2.2 “Kompyuter grafikasi ” mavzusini zamonaviy texnika vositalari va texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan dars ishlanmasi.
Mavzu: Kompyuterning dasturiy grafikasi
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: talabalarga zamonaviy texnika vositalaridan foydalanib kompyuterning dasturiy grafikasini o‘rgatish.
Tarbiyaviy: talabalarga zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: talabalarga kompyuterning dasturiy grafik mavzusi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bunda o‘qituvchi darsga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rib, darsga oid yangi materiallar to‘plashi va to‘plangan materiallar talabaga tushunarli bo‘lishi lozim.
Dars turi: Nazariy mashg‘ulot – bunda o‘qituvchi darsni olib borish uchun didaktik materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yadai. Dars materiali zamonaviy fan yangiliklarini o‘z ichiga olgan, talabaga tarqatma material ko‘rinishada berib yuboriladigan yoki talabani qiziqtiradigan matn, video, animatsion, audio kabi axborotlar ko‘rinishda bo‘lishi talaba uchun vaqt tejamkorligi va o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Bu ko‘rinishdagi axborotni tayyorlashda o‘qituvchiga kompter dasturiy vositalar yordam beradi. Bu kabi tayyorlangan dars materiali talaba uchun uy sharoitida televizor va DVD player qurilmalari yordamida dars mashg‘ulotlarini o‘qishi, ko‘rishi, eshitishi mumkin.
Darsga qo‘llaniladigan uslublar: ko‘rsatmalik, aqliy hujum, blits-so‘rov.
Xonaning jihozlanishi: Videoproyektr, elektron doska, tarmoqqa ulangan kompyuterlar
Darsdan kutilayotgan natijalar:
Talabalar kompyuter grafikasi , point dasturidan foydalashish uchun malumotlarga ega boladilar .
Talabalar kompyuterning dasturlari bilan ishlashni o‘rganadilar.
Darsning borishi
Darsning tashkiliy qismi: O‘qituvchi bu darsni tashkil etish uchun darsga doir ma’lumotlarni oldindan tayyorlab qo‘yadi va dars yakunida test asosida bilimlarini baholashini aytadi.
Darsning mazmuni: O‘qituvchi darsning tashkiliy qismini o‘tkazib darsdan kutilayotgan natijalarni talabalarga e’lon qiladi. O‘tilgan mavzular bilan yangi mavzuning bog‘liqliligini aytib o‘tadi. Yangi mavzuni elektron doskaga yozib kompyuterning point dasturi haqidagi ma’lumotlarni misollar bilan qayta boshlaydi. O‘qituvchi tomonidan operatsion sistemaning bajaradigan vazifalarini, imkoniyatlarini, qo‘llaniladigan sohalarini elektron doskada tasvirlanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: O‘qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash uchun talabalardan test sinovi o‘tkazadi. O‘zlashtirish natijalar asosida tayyorlangan dars materiali talabalarga tarqatiladi.
Yuqoridagi dars ishlanmasi qisqa, sodda texnologiyada tashkil etilgan bo‘lib darsning ba’zi bir jihatlari to‘liq bayon etilmagan ammo bu dars jarayonida elektron doskaning ishlatilishi odatdagi darslardan ko‘ra vaqtni tejaydi, dars davomida talabani bilim saviyasini oshiradi hamda dars mavzusi uchun oldindan tayorlangan tarqatma material talabaning mustaqil ta’lim olishiga yordam beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, grafikli organayzerlar yordamida bajariladigan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga muammolarning original va optimal yechimini topishga yordam beradi.
Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar ta’lim oluvchilar bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, faol o’quv faoliyatini yo’naltiradi, boshqaradi. Qaysi (ijtimoiy yoki aniq) bo’lishidan qat’iy nazar, pedagogik texnologiya asosida o’tkaziladign mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishda quyidagi natijalarga erishildi:
1) Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni informatikani o’qitish jarayoniga ko’maklashish samaradorligi bo’yicha ishlarni tahlil etildi;
2) Grafik organayzerlarning tuzilishi va imkoniyatlarii o’rganildi;
3) Grafik organayzerlarni informatikani o’qitish jarayoniga foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar tayyorlandi.
4) Grafikli organayzerlar yordamida bajariladigan topshiriqlar ta’lim oluvchilarning tizimli fikrlashini rivojlantiradi.
Ish natijasidan o’rta umuy ta’lim maktablar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, o’quv jarayonida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |