Kirish I. Bob. Ilk davlatchilik shakillarini tashkil toppish jarayoni



Download 424 Kb.
bet2/4
Sana21.07.2022
Hajmi424 Kb.
#832511
1   2   3   4
Bog'liq
saljuqiylar

Birinchidan, davlatlar paydo bo‘lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan "SHarq yo‘li" bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan; dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining katta qismini safarbar etish zaruriyati prinsipial boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan. Ishlab chiqarishning osiyocha usuli miloddan avvalgi IV ming yillikdan
milodiy I asrgacha yirik daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy,Hindiston, O‘rta Osiyo kabi mintaqalarda yoyilgan. Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Evropa yo‘li» Evropa mintaqasida mil.avv.V asrdan boshlab miloddiy III asrgacha qadimgi polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (sinflar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo‘ldi. Ma’lum bir qabila, elat va xalqqa xos hamda muayyan hudud bilan bog‘liq bo‘lgan davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari boshqa xalq va hududlardagi davlatchilik jarayonlariga aslo mos tushmaydi. SHunga qaramay, Qadimgi SHarqdagi ilk davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta’kidlash joizdir. Aynan mana shuning uchun ham O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi Qadimgi SHarq davlatchiligi tarixi bilan o‘zviy bog‘liqdir. Qadimgi SHarq turli hududlaridagi tabiiy sharoit o‘ziga xos bo‘lib, ko‘pincha davlatlarning paydo bo‘lishi ushbu holat bilan bevosita bog‘liq edi. Ayniqsa, yirik daryolar - Nil, Dajla, Frot, Hind, Ganga, Xuanxe, Amudaryo va Sirdaryo Qadimgi SHarq xalqlari tarixiy taqdirida juda kattaahamiyatga ega bo‘ldi. Ijtimoiy va hududiy birlikning asosi hisoblangan jamoalar mavjudligi Qadimgi SHarq ijtimoiy tuzilmasining muhim o‘ziga xos tomoni edi. Barcha Qadimgi SHarq davlatlari (ayrim shahar-davlatlar bundan mustasno) juda ko‘plab qishloq jamoalaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning har birida boshqaruv tartibi mavjud edi. Yirik ishlar, ayniqsa sug‘orish tartibi bilan bog‘liq ishlar amalga
oshirilganda ko‘pgina jamoalar birlashuvi davlat hokimiyati rolining oshishini ta’minlar edi. Ko‘p hollarda tadqiqotchilar jamoalarning birlashuvi natijasida paydo bo‘lgan davlatchilik tizimini murakkab sug‘orish tartibi tashkil etilishi, erlarni sun’iy sug‘orilishi, daryo vohalari va tog‘ oldi hududlarining o‘zlashtirilishi hamda to‘g‘onlarning qurilishi bilan bog‘laydilar. YUqoridagi omillarning mavjud bo‘lganligi aniq. Lekin, fikrimizcha, ularni tashkil etish nazorat va boshqaruvni, hisob-kitobni talab etar edi. Demak, buning uchun yozuvchi mirzalar, hisobkitobchilar va hukmdorlar zarurati tug‘ilgan. Mehnat qurollari tayyorlash uchun hunarmandlar faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu murakkab tizim xavfsizligini ta’minlash uchun qurolli guruhlar tuzish, hamda ma’lum hududlarni mudofaa inshootlari bilan o‘rab olish kerak bo‘lgan. SHu tariqa jamiyatda ikkita yangi tuzilma- shahar va davlat paydo bo‘la boshlaydi. Davlat yoki shahar-davlat ma’lum hududlarni o‘z nazoratiga olishi va bu hududlarni kengaytirib borishi natijasida chegaralar paydo bo‘lgan. Hududlarning kengayishi va chegaralarning o‘zgarishi natijasida davlatlar o‘rtasida urushlar kelib chiqadi. CHegaralar masalasida ta’kidlash joizki, qadimgi davrlarda ular ko‘p hollarda tog‘lar va dasht hududlar orqali, ayrimhollarda esa daryolar orqali o‘tgan. SHuning uchun ham tarixiy yondashuv shuni talab etadiki, tarixning turli davrlarida davlatlar chegaralari o‘zgarib turgan va hozirgi chegaralarga mutlaqo mos tushmaydi. O‘rta Osiyo, umuman O‘zbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bo‘lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda Bu o‘rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo‘lib yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir1 . Bronza davridayoq sun’iy sug‘orishga soslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etgan. Sug‘orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun’iy sug‘orish birmuncha qo‘lay bo‘lganAmudaryo (yuqori, o‘rta, quyi) oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni
dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar – Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham ko‘zatishimiz mumkin. YUqorida ta’kidlaganimizdek, dastlabki yirik shahar markazlarining paydo bo‘lish muammolari davlatlar paydo bo‘lishi masalalari bilan o‘zviy bog‘liq muammo hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bizga qadar etib kelgan yozma manbalar O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlatlar paydo bo‘lishi haqida nisbatan aniq ma’lumotlar bermaydi. Bu o‘rinda arxeologik ma’lumotlarning ahamiyati beqiyosdir. amiyat hayotida metallning keng yoyilishi – dastlabki shaharlar va davlatchilikning asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O‘rta Osiyoning juda ko‘plab bronza va ilk temir davri yodgorliklaridan (Anov,Sopolli, Jarqo‘ton, Qiziltepa, Ko‘zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, CHust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo‘jalik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollar topib o‘rganilgan. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi. So‘nggi bronza davriga kelib hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosini ilk shaharlar tashkil etgan davlatchilikning paydo bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida ilk shaharlardagi o‘zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. So‘nggi bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi ,chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va shimoliy hududlardan topilgan topilmalaridagi juda ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan, qadimgi yo‘llarning taraqqiy etganligidan dalolat beradiki, bu jarayonlar ham dastlabki shaharlar bilan birga ilk davlatchilikning asosiy omillaridan hisoblanadi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam maskanlar o‘rni va atroflarida (Sopolli, Jarqo‘ton, Namozgoh, Dalvarzin, Qiziltepa, Erqo‘rg‘on, Bandixon, O‘zunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi. Ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va madaniy mavqei bilan ajralib turgan. Bunday shaharlar o‘zlari joylashgan vohalarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifalarini bajargan bo‘lishi shubhasizdir. Davlatning dastlabki bosqichlarini o‘rganishda Zardo‘shtiylarning muqaddas diniy kitobi Avestoning ahamiyati beqiyosdir. Olimlarning e’tirof etishlaricha, Avesto SHarq xalqlari qadimgi davrini tadqiq etishda hozircha muhim manba bo‘lib, u o‘zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoladi. Bu kitob dastavval, e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy hayot rivojlanishi bosqichlari haqidagi ilk to‘plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiy rivojlanishning umumiy doirasida bo‘lib o‘tgan. Avesto davri turli qabila va elatlar, jamoalar e’tiqodlarining mukammal jahon dini darajasidagi din bilan almashayotgan davr edi. SHuningdek bu davr tub iqtisodiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishda sifatiy olg‘a siljishlar davri bo‘lganligi bilan ham izohlanadi-ki, bu holat ierarxik to‘zumga ega bo‘lgan davlatchilik hamda urbanizatsiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, kasbiy hunarmandchilik, birinchi galda, metallurgiyaning rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratgan edi. Mis, bronza keyinroq esa temirning paydo bo‘lishi ishlab chiqarishdagi katta o‘zgarishlarga, jumladan, hunarmandchilikning maxsus tarmoqlarga ajratilishiga va mahsulot ayirboshlashga olib keldi-ki, bu jarayon shaharlarning shakllanishi hamda rivojlanishiga, dehqonchilik va chorvador aholi turmush tarzida tub o‘zgarishlar bo‘lishiga imkon yaratdi. Avestoda ilk davlat uyushmalari hisoblangan bir qator tarixiy-madaniy viloyatlar sanab o‘tiladi. Ular orasida Aryanam Vayjo (oriylar tekisligi), Gava Sug‘da, Mouru, Bahdi, Nisaya kabilar bo‘lib, fikrimizcha, ular O‘rta Osiyo, janubiy Uraloldi va Markaziy Qozog‘iston hududlarida joylashgan. Bu ulkan mintaqada muhim polimetallar makonlari, Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida keng yaylov hududlar, Baqtra, Mavr, Niso va Sug‘dda urbanizatsiyalashgan markazlar mavjud edi. Avesto madhiyalarida ma’lum ijtimoiy bosqichlardagi izchillik va ierarxiyani ko‘zatish mumkin. SHuningdek, Avestoda ilk shaharlar shakllanishi bosqichlari Axuramazda farmoni bilan dastlabki odam Yima tomonidan mustahkamlangan «vara» bunyod etishi misolida ko‘zatiladi. Bunday «vara»lardan biri arxeologlar tomonidan Janubiy Ural-Qozog‘iston «shaharlar o‘lkasi»dan topilgan bronza davriga oid Arkaim yodgorligida bo‘lishi mumkin. Arkaim yodgorligi bir necha mustahkamlanganmanzilgohlardan iborat bo‘lib, handaqlar va ko‘p qatorli mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan, kirish qismi himoyalangan. YOdgorlik murakkab va aniq tuzilishga ega. YOdgorlik hududlaridan hunarmandchilikning avvalo, metall eritish va unga ishlov berishning izlari, bronzadan yasalgan buyumlar topilgan. Avesto madhiyalarida eslatilgan «vara» shaklidagi himoyalangan inshootlar bunyod etilishi shahar madaniyati belgilarini, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning yuqori darajasini, nom davlatlar ko‘rinishidagi haharlar shakllanishini o‘zida aks ettiradi. Bu jarayonning bosqichma-bosqich rivojlanishi esa O‘rta Osiyoning janubiy va markaziy hududlarida ko‘zatiladi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoda eng qadimgi davlatlarning shakllanish jarayoni dehqon-chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan o‘zviy bog‘liqdir. Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangi asosda izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga
qaramasdan bu masala to‘liq echimini topmagan bo‘lib, xususan, O‘rta Osiyo eng
qadimgi davlatlari tipologiyasi va xronologiyasi, davlatchilik taraqqiyotida ilk
shaharlarning ahamiyati muammosi shular jumlasidandir.

XI asrning birinchi yarmidagi saljuqiylar harakati, garchi qisman Movarounnahr territoriyasida kelib chiqqan bo`lsa ham, ammo undan uzoq joylarda yuz berdi. Bu harakat bilan bog`liq voqealar Old va O`rta Osiyo sharqida katta aks sadaoga ega bo`ldi.


Saljuqiylar harakatiga Saljuqning nabiralari aka-uka To`g`rulbek va Chag`ribek Davud hamda ularning amakisi Musa Yabg`u boshchilik qilar edi. Ular kinik nomli qadimgi turkman qabilasidan edilar. Aka-uka saljuqiylar ko`chmanchi – turkman qabilalari ustidan boshchilik qilgan edilar. Bu qabilalar tarkibiga boshqa turkman urug`-qabila urug` va qabilalar birlashmalari bilan ham qarindoshlik munosabatida bo`lgan birqancha urug` va qabilalar kirgan bo`lsa kerak. Dastlab saljuqiylar quyi Sirdaryodagi Jand degan


joyda ko`chib yurar edilar, ammo Shohmalik nomli hokim bilan urushib qolganlari tufayli Zarafshon daryosining o`ng qirg`og`iga, somoniylar tomonidan ularning ko`chib yurishi uchun berilgan Nur(Nurota)ga ketishga majbur bo`lgan edilar. Somoniylar Saljuqiylar bilan totuv yashar edilar, bu totuvlik somoniylarning qoraxoniylarga qarshi olib borgan kurashlarida turkmanlarning somoniylarga bergan yordamiga asoslangan bo`lib, ammo bu yordamga doim ishonish qiyin edi.
XI asning birinchi yarmida turkman – saljuqiylarning ahvoli juda og`irlashdi. Gap shundaki, Movaraunnahrga, shu jumladan Zarafshon vodiysiga qoraxoniylar bilan birga ko`pchilik chigil, qarluq, yag`mo va boshqa turk qabilalari ham keldi. Ularning hammasiga ko`chib yurish uchun joy kerak edi. Shu jumladan, turkmanlar o`rnashib olgan Zarafshon daryosining o`ng qirg`og`idagi Nurdan to Samarqandgacha bo`lgan qismi ham kerak edi.
Movoraunnahrda Ilekxon Alitagin xo`yajinlik qilib turgan davlarda (1034 yilda o`lgan) saljuqiylarga unchalik tegmas edilar; uning vafotidan keyin Alitaginning o`g`illari yosh bo`lgani uchun butun ishni o`z qo`liga olgan Tunush davrida ularning ahvoli juda og`irlashdi. Nihoyat, sharoit ularni Zarafshon vodiysini tashlab ketishga majbur qildi. Xorazmshoh Xorun 1034 yilda ularga raboti Mashoi, Sho`raxona va Goviyhar rayonlaridadan yer ajratib berdi, ammo Jand hokimi ularga hujum qildi va 8 ming kishini o`ldirdi. Saljuqiylarning boshliqlari yuqorida aytib o`tilganidek To`g`rulbek, Chag`ribek Davud va Musa Yabg`u bu yerdan ketishga va Mahmud G`aznaviyning o`g`li Ma`suddin joy so`rashga ahd qildilar. (Ma`sud 1030 yildan 1041 yilgacha podshohlik qilgan edi).
Saljuqiylar o`zlariga Saraxs, Marv, Abiverd, Nes va Farovi rayonlarida ko`chib yurishlariga ruxsat berilishini so`rab, Xurosonning G`aznaviy jomiga elchilar yubordilar. Bu joylar ko`chib yurish uchun juda qulay edi, ulardan ba`zilari, masalan, Saraxs va Abiverd manzillarida bahorikor yerlar ko`p bo`lib, ko`chmanchilar tomonidan juda qadrlanar edi.
1025 yilda Mahmud davrida turkmanlar bilan bo`lib o`tgan hamma voqealar shunday kuchli taassurot qildirdiki, Xuroson noibiga To`g`rulbekning vakillari bilan g`arazli munozaralar olib borishga to`g`ri keldi. Ammo turkmanlar juda matonatli edilar va nihoyat, to`liq bo`lmasa ham, o`z maqsadlariga erishdilar. 1035 yilda Nishopurda imzolangan shartnomaga ko`ra, ular Nes, Farovi va Dehiston deb nomlangan joylarni oldilar, ammo bus afar ham, bundan o`n yil ilgari bo`lgani kabi, dehqonchilik qiladigan aholi bilan tinch munosabatda bo`lolmadilar.

Oradan bir necha oy o`tar o`tmas sharoit yana og`irlashdi. Saljuqiy boshliqlari o`troq aholi bilan tinch munosabat o`rnatishni faqat og`izdagina bajarar edilar. Amalda esa ular g`aznaviylar hukumatidan yangi yerlar, ayniqsa Marv va Saraxs rayonlaridagi yerlarni qunt bilan talab qilishni davom ettirdilar. Ma`sur uchun qurol kuchi ishlatishdan boshqa chora qolmadi. Ammo sharoit g`aznaviylar uchun noqulay bo`lib chiqdi. Xurosonda ularning ishonchli tayanchi topilmadi, chunki g`aznaviylarham ularning noiblari ham bu katta va boy mamlakatda obro`ga ega emas edilar. G`aznaviylarning so`nggi noibi bo`lgan Abulfozil Suriyki Xuroson aholisi ochiqdan-ochiq yomon ko`rar edilar. Chunki u do`q va po`pisa qilar, pora olar va o`z amalidan foydalanib xiyonat qilar edi.
Xusoroson aholisi g`aznaviylar qo`shinining aholi hisobiga yashashidan va ularning qiladigan zo`rligidan qattiq azob chekar edi. Bu voqealarni ancha to`liq tasvirlagan va ularning ko`pida o`zi ishtirok etgan XI asr fors tarixchisi Bayhokiy Xurosonga turkmanlar kelgan paytda Xuroson to`liq anarxiyani o`z boshidan kechirar edi, deb hikoya qiladi.
Shunday sharoitda g`aznaviylarning saljuqiylarga qarshi olib borgan kurashi sulton Ma`sud uchun foydasiz bo`lib chiqdi. Uning turkmanlarga qarshi yuborgan qo`shini Saraks yonida mag`lubiyatga uchradi, natijada turkmanlar uchun Xurosonning bosh shahari – Nishopurga yo`l ochildi. 1038 yilda To`g`rulbek 3 ming kishidan iborat qo`shini bilan hechqanday qarshilikka uchramay Nishopurni egalladi. Shuni e`tiborga sazovorki, Nishopurning bosh ruhoniylari va savdogarlari shaharni, so`zsiz topshirish tarafdori edilar.
Ammo Nishopurni bosib olish bilan Xurosonning qismati hal bo`lmagan edi. Kurash davom etdi. Bir vaqt harbiy baxt g`aznaviylar tomoniga boqqanday bo`ldi. Masalan, Ma`sur 1038 yilning o`zida Saraks yonida katta g`alaba qozondi. Ammo g`aznaviylar podshosi bu g`alabaning ahamiyatiga yuqori baho berdi va o`z qo`shinlarini harbiy harakat maydonidan olib ketib, saljuqiylarning mustahkamlanishiga va yangi kuchlar to`plashga imkon tug`dirdi.
1040 yilda Saraks va Marv orasidagi Dandonakan yonida so`nggi hal qiluvchi jang bo`ldi. Suvsiz sahrodan o`tib tashnalik va charchashdan kuchsizlangan, intizomdan chiqib ketgan g`aznaviylarning katta armiyasi butunlay tor-mor etildi. Ma`sur G`aznaviylarning o`zi esa kichik bir otryad bilan qochil qutuldi. 1040 yildagi jang g`aznaviylar davlatini mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan kichik knyazlikka aylantirib, ularning qudratiga chek qo`ydi. G`aznaviylar davlatinign vayronasi ustida yangi buyuk saljuqiylar davlati tashkil topdi. Bu davlatning tarixiy hayoti O`rta Osiyodan tashqarida bo`lsa-da, lekin u bilan chambarchas bog`liq edi. G`aznaviylardan tortib olingan yerlar saljuqiylar xonadonining ayrim a`zolariga hadya sifatida bo`lib berildi: To`g`rulbekka Eronning shimoliy va shimoliy-g`arbiy viloyatlarining katta qismi, Chag`ribek Davudga Marv va Xurosonning katta qismi, Musa Yabg`uga, Tus, Hirot va Seyiston viloyatlari tegi.
Saljuqiylar davlatining boshlig`i To`g`rulbek (1038-1063 yillar) bo`lib qoldi. U hujumni davom ettirib Iroq Ajami (Fors Iroqi), Ozarbayjon, Kurdiston va Ko`histonni o`ziga bo`ysundirdi. 1055 yilda To`g`rulbek qo`shinlari bilan Bag`dodga kirib keldi va o`z nomini hutbaga qo`shib o`qitishga xalifani ko`ndirdi. Diniy hokimiyat abbosiylar xalifasiga, dunyoviy hokimiyat sulton unvoni bilan To`g`rulbekka o`tdi. To`g`rulbek yangi davlatning poytaxti etib Rey shahrini tanladi. Uning diqqati butunlay g`arbga qaratilgan edi. O`zining shaxsiy udei uni uncha ko`p qiziqtirmas edi. U o`zidan kuchli bo`lgan qoraxoniylar bilan To`g`rulbek faqat tinch munosabatda bo`lish yo`lini qidirar edi. Ammo bu tinchlik uncha mustahkam bo`lmagan va uzoq davom etmaydigan tinchlik edi. Har ikkala turk dinastiyalari to`qnashishga olib kelgan janjalli masalalar kelib chiqdi.

Alp Arslonxonning o`rniga saljuqiylar taxtiga chiqqan sulton Malikshoh 1055 yilda tug`ilgan edi. Otasi o`z yurishlarida uni doimo oldida olib yuragn va shu tufayli uning ko`zlari deyarli janglarda qotgan edi. Shuningdek, Malikshoh otasining vaziri Nizommulk yonida davlat ishlarini yaxshi o`rgangan va yaxshi ta`lim olgan edi. Uning davrida saljuqiylar imperiyasi siyosiy jihatdan, davlatni boshqarish va harbiy nuqtai nazardan nihoyatda taraqqiy etdi, davlatning chegaralari hech ko`rilmagan darajaga kengaydi.
Eng avvalo Malikshoh sultonlik da`vosi bilan chiqqan amakisi, Kirmon hukmdori Kovrutni yengdi. So`ng sharqiy chegaralari tajovuz qilgan qoraxoniylar ustiga yurish qilib, ularni bo`ysundirdi. G`aznaviylar bilan sulh tuzilgandan so`ng, otasining o`limi tufayli chala qolgan ishini tamomlash uchun orqaga qaytdi va Misrga qadar yaqin va o`rta sharqni qo`l ostida birlashtirish uchun yurish boshlandi. aljuqiylar davlatiga Saljuqnning nevarasi Sulton Toʻgʻrulbek asos solgan. Saljuq turklari 11-asrning 20y.larida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud Gʻaznaviydan koʻplab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik gʻaznaviylar ularga qarshi lashkar joʻnatib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qalʼada tutqunlikda saqlashgan (1032-yil u hibsda oʻlgan). Saljuqiylar gʻaznaviylarga qarshi olib borgan koʻplab muvaffaqiyatli janglaridan soʻng Nishopurni egallab, oʻz rahbarlari Toʻgʻrulbekni sulton deb elon qildilar (1038). Dandanakon jangidagi gʻalabadan soʻng, u Xuroson hukmdori deb eʼlon qilindi. Asta-sekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, Gʻarbiy Eron,
Ozarbayjon, Iroq (Bagʻdod bilan birga)ni oʻzlariga boʻysundirdilar. Bagʻdodda Toʻgʻrulbek nomiga xutba oʻqitilgan. Abbosiylar xalifasi alQoim (hukmronlik davri: 1031—75) hokimiyatni Toʻgʻrulbekka topshirib, uni sulton hamda "Sharq va Gʻarb podshohi" deb tan olishga majbur boʻlgan va qizini unga xotinlikka bergan. Toʻgʻrulbek Rayni, uning ukasi Chagʻribek Dovud (990—1060) Marvni oʻzlariga poytaxt qildilar. 1050-yilda Toʻgʻrulbek poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan.
Alp Arslon va Malikshoh hukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam oʻrnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qoʻshinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071—81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham boʻysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Fargʻona vodiysi saljuqiylar qoʻl ostida birlashgan.
Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularning ustunligini tan olishgan. Alp Arslon poytaxtni Isfahondan Marvga koʻchirgan. Saljuqiylar qoʻshinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman va Bahrayn yerlarini ham oʻz tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli boʻlgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga koʻchirilgan. 11-asr oxirlarida Saljuqiylar davlati Sharqiy Turkistondan Oʻrta yer va Marmar dengizlarigacha boʻlgan katga hududni oʻz ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya oʻrtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa qilgan yurishlarini toʻxtatishda saljuqiylarning xizmati katta boʻlgan.
11-asr oxirlaridan boshlab, Saljuqiylar davlati parchalana boshlaydi. Chunki 1-salib yurishi natijasida Saljuqiylar davlati Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil boʻyi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096—99). Saljuqiylar davlatidan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas, Kermon sultonligi (1041 — 1187), Shom (Suriya) sultonligi (1074—1117), Koʻniya sultonligi va boshqa saljuqiy sultonlar oʻgʻuz va boshqa turkiy urugʻlar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto inʼom qilganlar. Mac, Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Katta-katta mulklarga ega boʻlgan iqtodorlar esa mustaqil boʻlishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan soʻng uning oʻgʻillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj oldi. Aka-uka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092—94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104— 25), Gʻiyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105—18) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarga qarshi kurash olib borishga majbur boʻlganlar.
Buyuk Saljuqiylar davlati taxt uchun kurashlar oqibatida sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Gʻarbiy qismga kirgan Gʻarbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118—94) nomi bilan sulton Gʻiyosiddin Muhammadning oʻgʻli sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118—31) boshqarishni boshlagan. U Hamadonni oʻziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism, asosan, Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat boʻlib, unga sulton Malikshohning kenja oʻgʻli sulton Sanjar hukmronlik qilgan va poytaxti Marv boʻlgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda gʻarbiy saljuqiylar ham uning siyosiy taʼsiri ostida boʻlishgan, Gʻaznaviylar davlati esa unga 1117-yildan tobe boʻlgan. Biroq Sharqdan qoraxitoylarning Movarounnahrga bostirib kirishi, Samarqand yaqinida boʻlgan mashhur Qatvon jangi (1141-yil 9 sent.) da ular qarluqlar bilan birgalikda saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qoʻshinini tor-mor qilishi natijasida
Sanjarning kuch-qudrati zaiflashai boradi. U avval Movarounnahr, keyinchalik Xurosonning asosiy qismidan ajraladi. Anushteginiylardan Qutbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham Saljuqiylar davlatidan ajralib chiqib, oʻz mustaqilligini tiklagan. Otsiz, hatto saljuqiylar poytaxti Marvni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141—42). Sanjarning vafoti (1157)dan soʻng saljuqiylarning Xurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson gʻuzlar (oʻgʻuzlar) tasarrufiga kirgan. 1117-yil saljuqiylarning Shom (Suriya) sultonligi, 1187-yil Kermon sultonligi ham tugatilgan. Xorazmshohlar 12-asr 2-yarmidan boshlab gʻarbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tor-mor qilib, oʻz davlatiga qoʻshib olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Koʻniya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi 14-asr boshlariga
Saljuqiylar davlati tepasida oliy hukmdor — sulton (sulton ulaʼzam) turgan. Uning nomidan xutba oʻqilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida oʻtgan. Mulk, yersuv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini nazorat qilish va boshqa sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv tizimi somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devonlarga boʻlingan. Ulugʻ hojib, horis amiri (amiri horis), saloxdor, xos vakil, alamdor, jondor, tashtdor, sarhang , miroxur dargoxdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh vazir devoni aʼlo — markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tugʻro, devoni istifo(moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy vazirlik) kabi rasmiy devonlar boʻlgan. Viloyat boshliklari (voliylar) ham oʻz devonlariga ega boʻlishgan. Voliylar sulton tomonidan tayinlangan boʻlib, ular viloyat hayoti bilan bogʻliq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday boʻlgan.
Saljuqiylar davlatida, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan Toʻgʻrulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda katta koʻtarilish yuz bergan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: toʻqimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, koʻnchilik va gilam toʻqish rivojlangan. Buyuk ipak puli ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali oʻtgan. Sharqiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj toʻlovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (kizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis dirhamlar ham boʻlgan.
Saljuqiylar davlatida ilm-fan va madaniyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori boʻlgan. Nishopur, Isfahon, Basra, Hirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod qilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bagʻdoddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur boʻlgan. Nizomulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida "Siyosatnoma" asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xayyom loyihasiga koʻra, Isfahonda rasadxona kurilgan. U Malikshoh topshirigʻiga koʻra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning shamsiy taqvimini isloh etib, Yangi taqvim ("Malikshoh taqvimi" yoxud "Jalol erasi") ni tuzgan (1079). Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom fors sheʼriyatining soʻnmas durdonalarini yaratishgan. Muhammad Gʻazoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Hamadoniy kabi islom ulamolari va soʻfiylar ijod kilishgan.
Saljuqiylar davlatida riyoziyot va ilmi nujum (Bahovuddin Abubakr Marvaziy, Sharafiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marvaziy, Abulhotam Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin Gʻaznaviy), tibbiyot va kimyo (Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadriddin Husayniy, Anushirvon Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib Sobir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin Axsikatiy, Rafʼiy Marvaziy va boshqalar) sohalariga oid koʻplab bebaho asarlar yaratilgan. Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Hamadon kabi poytaxt shaharlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Termizda koʻplab meʼmoriy yodgorliklar qurilgan. Marv gullab yashnagan, u "Marvi Shohijahon" — "Shaharlar shohi" deb ulugʻlangan. Tarixchi va sayyoh Yoqut Hamaviy Marvda boʻlganida bu yerda 10 ta yirik kutubxona borligini koʻrgan va ulardan foydalangan. Termiz yaqinidagi Paygʻambarorolda Zulkifl majmuasi (11—12-asrlar), Sulton Saodat meʼmoriy majmui (11 — 18-asrlar), Jarqoʻrgʻon minorasi (1109), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (12-asr) va boshqa meʼmoriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarning Koʻniya sultonligida ham madaniyat taraqqiy etgan. Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchayib, tasavvufning mavlaviylik, bektoshiya kabi tariqatlari shakllangan, axiylik (javonmardlik) va qalandarlik kuchaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240—1320), Xoja Bektosh Vali (1248—1338), Sadriddin Koʻnyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasavviflar yetishib chiqqan. Koʻniya (Ikoniy), Sivas, Qaysariya, Nikeya sh.lari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda "Oʻgʻuznoma" dostonining yozma varianti shakllangan, latifaaa Xoʻja Nasriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan.

Malikshoh beklarning bir qismini Onado`lini istilo qilish uchun jo`natdi, boshqalarni bo`lsa Suriyaga yubordi. Onado`liga yuborilgan Qutoliddin o`g`li Sulaymonbek qisqa vaqt ichida Uskudarga qadar yetib borishi kerak edi. Suriyaga jo`natilgan Otsizbek esa shia fotimiy xalifasi qo`l ostidagi sharqiy O`rtadengiz mintaqasini ulardan ozod etib, Misr hududlariga yetib bordi. Sulton Otsizdan keyin Suriya hokimligiga ukasi Malik Tutumni tayinladi, o`zi esa Suriya va Iroqdan sharqqa yurdi. Sulton g`arbiy qoraxoniylar xonligini istilo qilgach, bu davlatni saljuqiylarga tobe qildi. Sharqiy Qoraxoniylarga yurish qilishga otlangan paytda Qoshg`ar hukmdori Xarun Bug`raxon kelib, unga tobe bo`lganini aytdi va o`z taxtida qoldi. Malikshoh sharqda butun masalalarni hal qilib bo`lgach, janubga, Hijozga askar yuborib, Arabiston yarim orolini saljuqiylar hokimyatiga qo`shib oldi. Shu tariqa saljuqiylar sultonligi juda ham katta maydonga ega bo`ldi.


Malikshoh va uning vaziri Nizommulk o`sha paytlari islom dunyosiga qutqu slogan, boshboshdoqliklarga qarshi juda qattiq kurash olib bordilar. Ular bir tomondan Nizomiya madrasasini ochib, u yerlarda sunniy islom e`tiqodini o`rgatishar, boshqa tomondan fisq=fasodchi botiniylarni ushlab, jazo berishar edi. Alamut qa`lasini botiniylarning qarorgohiga aylantirgan Hasan Abbos ismli bir eronlik qoradori vositasida o`ziga tamoman bog`lab olgan fidoyilar yordamida Malikshoh va uning vaziri Nizommulkka qarshi suiqasd uyushtirdi va 1092 yilda har ikkisini o`ldirtirdi. Malikshohning o`limidan keyin taxt o`g`li Berkyuruq chiqdi va saljuqiylar sultoni bo`ldi. 1105 yilda Berkyayur vafot etgach, taxtga uning ukasi Muhammad Topar chiqdi. Topar xuddi otasi va akasi kabi juda munosib davlat boshlig`I edi, ammo uu 1118 yilda juda erta vafot etdi. Bundan so`ng saljuqiylar taxtiga uzoq vaqt saltanat boshqargan so`nggi Sulton Sanjar o`tirdi.
Sulton Sanjar Malikshohning o`g`illaridan biriedi. U Xurosonda hokimlik qilib, davlat ishlarini yuritishni puxta egalladi. Uning zamonida saljuqiylar sultonligi nihoyatda kengayib, kuch-qudratli davlat holiga keldi. Sulton Sanjar huddi ertaklardagi qahramonlarni eslatar edi. G`aznaviylar va g`uriylar saljuqiylar sultonligini qo`shib olinishi bilan davlat hududini Hindistonga qadar kengaytirdi.
Sanjarni shardan kelgan qoraxoniylarga yengilib, Turkistonni yo`qotishi, uning saltanatiga berilgan ilk zarba bo`ldi. Keyinchalik u o`ziga tobe bo`lgan ko`chmanchi o`g`uzlar isyonini bostira olmadi. O`g`uzlar Sanjarni asir oldilar, davlatning eng go`zal, eng boy shaharlarini talon-taroj qilib yoqib yubordilar. Sulton uzoq vaqtdan so`ng asirlikdan qutildi, ammo ko`p yashamadi. 1157 yilda vafot edi. U paytlarda Onado`li garchi sultonga tobe bo`lsada, alohida mustaqil davlat edi. Iroq saljuqiylari ham davlatga ega chiqa olmagach, saljuqiylarning sharqdagi yerlari xorazmshohlar qo`liga o`tdi. davlatning eski viloyatlaridagi turk hokimiyati bekliklar holida davom etdi.
Buyuk Saljuqiylar imperiyasi [11] [b] yoki Saljuqiylar imperiyasi oʻrta asrlardagi turk -fors [14] sunniy musulmonlar imperiyasi boʻlib, oʻgʻuz turklarining Qiniq boʻlimidan kelib chiqqan . [15] Saljuqiylar imperiyasi oʻzining eng keng tarqalgan davrida gʻarbiy Anadolu va Levantdan gʻarbda Hindukushgacha , shimolda Oʻrta Osiyodan Fors koʻrfazigacha boʻlgan ulkan hududni nazorat qilgan. janub.
Saljuqiylar imperiyasiga 1037-yilda Tugʻril (990—1063) va uning ukasi Chagʻriy (989—1060) asos solgan . Saljuqiylar Orol dengizi yaqinidagi vatanlaridan avval Xurosonga , soʻngra materik Forsga oʻtib, oxir-oqibat Bagʻdod va Sharqiy Anadoluni zabt etishdi. Saljuqiylar 1071 yilda Manzikert jangida g'alaba qozonishdi va keyin Anadoluning qolgan qismini Vizantiya imperiyasidan tortib olib, bosib oldilar . Saljuqiylar imperiyasi sharqiy islom dunyosining parchalangan siyosiy manzarasini birlashtirib, birinchi salib yurishida ham, ikkinchi salib yurishida ham muhim rol oʻynadi.. Saljuqiylar o'zlari ta'sir ko'rsatgan davrda ko'plab san'at turlarining yaratilishi va kengayishida ham muhim rol o'ynagan.
Saljuqiylar sulolasining asoschisi oʻgʻuz turkiy sardori Saljuqiy edi. U Xazar qo'shinida xizmat qilgan, uning qo'l ostida saljuqiylar Jend shahri yaqinidagi Xorazmga ko'chib o'tgan va u erda 985 yilda islomni qabul qilgan [17] . Ma'muniylar tomonidan boshqarilgan Xorazm nominal ostida edi. Somoniylar imperiyasining nazorati . [18] 999-yilga kelib Somoniylar Movaronolnashonada qoraxoniylar qoʻliga oʻtdi , biroq Gʻaznaviylar Oksus janubidagi yerlarni egallab oldilar [19]Saljuqiylar somoniylarning oxirgi amirini qoraxoniylarga qarshi qoʻllab-quvvatlab, oʻzlarining mustaqil asoslarini yaratishdan oldin mintaqadagi bu hokimiyat uchun kurashda qatnashdilarSaljuqiyning nabirasi Tug'ril boshchiligidagi o'g'uz turklari 1020-1040 yillar oralig'ida Eronga yo'l olgan o'g'uzlarning bir necha guruhlaridan biri bo'lib , dastlab mahalliy aholining taklifiga binoan janubga Movaronunronga , so'ngra Xurosonga ko'chib o'tgan. hukmdorlar, keyin ittifoqlar va nizolar ostida. Biroq saljuqiylar Xurosonga kelgunga qadar bu hududda boshqa oʻgʻuz turklari ham boʻlgan: yaʼni asosan Kaspiy dengizidan Marvgacha choʻzilgan hudud boʻlgan Kopet Togʻ togʻlarining shimoliy yon bagʻirlari ; bugun nima - Turkmaniston. Zamonaviy manbalarda Dahiston ( Atreketrap), Farava (Qizil-Arvat, hozirgi Serdarga mos keladi ) va Nasa (hali ham shu nom bilan mashhur), shuningdek Saraxs va Marv. [21]
Xurosonga ko'chib o'tgandan so'ng, Tug'ril boshchiligidagi saljuqiylar G'aznaviylardan imperiyani tortib oldilar . Dastlab saljuqiylar Mahmud tomonidan qaytarildi va Xorazmga nafaqaga chiqdi , ammo Tug'ril va Chag'riy ularni Marv va Nishopurni (1037-1038) egallashga olib keldi. [22] Keyinchalik ular Xuroson va Balx bo'ylab uning o'rinbosari Mas'ud bilan bir necha marta bosqinchilik uyushtirdilar va hududlarga savdo qildilar .
1040 yilda Dandanaqon jangida g'aznalik Mas'ud I ni keskin mag'lub etib, g'arbiy hududlarning ko'p qismini tashlab ketishga majbur qilishdi. [24] 1046 yilga kelib Abbosiy xalifasi al-Qoim Tug'rilga saljuqiylarning Xuroson ustidan hukmronligini tan olganlik to'g'risida diplom yubordi . [25] 1048–1049 yillarda Tugʻrilning ukasi Ibrohim Yinal qoʻmondonligidagi saljuqiy turklar Vizantiya chegarasidagi Iberiya hududiga birinchi bostirib kirdilar va Kapetrou jangida 50.000 kishilik Vizantiya-Gruziya qoʻshini bilan toʻqnashdilar.1048-yil, 10-sentabr. Saljuqiylar bosqinining vayronagarchiliklari shunchalik qoʻrqinchli ediki, Vizantiya magnati Eustatios Boilas 1051–1052 yillarda bu yerlarni “ilon, chayonlar va yovvoyi hayvonlar yashaydigan iflos va boshqarib boʻlmaydigan yerlar” deb taʼriflagan. Arab yilnomachisi Ibn al-Asirning xabar berishicha, Ibrohim alayhissalom 100 000 asirni va o‘n ming tuyaning orqasiga yuklangan katta o‘ljani qaytarib olib kelgan. [26] 1055 yilda Tug'ril Bag'dodga kirib , Abbosiylar xalifasi topshirig'iga binoan Buyidlar sulolasining ta'sirini olib tashladi. [25]
Turkiy libosdagi hurmatli kishi: uzun to'qilgan, mo'ynali shlyapa, etik, mahkam ishlangan palto. U amir bo'lishi mumkin . [27]Keng ko'ylak va salla kiygan mahalliy taniqli shaxs, ehtimol Basralik Al-Haririyning o'zi. Saljuqiylarning oliy davlat amaldori Basralik Al-Haririy (milodiy 1054–1122 ) muallifligidagi “ Maqomat ” rasmlari. Bag'dodda nashr etilgan (milodiy 1237 yil nashri). [27]
Chag'ri begning o'g'li Alp Arslon 1064 yilda Armaniston va Gruziyani qo'shib, 1068 yilda Vizantiya imperiyasini bosib olib, Tug'ril mulkini sezilarli darajada kengaytirdi va undan deyarli butun Onado'lini qo'shib oldi. [28] Arslonning 1071 yilda Manzikert jangida qoʻlga kiritgan hal qiluvchi gʻalabasi Vizantiyaning Turkiyaning Anadoluga bostirib kirishiga qarshiligini samarali tarzda zararsizlantirdi [29] , garchi gruzinlar Alp Arslon bosqinidan Iberiya mavzusini himoya qilish orqali tiklanishga muvaffaq boʻlishdi . Vizantiyaning Anadoludan chekinishi Gruziyani Saljuqiylar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaga olib keldi. 1073-yilda Ganja, Dvin va Dmanisi saljuqiy amirlari Gruziyaga bostirib kirishdi va gruziyalik Jorj II tomonidan magʻlubiyatga uchradi ., Kars qal'asini muvaffaqiyatli egallagan . [30] Saljuqiy Amir Ahmadning javob zarbasi Kvelistsixda gruzinlarni magʻlub etdi. [31]
Alp Arslon turkman sarkardalariga oʻziga sodiq atabeglar sifatida sobiq Vizantiya Anadolusidan oʻz knyazliklarini yaratishga ruxsat berdi. Ikki yil ichida turkmanlar Egey dengizigacha boʻlgan koʻp sonli begliklar (zamonaviy turk beyliklari ): Shimoliy -Sharqiy Anadoluda Saltuqiylar , Sharqiy Anadoluda Shoh-Armenlar va Mengujekiylar , Janubi -Sharqiy Anadoluda Artukiylar , Markaziy Anatolida Danishmendiyalar ostida nazorat oʻrnatdilar. , Rum Saljuqiylar ( Sulaymon begliklari, keyinchalik Oʻrta Anadoluga koʻchib oʻtgan) Gʻarbiy Anadoluda va Izmirdagi ( Smyrna ) Smyrna Tzachas Beyliklari . iqtibos kerak ]
Alp Arslonning vorisi Malikshoh va uning ikki fors vaziri Nizom al-Mulk va Toj al-Mulk davrida Saljuqiylar davlati arablar bosqinidan oldingi kunlardagi sobiq Eron chegarasigacha turli yoʻnalishlarda kengayib bordi. tez orada sharqda Xitoy , g'arbda Vizantiya bilan chegaradosh. Poytaxtni Raydan Isfahonga ko'chirgan kishi Malikshoh edi . [32] Iqta harbiy tizimi va Bagʻdoddagi Nizomiylik universiteti Nizom al-Mulk tomonidan tashkil etilgan boʻlib, Malikshoh hukmronligi “Buyuk Saljuqiylar”ning oltin davri deb hisoblangan. Abbosiylar xalifasi1087 yilda unga "Sharq va G'arbning sultoni" unvoni berilgan. Biroq Hasan-i Saboh qotillari ( Hashshashin ) uning davrida kuchga aylana boshlagan va uning boshqaruvidagi ko'plab yetakchi shaxslarni o'ldirishgan; ko'pgina manbalarga ko'ra, bu qurbonlar orasida Nizom al-Mulk ham bor. iqtibos kerak ]
1076 yilda Malikshoh I Gruziyaga bostirib kirdi va ko'plab aholi punktlarini vayronaga aylantirdi. 1079/80 yildan boshlab Gruziya har yili o'lpon evaziga qimmatbaho tinchlik darajasini ta'minlash uchun Malik-Shohga bo'ysunishga majbur bo'ldi . iqtibos kerak ]
Ahmad Malikshoh I ning oʻgʻli boʻlib, dastlab uch ukasi va jiyani: Mahmud I , Barkiyaruq , Malikshoh II va Muhammad I Taparga qarshi vorislik urushlarida qatnashgan . 1096-yilda ukasi Muhammad I tomonidan Xuroson viloyatini boshqarish vazifasi yuklatilgan [33] Keyingi bir necha yil ichida Ahmad Sanjar Eronning (Fors) koʻp qismining hukmdori boʻlib, oxir-oqibat 1118-yilda Xuroson viloyatining yagona hukmdori boʻldi. Buyuk Saljuqiylar imperiyasi. [34]
1141 yilda Ahmad qoraxitoylar tahdidini bartaraf etish uchun yurish qilib , Qatvon jangida Samarqand yaqinida ularga duch keldi . U o'zining uzoq yillik faoliyatidagi ilk mag'lubiyatga uchradi va natijada Sirdaryoning sharqidagi barcha saljuqiylar hududini boy berdi . oʻz qabilasi qoʻlidan navbatdagi kutilmagan magʻlubiyat natijasida Sanjarning ham, Saljuqiylar hukmronligi ham barbod boʻldi . 37] Bu imperiyaga betartiblik keltirdi - keyinchalik bu vaziyatdan g'olib turkmanlar foydalangan, ularning qo'shinlari Xurosonni hech qanday qarshiliksiz bosib olib, Sanjar viloyati va obro'siga katta zarar yetkazgan. [37] Sanjar oxir-oqibat 1156 yilning kuzida asirlikdan qochib qutuldi, lekin tez orada Marvda vafot etdi.(hozirgi Turkmaniston), 1157. Uning oʻlimidan soʻng turkiy hukmdorlar, turkman qabila qoʻshinlari va boshqa ikkinchi darajali kuchlar Xuroson uchun kurash olib borishdi va uzoq davom etgan toʻqnashuvlardan soʻng 1200-yillarning boshlarida viloyat nihoyat xorazmiylar tomonidan bosib olinadi. [38]
Ahmad Sanjar maqbarasi Toluiy boshchiligidagi moʻgʻullar tomonidan 1221 yilda Marv shahrini talon-taroj qilgan va Xorazmga boʻlgan falokatli bosqin paytida zamonaviy manbalarga koʻra 700 000 kishi halok boʻlgan ; ammo, zamonaviy stipendiya bunday raqamlarni bo'rttirib ko'rsatadi.
1092-yilda Malikshoh I vafot etganida, uning akasi va toʻrt oʻgʻli imperiyani taqsimlash uchun oʻzaro janjallashib, imperiya parchalanib ketdi. Malikshoh I Anadoluda Rum sultonligiga asos solgan Qilij Arslon I , Suriyada esa uning ukasi Tutush I taxtga oʻtdi . Forsda uning o'rniga o'g'li Mahmud I o'tirdi, uning hukmronligi Iroqda boshqa uch ukasi Barkiyaruq , Bag'dodda Muhammad I va Xurosonda Ahmad Sanjar tomonidan ta'kidlangan . Tutush I vafot etgach, uning o‘g‘illari Radvon va Duqaq meros qoldirdiHalab va Damashq ham bir-biri bilan tortishib, Suriyani bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan amirlar o'rtasida bo'lib tashladi. iqtibos kerak ]
1118 yilda uchinchi o'g'il Ahmad Sanjar imperiyani egallaydi. Uning jiyani Muhammad I ning oʻgʻli uning taxtga daʼvosini tan olmadi va Mahmud II oʻzini Sulton deb eʼlon qildi va Bagʻdodda poytaxt oʻrnatdi, 1131-yilda Ahmad Sanjar nihoyat rasman taxtdan agʻdarildi. iqtibos kerak ]
Nominal Saljuqiylar hududining boshqa joylarida Suriya shimoli-sharqida va Mesopotamiyaning shimolida artuqiylar joylashgan ; ular 1098 yilgacha Quddusni nazorat qilganlar. Danishmand sulolasi Sharqiy Anadolu va Shimoliy Suriyada davlat tuzgan va Rum sultonligi bilan yerga tortishgan , Kerbog'a esa Mosul otabegi sifatida mustaqillikka erishgan . 
Birinchi salib yurishi davrida saljuqiylarning parchalangan davlatlari salibchilarga qarshi hamkorlik qilishdan ko'ra, odatda, o'z hududlarini mustahkamlash va qo'shnilari ustidan nazoratni qo'lga kiritish bilan shug'ullangan . Saljuqiylar 1096 yilda kelgan xalq salib yurishini osonlikcha mag'lub etishdi , ammo Nikea ( Iznik ), Ikoniya ( Konya ), Kesariya Mazaka ( Kayseri ), va Antioxiya ( Antakya ) Quddusga yurishida( Al-Quds ). 1099 yilda salibchilar nihoyat Muqaddas erni egallab olishdi va birinchi salibchilar davlatlarini barpo etishdi . Saljuqiylar Falastinni salibchilar tomonidan bosib olinishidan oldin uni qaytarib olgan Fotimiylar uchun allaqachon boy bergan edilar. iqtibos kerak ]
Saljuqiylar qo'mondoni Ilg'ozi Edessa grafligini talon-taroj qilib , salibchilar bilan sulh tuzdi. 1121 yilda u shimolga Gruziya tomon yo'l oldi va go'yoki 250 000 - 350 000 askar, shu jumladan kuyovi Sadaqa va Ganja sultoni Malik boshchiligidagi odamlar bilan Gruziya qirolligiga bostirib kirdi . [42] [43] Gruziyalik David IV Ilgʻozining ulkan qoʻshiniga qarshi kurashish uchun 40 000 gruziyalik jangchi, jumladan 5 000 monaspa soqchilari, 15 000 qipchoqlar , 300 alanlar va 100 fransuz salibchilarni toʻpladi. Didgori jangida 1121 yil 12 avgustda saljuqiylar gruzin otliqlarini bir necha kun ta’qib qilib, tor-mor etildi. Jang Ilg'oziy qo'shinlari bosimi ostida qolgan salibchilar davlatlariga yordam berdi. Lotin knyazliklarining asosiy dushmanining zaiflashishi qirol Bolduin II davridagi Quddus qirolligiga ham foyda keltirdi . iqtibos kerak ]
Bu davrda salibchilar davlatlari bilan toʻqnashuvlar ham vaqti-vaqti bilan boʻlib turdi va birinchi salib yurishidan keyin mustaqillik kuchayib borayotgan otabeglar salibchilar davlatlari bilan boshqa otabeglarga qarshi tez-tez ittifoq tuzib, ular bir-biri bilan hudud uchun kurash olib borardi. Mosulda Zengi Kerbogʻaning oʻrniga otabeg boʻldi va Suriya otabeglarini birlashtirish jarayonini muvaffaqiyatli boshladi. 1144 yilda Zengi Edessani egallab oldi , chunki Edessa grafligi unga qarshi artuqiylar bilan ittifoq tuzgan edi. Bu voqea Ikkinchi salib yurishining boshlanishiga turtki bo'ldi. Nur ad-Din , Zengining oʻgʻillaridan biri, Halab otabegi boʻlgan., 1147 yilda qo'ngan Ikkinchi salib yurishiga qarshi turish uchun mintaqada ittifoq tuzdi. 
Sanjar M.V.Monaronda qoraxoniylar , Afgʻonistondagi gʻuriylar va hozirgi Qirgʻizistondagi qarluqlar qoʻzgʻolonlarini , shuningdek , sharqda qoraxitoylarning koʻchmanchi istilosini bostirish uchun kurashgan . Oldinga koʻtarilgan qoraxitoylar avval Sharqiy qoraxoniylarni magʻlubiyatga uchratdilar, soʻngra Xoʻjandda saljuqiylarning vassali boʻlgan Gʻarbiy qoraxoniylarni tor-mor qildilar . Qoraxoniylar saljuqiy boshliqlariga yordam so‘rab murojaat qildilar, Sanjar bunga javoban Qoraxitoyga qarshi qo‘shinni shaxsan boshlab berdi. Biroq Sanjar qoʻshini Yelu Dashining qoʻshinlari tomonidan keskin magʻlubiyatga uchradi1141-yil 9-sentyabrda Qatvan jangi. Sanjar oʻz jonini olib qochishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, jangdan soʻng uning koʻplab yaqin qarindoshlari, jumladan, xotini asirga olindi. Sanjarning sharqdan kelayotgan tahdidni bartaraf eta olmaganligi natijasida Saljuqiylar imperiyasi Sirdaryogacha boʻlgan barcha sharqiy viloyatlarini yoʻqotdi va Gʻarbiy qoraxoniylarning vassali Qoraxitoylar tomonidan bosib olindi. Xitoy tarixshunosligida G'arbiy Liao. [44]
1153-yilda gʻuzlar (oʻgʻuz turklari) qoʻzgʻolon koʻtarib, Sanjarni asirga oladi. U uch yildan keyin qochishga muvaffaq bo'ldi, biroq bir yildan keyin vafot etdi. Zengidlar va Artuqiylar kabi otabeglar faqat nominal jihatdan Saljuqiylar sultoni qoʻl ostida boʻlgan va umuman Suriyani mustaqil nazorat qilgan. 1157 yilda Ahmad Sanjar vafot etgach, bu imperiyani yanada parchalab tashladi va otabeklarni amalda mustaqillikka erishtirdi. iqtibos kerak ]

  1. Xuroson va Transoxiyadagi Xuroson saljuqiylari . Poytaxti: Marv

  2. Kirmon Saljuqiylar sultonligi

  3. Rum sultonligi (yoki Turkiya saljuqiylari ). Poytaxti: Iznik ( Nikaea ), keyinroq Konya ( Iconium )

  4. Forsdagi salgʻuriylarning otabegliklari _

  5. Iroq va Ozarbayjondagi Eldiguzidlar otabegligi ( Ozarbayjon otabegi ) . Poytaxti: Naxchivon  (1136–1175), Hamadon (1176–1186), Tabriz  (1187–1225)

  6. Suriyadagi Bori otabegliklari . Poytaxti: Damashq

  7. Al-Jaziradagi (Shimoliy Mesopotamiya ) Zangi otabegligi . Poytaxti: Mosul

  8. Turkman begliklari: Kichik Osiyodagi Danishmendilar , Artuqiylar , Saltuqiylar va Mengujekiylar

Ikkinchi salib yurishidan so'ng, Fotimiylar zaminida Misrda mustahkam o'rnashgan Nuraddinning sarkardasi Shirkuh o'rniga Saladin taxtga o'tirdi . Vaqt o'tishi bilan Saladin Nurad -Dinga qarshi isyon ko'tardi va o'limidan so'ng Saladin o'z bevasiga uylandi va Suriyaning katta qismini egallab oldi va Ayyubiylar sulolasini yaratdi
Boshqa jabhalarda Gruziya qirolligi mintaqaviy davlatga aylana boshladi va Buyuk Saljuqiylar hisobiga chegaralarini kengaytirdi. Xuddi shu narsa Kilikiya Armaniston qirolligining Anadoluda Armaniston II Lev davrida qayta tiklanishi davrida ham sodir bo'ldi. Abbosiylar xalifasi An-Nosir ham xalifaning obro'sini qayta tiklay boshladi va Xorazmshoh Takash bilan ittifoq tuzdi . 
Toʻgʻrul III qisqa muddat Anadoludan tashqari barcha saljuqiylarning sultoni edi. 1194-yilda esa Toʻgʻrul Xorazmidlar shohi Takash tomonidan magʻlubiyatga uchradi va nihoyat Saljuqiylar imperiyasi quladi. Sobiq Saljuqiylar imperiyasidan faqat Anadoluda Rum sultonligi qolgan 
XIII asr o'rtalarida sulolaning tanazzulga uchrashi sababli, mo'g'ullar 1260-yillarda Anadoluga bostirib kirishdi va uni Anadolu beyliklari deb nomlangan kichik amirliklarga bo'lishdi . Oxir-oqibat, ulardan biri, Usmonli , hokimiyat tepasiga ko'tariladi va qolganlarini zabt etadi

Saljuqiy dinor (oltin), 12-asr



Download 424 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish