Kirish i-bob informatikani kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish. 1 Kasbiy sohalar va ularning jamiyatdagi o‘rni


Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish



Download 30,17 Kb.
bet4/5
Sana23.05.2022
Hajmi30,17 Kb.
#608170
1   2   3   4   5
Bog'liq
i.o\'t

Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini informatika o`qituvchisining o`quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi. Bunda;

  1. O`qituvchi tomonidan taklif etilgan kichik loyihalarning maktab o`quvchilari tomonidan bajara olinadigan bo’lishii; 

  2. Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o`quv-mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddati aniq ko’rsatilishi; 

  3. Loyiha asosida o`quv faoliyatini tashkil etishga o`qituvchi rahbarlik qilishi va u loyihaning boshqaruvchi, yo’naltiruvchisi hisoblanishi; 

  4. Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo`lishi. 

  5. Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli, o`quvchilar bilan uning bajarish yo`llari kelishilgan bo`lishi; 

  6. Ayrim hollarda yuqori sinf o`quvchilarining hohish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi;

  7. O`quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko`rsatkichlari asosida baholanishi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko`zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilgan bo’lishi;

  8. O`quv yili davomida o`rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o`tkazilishi kerak bo’ladi. 

Informatika fanidan loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o`qituvchidan darsni tashkiliy jihatidan puxta o`ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o‘quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o‘qituvchidan faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini bajarilishi talab etiladi.
Loyihalar asosida o`quv jarayonini tashkil etishda o`qituvchi fidoyilik ko`rsatishi, o`quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirishi orqali pirovard maqsadga erishishi talab etiladi. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to`g`ri yo`lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari dars jarayonida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak.
Xulosa
Kasbga yo`naltirish ishida iqtisodiy muammolar muhim o`rin tutadi. Bular orasida xalq xo`jaligini rivojlantirish va kadr muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masalalarni kasbga yo`naltirish jihatlari bilan o`zaro bog`liq tarzda o`quvchilarning mustaqil mashg`ulotlarida ko`rib chiqish tavsiya etiladi. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash – g`oyat muhim vazifadir. Shu boisdan yoshlarning kasb tanlash muammosi o`rta umumiy ta`lim maktabi ishida katta o`rin tutadi. Jamiyat hamma zamonlarda yosh avlodga ijtimoiy va kasbiy tajribani berish to`g`risida g`amxo`rlik qilib keladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan odamga nisbatan qo`yilgan talablar ham oshdi, bu esa turli kasblarda ishlash uchun xodimlarni tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish zarurligini taqozo etdi. Hozirgi vaqtda, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o`quvchilarini kasbga yo`naltirishning muhimligi ancha oshdi. Bir tomondan - ishlab chiqarishni murakkablashtirayotgan xilma-xil kasblar va mutaxassisliklarning mavjudligi, ikkinchi tomondan - bir qator barqaror shaxsiy xususiyatlari bilan ajralib turgan odamlarning mavjudligi kasblarni, o`quv yurtlarini tanlashda, kadrlarni ish o`rinlariga joylashtirishda va qayta joylashtirishda ana shu omillarni, umuman inson omilini hisobga olishni qat`iy talab qiladi. Iqtisodiy islohotlar insonni faol ravishda birinchi o`ringa chiqarib qo`ymoqda. Ijtimoiy adolat odam o`z shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishiga ko`proq e`tibor berilishini taqozo qilmoqda. Bu vazifani hal qilishda shaxsiy manfaatlar va jamiyatning kadrlarga bo`lgan talabehtiyojlari birligida yoshlarni erkin va ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashning ilmiy asoslangan sistemasi bo`lmish kasb tanlashga yo`naltirishga muhim o`rin ajratilmoqda. Yosh avlodni ongli kasb tanlashga tayyorlash masalasiga yoshlarni har tomonlama va uygun rivojlantirishning muhim sharti sifatida qaralmoqda. Bu ish shaxsni g`oyaviy-siyosiy, ahloqiy, mehnatsevarlik, aqliy, estetik va jismoniy jihatdan kamol toptirish bilan, ya`ni butun ta`lim-tarbiya jarayoni, uning butun kompleksi bilan uzviy birlikda va hamjihatlikda amalga oshiriladi. Ta`lim sohasida bir qator qarorlarda ta`kidlab o`tilgandek, vujudga keltirayotgan kasbga yo`naltirishning davlat tizimida ta`lim muassasasiga, o`qituvchiga yetakchi o`rin ajratilmoqda. Ayni o`qituvchi mehnat ahliga bo`lgan zamonaviy talablarni hisobga olib, umummehnat va kasbiy mahorat hamda malakalarni egallashdagina emas, balki kasbni to`g`ri tanlashda ham o`smirlarga yo`rdam berishi lozim. Kasbni to`g`ri tanlaganda ular o`z qobiliyatlari va qiziqishlarini yaxshiroq ro`yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko`proq naf keltirishlari mumkin. Kasbga yo`naltirish ishi zarur natijalarni berishi uchun u uzluksiz jarayon bo`lishi va o`zaro bog`langan bir qancha bosqichlardan iborat bo`lishi lozim.

Download 30,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish