Operatsion sistemalari
|
Xarakteristikalari, toifalari, ajralib turadigan belgilari
|
Foydalanuvchi interfeysi
|
Masalalar yechish
|
Programmalararo aloqa
|
MS DOS
|
Buyruqlar, fayl, kataloglarning aniq nomlarini xotiramizda saqlashimiz shart.
Kiritish klaviaturada terish orqali.
Bir foydalanuvchi.
Maxsus bilimlar talab etiladi
|
Bir masalali.
Operatsion sistema o’rnatish.
“Qo’ldan” dasturlash.
…
|
Bir-biri bilan aloqa yo’q.
…
|
WINDOWS
|
Do’stona interfeys. Rangli, grafikali dizayn. Oynalar universal, ishlash oson.
Disk, fayl, kataloglar ro’yhati chiqariladi.
Buyruqlar mish orqali bajariladi.
Ko’rgazmalik, multimedia.
Internetga chiqish.
Ko’p foydalanuvchili.
|
Ko’p masalali.
Har xil amaliy programmalar paketi.
Vizual dasturlash
…
|
OLE funksiyasi (programmalararo almashuv buferi).
Bir programmadan boshqasiga o’tish oson.
|
“Baliq skeleti” grafikali organayzerlardan foydalanish.
Undan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi:
O’qituvchi o’quvchi (talaba)larni GOni qo’llash sharti bilan tanishtiradi;
O’quvchi (talaba)lar kichik guruhlarga biriktiriladi;
Guruhlar topshiriqlarni bajaradi;
Guruhlar o’z yechimlarini jamoaga taqdim etadi;
5) Jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi.
O’quvchi (talaba)lar topshiriqlarni quyidagi tasvir asosida bajaradi:
1-yechim
(omil) 3-yechim
(omil) 5-yechim
(omill)
Tahlil qilinadigan muammo
4-yechim
(omil)
2-yechim
(omil)
“Venn diagrammasi” Grafik organayzeri.
Grafik organayzer o’quvchi (talaba)larda mavzuga nisbatan tahliliy
yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish (sintezlash) ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiradi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo’yicha amlaga oshiriladi.
Yozuv taxtasi o’zaro teng to’rt bo’lakka ajratiladi va har bir bo’lakka quyidagi sxema chiziladi:
1
2
3
Grafik organayzer o’quvchi (talaba)lar tomonidan o’zlashtirilgan o’zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.
O’quvchi (talaba)lar to’rt guruhga bo’linadi
Uni qo’llash bosqichlari quyidagilardan iborat:
Yozuv taxtasiga yopshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi
Har bir guruhga o’zlashtirilayotgan mavzu (bo’lim, bob) yuzadidan alohida topshiriqlar beriladi
Liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks etgan diagrammani to’ldiradi
Topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi
Guruhlar faoliyti quyidagi ko’rinishda tashkil etilishi mumkin:
Har bir guruh umumiy sxema asosida o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi; mashg’ulot yakunida loyiha bo’yicha guruhlarning munosabatlari umumlashtiriladi.
Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarib, g’oyalarni umumlashtiradi.
O’quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog’ozida o’z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi:
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
|
|
|
Grafik organayzerdan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi:
O’quvchilarning o’rganilishi rejalshtirilayotgan mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi
O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi
O’quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi
“Jadval” Grafik organayzeri.
Grafik organayzer o’quvchi (talaba)larda o’rganilayotgan mavzu, muhokama etilayotgan masala yoki muammoning nazariy mohiyatini jadval yordamida aks ettirish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mashg’ulotda grafik organayzerni qo’llash bo’yicha o’quvchi (talaba)larga quyidagi jadval namunasini taqdim etish mumkin.
Mohiyati
|
Ijtimoiy tarbiya turlari
|
Ma’naviy-ahloqiy tarbiya
|
Aqliy tarbiya
|
Jismoniy tarbiya
|
Estetik tarbiya
|
Mehnat tarbiyasi
|
Maqsadi
|
|
|
|
|
|
Vazifalari
|
|
|
|
|
|
O’ziga xos jihatlari
|
|
|
|
|
|
“T-Jadval” Grafik organayzeri.
Grafik organayzer tayanch tushunchalarni bir-biri bilan o’zaro solishtirish, qiyoslash asosida o’rganilayotgan mavzu yoki masalaning muayyan jihatini bir necha sosiy belgilarga ko’ra batafsil yoritish maqsadida qo’llaniladi. Ko’p hollarda grafik organayzer mavzu mazmunida yoritiladigan bir necha holatlarning afzallik yoki kamchiliklarini, samaradotli yoki samarasizligini, bugunki kun va istiqbol uchun ahamiyatini taqqoslash maqsadida qo’llaniladi.
Texnologiyani qo’llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O’quvchi (talaba)lar e’tiboriga o’rganiladigan mavzu havola etiladi
O’quvchi (talaba)lar GOni qo’llash tartibi bilan tanishtiriladi
O’quvchi (talaba)lar guruh (juftlik)larga biriktiriladi
Belgilangan vaqtda o’quvchilar jadval asosida topshiriqqa ko’ra qiyoslashni amalga oshiradi (jadvalning chap va o’ng tomonlarida bir-biriga zid holatlar ko’rsatiladi)
Guruh (juftlik)lar tomonidan to’ldirilgan jadvallar o’zaro solishtiriladi
Masalaning yechimi bo’yicha yakuniy xulosaga kelinib, yagona jadval shakllantiriladi
O’qituvchi jamoa yordamida barcha ishlarni tahlil qilib, eng yaxshi ishni aniqlaydi
O’qituvchi guruh (juftlik)larning ishini baholab, mashg’ulotga yakun yasaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |