2-rasm. Innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmi va xarajatlari dinamikasi24
Mamlakatimizda 2017-yilda o’z kuchi bilan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, hajmining asosiy qismi Toshkent shahriga (38,7 foizi), Qoraqalpog’iston Respublikasi (21,2 foizi), Toshkent viloyati (6,4 foiz) va Andijon viloyatiga (20,3 foizi) to’g’ri kelmoqda, qolgan 13,4 foizi respublikaning boshqa viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi (3-rasm).
2017-yilda mamlakatimiz bo’yicha har bir innovatsion faol tashkilot o’rtacha 2 tadan innovatsiya joriy qilgan. Jumladan, har bir innovatsion faol tashkilotga Andijon, Farg’ona, Samarqand viloyatlarida o’rtacha 3 tadan innovatsiya, Buxoro, Navoiy, Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida o’rtacha 2 tadan innovatsiya, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo hamda Sirdaryo viloyalarida o’rtacha 1 tadan innovatsiya joriy qilinganligini ko’rish mumkin.
3-rasm. 2017-yilda o’z kuchi bilan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmi (QQS va aksizsiz)25
2017-yilda o’zlashtirilgan innovatsiyalar jami ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar hajmining 15,6 foizini tashkil etdi. Bu ko’rsatkich eng yuqori bo’lgan Farg’ona viloyatida 62,9 foizni (2016-yilda Andijon viloyatida 80 foiz), Surxondaryo viloyatida 50,4 foizni (2016-yilda Buxoro viloyatida 54,5 foiz) tashkil qilgan. Ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlarning katta qismi mos ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida 99,3 foiz va 92,9 foizni tashkil etgan.
2.3. Kichik biznes korxonlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda zamonaviy marketingdan foydalanish
Iqtisodiyotda, xususan, kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda marketingning o’rni va ahamiyati nihoyatda yuqori bo’lib hisoblanadi. Korxonlarda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda innovatsion marketing texnologiyalarini qo’llash yaxshi samara beradi.
Marketing kichik biznesni boshqarishning muhim asosidir, zero undan ko’zlangan maqsad iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida kichik korxona resurslarini safarbar etishdan iborat. Iqtisodiyotda raqobatni keskinlashtirish yo’lida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish yanada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Tijorat sohasida marketing ishi samarali qo’llanilishi tufayli ushbu atama korxonani raqobat sharoitida boshqarish konsepsiyasi sifatida shakllandi26.
Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish davrida bozor konyunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi nuqtai nazaridan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik innovatsion faoliyatini rivojlantirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Marketingning bugungi kundagi juda zarur bo’lgan vositalarini bilish va ularni amaliyotga joriy qilish korxonalarga raqobatda ustunligini taqdim etib, ularning bozorda muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. Kichik biznesdagi marketing ishining o’ziga xos xususiyatlarini bozor mexanizmi elementlari, uning tamoyillari va funksiyalari bilan bog’liq ravishda chuqur o’rganmay turib iqtisodiyotni rivojlantirish qiyin kechadi27.
Marketing kichik biznesni boshqarishning muhim funksiyasidir, zero undan ko’zlangan maqsad iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida firma resurslarini safarbar etishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatni keskinlashtirish yo’lida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish g’oyat muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Tijorat sohasida marketing ishining samarali qo’llanilishi sababli ushbu atama korxonani kuchli raqobat sharoitida boshqarish konsepsiyasi sifatida shakllandi.
Har bir kichik korxona o’ziga xos shart-sharoitlarda faoliyat olib boradi va o’zining muayyan maqsadlarini hal etadi va shundan kelib chiqib, marketing tizimi ham uning qayerda, qaysi tarmoqda qo’llanilishiga qarab turlicha ko’rinishda bo’ladi.
“Samarali faoliyat yuritayotgan korxona rahbarlari marketingni, ya’ni: biznes falsafasi, “fikrlash tarzi”, boshqaruv konsepsiyasi, bozor faoliyati metodologiyasi, bozor sharoitida boshqaruv faoliyati tamoyillari, funksiyalari, vositalari, uslublari va uni tashkil etishni o’z ichiga qamrab oluvchi “harakat tarzi” sifatida qabul qiladi”28.
Kichik korxonalarda innovatsion faoliyatni har tomonlama rivojlantirishda marketingning asosiy omil bo’lib xizmat qilishi, bu sohada zamonaviy marketing komplekslarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Kichik biznesda marketing texnologiyalari qo’llanilishidagi jiddiy to’siq bunday korxonalarning moliyaviy resurslari cheklanganligi bilan izohlanadi. Yirik ishlab chiqarish birlashmalarining (xoldinglar, korporatsiyalar), zarar ko’rish xavfi mavjudligini bila turib marketing tadqiqotlariga, hech bo’lmaganda eksperiment sifatida qo’l urishga imkoniyati etadi. Bunga ular an’anaviy texnologiyalarni rad etmagan holda qo’l uradilar. Kichik korxona esa marketing uchun ulkan xarajatlar qilishga deyarli jur’at qilolmaydi. Biroq, bozorni o’rganish
yoki to’g’ridan-to’g’ri (vositachisiz) savdo kabi marketing texnologiyalari har doim ham katta mablag’larni talab qilavermaydi va ko’p hollarda bu kabi marketing tadbirlarini korxona o’z ichki resurslari bilan ham amalga oshirishi mumkin. Yana shunisi ham ma’lumki, marketing ishiga e’tiborsiz qarashdan ko’rilgan bevosita zarar ko’p hollarda “tejab qolingan” mablag’lardan oshib ketadi29.
Kichik biznes subyektlari kundalik amaliyotida innovatsion marketing faoliyatini samarali amalga oshirilishi quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi lozim:
bozordagi holat to’g’risida axborotni o’z vaqtida olish hamda uni to’g’ri tahlil qilish;
marketing maqsadlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va ularga erishishning asosiy yo’llarini ishlab chiqish;
resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilarning talabi bilan moslashtirish hamda bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun mahsulot turi va assortimentini shakllantirish;
bozorda sotish tarmog’ini shakllantirish bilan reklamaning rag’batlantiruvchi tadbirlarini o’tkazish hamda bozorda o’z o’rnini, vositachilar va xaridorlarni topish uchun harakat qilish;
marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish va boshqalar.
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori konyunkturasini o’rganish, innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo’lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalab beradi.
Innovatsion marketing jarayoni yangi mahsulot to’g’risidagi g’oyani hamda xaridorning ushbu mahsulotga bo’lgan talabini aniqlashdan boshlanadi. So’ngra esa bozor kompleks tadqiq qilinadi. Mazkur tadqiqotni bozorni segmentlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir, bu esa bozorni xaridorlar va sotuvchilar guruhiga bo’lib olishni anglatadi. Bozorni segmentlash sektorlar bo’yicha bozorni to’liq tadqiq qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Fikrimizcha, innovatsion marketing - maqsadli marketingdir. Kichik biznes korxonalarda innovatsion marketing bozorning muayyan segmentini tanlashga va mazkur segmentda mos innovatsiya va marketing majmuini ishlab chiqishga asoslanadi. Maqsadli marketingning xarakterli tomoni uning butun bozorga yo’naltirilganligi, uning alohida bo’g’inlariga emas, balki alohida qismlariga (segmentlar) yo‘naltirilganligidir, u bozorni segmentlash asosida oldindan tanlanadi. Bu esa innovatsiya jarayoni, investitsiya doirasi, sotuvchisi va xaridori uchun eng yuqori foydani ta’minlovchi bozorning aniq segmentini tadqiq qilinishiga e’tiborni qaratishga imkon beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “innovatsion marketing” – kichik biznes korxonasining bozor sharoitlarida tadqiq etish asosida uning innovatsion, ishlab chiqarish va sotish faoliyatani optimallashtirishga qaratilgan xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsion marketing - korxonada an’anaviy marketingning usul va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan marketing konsepsiyasidir.
Innovatsion marketingning asosiy maqsadi innovatsiyalarni bozorga kiritish strategiyasini ishlab chiqish va yangi mahsulotning bozorda mustahkam o‘ringa ega bo’lishi hamda kelgusida uni eksportini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun an’anaviy marketingdan farqli ravishda innovatsion marketing asosida innovatsiyalar bozorini tadqiq etish, bozorni test qilish, bozor konyunkturasini tahlil qilish, talabni shakllantirish, iste’molchilar xulq - atvorini modellashtirish orqali bozor segmentlari ishlab chiqish yotadi.
Innovatsion marketing kichik biznes korxonasiga iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy biznesda ustuvorlikni “funksional” mahsulotlardan “innovatsion” mahsulotlarga o’tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi:
funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat
qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o’tirmasdan xarid qilinadi;
innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so’nggi so’zini
ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha qisqaroq bo’ladi.
Fikrimizcha, kichik biznes korxonasi avvaldan o’z harakatlarini bozorni egallashga, segmentatsiyalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga, o’z iste’molchilarini shakllantirishga qaratgan bo‘lishlari lozim. Zamonaviy marketing faqatgina bozor tahlili va tashqi omillar bilan chegaralanib qolmasdan, balki doimiy imkoniyatlarni shakllantirishga ham o’z hissasini qo’shadi.
Tadbirkor iste’molchilarning ehtiyojlarini va o’rganilmagan doimiy talablarini ko’ra olishi kerak. Faqatgina mahsulotni turli assortimentlarda ishlab chiqarish bilan chegaralanmasdan, balki bir vaqtning o’zida barcha kuchlarini bir nuqtada, ya’ni modifikatsiyalarni tezda tarqalishini ta’minlash maqsadida o’z mahsulotlarini oldindan lokal shakllantirishi zarurdir. Aynan shu usuldagi marketing bozorda liderlikni ta’minlab beradi.
Innovatsion marketingda boshqaruv usullari vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin. Innovatsiyalarning har bir hayotiylik sikliga alohida usul va strategiyani ishlab chiqish talab etiladi.
Odatda, tadbirkorlarning innovatsiyalarga rag‘bati ularning sifatli, raqobatbardosh hamda yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki yanada samarali va modifikatsiyalangan texnologiyalardan foydalanish asosida olayotgan foyda miqdorini oshirishga intilishi bilan belgilanadi. Muvaffaqiyatli innovatsiyalar haqiqatdan ham foyda va hatto qo‘shimcha foyda keltiradi. Lekin, bu qo‘shimcha foyda yoki qo‘shimcha foyda yo’lidagi innovatsion bo’sag’adan hamma ham o’ta olmaydi, yangi mahsulot va texnologiyalarni o’zlashtirish davrida xarajatlar baland bo’ladi.
Biroq, innovatsion loyiha bilan shug’ullanish uchun tadbirkor imkoniyatga ega bo‘lishi lozim. Avvalo, ekspertizadan yoki sinov ekspluatatsiyasidan o’tgan ixtiro yoki ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijasi, kamida texnologik qo‘llash uchun yaroqli bo‘lgan innovatsion g’oya bo‘lishi lozim. Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlarning innovatsion salohiyati kuchli salohiyat hisoblanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadigan har qanday korxona, shu jumladan, kichik biznes subyektlari o’zining bozordagi o’rni va ulushi hamda ko’zlagan strategik maqsadlariga erishish uchun innovatsiyalarga katta ahamiyat beradi. Chunki aynan innovatsiya korxonani inqirozdan saqlab qoladi, unga yangi hayot baxsh etadi, istiqboldagi maqsadga erishishda yo’lchi yulduz vazifasini o’taydi.
Mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi va rivojlanishi uchun, eng avvalo, quyidagi shartlarning mavjud bo’lishi va ta’minlanishi maqsadga muvofiqdir: davlat innovatsiya siyosati, investitsiya salohiyati, innovatsiya sohasi, innovatsiya infratuzilmasi, innovatsiya dasturi.
Innovatsion faoliyatni ishlab chiqarishga joriy etayotgan qariyb har bir kichik korxona uning tashkiliy muammolariga duch keladi. Bunday muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin:
ilmiy-texnik yangiliklarni yaratish va shakllantirish;
loyihalarni, uning tashkiliy-me’yoriy hujjatlarini tayyorlash;
yangiliklarning tashqi va ichki muhitga moslashuvchanligini ta’minlash;
yangilikni ishlab chiqarishga joriy etish va ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasida innovatsion sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining tashkil etilishi orqali kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyat har tomonlama rivojlanib boradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining innovatsion sohadagi manfaatlarini ta’minlash va faoliyatini rag’batlantirish orqali davlat ahamiyatiga molik muammolarni quyidagi asosiy vazifalar bilan hal etish mumkin:
kichik korxonalar innovatsion faoliyatini takomillashtirish hamda ishlab chiqarishning ilmiy-texnik darajasini oshirish;
korxonalarda innovatsion faoliyatni rag’batlantirish maqsadida korxonalarda hamkorlik va kooperatsiya aloqalarini qo’llash;
zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanish maqsadida ilmiy parklar va texnoparklar faoliyatini tubdan takomillashtirish;
innovatsion faoliyat bilan shug’ullanayotgan korxonalarda tashqi iqtisodiy faollikni rivojlantirish;
Innovatsion faoliyatni moliyalashda xorij tajribasini o’rganib chiqib, amaliyotga tatbiq etish va boshqalar.
Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga yordam beradigan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
Kichik biznes korxonalari faoliyatiga innovatsion marketing texnologi-
yalari joriy etilmagan bo’lsa, ushbu korxonalarning innovatsion faoliyati samarasiz yakunlanishi ma’lum. Shu bois, korxonalarda innovatsion marketingni tashkil etish va undan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, innovatsion marketing texnologiyalari o’z vaqtida samarali joriy etilishi yangi tovarni ishlab chiqish bilan bog’liq risklarni pasaytiradi, potensial talabni baholash, bozorning maqsadli segmentini aniqlash imkonini beradi. Raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda, ushbu tovarlarning bozordagi holatini aniqdashda ularning ishlab chiqarilishi, dizayni, servis xizmati, korxonaning va mahsulotning imidji, tovar o’rovi va ushbu omillarning nisbatini hisobga olish talab etiladi.
Kichik biznes korxonalarida innovatsiya asosida rivojlanishini innovatsiya jarayonlarini tashkil etish samaradorligi bilan bog’lash maqsadga muvofiq. Innovatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, innovatsion menejmentni yo’lga qo’yish korxonani barqaror rivojlantirish sari yetaklaydi. Innovastion menejment usullari hamda texnologiyalarini tatbiq etish, amaldagi boshqaruv usullarini muntazam ravishda takomillashtirib borish kichik biznes subyektining kelgusida muvaffaqiyatga erishishini ta’minlaydi.
Kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishda elektron tijorat (internet marketing) dan foydalanish korxona savdo aylanmasi hajmining ortishiga olib keladi. Chunki, korxona elektron shakldagi korporativ xaridlar tizimiga keng jalb qilinishi orqali raqobatda yutish, tovarlarning narxlari optimallashib, korxonaning innovatsion faolligi rivojlanib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. https://president.uz/ru/lists/view/3324. 24- yanvar 2020-yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi Farmoni // “Xalq so’zi”. 8-fevral 2017-yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-sonli “O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida” gi Farmoni // “Xalq so’zi”. 30-noyabr 2017-yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750 sonli “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Qarori // “Xalq so’zi”. 2-fevral 2017-yil.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: “O’zbekiston”, 2017. 486 b.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O’zbekiston”, 2017. 32 b.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2018. 80 b.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so’zi”. 2018-yil 29-dekabr.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola. T.: “Ma’naviyat”, 2017. - 243b.
Abdullayev Y., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari. – T.: Mehnat, 2010. – 349 b.
Abdusattarova X.M. Innovatsiya strategiyasi. T.: Iqtisodiyot, 2011. - 281 b.
Egamberdiyev E., Xo'jaqulov X. Kichik biznes va tadbirkorlik. T.: TMI, - 2003. - 198 b.
Ergashxodjayeva Sh.J. Innovatsion marketing. O’quv qo’llanma. T.: “Iqtisodiyot”, 2014. - 187 b.
Ergashxodjayeva Sh.J. Strategik marketing-2. T.: TDIU, 2012 - 184 b.
Gimush R.I., Matmurodov R.I. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. – T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. - 196 b.
Boltabayev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J., G’oyibnazarov B.K., Samadov A.N., Xodjayev R. Kichik biznes va tadbirkorlik: O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2010. – 275 b.
Rahmonov H.O. Mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari. T.: Fan, 2008. - 168 b.
Taraxtiyeva G. Innovatsion menejment.T.: Fan va texnologiya, 2013.–208b.
G’oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O. va boshqalar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili. –T.: Fan, 2011. - 162 b.
Андреев С.Н., Мельниченко С.Г., Мельниченко Л.Н. Основы некоммерческого маркетинга. – М., 2007. – 256 с.
Багиев Г.Л., Тарасевич В.М. Маркетинг: Учебник. - М.: Экономика, 2007. - 135с.
Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент. Спб.: Питер. 2001.- 241с.
Друкер П. Рынок: как выйти в лидеры. Практика и принципы. – М.: 2004.
Друкер П.Ф. Практика менеджмента. М.: ИД Вильямс, 2003. – 398 с.
Фоломьев А.Н. Инновационный тип развития экономики России. – М.: РАГС, 2005.
Фоломьев А.Н. Инновационный тип развития экономики России. – М.: РАГС, 2005.
Фатхутдинов Р.А. Инновационный менеджмент. – Спб.: Питер, 2004.
Глущенко В.В., Глущенко И.И. Исследование систем управления: социологические, экономические, прогнозные, плановые, экспериментальные исследования. 2-е изд. – М.: ООО НПЦ «Крылья», 2004.
Синяева И.М., Земляк С.В., Синяев В.В. Маркетинг в предпринимательской деятельности. – М: Дашков и Ко, 2008.
Валдайцев С.В. Оценка бизнеса и инновации. М.:Филин. 1997.
Шумпетер Й. Теория экономического развития. Пер. с англ. М.: Прогресс. 2000.
Innovation Policy A Guide for Developing Countries. The International Bank for Reconstruction and Development / The World Bank. 1818 H Street, NW, 2010. – P.28.
Ergashxodjayeva Sh. Korxonalar faoliyatida zamonaviy marketing konsepsiyasidan foydalanish // O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. 2011 № 5-6.
www.stat.uz
www.mineconomy.uz
www.iqtisodiyot.uz
ILOVALAR
https://stat.uz/uz/180-ofytsyalnaia-statystyka-uz/6576-kichik-biznes-va-tadbirkorlik
https://stat.uz/uz/180-ofytsyalnaia-statystyka-uz/6576-kichik-biznes-va-tadbirkorlik
Do'stlaringiz bilan baham: |