Mavzuning dolzarbligi. Koreys tilida hurmat kategoriyasi boshqa millat
tillariga qaraganda anchayin kuchli anchayin e’tiborni talab etadi. Ushbu mavzuimiz
orqali koreys xalqining hurmat kategoriyasiga kuchli e’tibor berishi va bu orqali
milliy o’zligini namoyon etishini ko’rib o’tish bizning pirovard maqsadimizdir.
Zero, koreys va o’zbek tillari bir til oilasiga mansub hamda madaniy ko’rsatkichlar
jihatdan ham bir-biriga yaqin xalq hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, koreys
tilida mavjud va murakkab jarayon hisoblanmish hurmat kategoriyasining o’zbek
tilida mavjud yoki mavjud emasligi, uning o’rni, tarjima hodisasi, shuningdek,
muloqot obyekti ekanligini tahlil qilib o’rganish mavzuimizning dolzarbligini
taqozo etadi.
Shu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, asrlar mobaynida Koreyada
azaldan qadrlanib kelgan
“
언어예절
”-
“ Til madaniyati” o’sha millatning milliy
ruhini, e’tiqodini, muomala madaniyatini ochib berishga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |