaz mintaqada yashab ijod qilayotgan qobiliyatli bolalarni izlab topib, ular ijodini targ‘ib qilish, tasviriy va xalq amaliy san’atini turli yо‘nalishlari bо‘yicha kasb-hunar о‘rgatish bilan shugullanadi.

Madaniyat va istirohat bog‘lari Vatanimizda an’anaviy tabiiy-madaniy maskan sifatida azaldan mashhur bо‘lib kelgan. Hozir ham bu gо‘zal maskanlar kо‘pchilikning sevimli madaniy dam oladigan joylari hisoblanadi.Endilikda xalqimizning madaniy bog‘dorchilik an’analari qayta tiklanmoqda. Madaniyat va istirohat bog‘larida ajdodlarimiz tajribalari asosida gulzor, xiyobon, chorbog‘ yaratish an’analaridan foydalanilmoqda. Respublikamizda nafaqat tarixda mashhur bо‘lgan bog‘lar, masalan, Samarqanddagi Amir Temur bog‘lari tiklanmoqda, shuningdek Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ kabi mashhur yangi bog‘lar barpo etilmoqda. An’anaviylik va zamonaviylikni о‘yg‘unlashtirgan yangi bog‘lar Namangan, Farg‘ona, Xorazm va boshqa viloyatlarda ham vujudga kelmoqda.

Respublikamizdagi 120 dan ortiq bog‘larning 3/4 qismi. ya’ni 90 tasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida faoliyat kо‘rsagmoqda. Axborot-resurs markazlari va kutubxonalar - aholini yangiliklar bilan tanishtirishga, ularning bilimdonligini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Kutubxonalar - Vatanimizda yozma yodgorliklar saqlanadigan joy sifatida qadim zamonlardan paydo bо‘lib, hozirgi kunda bilimga chanqoq aholi qatlamlarini adabiyotlar bilan ta’minlovchi madaniy, ilmiy-ma’rifiy muassasalar sifatida xizmat qilmoqalar. Kuіubxonalar eng ezgu xizmat- ommaga kitoblar

yordamida bilim tarqatish bilan shugullanishmoqda. Ularning asosiy vazifalari adabiyotlarni yig‘ish, saqlash va о‘quvchi - talaba yoshlarga yetkazib berish.

Bozor iqtisodiyotiga о‘tish davrida kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi bir muncha zaiflashgan bо‘lsa-da, keyingi yillarda respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar natijalarida ular sezilarli darajada yaxshilanmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi О‘zbekistonning barcha AKM va ARMlari uchun ilmiy-uslubiy markaz hisoblanadi. U respublikamizdagi eng katta kitob uyi bо‘lib, uning umumiy fondi 5 millionga yaqin nusxani tashkil qiladi. U har yili kutubxonalarga 2 millionga yaqin kitob tarqatadi. Kitobxonlarning umumiy soni 40 minggdan ortiq. Muzeylar - tarixiy, tabiiy, moddiy, ma’naviy yodgorliklarni maxsus e’tibor berib tо‘plash, saqlash, о‘rganish va targ‘ib qilish ilmiy-ma’rifiy muassasalari sifatida mustaqillik sharoitida munosib ravnaq topmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muzeylar faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish tо‘grisidagi (1998 yil, 12 yanvarь) farmoni О‘zbekistonda muzeylar faoliyati va tizimini yanada takomillashtirish, ularning kishilarni ahloqiy kamolotidagi о‘rnini oshirish, tarixiy merosni asrash, о‘rganish va targ‘ib qilish, muzeylardan milliy g‘urur, Vatanga sadoqat tuygularini shakllantirish yо‘lida foydalanish, ularni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kabi ishlarni amalga oshirishga zamin bо‘lmoqda.Respublikamizda hozir 90 ga yaqin muzeylar faoliyat kо‘rsatmoqda. Mustaqillik davrida Toshkentda О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar davri davlat muzeyi, Andijonda "Bobur" yodgorlik kompleksi, Buxoroda Bahovuddin Naqshband, Chelak tumanida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, Quvada "Shahriston" tarixiy-me’morial majmuasi kabilar yaratildi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‘ona davlat muzey - qо‘riqxonalari ta’mirlandi. Xaq amaliy san’ati muzeyi, О‘zbekiston davlat san’at muzeylari boyitilmoqda. Bunday ishlarning natijasida xalqimizning tarixiy xotirasi tiklanmoqda, millatimiz о‘zligini anglamoqda, kecha u kim bо‘lgani va ertaga kim bо‘lishi haqida о‘ylashga imkon yaratilmoqda.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatining hozirgi shakllari va mazmunini istiqlol yо‘lidan odimlayotgan О‘zbekiston xalqi ma’naviy hayoti, tarixiy-madaniy tajribasi, turmush tarziga, xalq ma’naviy muhitiga yanada muvofiqlashtirish, mavjud imkoniyatlardan va jahon tajribasidan keng foydalanish ma’naviyatimizni ravnaq toptirish yо‘lidagi dolzarb vazifalardan biridir.

Shuning uchun madaniy ma’rifiy muassasalar majmuiga kiruvchi Madaniyat markazlarifaoliyati tarmog‘ini kengaytirish unda faoliyat olib borayotgan hodimlarning bilim va saviyasini qayta tekshirib, yanada chuqurlashtirish moddiy texnik ba’zasini boyitish muhimdir.

Biz Madaniyat markazlariva madaniyat saroylari deganda alohida tushuncha va mohiyatga ega bо‘lgan madaniy targ‘ibot markazini anglashimiz kerak. Har bir jamiyatda yuzaga keladigan muammo va uning yechimlari unda olib borilayotgan islohotlarning tо‘g‘ri bajarilishiga bog‘liq, bu esa zarurat tug‘iladigan vazifalarni oldimizga qо‘yaveradi. Shunday ekan bugungi kunda jamiyat rivojlanishi inson ehtiyojlarining qondirilishi va uni har tomonlama rivojlantirilishiga bog‘liq. Ijtimoiy-madaniy muassasalar inson ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda muhim о‘rin tutadi.

Ayrim ijtimoiy-madaniy muassasalar tizimiga mansub kishilarning soni kamligi birinchi navbatda, ularning ehtiyoj va qiziqishlari о‘z faoliyatiga tо‘g‘ri kelmasligidadir.Ijtimoiy-madaniy muassasa hodimlari aholi yoki guruhlarning talab, qiziqish va ehtiyojlari haqida tо‘liq ma’lumotga ega bо‘lmaydilar. Bu, avvalo, muassasaning о‘z faoliyati sohasida aholiga kam ma’lumot yetkazayotgani uchundir. Natijada, qiziqish, ehtiyojlarga ega bо‘lgan aholi madaniyat muassasalarida о‘zlari uchun kerakli, qiziqarli mashg‘ulotlar yо‘q degan fikrda yuradilar, kо‘p hollarda u yerdan kutganini topa olmaydilar va ular targ‘ib qilayotgan tadbirlarda qatnashmaydilar.

Shuning uchun, aholining ehtiyoj va qiziqishlarini о‘rganish ijtimoiy madaniy faoliyatning mazmun, usul, shakl va vositalarini aniqlashda nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir.

Ijtimoiy-madaniy muassasalarning xususiyatlaridan biri unga ixtiyoriy ravishda tashrif buyurish hamda dam olishni mazmunli о‘tqazishdir.

Ijtimoiy-madaniy muassasa hodimining vazifasi qatnashuvchining qiziqishi va ehtiyoj mazmunini aniqlab, unga yuqori malakali madaniy xizmat kо‘rsatishdir.

Inson doimiy ravishda tashqi dunyo bilan aloqada bp’lib, undan о‘zi uchun muhim narsalarni olishga harakat qiladi. Ehtiyojlarni qondirish yо‘lida albatta, inson muloqotga muhtoj bо‘ladi va ehtiyoj inson faolligining omili bо‘lib uni faoliyatga chorlaydi.

Bu holat inson faolligini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning faoliyati uning xulq-atvori talablari asosida shakllanishi mumkin. Insondagi dangasalik yoki mazmunsiz vaqt о‘tkazish holatlarini uning ichki dunyosi hamda tashqi ta’sirning uygunlashuvi natijasida bartaraf etish mumkin.

Shunda maqsadga intilish, irodalilik prinspiallilik va biron bir maqsadga erishish istagi va qaror paydo bо‘lishi mumkin.

Ehtiyojning paydo bо‘lishiga va uning qondirilishiga ma’lum bir hissiy holatlar ham о‘z ta’sirini kо‘rsatishi mumkin.

Ehtiyojlarni bir necha guruhlarga bо‘lish mumkin. Inson ehtiyojlari ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit va madaniy ehtiyojlar ta’sirida shakllangan. Ehtiyojlar moddiy va ma’naviy kо‘rinishlarga ega. Moddiy ehtiyojlar inson hayoti uchun kerak bо‘ladigan narsalarni qondirishga qratilgan ehtiyojlardir: oziq-ovqat, uy jihozlari, kiyim-kechak hamda ishlab chiqarish va ishlatish uchun kerakli bо‘lgan buyumlar (ishlab chiqarish vositalari, transport va boshqalar).



Funksional va ma’naviy ehtiyojlar uchun muhim bо‘lgan moddiy predmetlar alohida guruhni tashkil etadi. Masalan, kitoblar, musiqa asboblari va tehnik jihozlar, sport anjomlari, bularning hammasi mazmunan ma’naviy (madaniy) ehtiyojlarni qondirishga qaratilgandir. Ma’naviy ehtiyojlarni quyidagilar tashkil etadi:

- bilim olish (intellektual) bilimlarni egallash va ulardan ilmiy faoliyat jarayonida foydalanish ;

- estetik-badiiy va boshqa estetik qadriyatlarni yaratish va anglash; - ahdoqiy-odobiy madaniyatga ega bо‘lish va ularni hulq-atvorda namoyon etish. Insonlar bilan muloqotda bо‘lishga qaratilgan sotsiogen ehtiyojlar ham ma’naviy ehtiyojlarning tarkibiga kiradi. Sotsiogen ehtiyojlarga:

- kommunikativ axborot, fikr va his-tuyg‘u almashuv ehtiyoji;

- ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan muloqot jamoa va jamoat tashkilotlar faoliyatida qatnashish;

- his- hayajonli ahamiyatga ega munosabat - dо‘stlik muhabbat, oila qurish;

- о‘z mavqei va о‘rniga ega bо‘lish atrofdagilarning hurmati va e’tiboriga sazovor bо‘lish va u yoki bu sohada mavqe va yutuqlarga ega bо‘lish.

Yuqoridagi barcha ehtiyojlar inson va jamiyat uchun muhim bо‘lgan universal ahamiyatga ega bо‘lgan ehtiyojlar bilan aloqadordir.

“Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda qatnashish yoki biron-bir ma’ruzani tinglash orqali ehtiyojlar qondirilmoqda, deyish tо‘g‘ri bо‘lmasligi mumkin. Shuning uchun, odamlarning u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari maqsadli bо‘lishi kerak. Ayrimlar uchun yuqoridagi tadbirlarda qatnashish orqali estetik ehtiyojlarni, bodnetlar uchun bilim olish va uchinchilar uchun ma’naviy ehtiyojlarni qondirish bо‘lishi mumkin”23.

Faoliyat motivlari ehtiyojlarni aniqlash, faoliyat turini tanlash uchun yordam beradi. Madaniyat muassasasiga madaniy tadbirlar qilishdan maqsadni bilish uchun sotsiologik tadqiqotlarni sо‘rov usulidan foydalanib, biron-bir tadbirdan sо‘ng qatnashuvchilarga quyidagi anketa savollari bilan murojaat etish maqsadga muvofiq bо‘ladi.

Tadbirdan qoniqdingizmi?

Yangi ma’lumot oldingizmi ?

Bilimlaringizni chuqurlashtirish xohishi paydo bо‘ldimi?

Tadbir his-tuyg‘ularingizga ta’sir etdimi?

Odamlarimiz bilan g‘ururlandingizmi?

Faol mehnat qilish istagi uyg‘ondimi?

Jamoat ishida faol qatnashish istagi paydo bо‘ldimi?

Boshlovchi hamda mehmonlarning chiqishi yoqdimi?

Tadbirda tanlangan musiqa asarlari ma’qul bо‘ldimi?

San’atkorlarning ijrochilik mahorati yoqdimi?

Sahna bezatilishi tadbirning mavzusiga mosmi?

Taassurotlar bilan uyda , ishxonada fikrlashasizmi?

О‘zingizni tadbir ishtirokchisi sifatida syezdingizmi?

Tadbir qiziqarli bо‘ldimi?

Yaxshi dam oldingizmi?

Ushbu savollar orqali qatnashuvchilarning fikr-mulohazalarini о‘rganish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.

Tadbirlarni shunday tashkil qilish kerakki, qatnashuvchida о‘zi uchu biron-bir yangilikka ega bо‘lish imkoniyati yaratilsin.

Ijtimoiy-madaniy ishlarning muhim vazifalaridan biri bu madaniy-ma’naviy sohada odamlarniіgg faolligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiishdan iborat.

Ehtiyojlar turlicha bо‘lib, faoliyat jarayonida rivojlanib boradi (mehnat, о‘quv, dam olish). Madaniy ehtiyojlar ijtimoiy-madaniy faoliyat usul va shakllari orqali qondirilishi mumkin.

Masalan, bilim olish va intellektual ehtiyojlarni mavzuli kechalar, uchrashuvlar (olimlar. aktyorlar. meditsina hodimlari va h k), intellektual о‘yinlar, ilmiy, hujjatli videofilmlar muhokamasi, bilimdonlar klub uyushmalari, turistik sayohatlar, ekologiya, iqtisod va boshqa sohalarga oid suhbatlar tashkil etish orqali, estetik ehtiyojlarni kontsert va spektakllarga borish va ularni muhokama qilish, badiiy asarlar kо‘rgazmasi, havaskorlik jamoalarida qatnashish, atrof-muhitni estetik jihozlash, musiqali dam olish dasturlarini tashkil etish, muzey va san’at kо‘rgazmalariga tashrif buyurish orqali, muloqotga bо‘lgan ehtiyojlarni ijtimoiy-malaniy faoliyatning barcha shakl usullaridan foydalanish turli xil kо‘rik-tanlov, ommaviy bayramlar о‘tkazish orqali qondirish mumkin. Funksional ehtiyojlarni harakat о‘yinlari, intellektual о‘yin, sport bilan shug‘ullanish orqali qondirishning ayricha ahamiyatini belgilagan holda biz ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan Madaniyat markazlarisobiq ittifoq davridagi holati, ya’niy ma’lum darajadagi tarixi mustaqillikdan sо‘ng olib brilgan ishlari va bugungi kundagi vazifalari haqida gapirib о‘tishimiz zarur bо‘ladi.

Quyida biz Toshkent shahrida faoliyat olib borayotga ayrim Madaniyat markazlaribilan tanishib chiqamiz. Jumladan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani madaniyat va sport ishlari bо‘limiga qaraashli Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Gulshan” madaniyat uyi bilan tanishib chiqamiz. Madaniyat uyi asosan tо‘garaklar tizimi asosida faoliyat olib boradi. Unda shug‘ullanish uchun barcha imkoniyatlar va xonalar mavjud.

“Gulshan” madaniyat uyi nuroniy bosh madaniyat uylaridan hisoblanib, 1936 yilda qurilgan. 2001 yildan buyon, Yusupova Rahima Qosimovna madaniyat uyiga rahbarlik qilib kelmoqda. Madaniyat uyida 16 ta tо‘garak faoliyat olib borgan. Bugungi kunga kelib uning soni 28 taga yetdi. Bularga rassomchilik, kashtachilik, vokal ijrochiligi, teatr tо‘garagi, orkestr, gulshan xalq ashula va raqs tо‘garaglarini kiritish mumkin.

Madaniyat uyining uchta jamoaviy san’at guruhlari xalq unvonini olishga erishgan. Bular Gulshan ashula va raqs xalq ansambli, rus kashtalari xalq arkestiri, Logos rus xalq teatrlaridan iborat. Madaniyat uyi asosan mahalliy byudjet hisobidan ham faoliyat olib boradi. (2014-2015 yillarda mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi).

Toshkent shahridagi yana bir madaniyat uylaridan biri, Toshkent traktor zavodi qaramog‘idagi madaniyat uyidir. Bu madaniyat uyi 1975 yildan faoliyat olib borib, uning moddiy bazasini traktor zavodi boyitadi. Shuning uchun bu madaniyat uyi faoliyati juda keng qamrovlidir.(Hozirgi vaqtda foliyati ancha susaygan).

Unda ARM, rus ansambili, bir nechta tо‘garaklar faoliyat olib borishadi. Madaniyat uyi asosan teatrlashtirilgan bо‘lib, zavodning ishchilari о‘z farzandlarini shu madaniyat uyiga vaqtlarini sermazmun о‘tkazishlari uchun jalb qilganlar. Bundan tashqari madaniyat uyi о‘z byudjetini mahalliy mablag‘lar bilan boyitgan.

Biz yuqorida kо‘rib chiqib, shahar markazidagi hamda Toshkent viloyatidagi madaniyat uylarini taqqoslagan holda, quyidagi fikr mulohazalarga keldik. Xulosa qilib aytganda shahar va viloyat madaniyat uyidagi ahvol qisman bir – biriga о‘xshash. Har ikkalasida ham quyidagi muammolar о‘z yechimini kutmoqda.

Madaniyat uyining umumiy faoliyati juda sust bо‘lib, unga aholining qiziqishini jalb etish qoniqarsiz darajada. Buning sababi esa yetuk mutaxassislarning yetishmasligida. Moddiy ba’zasi nochor ahvolda chunki ortiqcha mablag‘ topishga ya’ni mahalliy byudjetni jalb qilishga e’tibor berilmaganligi muammo yechimini topishga imkon bermayapdi. Yuqorida ma’lum darajada biz ularning ijobiy faoliyatlarini bayon etdik biroq, bu uning faoliyatini qoniqarli deyishga asos bо‘la olmaydi.


Download 172,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish