Bog'liq UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING NAZARIYAMALIY, PEDAGOGIK ASOSLARI
1.3.Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar
O’qituvchi muayyan rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqishda va to’zishda qator talablarga rioya qilishi zarur.
Rejalar umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti, jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi va
O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining me’yoriy hujjatlari va qarorlariga mos bo’lishi kerak. Ular jismoniy tarbiya bo’yicha davlat o’quv dasturi asosida ishlab chikiladi va to’ziladi. Barcha rejalar O’zbekistonda jismoniy tarbiyaning umumiy maksadlariga buysindirilishi va O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining uslubiy tavsiyalariga mos bo’lishi lozim.
Rejalashtirishda jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy prinsiplariga amal qilish. Rejalashtirish jarayonida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mexnat va harbiy amaliyot bilan boglikligi, jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yunaltirilganlik, muntazamlik, kuchiga yarashalik, mustaxkamlik prinsiplarini hal qilish uchun kulay zamin yaratiladi. Shu bilan birga vositalarni tanlab olishda shugullanuvchilarga har tomonlama ta’sir kursatadigan va eng yaxshi soglomlashtiruvchi samara beradigan vositalarga e’tibor beriladi. Aksariyat darslarni ochik xavoda va tabiiy sharoitlarda utkazilishini rejalashtirish lozim.
Rejalashtirishning maksadga yunaltirilganligi va istikbolligi muhim talab xisoblanadi. Ma’lum bir sikl uchun rejalar (dars seriyalari, o’quv choragi, yillik) oldingi siklga tayanishi va kelgusi siklga tayyorlashi kerak. Shunday qilib tasodifiy darslarga imkon berilmaydi, chunki ular ma’lum bir tizimga birlashtiriladi.
Rejalashtirish amalga oshiriladigan bo’lishi kerak. Bu talabni bajarishda maktabga mutaxassis kelguncha jismoniy tarbiya o’qituvchisi bulmaganida hamda jismoniy tarbiya bo’yicha moddiy-texnik ta’minot darajasini xisobga olishda nazarda tutish kerak. Barcha vaziyatlarda o’qituvchi imkoniyatlarni anik-ravshan baxolashi va aynan shu sharoitda bajarib bo’ladigan materialni rejalashtirishi lozim.
Rejalashtirishning muayyanligi urgatish boskichlari, uning vazifalarining puxta aniklanganliligi va tanlab olingan vositalarning bu vazifalarga mosligi bilan ifodalanadi. Ko’p sonli mashklardan maksimal pedagogik samara beradigan universal mashklar tanlab olinishi kerak.
Vositalardan foydalanishda ketma-ketlikni bo’zmaslik va kuchli ta’sir kiluvchi mashklardan muddatidan oldin foydalanmaslik kerak.
Rejalashtirishning ko’rgazmaliligi amaliyotga grafik shakllarni tadbik qilish usuli bilan hal qilinadi.
Bevosita rejani ishlab chikishdan oldin, o’qituvchi zarur ma’lumotlarni yigishdan iborat bulgan katta tayyorgarlik ishlarini bajarishi lozim. Bu ma’lumotlar o’quv materiallarini utish tartibini, vositalar va ish shakllarini aniklab beradi:
1.Dars utadigan sinflar uchun jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturini batafsil o’rganib chiqish. Bu esa o’qituvchiga sinfdan-sinfga o’tishda o’quv dasturining izchilligini aniqlashga yordam beradi.
2.Shug’ullanuvchilarning sogligi xolatini, bilim darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarliklarini o’rganib chikish. Bu ma’lumotlarni o’zidan oldin o’qituvchi to’zgan xujjatlarini, yoki o’zining yozuvlarini hamda tibbiy kurik natijalarini o’rganish yuli bilan olish mumkin. O’quvchilar bilan suxbat va dastlabki ekspress-testlarni o’tkazish ham boy material beradi.
3.Maktabning jismoniy tarbiya bo’yicha moddiy bazasining holati va avvalgi yillardagi ishlarning yulga kuyilganlik darajasini xisobga olish. Shu bilan birga uni rivojlantirish va takominlashtirish yullarini aniklash lozim.
4.Maktab direksiyasi va pedagogik jamoasining jismoniy tarbiyaga bulgan munosabatini aniklash maksadida maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishib chiqish.
5.Viloyat va tuman ob-havo sharoitini o’rganish. Ko’pincha ular xududlarda jiddiy fark kiladi.
6.Viloyat, tuman ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi bilan tanishib chikish. Bu ma’lumot o’qituvchiga dastur bulimlarini utish tartibini aniklash uchun juda muxim.
7.Ish shakllari va jismoniy mashklarning yetakchi turlarini aniklash maksadida o’qituvchi, maktab,axolii yashash punktining umumiy va sport an’analarini urganadi va shu bilan o’quv-tarbiyaviy jarayonining samaradorligini oshirish yullarini belgilaydi.
Jismoniy tarbiya darslari ishlarini rejalashtirish.Barcha rejalashtirish xujjatlarini ikki guruxga ajratish mumkin: davlat xujjatlari va shaxsan jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan davlat xujjatlari asosida ishlab chikilgan hujjatlar.
Rejalashtirishning davlat hujjatlari. Bu guruhlarga quyidagilar kiradi:
umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti (UO’ТJТDТS);
O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya bo’yicha tayanch o’quv rejasi;
v) jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi;
g) «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari.
Umumiy o’rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti (UO’ТJТDS) ta’lim jarayenining sifatiga, ta’lim mazmuniga doir talablarni, o’quvchilar tayergarligining zarur va yetarli darajada hamda bitiruvchilarga kuyiladigan talablarni, ta’lim muassasalari faoliyati va jismoniy hamda tarbiya sifatiga baxo berish tartibi va mexanizmlarni belgilab beradi.
UO’ТJТDТS umumiy o’rta ta’limda ta’lim jarayonining tashkil etilishi va mazmunini, ta’lim muassasalari faoliyatiga hamda jismoniy ta’lim va tarbiya sifatiga baho beruvchi, tartibga soluvchi tegishli me’yoriy hujjatlarni (o’quv rejalari, dasturlar va boshqalarni) yaratish uchun asos sanaladi.
UO’ТJТDТS qaysi idoraga bo’ysinishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan umumiy o’rta ta’limning barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining tayanch o’quv rejasi “jsimoniy tarbiya” faniga ajratilgan soatlar hajmini belgilaydi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari maktabda jismoniy tarbiya bo’yicha barcha ishlarning mazmunini belgilaydi va o’quv dasturining asosi hisoblanadi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari O’zbekiston
Respublikasi aholisi jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me’yoriy asosidir. Nazorat me’yorlari yordamida aholining o’qish, mehnat faoliyati va harbiy xizmatga bo’lgan jismoniy tayyorgarligining umumiy darajasi aniqlanadi. Тestlar salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va mehnat faoliyatini oshirishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi “Jismoniy tarbiya” predmeti mazmunini aniqlab beruvchi hujjat hisoblanadi. Unda zarur nazariy ma’lumotlar o’rganilishi lozim bo’lgan jismoniy mashqlar jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun materiallar ro’yxati beriladi hamda predmetlararo aloqalar bo’yicha talablar ifodalanadi.
Dasturlarni tayyorlashda hammasidan avval jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi – maktab bitiruvchilari jismoniy tayyorgarligiga bo’lgan talab hisobga olinadi. Bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarida o’z aksini topgan.
Dastur bo’limlarining barchasi to’laqonli bajarilishi majburiyligi shu bilan ta’kidlanadiki, o’quv materiallarining hammasi birgalikda o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga va tarbiyasiga ko’maklashishi kerak. Shuni esda tutish lozim-ki, dastur alohida sport turlaridan tarkib topmagan, va darslarni tashkil qilib o’tishda dasturning barcha bo’limlaridan bab- baravar foydalanmoq darkor.
O’qituvchi tomonidan tuziladigan rejalashtirish hujjatlari
O’qituvchilarning ko’p yillik ilg’or tajribasi shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya darslarida qo’yilgan vazifalarni samarali hal yetish uchun muayyan rejalashtirish tizimini barpo etish zarur. Bu tizim jismoniy jarayonini maqsadga muvofik to’zish uchun imkon yaratib beruvchi qator rejalarning o’zaro mantiqiy bog’laganligini va tugallanganligini ifodalaydi. Bu tizim: o’quv tarbiyaviy ishlarning bir yillik reja jadvali, darslararo ishchi rejalar va darsning reja konspektlarni o’z ichiga oladi.
O’quv tarbiyaviy ishlarnig bir yillik reja – jadvali
Bu xujjat har bir parallel sinflar uchun bir yilga to’ziladi.Uning asosiy funksiyasi – o’quv yilidagi o’quv materialini bir maromda, maqsadga muvofik taqsimlash va tartibga solishdir.
Yillik reja jadvalni to’zish, o’quvchilar o’zlashtirishlari zarur bo’lgan tayanch mashqlarni va ularni o’zlashtirishda sarflanadigan vaqtni aniqlashdan boshlanadi. Amaldagi dasturlarning taxlili shuni ko’rsatadiki bunday mashqlar har bir sinfda 10-12 ta atrofida. Vaqtni xisoblashda mashqlarning murakabligini o’quvchilarning bu mashqlarni o’zlashtirishlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni xuddi shunday o’rganiladigan harakatlarni nazarda tutish kerak
Har bir mashq uchun o’qitish dasturi to’ziladi Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi: jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari va vositalari; bir yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo’lgan darslar soni; har bir darsning ta’lim, tarbiya va sog’lomlashtiruvchi muayan vazifalarining aniq vositalari va takrorlash sonini. Bu dastur ta’limning optimal variantlarini, nazorat sinovlari vaqtini, mashg’ulotlarning vazifalari vositalarini ko’rsatish xisobidan kengayadi.
Dastur, o’quv materalini o’zlashtirish jarayenida o’quvchining faolligini va mustakilligini oshirishga, o’quv faoliyatini samarali boshqarishga, o’quv faoliyatini oqilona zichlashtirishga, ta’limni jamoat ishi bilan qo’shilgan xolda diffensiallashga, trenajerlardan foydalanishga imkon beradi.
O’qitish dasturini to’zish bosqichlarini ko’rib chiqamiz.
Birinchi bosqich o’z ichiga jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni tanlashni oladi. O’qituvchi, har bir mashqni bajarish uchun muayan jismoniy sifatlar zarurligi va bu mashqlarni bajarish uchun ularni oldindan o’rgatish zarurligini asos qilib olishi lozim
Ikkinchi bosqich ta’limning ko’p yillik vazifalarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Ko’p yillik vazifalarini aniqlashda yillar davomidagi o’quv materialning o’zaro aloqadorligi va izchiligi faxmiga yetishi zarur. Тrenirovka va ta’lim jarayenini spiral shaklida to’zish kerak chunki kelgusi o’quv yilida o’quv materialini o’zlashtirish harakat tajribasidan foydalangan xolda yanada balandrok darajada borishi juda muxim ahamiyat kasb etadi. Bu esa yangi materialni o’zlashtirishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Uchinchi bosqichda o’qituvchi sinf uchun mo’ljallangan bir yillik ta’limiy vazifalarni shakllantiradi. Agar dastur asosida mashqlar bir necha sinflarda o’zlashtirilishi ko’rsatilgan bo’lsa, shu sinf o’quvchilarining tayyorgarlik darajasini aniqlash lozim. Bunday mashqlarga yurish, sakrash, akrobatik mashqlar, milliy kurash va boshqalar kiradi. Shu bilan birga nazariy ma’lumotlar, predmetlararo aloqalarning asosiy mo-hiyatini ifodalab berish tizimi yaratiladi.
Тo’rtinchi bosqichda bir yillik vazifalarni hal etishda zarur darslar soni hisoblanadi
Beshinchi bosqich eng mehnat talab bosqich hisoblanadi. Bunda darsning muayyan vazifalari va ularni hal qilish uchun vositalar aniqlanadi va tanlanadi hamda harakat faoliyatini qismlarga bo’lib, shuningdek, to’liq bajarish choralari ravshanlashtiriladi.
Oltinchi bosqich dastur bo’yicha o’qitishda yil davomida darslarda va mustaqil ishlar jarayonida o’rganiladigan materiallarni takrorlashning optimal variantlarini aniqlash maqsadidagi izlanishlarni, nazorat o’tkazish muddatini va o’zlashtirish natijalari yakunlarini o’z ichiga oladi.
Musobaqalar kalendari va ob-havo sharoitini hisobga olgan holda o’qituvchi o’quv materialini o’tish tartibini aniqlaydi. Agar maktabda bir necha o’qituvchi ishlasa, barcha sinflarda dasturning o’quv materialini bir xilda olib borish maqsadga muvofiq. Bu esa maktabning moddiy bazasidan foydalanish uchun uni yaxshi tayyorlashga va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni oqilona rejalashtirshga imkon yaratadi ( xususan musobaqalarni). Dastur materialini o’tishni aniqlagandan keyin o’qituvchi rejalashtirish usullarini tanlaydi.
Maktab o’quv dasturi bo’limlarini o’tishni rejalashtirishning uchta usuli ma’lum: parallel, ketma-ket, aralash. Dastur bo’limi materiallarini parallel o’tishda darslarga bir vaqtning o’zida har xil bo’limlardagi materiallar kiritiladi (kompleks darslar). Bo’lim materiallarini ketma-ket o’tish amalda katta sinflarda qo’llaniladi va yengil atletika, sport o’yinlari, gimnastika va boshqalarni navbatma – navbat o’zlashtirish nazarda tutiladi (predmet darslar).
O’quv materialini o’tishni aralash rejalashtirish birinchi va ikkinchi usullarninng kombinatsiyasini ifodalaydi, ya’ni ba’zi bo’limlar parallel o’rganiladi, boshqalari – aolohida.
O’quv- tarbiya ishlarning reja- jadvali istiqbolli rejalashtirishga taalluqlidir. U o’qituvchiga bir vaqtning o’zida yil davomidagi o’quv jarayonini butunligicha ko’rishga va uslubiy prinsiplarni aniq qo’llashga imkon yaratadi. “O’quv materialining mazmuni” ustunida o’qituvchi jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini aniqlash bo’yicha dastur mashqlarini o’yinlar va nazorat sinovlvrini ko’rstadi. Bu ustunda yozilgan barcha mashqlar bir qatorga sig’ishi lozim.
“Nazariy ma’lumotlar” ustunida faqat umumiy masolarni ko’rsatadi. Masalan, dars vaqtida xavfsizlik qoidalari, ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar, gigiyenik talablar, mukstaqil mashg’ulotlarning uslubiyoti haqida axborot.