Kirish I bob. I. S. Baxning hayoti va ijodi hamda klavir musiqasi


O’quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishga o’rgatishning pedagogik omillari



Download 68,53 Kb.
bet6/7
Sana22.05.2023
Hajmi68,53 Kb.
#942107
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yashnar musiqa tarixx

2.2.O’quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishga o’rgatishning pedagogik omillari
Umumta’lim maktablari musiqa darslarining o’ziga xos jihatlaridan biri shundan iboratki, maqsad musiqachilar tayyorlashga qaratilmaganligi uchun o’quvchi faoliyatining doirasi ancha keng va ko’p tarmoqliligi bilan ajralib turadi. Uning ichida o’quvchining badiiy estetik va madaniy kamolotiga yordam beradigan ishlarni, ya’ni, musiqaning elementar nazariy qoidalarini o’rganish xalq musiqa ijodiyotiga mehr-muhabbat, uning o’ziga xos janr, uslublari, ijrochiliklaridan xabardor bo’lish, ijrochilik turlari, cholg’u asboblari bilan yaqindan tanishish, yakka va jamoa bo’lib kuylash, vokal-xor
malakalarini egallash, musiqa tarixi, adabiyoti, qolaversa chet el musiqa madaniyati bilan ma’lum darajada tanishish kabilarni qamrab oladi. Musiqa mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarning estetik va aqliy
kamolotini shakllantirish imkoniyati vujudga keladi. Badiiy idrok va amaliy ijrochilikning eng oddiy shakllarini solishtirish hamda taqqoslashdan chuqur tahlil qilish va umumlashtirishgacha bo’lgan fikrlash, mushohada qilish kabilar tarkibli bog’lanadi. O’quvchilarda badiiy-musiqiy bilimlar qancha ko’p bo’lsa, ular har xil san’at asarlaridagi obraz, voqelik, mazmun va muallif g’oyasini shuncha to’la va chuqur tushunishlari va anglashlari mumkin. San’at bilan bevosita amaliy shug’ullanishning o’ziyoq juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ijro etilayotgan obrazlarda va ularda mujassamlashgan voqelikdagi hodisalarga, hissiyot va kechinmalarga estetik munosabat o’quvchilarni estetik tarbiyalashning eng samarali va faol yo’lidir.
Musiqaning inson ruhiyati, hissiyotiga ta’siri bevosita psihologik
omillar bilan bog’liq kechishi tufayli, ularni tarbiyaviy-ta’sirchanlik kasb
etishida uning pedagogik maqsadlarga yo’naltirilganligi eng muhim maqsad va vazifa hisoblanadi. Hayotni obrazli bilish, voqea-hodisalarni adabiyot, san’at orqali obrazli tasavvur qilish, ularda aks etgan o’zga insonlarga taaluqli hissiy kechinmalarni o’ziniki sifatida his etish, anglash, o’zini o`sha obraz, voqeilikda tasavvur qilishlari, bir so’z bilan aytganda o’quvchi yoshlarni musiqiy dunyoga chuqurroq olib kirish uchun, musiqiy tarbiya ularda musiqiy eshitish, musiqiy tafakkurni, musiqiy did, dunyoqarashni shakllantirishi zarur. O’sib kelayotgan o’quvchilarni ilk bolalik davridanoq musiqa madaniyati asoslarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratib bermog`imiz kerak.4 Musiqa tarbiyasida o’quvchilar musiqaga shunchaki vaqtini xushchaqchaq o’tkazish vositasi sifatida emas, balki, o’z ma’naviyati va madaniyati, ichki dunyo va ruhiyatini boyituvchi vosita sifatida qarashlariga erishish muhimdir, toki bu musiqaga bo’lgan ehtiyojga aylansin. O’quvchilarni extiyojlari, qiziqishlari, his-tuyg`ulari, emotsiyalari, didlarini, musiqiy-estetik tafakkurlarini shakllantirish orqali ularni tom ma’nodagi musiqa madaniyatini rivojlantirishimiz mumkin. Musiqiy tarbiya tushunchasini keng va tor ma’nolarda tushunish mumkin. Keng ma’noda-insonning ruhiy extiyojlarini, hissiyoti, g’oyaviy emotsional tafakkurlarini va hayotiy voqeiliklarni estetik baholash hissini shakllantiradi. Tor ma’noda-bu musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish tushuniladi. Idrok etish qobiliyati musiqaning turli xil jarayonlarida amalga oshiriladi. Musiqani emotsional his etish, uning mazmun va mohiyatini anglash, har bir shaxsga xos fazilatdir. Musiqa a`loxida shaxsga va ko’pchilik jamoaga ham ta’sir qiladi (emotsional, ijodiy, estetik, g’oyaviy, pedagogik, psihologik, fiziologik va hokazo). Buni musiqa o’qituvchisi doimiy ravishda yodida tutmog`i, bir xususiyatni shakllantirish hisobiga boshqasini chetlab o’tmagan holda dars o’tmogi lozim. Kundalik hayotimizda biz ko’pincha har xil fikrlarni eshitamiz:
«Hamma ham musiqa bilan shug’ullana olmaydi», «hammada ham musiqiy qobiliyat bo’lmaydi», «musiqa bilan shug’ullanish vaqtni behuda sarf etadi», «alohida qobiliyati bo’lmagan bolalarni o’qitishdan nima foyda?». «Musiqa bilan shug’ullanishni istamaganlarni musiqa darslaridan ozod qilish kerak» kabi. Pedagogik nazardan bu fikrlarni ma’qullab bo’lmaydi. Faqatgina musiqaga qiziqish va qobiliyati bo’lganlarnigina darslarga jalb qilish noto’g’ri bo’ladi. Tabiatdan berilgan nasliy qobiliyat barchada bo’ladi, faqat u barchada birdek bo’lmaganligi yoki, har bir inson uni yetarli darajada namoyon qilaolmasliklari mumkin. Shuni aytish joizki, har bir jismoniy sog`lom bolada musiqiy idrok, eshituv kabi qobiliyatlarni yuzaga chiqarish mumkin. Bu jarayonda o’quvchining nasliy qobiliyati emas, balki darsda o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan pedagogik yondashuv, metodika muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, bir xil sharoitda, masalan, musiqa darslarida bir sinfda, bir o’qituvchida ta’lim tarbiya olgan o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi teng bo’lmaydi. Shuning uchun, har bir bolaning harakteri, qiziqishlarini shakllanishi ham har xil kechadi. Pedagogika fani shu bois ham har bir o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda darslarni tashkil etishni e’tirof etadi. Bu individuallik musiqiy tarbiyada ayniqsa a’lohida e’tiborni talab qiladi. Pedagogik va psihologik tadqiqotlarga ko’ra o’quvchilarda musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish uchun avvalambor, ularda musiqiy eshituv (slux) qobiliyatini shakllantirish kerak. Musiqiy asarni tinglab, idrok etish uchun uning kuy yo’nalishi, lad-garmonik tuzilishi, eng muhimi qiziqishini uyg’otish kerak. Hayotda ba`zan musiqani nazariy va amaliy faoliyatlaridan xabardor mutaxasis musiqachilarni uchratamiz, lekin ular musiqa san’atiga nisbatan emotsional loqayd bo’ladilar. Gohida esa, musiqa qonun-qoidalaridan mutlaqo bexabar, ammo, musiqani jonu-dili bilan sevuvchi insonlarni ko’ramiz. Shuning uchun, musiqiy tarbiyaning eng muhim xususiyati o’quvchilarda ijobiy munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonning amalga oshirilishida tafakkur, diqqat, xotira, emotsional-ko’tarinki ruh a’lohida o’rin tutadi. Pedagogika va psihologiya fanlarida ko’rsatilishicha badiiy ijodiyotning barcha turlarida bu omillar bevosita aloqador bo’lib, qolaversa butun ta’lim-tarbiya jarayonini ularsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Musiqa dasrlarida xotirani kuchaytirish va rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri darslarni soddadan murakkabga, quyidan yuqoriga tamoyillariga asoslangan holda uyushtirishdir.
Musiqa darslarini pedagogik va metodik jihatdan to’g’ri tashkil
etilishida mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar ham pedagogik-psihologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Sinf xonalarini ozodaligi, yorug`ligi, cholg’u sozlarini, ko`rgazmali (bastakor, kompozitorlar suratlari, nota yozuvlari belgilari ifodalangan chizmalar) va texnik vositalar (magnitofon, televizor, proyektor, video yozuvlar, fonogramma), tuvaklarda gullar, chiroyli oq pardalar o’quvchilarni musiqa darslariga qiziqishlarini, katta ishtiyoq bilan mashg’ulotlarga qatnashishlari va o’z-o’zidan ravshanki, yaxshi bilim, taassurot bilan chiqishlarida muhim psihologik-pedagogik omil bo’lib xizmat qiladi, o’quvchilarni xuddi o’zlarini musiqa olamiga kirgandek his etishlarini ta’minlaydi. O’qituvchi dars jarayonida musiqiy qobiliyati sust, o’zlashtirishi past darajada bo’lgan o`quvchilarni oldingi qatorga, musiqani yaxshi eshitadigan (musiqiy eshituvi yaxshi rivojlangan), o’zlashtirishi yaxshi bo’lgan o’quvchilarni orqa qatorlarga joylashtirishi lozim.5 Ayrim hollarda «bo`sh» o’quvchilarni «kuchli» o`quvchilar bilan yonma-yon o’tqazib qo`yish yaxshi samara beradi. Shuningdek, musiqa ta’limida o’quvchilarning yosh xususiyatlariga a’lohida e’tibor qaratish talab etiladi. Masalan, boshlang`ich sinf o’quvchilarining diqqatlari tarqoq bo’lishi, tez zerikib, charchab qolishlari tabiiydir. Shuning uchun dars faoliyatlarini tez-tez almashtirib turish, o’quvchilarga dam beruvchi hikoya, mavzuga mos hikoyalar aytib berish, yaxshi musiqalar tinglatish yaxshi natijalar beradi. Ayrim hollarda o’quvchilarga mustaqil topshiriqlar berish va baholash ham mumkin. Musiqa pedagogikasida musiqiy ta’lim-tarbiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning psihologik asoslarini o’rganish o’ta muhimdir. Bizning hayotimizda musiqa keng o’rin to’tadi. Har bir musiqiy asar o’z mavzu xususiyatiga ega bo’lib, insonning ichki dunyosi va uni o`rab turgan voqeilikdagi barcha tomonlarni badiiy ifodalaydi va insonda estetik tuyg`u va kayfiyatlar o`yg’otadi. Musiqadagi tuyg`ular hayotiy tuyg`ularning aynan o’zi bo’lmay, orzular, ma’lum darajadagi bilim, tushunchalar orqali anglangan bo’ladi. Musiqada ifodalangan mazmun, g’oya, kechinma, ruhiy holat, voqelik, obrazlar qiyofasini hamma birdek tushunaolmasliklari ham tabiiy holdir. Mana shu jarayonda musiqa asarlarini tahlil qilib borishda o’qituvchining ona tili, adabiyot, tarix, musiqa tarixi va boshqa fanlardan tayyorgarligi, keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishligi muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk bastakorlar ijodida u yoki bu xalqqa mos bo’lgan ruhiy tizim xususiyatlari va voqeilikni idrok etish imkoniyatlari beqiyos ekanligi yaqqol ko’rinadi. Milliy ruhiy xususiyatlarni musiqada aks etishi jarayonida xalq musiqa ijodi katta o’rin tutadi. Xalq musiqa ijodi katta ummon bo’lib, unda xalq hayotining turli qirralari, o’ziga xos betakror holatlari, ko’rinishlari, urfodatlari o’z aksini topadi. Bunday asarlarni o’rganish, ular haqidagi ma`lumotlar o’quvchilarni o’zi mansub bo’lgan xalqning tarixi, adabiyoti, tili, milliy qadriyatlarini yaxshiroq bilib olishlariga olib keladi. Chunki, musiqani hamma, har joyda tinglashi mumkin. Lekin, darsda tinglangan musiqa shunchaki tinglash bo’lib qolmasligi lozim. Bu ma’lum bir ta’limiytarbiyaviy maqsadlarga yo’naltirilgan bo’lishi va ana shu mazmun-maqsadni o`quvchilar tomonidan muvaffaqiyatli idrok etilishi, o’zlashtirishlarida o’qituvchining tahliliy suhbatlari asosiy o’rin to’tadi.
Bizga ma’lumki musiqa asarlarini bilishda nisbatan qo’shiqlar
anchagina qulaylik imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunga birinchi navbatda
qo’shiqning she’riy matnining mazmuni asarni bilishda muxim o’rin to’tadi. Har bir qo’shiq o’z mavzusi, g’oyasiga ega bo’lib, qo’shiq matnini o’rganishda o’quvchi-yoshlar ana shu g’oya, fikr, mazmunini tushunib, anglab idrok etishlari asarning tushunib idrok etishining debochasi xisoblanadi. Asakr g’oyasi va unda ilgari surilgan fikrlar, estetik ta’sirchanlik vosita tinglovchi xissiyotiga, ruhiyatiga badiiy-chizikcha emosional va tarbiyaviy tasir etadi. Asar g’oyaviy-badiiy mazmunini ochishda o’qituvchipedagokning har tomonlama amaliy va nazariy ma’lumotlarga sinchkovlik bilan e’tibor berib, uni o’quvchilarga yetkazishga harakat qilishi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Biz o’z tadqiqotimiz maksadini amalga oshirish yo’lida musiqa madaniyati darslarida musiqa asarlarini tahlil qili shorqali o’quvchilarnimusiqiy-nazariy savodxonligini, shu orqali musiqa madaniyatini shakllantirish yuzasidan Samarkand shaxridagi bir nechta umumta’lim maktablarida musiqa mashg’ulotlarini, shu jarayonda o’qituvchilarning musiqaviy faoliyatlar negizida nazariy ma’lumotlar, xususan, asarlar tahliliga munosabatini va bu xolatning kay darajada tashkil etilishini kuzatdik. Shu narsa ma’lum bo’ldiki, biz kuzatgan deyarli barcha maktablardagi musiqa darslarida tinglangan, kuylash uchun tanlangan asarlarni o’rganish jarayonida ularni badiiy va nazariy tahliliga yetarli darajada e’tibor berilmaydi, qilingan tahliliy suxbatlar ham kerakli ma’lumotlarni to’liq qamrab olmasligi bilan ajralib turadi. Musiqa tinglash (kuyni tinglash) qo’shiq kuylash juda ham oddiy uslubda an’anaviy tarzda o’rgatiladi.6 Bunda xatto, eng zarur vokal-xor malakalariga ham e’tibor juda past darajadaligi achinarlidir. Masalan, qo’shiq so’zi yozdiriladi, ko’pletma-ko’plet o’rgatiladi, o’quvchilar o’qituvchiga jo'r bo’lib kuylashadi. Mana shunday uslubda dars boshidan oxirigacha davom etadi. Asar mualliflari, asarni janri, harakteri, o’lchovi, lad- tonalligi, fakturasi, soz, ansambllik, nafas, dirijerlik elementlari kabilarga ham yetarli e’tibor berilmaydi. Bu esa bevosita bizning tadqiqotimiz mavzusi bo’lgan asarlarni tahlil qilish ustidagi ishlarga ham o’qituvchining malakaviy tayyorgarligi yoki musiqa o’qitish metodikasini yaxshi bilmasligi sabab
bo’lishi mumkin degan xulosaga kelishga olib keladi. Musiqa o’qituvchilari bilan olib borilgan suxbatlarimizda u haqikatdan shunday bo’lib chiqdi. Ya’ni, bir maktabda ishlayotgan o’qituvchi, san’at kollejini tugatgan u yaxshi cholg`uchi, lekin, xor bilan ishlash, dirijyorlik, musiqa o’qitish metodikasidan yetarli tayyorgarlikka ega emas.
Yana shunday bir xolat biz kuzatgan maktablardan birida o’quvchilarga o’rgatish uchun tanlangan qo’shiq xozirgi o’zbek qo’shiqchilik san’atidagi mashhur xonandaga tegishli bo’lib, u sinf o’quvchilarining ovoz diapazoni va yosh xususiyatlariga to’g’ri kelmasligi ma’lum bo’ldi. Yana bir maktabda yuqori sinflar (5-6, 7 sinflar) musiqa darslarini kuzatganimizda shu narsa ko'zga tashlandiki, o’qituvchining o’zi musiqa asbobida yaxshi chalolmaydi, ya’ni, jo’rnavozlik qilaolmaydi. Qo’shiq o’rgatishda o’quvchilarni vokal-xor imkoniyatlari xisobga olinmagan. Darsda faoliyat turlaridan o’rinli foydalanish, dastur talablari yuzasidan mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil etilishini ham qoniqarli deb bo’lmaydi. Maktabda o’qituvchining o’rni va mavqei asosan maktabda o’tadigan musiqiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni qanday yo’l, usul va imkoniyatlardan foydalanib bo’lsa-da o’tkazib berish bilan baxolanadi.
Mana shunday xolatda biz o’zimizning pedagogik amaliyotimiz davrida amaliyot o’tayotgan maktabda, o’zimizga birkitilgan sinflarda darslarni musiqa o’qitish metodikasi va dastur talablari mazmuni va mohiyatidan va tadqiqotimiz maqsadini amalga oshirish vazifalaridan kelib chiqib tashkil qilishga kirishdik. Bunda birinchi navbatda o’z ishlarimizni aniq maksadga qaratilgan taxminiy rejasini tuzib oldik va asosan quyidagilarga dikkatimizni qaratdik:
1. O’quvchilarning musiqa ta’limi va tarbiyasi bo’yicha bilim, ko'nikma
va malakalarini, musiqa asarlarini idrok etish, baxo berish, tavsiflash, tahlil qilish imkoniyatlarini o’rganish;
2.O’quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqish va kuylash imkoniyatlariga
mos repertuar tanlashga e’tibor qaratish;
3. O’quvchilarni kuy, uning harakteri, to’zilishi, mazmuni, oxang to’zilmasi,
qo’shiq janri, ijrochilik uslubi, g’oyaviy-badiiy mazmuni, ifodaviy vositalarini
tushunish kunikma va malakalarini xisobga olish;
4. Musiqa savodidan kay darajada xabardorligi (asosiy nota belgilari,
cho’zimlari, yozilishi, alterasiya, kaytarish belgilari, o’lchov, lad-tonalligi);
5. Nota o’qish malakalari (varaqdan o’qish, solfedjiolash);

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Umum ta’lim maktablaridagi «Musiqa madaniyati» darslarida Davlat Ta’lim Standarti va o’quv dasturida belgilangan talablar asosida o’quvchi-yoshlarni san’at olamiga olib kirish, musiqiy madaniyatini shakllantirish asosiy vazifa xisoblansada, o’quvchilarni musiqiy faoliyati bunday nafis va nozik san’at sirlaridan fakat nomigagina, yuzaki xabardor bo’lib qolmasligi kerak. Har tomonlama barkamol, dunyoqarashi, mushohada qilish kobiliyatiga ega bo’lgan, badiiy sayoz va yetuk asarlarni farqalay oladigan qobiliyatli yoshlarni shakllantirish oson ish emas.
Bu o’rinda birinchi navbatda shu soxaga yo’naltirilgan ta’lim dargohlarida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish lozim. Bunda birinchi galda bo’lajak musiqa o’qituvchilarni va murabbiylarning vokal-xor, amaliy ijrochilik malakalariga ustuvor ahamiyat berish o’rinli bo’ladi. Lekin bu xususiyatlar qachonki mukammal va to’laqonli bo’ladi bo'lg’usi mutaxassis musiqa bastalangan qo’shiq ashulalar she’riy matni mazmuni haqida, uning musiqa harakteri bilan unumlilig, tasvirlangan badiiy obrazlar mohiyatiga qanchalik monand ekanligini tushunib yetadigan darajada bo’lsalar.
Buning uchun musiqa mashg’ulotlarida har bir o’rganilayotgan va tinglash
uchun tavsiya etilgan asarlar yuzasidan o’tkaziladigan o’qituvchining tahliliy
suxbati jonli xikoyasi, savol-javob, munozara va baxslar uyushtirish, tegishli
ma’lumotlarni qizikarli qilib o’quvchilarga yetkazib berishi, fanlararo bog’liqlikdan foydalanib, san’atshunoslik, musiqa tarixi va adabiy manbalardan foydalanishi yaxshi samara beradi.
Dars davomida qo`llaniladigan har qanday uslub, pedagogik jarayon
bevosita tarixiy an’analar va ko’p yillik tajribalar asosida yuzaga kelgandir. O’zbek musiqasining asosini tashkil etuvchi xalq qo’shiqlari, lapar, yalla, alla, mavsumiy marosim qo’shiqlari, mumtoz ashulalar, maqom asarlari kishilik jamiyati taraqqiyotiga mutanosib ravishda rivojlanib, insonlarning ruhiy xolati, inson va tabiat birligi, shuningdek, ijtimoiy voqea-xodisalarning mohiyatini o’zida ifodalab kelgan. Xozirgi kunda mustaqil respublikamizda kechayotgan muxim o’zgarishlar, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, jamiyat turmush bilan bog’liq jarayonlarni matx etuvchi musiqiy asarlar ham o’ziga kishilarni ma’lum bir g’oyaga, mafkuraga da’vat etishi, xalqimiz orzu-intilishlari, xoxish-irodalarini ifoda etishi bilan ahamiyatlidir.
O’quvchi-yoshlarga bunday qo’shiqlarni o’rgatish ikkita asosiy maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladiki, buni musiqa o’qituvchilari doimo e’tiborda tutishlari lozim. Birinchisi musiqa darsida o’quvchilarni musiqiy va musiqiy-nazariy madaniyatini amaliy ijrochilik kobiliyatlarini, ko'nikma va malakalarini shakllantirish bo’lsa, ikkinchisi musiqa asarlarida ifodalangan g’oyaviy-madaniy mazmunni, obrazlar, tasvirlar, voqea-xodisalar mazmuni va mohiyati his qilishlari, ongli idrok etishlari unga o’z munosabatlarini bildirish malakasiga ega bo’lishlari lozim. Mana shu ikki jixat uyg’un rivojlangan taqdirdagina musiqiy ta’lim muammolari to’laqonli o’z yechimini topgan bo’ladi. Bulardan kelib chiqib quyidagi tavsiyalarimizni ilgari surishimizni lozim topdik: - umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida jamoaviy ijrochilik faoliyatining o’rni va ahamiyatidan kelib chiqib, repertuar tanlashga jiddiy e’tibor berish; - repertuarga ona-vatanni madx etuvchi, oliyjanob insoniy fazilatlarni ulug’lovchi, mehr-muhabbat, inson, do’stlik, ona-tabiatni kuylovchi, turli tarixiy ijtimoiy voqyealarni o’z mazmunida mujassamlashtirgan asarlarni kiritish;
- o’rganilgan-tinglangan asarlar haqida har bir darsda nazariy va badiiy tahlil
uchun vaqt ajratish;
- asarlarni tahlil qilishda nazariy qoidalar, ijrochilik uslublari, an’analari,
qo'shimcha ma’lumotlarni amaliy xolatlar orqali ifodalash, ko’rsatish, tushuntirish lozim.


Download 68,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish