Kirish I. Bob ekologik turizmning maqsad va vazifalari


Kurs ishining ob’ekti va predmeti



Download 150,26 Kb.
bet2/9
Sana13.07.2022
Hajmi150,26 Kb.
#786877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Burxoniddinnnnn

Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Ekologik turizmni o’rganish ob’ekti bo’lsa, ekologik turizmni rivojlantirish usullari kurs ishi predmetidir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi turizmda ekologik turizmni rivojlantirish va uni mukammal o’rganish va umumiy, kengroq ma’lumot berishdan iborat.
Qo’yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:

  • Ekologik turizmni o’rganish;

  • Ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari o’rganish;

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ish kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi 31bet, shundan asosiy matn 26 bet. Matnda jadval, 1 ta rasm joy olgan, 20 nomdagi adabiyotlar va 5 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifasi yoritilgan. Ishning xulosa qismida kurs ishi natijalari umumlashtirilgan.


I. BOB EKOLOGIK TURIZMNING MAQSAD VA VAZIFALARI
1.1. Ekologik turizmning mohiyati
Ekologik turizm (Ekalogik turizm) keyingi yillarda o‘ziga diqqat – e’tiborni jalb etayapti. Yevropa va Amerika aholisi uchun qo‘riqlanayotgan tabiiy hudud bo‘ylab sayohat qilish dam olishning eng keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Turizmning mazkur turi bosh farqi qirralari shundaki, sayohat nigohida bo‘lgan tabiiy atrof-muhitga turistlar zarar yetkazmaslikka harakat qiladilar. Tabiatni muhofaza qilishga va mahalliy aholi farovonligini yaxshilashga ko‘maklashadilar. Ekalogik turizm atrof – muhitni muhofaza qilishni rag‘batlantirish uchun da’vat etilgan. Bu sayohatning qamrovi keng – maktab o‘quvchilari uchun katta bo‘lmagan bilim orttirish safarlaridan tortib, to milliy park va qo‘riqxonalardagi muntazam turistik dasturlargacha o‘z ichiga oladi. Turizmning bu turidan olinadigan daromad qisman tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga yo‘naltiradi.
Oilaviy turizmda eng ko’p tanlanadigan turizm turi bu
– ekoturizmdir. Chunki ekoturizmda oilaning har bir a’zosi ham ma’naviy, ham
tabiiy, dam oladi. Oilaviy ekoturizm – faqat tabiat bag’rida oilaviy dam olish,
o’rganish, kuzatish, tomosha qilish va zavqlanish natijasida tabiatni, biologik
xilma-xillikni saqlash, muhofaza qilish tadbirlariga ixtiyoriy moddiy yordam berishga qaratilgan, mahalliy aholining milliy madaniyatini, me’rosiy an’analarini, yashash tarzini hurmat qilishga asoslangan, oilaviy ekoturistlar uchun barcha turistik xizmatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo’lgan turistik faoliyatdan iboratdir.
Ekoturizmning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun «O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi» da keltirilgan rejaviy dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan:
• ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;
• ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
• aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;
• ekoturizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish;
• ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
• ekoturistik ob’ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib borish;
• ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;
• milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirish;
• davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish;
• biologik xilma-xillikni saqlash.
Ekskursiya turizmi marshrutlarini ishlab chiqishda albatta ekologik turizm marshrutlaridagi talablar qo‘yiladi. Aniqrog‘i, rekreatsiya turizmi marshrutlarini ekologik turizm marshrutlari deb atash ham to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, dam olish maskaniga turist faqatgina tabiat resurslari orqali yetib boradi va dam olish vaqtida ham albatta atrof tabiiy muhitni ko‘rish uchun kunlik ekskursiyalarga chiqadi. Qayd qilinganlarni hisobga olsak, turistik resursga turizm marshrutlarini ishlab chiqishda turistik resursdan majmuali foydalanish tomonlarini ham hisobga olish to‘g‘ri yondashish bo‘ladi.
Eng muhimi shundaki, turistik marshrut dasturi marshrut atrofidagi barcha qiziqtiruvchi ob’ektlarni qamrab olishi lozim. Turistik marshrutda turistni qiziqtiruvchi, uni to‘xtatib tomosha qildiruvchi resurslar qanchalik ko‘p bo‘lsa ushbu marshrutga talab ham ko‘payadi, turistik oqim hajmi oshadi.
Ekoturizm - bu ekologiyani asrash va sayyohlarni mahalliy atrof-muhit va tabiiy atrof-muhitga o'rgatish uchun ko'proq yo'naltirilgan turizmning bir shakli. Bu Xalqaro Ekoturizm Jamiyati (TIES) tomonidan "Atrof-muhitni saqlaydigan va mahalliy odamlarning turmush farovonligini yaxshilaydigan tabiiy hududlarga mas'uliyatli sayohat" deb belgilangan. Ekoturizm har doim maxsus jug'rofiy yoki biografik xususiyatlarga ega bo'lgan, odatda qishloq va cho'l hududlariga tegishli yo'nalishlarni qamrab oladi. U mahalliy odamlarning hayotini hurmat qiladi va yaxshilashga harakat qiladi. Ekoturizm mahalliy aholiga ekologik, madaniy va iqtisodiy jihatdan juda ko'p foyda keltiradi. Ammo, ekoturizmni faqat tabiiy diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishni o'z ichiga oladigan tabiiy turizm bilan aralashtirmaslik kerak. Masalan, tabiat turizmida sayyoh qushlarni manzarali joyda tomosha qilishga borishi mumkin, ammo ekoturist qushlarni mahalliy qo'llanma bilan kuzatib boradi va mahalliy iqtisod tomonidan o'z hissasini qo'shadigan mahalliy aholi tomonidan boshqariladigan Ekolodjda qoladi.
Ekoturizm tor ma‘noda kishilarni ekotizimlarga sayohat qilishlari. Keng ma‘noda esa ekoturizm — shaxslarning doimiy yashash joylaridan dam olish, sport bilan shug’ullanish, sog’lomlashish, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’rifiy-ma’naviy ishlarni amalga oshirish yoki boshqa maqsadlarni ko’zlagan holda ekotizimlarga qiladigan sayohatlari (A.Nigmatov, N.SHomuratova, 2011).
Yuqorida turizmga berilgan ta‘rifdan kelib chiqqan tarzda ekoturizmni –
shaxsning doimiy yashash joyidan vaqtinchalik biror joyga 24 soatdan to 6 oy muddatga ketma-ket, uning ekotizimlaridan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resusrlaridan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat muammolarini qayta tiklashni maqsad qilib olgan pul to’lanmaydigan sayohatni turli miqyosda tizimli tashkil etish, olib borish va hisobini yuritish.Bunday tushuncha uning Barqaror rivojlanish ta‘limiga bergan talablariga mos tushadiHozirgi kunda respublikamizda turizm va uning turlarini rivojlantirish, soha istiqboli uchun hududlarga investitsiya olib kirish,xorij tajribasini o‘rganish natijasida turizmning barcha turlari kabi ekoturizm tarmog‘ida ham chuqur ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqib, amalda qo‘llash lozim. Bu borada ekoturizmning sayyohlik ob‘ekti – ekotizimlar doirasida amlaga oshirish darkor. [1]

1..Eshtayev A.A, Axmedov I.A., Aliyeva M.T. «Turizmni rejalashtirish». Toshkent, 2007.


Ekoturizmni o‘rganish, tadqiq etishdan bosh maqsad turizmni mazkur turini ob‘ekti hisoblangan ekotizimlarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat tizimlarini qayta tiklashga qaratilgan sayyohlikdir.
Jahonda ekologik turizmning yoki ekoturizm atamasining keiib chiqishi XX asming so‘nggi choragida insoniyat jamiyati oldida global ekologik muammolarning kuchayib ketgahlsgi hisoblanadi. Bu davrda insoniyatning tabiiy atrof- muhitga, tabiiy resurslarga salbiy ta’siri kuchayganligi natijasida ekologik inqiroz sayyoraviy hududlarda insoniyatning kelgusida yashab qolishini og'irlashtirishini xalqaro miqyosda kun tartibiga qo‘ydi.Shu o‘rinda tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar hozirga kelib qanday darajalarga keiib qolganligi haqida qisqacha to‘xtalish zarurati bor. Ikkinchidan, o‘tgan asming 70-yillariga kelib AQSH, (Canada va Yevropa davlatlarida ommaviy turizmning keskin rivojlanishi ham nafaqat tabiiy resurslar inqirozini kuchaytirdi balki, ijtimoiy-madaniy resursSaming butun saqlanishiga xavf sola boshladi. Quyida ana shu ikki masala-muammolarning mazmun va mohiyati keltiriladi. O'tgan asming so‘nggi choragidan boshlab insoniyatning yashash muhiti dunyo jamoatchiligining diqqat markazidagi eng dolzarb muammolardan biri bo`lib qoldi. Bu muammolar “ekologik xavf’ norni bilan atalib, yildan-yilga kuchayib, og`irlashib bormoqda. Umiy texnika taraqqiyoti jarayonsda tabiiy
resunslarning kamayib borishi, atrof-muhitning ifloslanib borishi kelajak avlodlar uchungina emas, hozirgi jamiyat taraqqjyotiga ham jiddiy xavf solyapti.Sayyoramizjning asosiy kislorodini yetkazib beradigan Amazonka
o‘rmonlaridagi holatlasHozirgi davrimizdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti insonning qudratini juda kuchaytirib yubordi. Ya’ni, inson tabiat ustidan o‘zining to‘liq hukmronligini o‘rnatdi. Insoniyat hozirgi imkoniyati bilan yangi dengizlar qurishi, cho‘llami hosildor yerlarga aylantirishi, daryolarni xohlagan tarafiga burib yuborishi mumkin. Shu bilan birga ma’lum boidiki, inson o‘z kuch- qudratini tabiatga nisbatan cheksiz ravishda qoilashi, uning o‘zi uchun ko‘plab salbiy oqibatlami keltirib chiqarar ekan. ilmiy- texnika inqilobi ta’sirida, ayniqsa XIX asming 60-yillaridan so‘ng ekologik muammolar insoniyat hayotiga katta tashvishlar boiib kirib keldi.Bu muammolar asosida tabiatning o‘zini-o‘zi tikiash kuchi susaygani, uning resurslari kamaygani, atrof-muhitning tobora ifloslanib borayotganligi, insonning bir me’yorda yashashiga tabiat to‘liq sharoit yarata olmayotganligi yotadi. Bu holat tabiat va jamiyat o‘rtasida XX asrda shakllangan ekologik munosabatdir. Dastlab, Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida, ayniqsa Gerrnaniyaning Rur havzasida tabiiy muhitning keskin yomonlashuvi kishilar va organizmlar hayoti uchun xavf paydo bolishi sababi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi ekologik munosabat shaklini yuzaga keltirdiNemis olimi Ernest Gekkel 1866-yilda ekologiya haqida birinchi bo‘lib fikr-mulohazalar bildirgan edi. Hozir esa dunyoviy muammolaming eng dolzarbi ham ekologik muammo boiib qoldi. Hozirgacha yer biosferasiga 2 ming xil kimyoviy birikmalar yoyildi. Dunyo sogliqni saqlash tashkilotining (VOZ) ma’lumotlariga ko‘ra inson foydalanayotgan 4 ming kimyoviy moddalar uning sog`ligi uchun xavf tug‘dirmoqda. Dunyoda har yili 250 ming xil yangi kimyoviy birikmalar sintez qilinadi. Shulardan 300 xili
ishlab chiqarishda ishlatilmoqda.Dunyo bo'yicha haryili 100 mJrd tonna ruda va minerai yoqilgilar qazib chiqarilmoqda. Keyingi 30 yilda insoniyatning butun tarixi davomiga qaraganda ko‘proq rangdor metallar qazib chiqarildi. Agar 18-asrgacha 19 xil ximiyaviy elementdan foydalanilgan boisa, hozirda bu son 100 dan oshib ketdi. Hoziigacha 2/3 qism olmonîar yo‘q qilingan. Oxirgi 2000yil ichida 0,5 mlrd. gektar yer xarob qilindi. Keyingi 100 yilda dunyoda 67 min. ga o'rmon kesilib ketdi. Olimlarning hisobiga ko£ra, oliy tur o‘simliklammg 3 ming turi butunlay yo‘qotilish arafasida. “Tabiâtni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro iitifoqi” ning (MSOP) ma’lumotlari bo‘yicha 1600 yildan hozirgacha qusMarning 94 turi va sut emizuvchilarning 63 turi butunlay qirilib ketgan. Sayyoramizda bugunga kelib qushlarning 600 xiii, sui emizuvchilarning 120 xili abadiy yo‘qolish xavfida turibdi. inson faoliyati tufayli sayyoramizda 9 min km2 unumdor yerlar sahroga aylandi. [2]
2, Qayumov A, Safarov I, Tillaboyeva M “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ” Toshkent “O’zbekiston” 2006
Ya’ni har kuni 3 ming ga unumdor yer qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishdan chiqarilmoqda. Yer sharida 50 million ga yer umuman foydalanib bo'Imaydigan holatga kelgan.
Ifloslangan suvdan iste’mol qilish natijasida har yili dunyoda 5 min kishi vafot etmoqda. Xuddi shunday suvlarni ichish natijasida sayyoramizda har yili 500 ming kishi og‘ir dardlarga chalinmoqda. Dunyo okeaniga har yili 10 ming tonna neft to‘kilmoqda. Sanoat korxonalari har yili 140 xildan ziyod zaharli gazlarni havoga chiqarmoqda. Insoniyatda uchrayotgan rak kasalligining 50%i ana shu gazlardan zaharlanish natijasida kelib chiqishi aniqlangan. Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, insoniyat yashash makoni bo‘lgan o‘z uyi atrofi muhitini buzib bormoqda. Insoniyatning yashash sharoiti darajasi tabiat bilan bogiiq ekan, insonning bu masalada tabiat bilan uzviy kelishmog'i zarurati asosiy masaladir. Hozirga kelib, tabiatda yuz berayotgan ijobiy va salbiy o‘zgarishlar turli sohalarda o‘rganilmoqda, lekin ular orasida tabiatni iqtisodiy-ekologik jihatdan, ekologik foydalanish jihatlaridan o‘rganish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Global ekologik muammolarning tobora ijtirnoiy- iqtisodiy inqiroz holatlarini hosil qilishi, jahon hamjamiyati oldiga sayyoramiz miqyosida keskin chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish muammolarini kun tartibiga qo‘ydi. Insoniyatning bugungi hayoti va kelgusi avlodlar uchun sayyoramizda saqlanib qolgan tabiiy boyliklarni muhofaza qilishda ilg‘or fikrji olimlarning xulosalari bo‘yicha global inqirozdan chiqish yoilaridan eng muhimi — aholida ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish deb bildi. Lekin ushbu turizm kompleks turistik marshrutlar bilan qo‘shib olib borilgan. inglizlarning tabiat qo‘yniga qilinadigan sayyohlikka qiziqishini inobatga olib shveysariyalik ishbiiarmonlar “ Grand-tur” tarkibida tabiiy turizm xizmatini tashkil etganlar va u tashkilotchilarga juda katta miqdorda moliyaviy foyda keltirgan. Shu davrda (1913-yillar) Shveysariyada davlatning alohida e’tibori bilan qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar ajratildi. Qo‘riqxonalarga qilinadigan sayohat garchand ekoturizm deb nomlanmasa-da, ular «tabiatga yo‘na!tirilgan turizm” sifatida yuzaga kela boshladi. Turizmning ekologik yo‘nalishi aslida XX asrning 70-yillaridan boshlangan. 1972-yilda Skandinaviya mamlakatlari fuqarolari uchun kitlarni tomosha qilish va ulami o‘rganish maqsadida turistik marshrutlar uyushtirilgan. Ushbu turizmdan tushgan mablag‘ kitlarni muhofaza qilish uchun ishlatilgani ham ekoturistik marshrut sifatida e’tirof etilgan.
Ekoturizmniiig regional miqyosda turizm indusfriyasi. sifatida rivojlangan davri - 1990-2000-yillami o ‘z ichiga oladi. 90-yillarning boshlarida “Ekoturizm” xalqaro, mintaqaviy va milliy miqyosda rasmiy maqomga ega boMdi. Aynan shu yillari Yevropada Xalqaro ekoturizm ittifoqi ish boshladi. Atrof-muhit muhofazasi sohasida eng muhim voqea 1992- yil 3—14-iyun kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit va rivojlanish”ga doir konferensiyasida qabul qilingan “XXI asr kun tartibi”da ekoturizm ham barqaror rivojlanishning asosiy omillaridan biri ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur hujjat undan keyingi davrlardagi xalqaro hayotda ekoturizm nuqtayi nazardan ekologik—ijtimoiy—iqtisodiy masalalar doirasida bir qator xalqaro normativ hujjatlar qabul qilinishiga sabab bo‘ldi:
• 1995-yildagi Atrof-muhit bo‘yicha YUNEP dasturi;
• 1995-yiida Lansarotda qabul qilingan “YUNESKOning
barqaror turizm xartiyasi”;
• 1997-yilda Qsiyo-Tinch okean mintaqasi turizm va tabiat
muhofazasi vazirliklarinihg “Turizmning barqaror rivojlanish
deklaratsiyasi”;
• 1997-yilda «Biologik xilma-xillik va barqaror turizmga
bag'ishlangan Berlin deklaratsiyasi”;
• 2000-yil YUNEP ekologik barqaror turizm prinsiplari va
boshqa hujjatlar qabul qilindi. [3]


3, Qayumov A, Safarov I, Tillaboyeva M “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ” Toshkent “O’zbekiston” 2006


XX asrning 90-yilIariga kelib, Yevropaning bir qator mamlakatlarida, jumladan sobiq Ittifoqda ham “Ekoturizm” atamasi tez-tez ishlatiladigan boiib qoldi. I.V.Zorin va V.A.Kvartalnovlaming ekoturizm atamasining talqini birmuncha ommalashdi. Bu Rossiyada 1996-yilda Butunjahon yowoyi tabiat fondi (WWF) Uzoq Sharqda tarkib topishi bilan bevosita bog`lqdir. WWF dasturining bir qismi alohida muhofaza etiladigan hududlarni ta’minlash bilan boglandi. Bizning mamlakatimizda 1996-yildan boshlab Djozif Mak- Nalti rahbarligida xalqaro ekspertlar guruhi “O'zbekiston Respublikasida turizmning barqaror rivojlanishi dasturi” bo`yicha tadqiqotlar olib bordi. III. XXI asr — global miqyosda ekotnrizmning rivojianisls davri. 2001-yilda Rossiyada ekoturizm assotsiatsiyasi tashkil etildi. 2002-yil BMTning atrof-muhit dasturi (YUNEP) va Butunjahon turistik tashkilotining (BTT) tashabbusi bilan “Xalqaro ekoturizm yili” deb e’lon qilindi. Ana shu tashkilotlar tashabbusi bilan ekoturizm yilida Kanada turistik komissiyasi hamda Kvebek shahrining turistik boshqarmasi homiyligida Butunjahon ekoturistik Sammiti 2002-yil 19—22-may kunlari bo‘lib o£tdi. Unda 3 32 mamlakatdan davlat, nodavlat va xususiy sektordan mingdan oshiq vakillar ishtirok etdilar. Kvebek Sammiti ekoturizmni global miqyosida aks ettiruvchi hamda yangi turistik yo‘nalishni tubdan yangi yo£sinda boshlash nuqtasi edi. U 2002- yil avgust-sentabr oylarida o£tkazilgan Butunjahon barqaror rivojianish Sammitidagi tegishli turistik yo‘nalishdagi asosiy taktik va strategik vazifalarni yaqin o‘n yillikkacha aniqlab berdi. Sammitda qabul qilingan Deklaratsiya BMTga jo'natildi. Milliy, mintaqaviy va mahaliiy organlarga Kvebek Deklaratsiyasi orqali tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar 19 ta bo‘lib, ular deyarii ekoturizmning barcha jabhalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Deklaratsiyada Xususiy sektor namoyandalariga 14 ta banddan iborat bo‘lgan tavsiyanomalar taqdim etiladi. Ulaming aksariyati xususiy kompaniyalar, turoperatorlar yoki tashkilotlarni ekoturizmni tashkil etish, uni boshqarish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun yo`l-yo`riq ko'rsatib o`tadi.

Download 150,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish