Kirish I. Bob ekologik turizmning maqsad va vazifalari


O`zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning imkoniyatlari



Download 150,26 Kb.
bet8/9
Sana13.07.2022
Hajmi150,26 Kb.
#786877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Burxoniddinnnnn

2.2. O`zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning imkoniyatlari
Ekologik turizm Vatanimizning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida, ona Vatinimizning landshafti, hayvonot va nabotot dunyosiga boy va betakror tabiati bilan tanishtirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini bog‘lash, mamlakatlar va turli xalqlarning biri-birini kengroq bilishi, balki shu bilan birga O‘zbekiston hududida qirilib ketishi arafasida turgan noyob hayvonot va nobotot dunyosini saqlash va ko‘paytirish maqsadida qo‘riqxonalar (Surxon, Nurota, Hisor, Baday-To‘qay, Zarafshon, Qizilqum, Chotqol, Zomin, Kitob) parvarishxonalar («Jayron») ekomarkazi, Sayhun xo‘jaligi) tarkibida va atrofida jahon talablariga javob beraoladigan milliy tabiiy bog‘larni amalga oshirish orqali muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm ob’ektlarining moddiy-texnika bazasini yaratish uchun qo‘shimcha chet el investatsiyalarini jalb qilishdan iboratdir.

Davlat tabiat qo‘riqxonalari. Milliy parklar. Buyurtmaxonalar. Tabiat yodgorliklari. O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ekoturizmni rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy chora va tadbirlar «O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi»da mukammal holatda berilgan. Ekoturizmning dunyoda tutgan o‘rni, mavqei hamda O‘zbekistondagi salohiyati va uning rivojlanishiga e’tiborga olgan holda «Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi» Vatanimizning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydigan quyidagi asosiy chora va tadbirlar ishlab chiqdi:


  1. Respublikamizda ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi, jahon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligini hisobga olgan holda, yosh mutaxassislarni ekoturizm rivojlangan mamlakatlarga (AQSH, Yaponiya, Kanada, Fransiya, Germaniya) malakalarini oshirish uchun o‘qishga, ishga yuborish.

  2. Jahon andozalari va talablariga mos keladigan ilmiy va iqtisodiy asoslangan katta – kichik, qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihalar va biznes rejalar ishlab chiqib amalga oshirish (imtiyozli kredit asosida).

  3. O‘zbekistonda ekoturizmning jahon talablariga javob bera oladigan moddiy-texnik, axborot tahliliy bazasini yaratish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish.

  4. Vatanimizning tarixiy yodgorliklari, go‘zal va betakror tabiati, landshafti, nobotat va hayvonot dunyosi haqida bukletlar, turistik atlas va haritalar yordamida dunyo ekoturizm bozorida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

  5. Baday-tuqay va «Jayron» ekomarkaziga qo‘shni hududlarda Markaziy Osiyoda qirilib ketishi xavfli bo‘lgan noyob hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish uchun Milliy bog‘lar tashkil qilish lozim.

  6. O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha yangi ekoturistik dasturlar, yo‘nalishlar va haritalar tuzish kerak.

  7. Ekoturizm sohasi bilan bog‘liq tashkilotlarga ko‘proq huquqlar, imtiyozli kreditlar berish, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga ekoturistlarga nisbatan huquqiy nazorat ishlarini yengillashtirish bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish lozim.

Vatanimizning ekoturizmning taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sura’tlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda xatolarsiz amalga oshirish lozim.
Milliy parklar bu tabiiy landshaftni har taraflama muhofaza qiluvchi va dunyoning ko‘plab davlatlari ekoturizmda foydalanayotgan, biri-birini quvvatlab kelayotgan tabiiy majmualardir. Hozirgi vaqtda dunyoda 3,4 ming milliy parklar mavjud.
Tabiat qo‘riqxonalarining tabiatidagi umumiy jozibador, betakror ko‘rinishlarining reklamasini ishlab chiqishda ham turizm bozori, turizm haridori talab qiladigan shartlari bor. Ular quyidagilar:

  • tabiat qo‘riqxonalarida ekoturizm so‘qmoqlari, marshrut yo‘llari atrofida o‘zgaruvchan tabiiy landshaft uchastkalari ajratiladi (archali soy, qoyatoshli dara, tog‘ yoki soydagi buloq, tekis o‘tloqzor va h.k.).

  • agar tabiat qo‘riqxonasi tog‘larda joylashgan bo‘lsa qo‘riqxona hududidagi soylar, daralar ko‘p bo‘lib o‘simliklari, rel’efi tuzilishi bo‘yicha o‘xshash bo‘lsa, bu ko‘rinishlardan eng jozibadori, betakrori reklamaga olinadi.

  • qo‘riqxonalarimizning tashkil qilinganiga 60 yillardan ko‘proq vaqt o‘tdi. Shuning uchun ham ko‘plab qo‘riqxonalarimizda 100, 200 hatto ming yillik daraxtlar bor. Anashu daraxtning hozirgi ko‘rinishi va xalq so‘zlari bilan ifodalanadigan qisqacha tarixi bilan tabiatning umumiy ko‘rinish reklamasiga alohida rasm va lavhalar bilan qo‘shiladi.

  • agar tabiat qo‘riqxonasida bir necha tabiat lanshaftlari bo‘lsa har bir tabiat landshaftlaridan eng chiroyli ko‘rinishlari reklamada berilishi kerak.

O‘zbekistonda ekologik sayohatni rivojlantirish borasida mahalliy aholini jalb qilish loyihalari ishlab chikilmoqda. TASIS tashkilotining moliyalashtirishga asosan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston davlatlari davlatlararo G‘arbiy Tyan-Shan bioxilmaligini saqlash bo‘yicha loyiha tuzdilar. Bu Nurota-Qizilqum tabiatni muhofaza qilish kompleksida, ruxsat etilgan jonivorlarni ov qilish faoliyatidan daromad keltirib va bu jonivorlarning ko‘payishini va tiklashga yordam beradigan harajatlarga ishlatiladi.
Atrof muhitga ijobiy ta’siri.3
1)Atrof muhitning saqlanishi va muhofaza qilinishi.
Turizm rivojlanishi yo’lida nazoratsiz shaharlashish, zamonaviylashtirish va sanoatlashtirish atrof-muhitga ulkan zararlarning sababchisi bo’lmoqda.
Turizm-arxeologik boyliklar va qadimiy yodgorliklarni asrash uchun zarur harakat va pulni tashkillashtirish, turistlar va mahalliy aholi tabiiy resurslaridan zavqlanish uchun ularni himoyalash yo’lida alternative iqtisodiy rivojlanish sifatida ko’tarilmoqda.
Turistlarni jalb qilish maqsadida yovvoyi tabiat va o’rmonlar muhofazasi puxta belgilangan va manzarali joylar ma’lum darajada himoyalangan. Masalan Sharqiy Afrika mamlakatlari, jumladan Kenya va Tanzaniya yovvoyi tabiati eng muhim turistlarni jalb qiluvchi omilligini bilgan holda, ular yirik tabiiy parklarni tashkil qilganlar.
Turizm orqali iqtisodiy tiklanishsiz bu hududlar qishloq xo’jaligiga moslashtirilishi mumkun. Qazib olish yoki sanoat rivojlanishining boshqa ko’rinishlari tabiiy muhitga ulkan zarar yetishiga sababchi bo’ladi.
2)Atrof-muhit sifatini oshirish.
Ko’pincha tabiatning o’zi turistlarni jalb qiluvchi hudud hisoblanadi. Shvetsariyaning tog’ maskanlarini bunga misol qilishimiz mumkun. Hohlagan bir turistik hudud turistlarni jalb qilish umidida o’z ko’rinishini gullar o’rnatish, yaxshi bezalgan turistik vositalarni rivojlantirish, jumladan o’ziga tortuvchi ko’rinishdagi mehmonhonalarni barpo etishga harakat qiladi.
Bundan tashqari turizm umumiy atrof muhitni tozalashga bo’lgan hohishni kuchaytiradi. Bunga havo, suv , shovqin suron, axlat va atrof muhitga ro’y berishi mumkun bo’lgan boshqa sabablarni ta’sirini kamaytirish orqali erishiladi.
3)Atrof-muhitga e’tiborni kuchaytirish.
Turizmning iqtisodiy foyda keltirishi hukumatning va aholining atrof muhitga bo’lgan e’tiborini oshiradi. Bu esa atrof muhit sifatini saqlash hukumat tomonidan rejalashtirilishi va ma’muriy nazorat qilinishida bosh ro’l o’ynaydi.
Atrof-muhitga salbiy ta’sirlar.
Turistlaning soni ko’paygan sari atrof muhitning zararlanish darajasi oshadi. Suv va havo sifati, o’simlik va hayvonot dunyosi, turlari va miqdorlari turli hil yo’llar bilan o’zgartiriladi.
1)Atrof-muhit ifloslanishi (biologic atrof-muhitga ta’sir)
(i)Suvning ifloslanishi
Dengiz, ko’l va daryolardagi suvlar ifloslanishi ko’ngilochar va turistik tashuvlar natijasida yuzaga keladi. Masalan, kemalardan neft to’kilishi, oromgohlardagi oshxona va vannaxonalardagi oqova suvlar suv osti hayoti ekotizmining buzilishi va turistlarning cho’milish ehtiyojlarini kamayishiga olib keladi.
(ii) Havoning ifloslanishi.
Turizm taraqqiyotida havo ifloslanishi turistlarning haddan ortiq transport vositalari (mashinalar, avtobuslar va mototsikllar) dan foydalanishidan kelib chiqadi va aosiy turistik attraksion hududlarda turistlarning faqat yo’l orqali boorish mavjudligi sabab bo’lmoqda.
(iii)Yer zamin ifloslanishi.
Buyum axlatlar turizmda eng ko’p uchraydigan, kelib chiqadigan jarayondir. Ko’chalarda axlatlarning qoldirib ketilishi ko’p vaqtlardan buyon kelayotgan turizmning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.
(iv)Shovqin –suron.
Shovqin asosan turistlar, transport vositalari, havo kemalari va motorli qayiqlar orqali kelib chiqadi.Ba’zan ma’lum bir turdagi turistik attraksionlarda, jumladan ko’ngil ochar parklarda nomaqbul va odamning gashiga teguvchi motopoygalar shovqiniga sabab bo’lmoqda.
(v)Haroba ko’rinishlar.
Bularga quyidagilar sabab bo’ladi:
-eski turdagi binolar, nomutanosib mahalliy uslubda qurilgan mehmonxonalar;
-ulkan va beo’xshov ramzlar reklamasi;
-baland elektr va telefon ustun va simlari;
-manzarali ko’rinishlarni to’sib turuvchi binolar;
-binolarning qarovsizligi;
2)Ekologik vayrongarchiliklar (biologic atrof muhitga ta’sir)
(i)O’simliklar.
Turistlar tomonidan atrof-muhitga shavqatsiz munosabatda bo’lishi ekologik xavflarni keltirib chiqaradi;
-o’simlik, gullar yig’ish turlar tarkibini o’zgartirishi mumkun;
-himoyalangan hududlar va muhofaza qilinadigan parklarni turistlar tomonidan payxon qilinishi;
-oromgohdagilar va sayrgohdagilar tomonidan daraxtlarning kesilishi;
(ii)Yovvoyi tabiat.
-turistik imkoniyatlar va yo’llar qurilishida yovvoyi tabiat o’zining holatini yo’qotdi;
-hayvonlarning ovqatlanish va oziqlanish namunalari ularni odatiy joylarda ovqatlanishidan himoya qilishini o’zgartirish mumkun.
Atrof-muhitga bo’lgan ta’sirni baholashning muhimligi
Turizm industriyasi va turistlar cheklangan miqdorda atrof muhit resurlaridan foydalinilashadi deb hisoblanadi, ammo aslida turizmning atrof-muhit ta’sirini qabul qiluvchi davlatga keng miqdordarda bolishi mumkin.4 Romerilning aytishicha (1989), Atrof-muhitga bo’lgan ta’sir umuman qilib olganda 3 ta asosiy koronishda boladi: fiziologik, biologik va ijtimoiy-iqtisodiy (g o’z ichiga madaniyatni ham qamrab oladi). Hozirda, ham jamoaviy va ham hususiy sektorlar turizmning fiziologik atrof muhitga tasiridan havotir olishyapti.
Atrof-muhitga bo’lgan ta’sirni baholash (ABTB) ko’pincha yangi turistik proyektlarning tabiatga qay darajada ta’sir ko’rsatishini aniqlash maqsadida olib boriladi. Atrof-muhitni zararlanishdan saqlash uni oldi olish chora tadbirlaridan yengilroq va arzonroq hisoblanadi.
2) Atrof-muhitga bo’lgan ta’sirni baholashdagi etiborga olish kerak bolgan eng muhim omillar
ABTB turizm tasirini baholashdan keng qamrovda ishlatilinishiga qaramasdan, umumiy tan olingan modellar haligacha yoq.
Biroq, quyudagilar etiborga olinishi kerak ABTB otkazilmasidan avval:
Tog`ri keladigan metodologiyani tanlashdan oldin, bior aniq ABTB ostida yotgan maqsadni tushunib olish. Chunki aniq bir ABTB turlari atrof muhitga yetkaziladigan zararni togirlashga ketadigan xarajatlarni oz ichiga olishi mumkin. Shunday boladigan bolsa, ABTB asosan turistik faoliyatning the net economic returns ni baholaydi va bu xarajatlarning bazilarini industriyadan qoplab olish harakalari yuzaga kelishi mumkin.
ABTB otkazishning funksiyalaridan biri bu orin bosar rivojlanish tularini taqqoslagan holda mablaglarni ni yanada oqillona taqsimlashdir. Yani,rivojlanishning iqtisodiy foydasini maksimallashtirish va atrof muhitga bolgan salbiy tasirlarni minimallashtirish.
O‘zbekistonda ham turbiznesning bu yo‘nalishi bo‘yicha afzalliklarini tushunayotgan turfirmalar soni tobora ko‘paymoqda. Bizda asosan «yashil gastroturizm keng rivojlanadi», degan fikrdamiz, chunki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrda «Umumiy ovqatlanish tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha» Qarori5ga asosan O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi qoshida milliy oshpazlik san’ati xalqaro Markazi tashkil etildi. Ushbu qaror bilan uning vakolati kengaytirilgan hamda mustahkamlandi.
Uzoq tarixga ega an’analarning borligi va milliy taomlarning turli-tumanligi o‘zbek oshpazchiligining xorijiy mamlakatlarda keng ommalashishiga olib kelishi ushbu hujjatda o‘z aksini .topgan. Buning uchun bizda mavjud qadimdan shakllangan, ekologik toza va inson organizmini tetik qiladigan milliy taomlarimiz degustatsiyasini tashkil qilish lozim bo‘lmoqda. Bunda antiqa milliy taomlarimiz orqali gastronomiya turizmini qishloq turizmi bilan bog‘lash imkoniyati yaratilmoqda.
Darhaqiqat, viloyatlarda joylashgan qishloqlarda faqat shu joyga xos bo‘lgan tayyorlanadigan taomlar mavjud bo‘lib, uning mazasi va tarkibi boshqa viloyat qishloqlarida takrorlanmaydi. Aynan shu jihati bilan bunday taomlar xorijiy turistlar va mahalliy aholi uchun ham mazali hisoblanadi. Bunga misollar quyidagi jadvalda batafsil keltirilgan.
G ‘arb mamlakatlarida ekofurizmga ijtimoiy-iqtisodiy soha jihatidan
qaraiadi. Chunki, chet ellarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan ekoturizm iqtisodiy foyda keltiruvchi va tabiatni muhofaza qiluvchi turizmning eng istiqbolli tarmoqlaridan hisoblanadi. Turizmning roli aniqlanganda yana bir muhim, asosiy jihatlarga e’tibor berish lozimki, turizm ijtimoiy sohaning bir qismi bo‘lib, uning asosiy faoliyatlarida iste’molchilaiga iste’mol jarayonida moddiy va nomoddiy muhitni yaratish uchun xizmatlar qilish, dam olish va faoliyat ishlarini o‘zgartirish, almashtirish uchun sharoitlar yaratish, sog‘liqni muhofaza qilishni ta'minlash, shuningdek, aholining ekoîogik ma’lumoti va ekologik madaniyatliligi darajalarim shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Insonning bir yiliik vaqti — 8760 soat, umumlashtirib olsak —
9000 soat. Bu ko‘rsatkich vaqt o`tishi bilan quyidagicha. Bo`lingan:
a) 1850-yilda:
• 5000 soat ish vaqti;
• 3000 soat uyqu;
• 1000 soat ishdari bo‘sh vaqt.
b) 2000-y ilda :
• 3000 soat ish vaqti;
• 3000 soat uyqu;
• 3000 soat ishdan bo‘sh vaqt.
Bundan xulosa qilish mumkinki, ish vaqti tizimli ravishda qisqarib boradi, bo‘sh vaqt esa ko‘payib boradi. Shuning uchun ham insonda ekologik — rekreatsiya faoliyatining o ‘sishiga bo‘sh vaqtning ko`payishi sabab bo`ladi. Bu bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish ham insonning ijtimoiy-iqtisodiy holatlaririi belgilaydi. Hozirgi vaqtda dam olishni tashkil qilish, insonning hayotiy kuchlarini tiklash, bo`sh vaqtidan unumli, to`g‘ri foydalanishning ko`plab imkoniyatlarini ham turizm sohasi ta’minlamoqda. Shuningdek, turizm shaxsning rivojlanishida, barkamolligida, sayohatining intellektual darajasini oshirishda, insonning jamiyatda o'rnini aniqlashda, shaxs sifatida tavsifini berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy so‘zining izohlaridan kelib chiqadigan ma’no shundan iboratki, ijtimoiy masalalar insonlaming hayoti va rivojlanishi qonuniyatlari, jamiyatdagi faoliyatini, o`rini belgilashdagi xususiyatlaridir. Bu yerdagi umumiylik, bog'langanlik so`zlarida
insoniyat jamiyatining atrof-muhit va jamiyat qonunlarini o£z vaqtida ilg‘ab olish va ushbu qonuniar asosida yashash tarzi tushunilmoqda. Ekologik muammolar sayyoraviy tus oigan hozirgi vaqtda ekoturizmning mamlakat hayotidagi o£rni qanday bo‘lmog`i kerak? Ana shu savolga javob va isbotlar yozish ekoturizmning mezonlarini belgilaydi. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o`rnini belgilashda aynan, xalqimizning birinchidan, tabiat va uning boyliklariga qiziqishi, muhofaza qilishi, ikkinchidan, insonning kamol topishida tabiatni anglash, jamiyat qonun- qoidalarini bilishi uning hayotidagi birinchi darajali ehtiyojlari
hisoblanadi. Ekoturizm “tabiatni muhofaza qilish”, ££ekologiya”, “biologiya”, “tabiatdan foydalanish iqtisodi”, “geologiya”, “geografiya”, ££botanika” va boshqa tabiiy fanlarning nazariyasi, asoslari, tabiiy va ijtimoiy munosabatlardan, tabiatdagi o`zaro munosabatlardan kelib chiqdi. Shu nuqtayi nazardan bu fanlaming har qanday fan ta’Iimi va har qanday sohadagi o‘mi deyarli bir-biriga o'xshash ta’rifni, tavsifni anglatadi. Ekoturizmning mamlakat ijtimoiy hayotidagi o‘rnini bdgiiaganda tabiatning inson — turist hayoti uchun boigan ahamiyatlari ko‘rsatkichlarini keltirish lozim bo'ladi. Ekoturizmning ahamiyatini turistning ehtiyojlarini qondirish jihatlariga qarab ma’naviy, iqtisodiy, soglomlashtirishi, tabiatni anglash, tarbiyaviy va estetik guruhlarga boiishimiz mumkin. Bu guruhlaming tavsifi faqat turist uchun emas, umuminsoniyat hayotidagi tabiatning o‘mini ham anglatadi. Ekoturizmning asl maqsadlari qayd qilingan xulosalarni tashkil qiladi. Ekoturizm oczining ta’rifini izohlashda birinchi navbatda tabiat qo‘ynida bo‘lib, uning resurslariga ozor yetkazmaslikni ta’minlaydi. Tabiat va uning biologik xilma-xillik resurslaridan zavq-shavq oigan insonda aîbatta, bu obyektni asrash istagi paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham Butunjahon turizm tashkilotlariniñg: “tabiiy hududlaiga mas’uliyat bilan sayohat qilish natijasida ekoturistlar faoliyati tabiatni muhofaza etishni ta’minlaydi va mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilaydi” — degan ta’rifi birinchi navbatda xalqning ijtimoiy holatining yaxshilanishiga qaratilgan. Ekoturizmni rivojîantirishrsing iqtisodiy ahamiyati. Ekoturizmning mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘rni esa ekoturizmning buyuk tamoyillaridan kelib chiqib, ya’ni ekoturizmdan keladigan mablag` tabiatni muhofaza qilish, noyob biologik resurslar, biologik xilma-xillikni saqlab qolishga qaratilganligi bilan juda muhimdir. Yana ham muhimrog‘i, ekoturizm resursi atrofidagi aholining ish bilan bandligini oshirishi, ta’minlashi hisoblanadi. Ekoturistik xizmatlar ko‘rsatish esa mehnat qiüshning eng yengil turlariga kirishi ham juda muhimdir. Shuning uchun ham ekoturizmning mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘mini quyidagicha belgilash mumkin. Bu tamoyillar ekoturizmning ijtimoiy tamoyillariga qo‘shiladi va ekoturizmning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida istiqbolli yo‘nalish bo£lishini
isbotlaydi.
• Ekoturizm mahalliy mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi
ish o‘rinlari bilan ta’minlashda yordam beradi;
• Ekoturizm tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning
yangi texnologiyalarini jalb qiladi;
• Ekoturizm ekologik toza oziq-ovqat mahsulotiarini ishJab
chiqishni rag‘batlantiradi;
• Ekoturizm tabiat muhofazasidagi investitsiyalar kirishini
axborotlaydi va ekoturistik xizmatlar servisini takomillashtiradi;
- Ekoturizm obyektlarida mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy
darajaiarini o‘stiiadi;
Ekoturizm va tabiat muhofazasi ta’limini olishda mutaxassislarda ekoturistik bilim va ekoturistik madaniyat bilimlarining nazariy va amaliy asoslarini yaratadi; Ekoturizm mahalliy ekoturistik mahsulotlar hunarmandchiligiga ÿo£l ochadi;
• Ekoturizm tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy bosfaqaruvni
rivoj lantiradi va ma’naviy, moddiyjihatlarbo'yicha rag‘batlantiradi;
• Ekoturizm xalqlar o‘rtasida do‘stona hamdo‘stlik aloqalarini
yuzaga keltiradi. Alohidamuhofazadagihududiaridaekoturizmnirivojlantirayotgan
xorij davlatlari yaxshi foyda olmoqdalar va asta-sekinlik bilan o`z aholisini va xorijlik ekoturistlarni ekoturizmning talablarini o`rgatmoqdalar. Masalan, Kosta-Rikadagi Monteverdi qo‘riqxonasi mahalliy ishlab chiqarish mahsulotiarini sotish hisobiga 50 ming dollar, ekoturizmdan har yili 650 ming dollar foyda oladi. Keniva milliy parklaridan har yili 450 ming dollar, Ekvador “Galapagos” orollari ekoturizmidan 180 ming dollar daromad qiladi. Ruanda ekoturizmda o£z gorillalarini ko‘rsatib (bir sutkada har bir gorillani 4 kishi tomosha qilishi mumkin, undan ortig£iga ruxsat berilmaydi) har yili 1 mln., boshqa ekoturizmidan 3 mln. dollar foyda oladi. Zambiyada Luangva qo`riqxonasi ekoturizmdan 150 ming dollar. daromad qiladi. Keniyadagi Amboseli qo‘riqxonasi bitta sherdan 27 ming dollar, bitta filiar to‘dasidan 61 ming dollar foyda oladi. O`z mamlakatlarida ekoturizmni rivojlantirib yaxshi foyda olayotgan Afrika, Lotin Amerikasi davlatlarining taraqqiyot darajalariga qarab ulaming ekoturizmni yaxshi yoiga qo‘yganligini hisobga olsak, bizning mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi holatimiz ancha taassufli holdir. Biz hozirdan ekoturizmda lider davlatlaming tajribalarini, texnologiyalarini, ekoturizmni tashkil qilishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini, usullarini, ekoturizmda boshqarish va ish yuritishni mukammal o‘iganishimiz kerak. Eng muhimi, ekoturizmda ekologik obyekt, resurslardan olinadigan daromadlar taqsimotida mahalliy aholining ulushlarini (ekoturistning kirish va tabiat betakrorligidan foydalangandagi to`lovlari) huquqiy-me’yorlar asosida hal qilishimizdir.
XULOSA
Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakllanishida tabiat qonunlarining mohiyatini anglash, insonning o‘zi ham tabiatning biologik turi ekanligini tushunib olishidir. Tabiat vayron qilinganda ham yashayveradi. Masalan, o‘rmonlar kesilib ketsa, havo, suv zaharlansa, ifloslansa,
hayvonot dunyosi qirilib ketsa va h.k.lar, lekin inson tabiatsiz yashay oimaydi. Insonda insoniy faoliyatlaraing kamol topishida tabiatning tarbiyaviy ahamivati deyilganda, sof tabiatning kishilarda olijanobSik, xushfe’llik, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, ulug‘vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlami uyg‘otishi va shakllantirishi xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo'ynida tez-tez bo`lib turish insoniy fazilatlaming kamol topishiga yordam beradi. Ekoturizm
muxlislarining eng ulug‘ xislatlari ham, ulami tabiat bag‘riga chorlagan xususiyat ham, aslida ana shundan iboratdir. Inson o‘z uyi bo'lgan tabiatga qancha ko‘p zarar yetkazar ekan, uning o‘zi ham ma’naviy jihatdan qashshoqlashib boradi. Tabiatni asrab qolishdek og‘ir muammoni yechishda insonni ekologik savodxon, ekologik madaniyatli qilib tarbiyalashda ham ekoturizmning ahamiyati beqiyosdir. Ekoturizmning ta’rifini keltirishda xalqaro ekologik tashkilotlar, Butunjahon turizm tashkiloti qayd qilgan muhim orniini hisobga oladi va tabiatni asrab qolishda ekoturizmni rivojlantirishni eng muhim omillardan biri deb hisoblaydi. Ekologik savodxonlik va ekologik madaniyatning asosi ekologik ong hisoblanadi. Ekologik ong tabiatni asrab-avaylashda, unga ongli munosabatda bo'lishida, resurslaridan me’yorida foydalanishda, tabiat inqirozining oldini olishda eng zaruri, atrof-muhitni doimo toza saqlashda namoyon bo‘ladi. Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakllantirishda quyidagi tamoyillar ma’nosini o‘rganish, tushunish va amaliyotda qo‘llash tushuniladi:
1. Tabiatni “Ona yer” deb ardoqlash.
2. Bizga ma’lum bolgan “Olamda” birorta ham Yer
sayyorasining tabiatiga o‘xshash tabiat va hayot shaklining
mavjudligi aniqlanmaganligi.
3. Tabiatning iqtisodiy ahamiyati deyilganda, undagi
resurslardan moddiy manba sifatida foydalanishni tushunish.
4. Tabiatning ilmiy ahamiyati deyilganda insonning barcha
bilimlari negizida tabiatning jarayonlari asos bo‘lishi.
5. Tabiatning sog‘lomlashtirish ahamiyati deganda sof
tabiat boyliklarining va shifo beruvchi tabiiy modda hamda
jarayonlarining inson salomatligiga ijobiy ta’sir etishi.
6. Tabiatning tarbiyaviy ahamiyati deganda sof, haqiqiy
tabiatning kishilarda olijanoblik, xushfe’llik, vatanparvarlik,
UlugVorlik, muloyimlik kabi axloqiy xususiyatiarini uyg‘otish va
shakllantirish xususiyatlari tushuniladi.
7. Tabiatning estetik ahamiyati deyilganda, insondagi barcha
go‘zallik, mukammaliik, musiqa, tasviriy san’at, kuy-navo hislari
va ularga bo‘lgan ehtiyojlar tushuniladi. Tabiat-inson-jamiyat yaxlit bir — yagona tizimdir. Qayd qilingan tamoyillardan ekoturizmni rivojlantirishda foydalanish maqsadli bo‘ladi va muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik tarbiyalanrnagan kishi tabiatdan uzoqlashib, hissiz bo'lib qoladi. Bunday insonlar gullaming chiroyliligini his qilmasdan o‘z uyiga yasama gullami keltiradi, tabiatdagi qushlaming sayrashini his qiîmasdan o‘z uyini qushlaming portreti bilan toldirishdan qanoatlanishadi. Shu tariqa u tabiatdan uzoqlashib ma’naviyjihatdan qashshoqlashib boradi. Eng muhimi, insoniyatning ekologik ongi dunyo tabiatini muhofaza qilishdagi chora-tadbirlarini muntazam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi.



Download 150,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish